Toshkent moliya instituti
(Toshkent Moliya Institutidan yoʻnaltirildi)
Toshkent moliya instituti (qisqartmasi TMI) — moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti[1].
Toshkent moliya instituti | |
Xalqaro nomi |
Tashkent institute of finance |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 1991 |
Rektori | Toʻlqin Teshabayev |
Fakultetlar | 7 ta |
Talabalari | 10,000+ |
Bakalavriat | 21 ta yoʻnalish |
Magistratura | 14 ta mutaxassislik |
Akademiklari | 3 |
Fan doktorlari | 40 + |
Professorlari | 160 + |
Oʻqituvchilari | 400 + |
Manzili | |
Veb-sayti | tfi.uz/uz-Latn |
Tarixi
tahrir- 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan.
- 1999-yildan eʼtiboran Kasb taʼlimi „Buxgalteriya hisobi va audit“ taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.2004-yilga kelib, institutning „Hisob-iqtisod“ va „Kredit-iqtisod“ fakultetlari negizida „Boshqaruv“ fakulteti barpo etildi. Boshqaruv fakulteti „Kasb taʼlimi“, „Statistika“ va „Menejment“ yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlay boshladi.
- Institut rektorining 2005-yil 27-avgustdagi 137-sonli buyrugʻiga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan "Soliqlar va soliqqa tortish " va „Sugʻurta ishi“ taʼlim yoʻnalishlari negizida Soliq va sugʻurta ishi fakulteti tashkil qilindi. 2011-2012 oʻquv yilidan eʼtiboran fakultetning nomi Sugʻurta fakulteti, deb oʻzgartirildi.
- 2007-yil 19-oktabrda „Moliya“ kafedrasi negizida institut rektorining 153-sonli buyrugʻi bilan „Gʻaznachilik ishi“ kafedrasiga asos solindi. 2007-yil „Bank ishi“ kafedrasi negizida „Bank hisobi va audit“ kafedrasi tashkil topdi va oʻz faoliyatini boshladi. 2005-yilda „Makro va Mikroiqtisodiyot“ kafedrasi „Biznes va iqtisodiyot“ kafedrasi, deb nomlandi va mutaxassis tayyorlaydigan kafedralar safiga kiritildi. 2007-yil 5-noyabrda „Moliya injiniringi“ va „Bozordagi faoliyat va operatsiyalar“, „Investitsiyalarni moliyalashtirish“ yoʻnalishlari negizida Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti tashkil topdi.
- 2007-yil 30-noyabrda ikkita yangi taʼlim yoʻnalishi — „Moliya injiniringi“ va „Bozordagi faoliyat va operatsiyalar“ ochilganligi munosabati bilan „Moliya injiniringi va bozorlar“ kafedrasi ochildi va 2010-yildan „Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar“, deb nomlandi.
- 2009-yil 30-mayda „Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika“ kafedrasi „Iqtisodiyot nazariyasi“ va „Pedagogika va psixologiya“ kafedralariga ajratildi. Institut rektorining 2010-yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrugʻiga asosan institutning"Buxgalteriya hisobi" kafedrasi negizida „Byudjet hisobi“ kafedrasi tashkil etildi. 2009-yilda Umumiqtisod fakultetining nomi davr talabiga mos ravishda Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti, deb oʻzgartirildi. 2009 — yil sentyabr oyidan fakultet nomi Byudjet hisobi va davlat jamgʻarmalari fakulteti, deb nomlandi. 2017-yil iyun oyida „Falsafa va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti“ va „Oʻzbekiston tarixi“ kafedralari birlashtirilib, kafedraning rasmiy nomi „Ijtimoiy fanlar“, deb nomlandi.
- Institutda 7 ta fakultet (iqtisod; soliqlar va sugʻurta; buxgalteriya hisobi va audit; byudjet hisobi va gʻaznachilik; bank ishi; moliya; sirtqi) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi.
- 2020-2021 oʻquv yili holatiga koʻra, institutda 8 ta fakultet hamda magistratura boʻlimida jami 9100 nafar, shundan 21 ta taʼlim yoʻnalishlarida 8600 nafar, 14 ta magistratura mutaxassisliklarida 500 nafar talabalar tahsil olib kelmoqdalar. Institutda 354 professor oʻqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va professor, 154 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugʻurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 25 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi.
- Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxoʻjayev, A. Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut mustaqillik yillarida 150,000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi.
- Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Belarus Respublikasi kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh universitetlari bilan oʻquv-ilmiy sohalarda hamkorlik qiladi [2].
Fakultetlar
tahrir- Iqtisodiyot fakulteti
- Soliqlar va sugʻurta fakulteti
- Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
- Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti
- Bank ishi fakulteti
- Moliya fakulteti
- Sirtqi taʼlim fakulteti[3]
Kafedralar
tahrir- „Bank ishi“ kafedrasi
- „Soliqlar va soliqqa tortish“ kafedrasi
- „Menejment“ kafedrasi
- „Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot“ kafedrasi
- „Korporativ moliya va qimmatli goq’ozlar“ kafedrasi
- „Sug´urta va pensiya ishi“ kafedrasi
- "Oliy matematika, statistika va ekonometrika " kafedrasi
- „Xalqaro moliya-kredit“ kafedrasi
- „Moliya“ kafedrasi
- „Baholash ishi va investitsiyalar“ kafedrasi
- „Bank hisobi va audit“ kafedrasi
- „Budjet hisobi va gʻaznachilik ishi“ kafedrasi
- „Buxgalteriya hisobi“ kafedrasi
- „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi
- „Iqtisodiyot“ kafedrasi
- „Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport“ kafedrasi
- „Xorijiy tillar“ kafedrasi
- „Oʻzbek va rus tillari“ kafedrasi
- „Audit“ kafedrasi
- „Iqtisodiy tahlil“ kafedrasi
- „Statistika va ekonometrika“ kafedrasi
- „Iqtisodiyot“ fafedrasi(sirtqi)
- „Jismoniy madaniyat va sport faoliyati“
- ,,Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi[4]
Bakalavr
tahrirKunduzgi
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
2 | 5230200 | Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
3 | 5230600 | Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
4 | 5230700 | Bank ishi va auditi |
5 | 5230800 | Soliqlar va soliqqa tortish |
6 | 5230900 | Buxgalteriya hisobi va audit
(tarmoqlar boʻyicha) |
7 | 5231200 | Sugʻurta ishi |
8 | 5231300 | Budjet nazorati va gʻaznachiligi |
9 | 5231500 | Baholash ishi |
10 | 5231700 | Birja ishi |
11 | 5231800 | Biznes-tahlil |
12 | 5232400 | Iqtisodiy xavfsizlik |
13 | 5232700 | Investitsion loyihalarga xizmat koʻrsatish va moliyalashtirish |
14 | 5232800 | Elektron tijorat |
15 | 5234400 | Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari |
Sirtqi
tahrir# | Shifri | Nomi | |
---|---|---|---|
1 | 5230200 | Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | |
2 | Moliya va moliyaviy texnologiyalar | ||
3 | 5230700 | Bank ishi va auditi | |
4 | Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) | ||
5 | 5231200 | Sugʻurta ishi |
Qoʻshma taʼlim dasturlari
tahrir- Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) bilan hamkorlikda "Binary Graduate School" qoʻshma fakulteti tashkil etilgan[6].
- Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturi (Qoʻshma fakultet) yoʻlga qoʻyilgan[7].
Milliy va xalqaro reytinglardagi oʻrni
tahrir- Institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2020/2021 oʻquv yili uchun eʼlon qilingan Milliy reytingda Respublikadagi Oliy taʼlim muassasalari orasida 5-oʻrinni egalladi[8].
- Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting agentligi — Times Higher Education tomonidan ilk bor yangi turdagi reporter maqomga (reporter — mazkur maqom reytingga kirish uchun faol ishlari bilan Times Higher Education reyting agentligini eʼtirofiga sazovor boʻlgan oliy oʻquv yurtlariga beriladi) ega boʻlgan 450 ta oliy taʼlim muassasalari orasidan joy olgan[9].
Rektorlar
tahrir- 2016-2018 — Baxodir Abdusalamovich Begalov [10].
- 2018-2020 — Ulugʻbek Azizov [11].
- 2020-y.-h.v. — Toʻlqin Teshabayev[12].
Mashhur bitiruvchilar
tahrir- Zoir Mirzayev (1994)
- Timur Ishmetov (2000)
Manbalar
tahrir- ↑ [1]
- ↑ Institut tarixi
- ↑ [2]
- ↑ https://tfi.uz/uz-Latn/page/kafedralar
- ↑ 5,0 5,1 2021-2022 Qabul kvotalari
- ↑ Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali
- ↑ Sozdanie sovmestnogo fakulteta s Tashkentskim finansovim institutom
- ↑ „Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rasmiy sayti“. 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-noyabr.
- ↑ Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy sayti
- ↑ Rektorom Tashkentskogo finansovogo instituta naznachen Baxodir Begalov
- ↑ Ulugʻbek Azizov Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi
- ↑ Moliya institutiga yangi rektor tayinlandi
Havolalar
tahrir- Institut rasmiy sayti
- Rasmiy kanali Telegramda
- Rasmiy sahifasi Facebookda
- Rasmiy sahifasi Instagramda
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |