TRIPS shartnomasi
Intellektual mulk huquqining savdo bilan bogʻliq masalalari boʻyicha bitim (TRIPS) — Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo barcha davlatlar oʻrtasidagi xalqaro huquqiy shartnoma. Mazkur bitim boshqa JSTga aʼzo davlatlarning fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladigan intellektual mulkning turli shakllarini milliy hukumatlar tomonidan tartibga solish uchun minimal standartlarni belgilaydi[4]. TRIPS 1989—1990-yillar oraligʻida Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuvning (GATT) Urugvay raundi yakunida muhokama qilingan[5] va JST tomonidan nazorat qilinadi.
Toʻliq nomi:
| |
---|---|
Turi | Jahon savdo tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitim ilovasi |
Imzolangan sanasi | 1994-yil 15-aprel[1] |
Imzolangan joyi | Marokash |
Kuchga kirishi | 1995-yil 1-yanvar[2] |
Tomonlar | 164 (JSTning barcha aʼzolari)[3] |
Tillari | Ingliz, fransuz va ispan |
TRIPS bitimi birinchi marta intellektual mulk huquqini koʻp tomonlama olib boriladigan savdo tizimiga kiritdi. Bugungi kungacha intellektual mulk boʻyicha eng keng qamrovli koʻp tomonlama shartnoma boʻlib qolmoqda. 2001-yilda rivojlangan mamlakatlar TRIPSnining qoidalarini kengroq sharhlash oʻrniga juda tor maʼnoda tushinishni talab qilayotgandi. Bu holatdan xavotirda boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar 2001-yilda muzokaralar raundini boshladilar. Natijada Doha deklaratsiyasi qabul qilindi. Doha deklaratsiyasi Jahon savdo tashkilotining bir bayonoti boʻlib, TRIPSning qamrovini aniqlab beradi. Misol uchun, TRIPS „hamma uchun dori vositalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish“ maqsadi nuqtai nazaridan talqin qilinishi mumkin. Bu jumla orqali ishlab chiqarilgan dori vositalrini qaysi tashkilot (yuridik shaxs) ishlab chiqarishidan qatʼiy nazar, barcha foydalanishi mumkin. TRIPSning oʻrni shu holatda namoyon boʻladi.
Xususan, TRIPS JST aʼzolaridan mualliflar va boshqa mualliflik huquqi egalari, shuningdek turdosh huquqlar egalari, xususan, ijrochilar, ovoz yozish ishlab chiqaruvchilari va radioeshittirish tashkilotlarini qamrab oluvchi mualliflik huquqlarini himoya qilinishini talab qiladi. Mualliflik huquqi himoya qilinadigan sohalarning bir qanchasiga quyidagilar kiradi: geografik koʻrsatkichlar; sanoat namunalari; integral mikrosxemalar sxemasi-dizaynlari; patentlar; yangi oʻsimlik navlari; savdo belgilari; savdo nomlari va oshkor etilmagan yoki maxfiy maʼlumotlardir. TRIPS, shuningdek, ijro tartib-qoidalari, himoya vositalari va nizolarni hal qilish tartiblarini ham belgilab beradi. Barcha intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qoʻllash texnologik innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, texnologiyalarni uzatish va tarqatish, ishlab chiqaruvchilar va texnologik bilimlardan foydalanuvchilarning oʻzaro manfaatlarini taʼminlash va ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikka yordam beradigan maqsadlarga javob berishi kerak. Shuningdek, huquq va majburiyatlar muvozanatiga eʼtibor berilishi lozim.
Kelib chiqishi va tarixi
tahrirTRIPS masalasi boʻyicha 1986—1994-yillarda Tariflar va Savdo boʻyicha Bosh Bitimning (GATT) Urugvay raundi davomida muzokaralar olib borildi. Mazkur bitimnig muzokaralarga kiritilishi Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Savdo toʻgʻrisidagi qonunning 301-boʻlimiga muvofiq Umumiy imtiyozlar tizimi va majburlash boʻyicha bir tomonlama iqtisodiy ragʻbatlantirish kampaniyalari rivojlanayotgan Braziliya, shu jumladan Tailand, Hindiston va Karib havzasi davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Bu holat esa raqobatbardosh siyosiy pozitsiyalarni magʻlub etishda muhim rol oʻynadi. Oʻz navbatida, AQShning savdo siyosatini intellektual mulk standartlari bilan bogʻlash strategiyasi 1980-yillarning boshlarida boshlangan. Mazkur jarayonlar Qoʻshma Shtatlardagi korporatsiyalarni safarbar qilgan va intellektual mulk imtiyozlarini maksimal darajada oshirishni savdoning birinchi raqamli ustuvorligiga aylantirgan Pfizer yuqori rahbariyatining tadbirkorligi bilan bogʻliq boʻlgan.(Braithwaite va Drahos, 2000, 7-bob)[6].
Intellektual mulk boʻyicha boshqa shartnomalardan farqli oʻlaroq, TRIPS kuchli ijro mexanizmiga ega. Davlatlarning intellektual mulk bilan bogʻliq nizolari Jahon savdo tashkilotining nizolarni hal qilish mexanizmi orqali tartibga solinib turiladi.
Talablari
tahrirTRIPS aʼzo davlatlardan intellektual mulk huquqlarini kuchli himoya qilish boʻyicha oʻz talablari mavjud. Masalan, TRIPS qoidalariga koʻra:
- Mualliflik huquqi shartlari, agar muallifning hayotiga asoslanmagan boʻlsa, kamida 50 yil uzaytirilishi kerak (TRIPS 12 va 14-moddalar)[7].
- Mualliflik huquqi Bern konvensiyasida koʻrsatilganidek roʻyxatga olishda hech qanday „rasmiyatchilikka“ asoslanmagan holda avtomatik tarzda berilishi kerak (9-modda).
- Kompyuter dasturlari ham mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq „adabiy asarlar“ sifatida qaralishi va boshqa intellektual huquqlar bilan bir xil himoya qilish shartlariga ega boʻlishi kerak.
- Mualliflik huquqining har bir davlatning oʻz ichki istisnolari (masalan, Qoʻshma Shtatlardagi „adolatli foydalanish“) Bern uch bosqichli testi orqali cheklanadi.
- Patentlar barcha „texnologiya sohalari“dagi „ixtirolar“ga patentga layoqatlilikning barcha boshqa talablariga javob berishi sharti bilan taqdim etilishi kerak (garchi ayrim jamoat manfaatlari uchun istisnolarga yoʻl qoʻyilsa ham (27.2 va 27.3-moddalar)[8] va bu huquq kamida 20 yil davomida amal qilishi kerak (33-modda)
- Kompyuter dasturlari va patentlarning huquq egalarining qonuniy manfaatlariga asossiz ravishda putur yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bu qonun bilan himoya qilinadi.
- Uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilnish patent huquqlarida inobatga olinishi kerak.
- Har bir davlatda intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunlar mahalliy fuqarolarga milliy rejim tamoyili boʻyicha hamma fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratishi lozim. TRIPSni imzolagan boshqa davlatlar fuqarolari uchun mavjud boʻlmagan imtiyozlarni qoʻllashi mumkin emas (ayrim cheklangan istisnolardan tashqari, 3 va 5-moddalar)[9]. TRIPS, shuningdek, eng koʻp qulaylik yaratuvchi rejimga ega.
Shuningdek, TRIPS Sanoat mulkini himoya qilish boʻyicha Parij konvensiyasining (2.1-modda) asosiy qoidalarini bir qancha havolalar orqali oʻz ichiga oladi. TRIPS shartnomasining 10-moddasida dasturiy ta'minot va maʼlumotlar bazalarining originallik talabiga binoan mualliflik huquqi bilan himoyalanganligi alohida qayd etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „TRIPS Agreement (as amended on 23 January 2017)“. World Trade Organization. 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
- ↑ „WTO – intellectual property – overview of TRIPS Agreement“. World Trade Organization. 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
- ↑ „WTO TRIPS implementation“. International Intellectual Property Alliance. 2012-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
- ↑ See TRIPS Art. 1(3).
- ↑ Gervais, Daniel. The TRIPS Agreement: Negotiating History. London: Sweet & Maxwell, 2012 — Part I-bet.
- ↑ Sell, Susan K.. Private Power, Public Law: The Globalization of Intellectual Property Rights. Cambridge University Press, 2003. DOI:10.1017/cbo9780511491665. ISBN 978-0-521-81914-5.
- ↑ „intellectual property (TRIPS) – agreement text – standards“. WTO (1994-yil 15-aprel). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
- ↑ World Trade Organization, „Part II — Standards concerning the availability, scope and use of Intellectual Property Rights; Sections 5 and 6“, Agreement on Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights, 22 June 2017da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21 December 2005
- ↑ World Trade Organization, „Part I — General Provisions and Basic Principles“, Agreement on Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights, 12 November 2020da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28 February 2006
Havolalar
tahrir- TRIPS shartnomasi (PDF versiyasi)
- Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari toʻgʻrisidagi bitim (html versiyasi)
- Jahon savdo tashkiloti havolalari
- Jorj Vashington universiteti professori Syuzan Sellning global kontekstda intellektual mulk huquqlariga bagʻishlangan audio taqdimoti. (Wayback Machine saytida 2012-03-26 sanasida arxivlangan)
- Bozor boshqaruvi mexanizmlari maʼlumotlar bazasi boʻyicha JST TRIPS kelishuvi profili