Shimol bugʻusibugʻusimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Juni qishda qalin va uzun, oqish rangda, tiviti yaxshi rivojlangan; yozda — kalta va siyrak, qoʻngʻir yoki kulrang. Erkagida ham, urgʻochisida ham shox bor. Tuyoqlari keng, qalin qorda va botqoqlikda yurishga moslashgan. Tanasining uz. 220 sm gacha, boʻyi yagʻrinidan 150 sm gacha, vazni 220 kg gacha. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning qutb orollari, tundra pasttekisliklari va togʻli taygasida tarkalgan. Taymir yarim orolda Shimol bugʻusining soni 500 000 ga yaqin. Tundradan, Taygadan va yana orqaga mavsumiy migratsiya qiladi. Qishda lishayniklar (yagel) va shoxchalar, yozda barg va novdalar, meva va zamburugʻlar bilan oziqlanadi. Sentabr — oktyabrda urchiydi. Boʻgʻozlik davri 220 kun, 1—2 ta bola tugʻadi. Erkaklari urchishdan soʻng, urgʻochilari bolalagandan keyin shoxlarini tashlaydi; avgustda yangisi oʻsib chiqadi. Poʻsti va terisi uchun ovlanadi. 2 ming yil ilgari xonakilashtirilgan, deb taxmin qilinadi.

Shimol bugʻusi