Boysungʻur Mirzo

Movarounnahr hukmdori (1495, 1497)
(Sulton Boysunqor Mirzodan yoʻnaltirildi)

Boysungʻur, Boysunqur, Boysunqar (1477/78—1499) — Movarounnahr hukmdori (1495, 1497). Temuriylar sulolasi aʼzosi.

Boysungʻur Mirzo

Boysungʻur Mirzo portreti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Temuriylar imperiyasi sultoni
Saltanat 1495-yil yanvar — 1497-yil noyabr
Oʻtmishdoshi Sulton Mahmud Mirzo
Davomchisi Bobur Mirzo
Tugʻilishi

1477-yil
Hisor, Badaxshon, Temuriylar imperiyasi

Vafoti 1499-yil
Qunduz, Badaxshon
Uy Temuriylar
Otasi Sulton Mahmud Mirzo
Onasi Poshshobegim
Dini Islom

Bousungʻur Mirzo - 1477-yil Hisorda tugʻilgan. Otasi Sulton Mahmud Mirzo. Onasi Poshshabegim - turkmanlardan.

Otasi Sulton Mahmud davrida u Buxoro hokimi boʻlgan.

Otasi vafot etgach Samarqand va Hisor beklari kelishib, Buxorodan 18 yoshli Boysungʻur Mirzoni chaqirib olib, Samarqand taxtiga oʻtqazishadi. Samarqanddagi hukmdorlik yillari 1495-1497.

Uning hukmdorligi davri notinch edi, ichki ziddiyatlar va taxt uchun kurashlar uning hukmronligiga doimi rahma solgan.

Boburning xabar berishicha, u jasur va adolatli hukmdor boʻlib, "Odiliy" taxallusida sheʼlar yozgan. Sheʼrlari Samarqandda shunchalik mashhur boʻlganki, hattoki gʻazallari kirib bormagan xonadon kam boʻlgan. Afsuski, ular saqlanib qolmagan.

Toshkent xoni Sulton Mahmudxon Samarqandni egallash uchun qoʻshin tortadi, ammo niyatiga yetolmay, qaytib ketadi. Boysungʻur Mirzoning Hisor beklari bilan kelishib ish koʻrishi Samarqand beklariga yoqmaydi. Ular Darvesh Tarxon boshchiligida Qarshidan Boysungʻur Mirzoning ukasi - Sulton Ali Mirzoni chaqirib, taxtga oʻtqazishadi. Boysungʻur Mirzo oʻlimga buyuriladi. Ammo u qatldan qochib, qayta taxtni egallashga erishadi. Sulton Ali Mirzo Buxoroga qochadi. Boysungʻur Mirzo nafasini rostlab, Buxoroga yurish qiladi, ammo Sulton Ali Mirzo bilan boʻlgan janga yengilib, chekinadi. Ukasi Sulton Ali, akasi Sulton Masʼud Mirzo hamda amakivachchasi Bobur Mirzoning birlashgan qoʻshini 1496-yil Samarqandni qamal qilishadi. Qishda qamal toʻxtatilib, 1497-yil mayda qayta qamal boshlanadi. Boysungʻur Mirzo Dashti qipchoq hukmdori Shayboniyxondan yordam soʻrashga majbur boʻladi. Ammo Shayboniyxon tayinli yordam berolmay, Turkistonga qaytib ketadi. Bobur Mirzo Samarqandi 7 Oy qamal qiladi. Noiloj qolgan Boysungʻur Qunduz amiri Xisravshoh [[huzuriga qochadi. U bilan kelisha olmagan Xisravshoh 1499-yil Boysungʻur Mirzoni qatl ettiradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Temuriylar sulolasi

Movаrounnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohrux (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Mahmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yodgor Muhammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)