Sino bank (forscha: بانک سینا , Bank-e Sina) — chakana, tijorat va investitsiya banki xizmatlarini taklif qiluvchi Eronning xususiy banklaridan biri. Bank 1985-yilda hukumat tomonidan bank tizimini xususiylashtirish doirasida tashkil etilgan[2].

Sino bank
Turi AJ
Tarmogʻi Moliyaviy xizmatlar
Qachon asos solingan 1985 (Bonyad moliya va kredit kompaniyasi sifatida)
2009 (Sino bank sifatida)
Joylashuvi Eron bayrogʻi Eron , Tehron
Rahbariyat Gʻulomzoda Fathali
(v.b.) (CEO)
Mahsulot(lar)i Chakana bank xizmatlari
Hisobvaraqlar tranzaksiyasi
Sugʻurta
brokerlik
Investitsiya banki
Isteʼmol krediti
Savdo
Xalqaro pul oʻtkazmalari
Valyuta ayirboshlash
Boyligi 24.143 milliard IRR (2009)
Ishchilar soni 1998 (toʻliq stavka)[1]
Vebsayti http://www.sinabank.ir/

Tehronda tashkil etilgan paytda, bank butun mamlakat boʻylab 1998 nafar xodimi va 253 filial mavjud edi.

Sino bank Tehron fond birjasida listingga qoʻyilgan va hozirda Eronning sakkiz xususiy bankining biri sanaladi[3]. Bank Eronning 64-eng yirik shirkatidir. 2007-yilda Sino bankning oʻz mablagʻi 10 milliard rialni tashkil qilgan[4].

Faoliyati

tahrir

Bank 1985-yilda Bonyad moliya va kredit kompaniyasi sifatida tashkil etilgan[4]. Kompaniya Eron moliya sektoridagi birinchi kredit muassasasi edi. 2007-yilda kompaniya xususiylashtirildi[4] va 2009-yilda Tehron fond birjasida listingga kiritildi [5].

Hozirda bank butun respublika boʻylab faoliyat yuritmoqda, uning jami 253 ta filiali mavjud. 2010-yilda bank Yevropa Ittifoqining Eron bank muassasalariga qarshi eʼlon qilingan sanksiyalariga tushgan[6].

Bank mahalliy va xorijdagi mijozlar uchun qisqa va muddatli depozit hisobvaraqlarini hamda akkreditivlar, gʻaznachilik, valyuta ayirboshlash, korporativ kreditlar sindikatsiyasi, moliyaviy maslahat va elektron bank xizmatlarini taklif qiladi[7].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. [1] (Wayback Machine saytida July 22, 2011, sanasida arxivlangan)
  2. „Sarmayeh Bank portal:: Homepage“. En.sbank.ir. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
  3. „Sarmayeh Bank portal:: Homepage“. En.sbank.ir. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Background“ (en) (GIF). 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
  5. „بورس اوراق بهادار تهران Tehran Stock Exchange“. Iranbourse.com. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  6. „News“. Earth Times. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  7. „Sarmaye Bank (P.J.S.C.): Private Company Information - Businessweek“. Investing.businessweek.com. 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.

Havolalar

tahrir