Shoʻradoshlar
Shoʻradoshlar (Chenopodiaceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar sinfining chinnigulnamolar qabilasiga mansub oila. Koʻproq bir yillik oʻt, baʼzan buta, chala buta yoki daraxtlardan iborat. Poyasi sersuv. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari koʻrimsiz, toʻgʻri, ikki yoki bir jinsli, mayda toʻpgullarga yigʻilgan. Baʼzi shahrida mevani oʻrab turgan gulqoʻrgʻon oʻzaro tutashib toʻpmevalar hosil qiladi. Sh. urugʻ murtagi taqasimon yoki spiralsimon. 2 katta (Chenopodieae va 8a18o1o1s1eaye) oilaga boʻlinadi. Koʻpincha shoʻrxok yerlarda, choʻl va chala choʻllarda, dashtlar va dengiz qirgʻoqlarida tarqalgan. Koʻpchilik Sh. — begona oʻt. Oʻrta dengiz sohillarida, Osiyo va Afrika choʻllarida shahrining 105 turkumga mansub 1600 turi uchraydi. Oʻzbekistonda 45 turkumga oid 180 ga yaqin turi oʻsadi. Shulardan saksovul, shoʻra, shoʻrak va boshqalar turlari chorvachilikda katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |