Toʻnyuquq bitiktoshi
Toʻnyuquq bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680)ning maslahatchisi va sarkarda Toʻnyuquq (taxminan 645—726) sharafiga qoʻyilgan (712—716). UlanBatordan 66 km jan.sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat boʻlib, jan.va shim. tomonlarga bir-biriga qaratib qoʻyilgan 2 toʻrt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan.dagi ustunning bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning 1—7satrlari toshlardan birining gʻarbga, 8—17satrlar jan.ga, 18—24satrlari sharqqa, 25—35satrlari shim.ga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36—44satrlari ikkinchi toshning gʻarbga, 45— 50satrlari jan.ga, 51—58satrlari sharqqa va 59—62 satrlari shim.ga qaragan tarafiga bitilgan.
Bitiktoshda Turk xoqonligining qayta tashkil topishi, bu ishda Eltarish xoqonning xizmati, Toʻnyuquqning xoqonlik shakllanishi, yuksalishidagi, turli oʻlka va qabilalarga qarshi uyushtirilgan harbiy yurishlardagi qahramonligi, vatanparvarligi batafsil bayon etilgan. Yodgorlik nafaqat badiiytarixiy asar sifatida, balki qad. toponimlar va etnografizmlarni oʻrganish nuktai nazaridan ham ahamiyatlidir. Jumladan, unda Tabgʻach (Xitoy), Shantung (Shandun — Shim.Sharqiy Xitoydagi provinsiya), Oʻtukan (Oltoy va Xingan togʻlari oraligʻidagi vodiy), Koʻgman (Sayan togʻlari), Toʻgʻla (Tola daryosi), Oltun (Oltoy), Yinchu ugʻuz (Sirdaryo), Sugʻd, Temir Qapigʻ (Darband — Hisor togʻidagi dovon) kabm oʻlka va joy nomlari, turk, oʻgʻuz, qitaniy, turgash, qirgʻiz singari kabila nomlari uchraydi.
Mazkur bitiktoshni 1897 yilda rus etnografi Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bn birga Shimoliy Moʻgʻulistonning BainSokto manzilidan topgan. Dastlab, bitiktoshning fotosurati, transkripsiyasi va nemischa tarjimasi V. V. Radlov tomonidan 1899 yilda nashr ettirilgan. Yodgorlik matni dan(dat), ingliz, rus, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan. O'zi To'nyuquqning xitoycha nomi "To'ng'ich javhar" degan ma'noni anglatgan
Adabiyot
tahrir- Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.
Gʻaybulla Boboyorov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |