Viktor Aleksandrovich Karpenko (ruscha: Карпенко, Виктор Александрович; 1977-yil 7-sentyabr) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. 2003-yildan 2014-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozirda murabbiy.

Viktor Karpenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Viktor Aleksandrovich Karpenko
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1977-yil (1977-09-07) (47 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1998 Buxoro 47 (5)
1999 Qizilqum 1 (0)
2000—2004 Shinnik 71 (13)
2002 Chita FK 31 (14)
2004 Sokol Saratov 15 (0)
2005—2006 Qayrat 39 (11)
2007—2012 Bunyodkor 203 (38)
2013—2014 Lokomotiv 35 (5)
2015 Shoʻrtan 45 (6)
2015—2016 Bunyodkor 13 (1)
Milliy terma jamoa
2003—2014 Oʻzbekiston 59 (4)
Boshqargan klublari
2022 Oʻzbekiston Bunyodkor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Professional faoliyatini 1997-yilda „Buxoro“ klubida boshlagan. 1999-yilda Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasida oʻynagan. 2000-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida oʻynagan. 2002-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Shinnik Viktorni oʻsha paytda birinchi divizionda oʻynagan „Lokomotiv Chita“ jamoasiga ijaraga bergan. Chita jamoasi tarkibida 14 ta gol urgan. 2005-yilda Viktor Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va u yerda Olmaotaning „Qayrat“ jamoasida oʻynagan. 2007—2012-yillarda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan[1][2]. 2013-yil 26-yanvarda Karpenko Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning avgust oyida esa „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan[3].

Xalqaro

tahrir

Karpenko 2003-yilning 2-aprelida Belarus terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:2) debyut oʻyinini oʻtkazgan[4][5]. 2003—2014-yillar oraligʻida Karpenko Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibida 61 ta oʻyinda maydonga tushgan va 4 ta gol muallifi boʻlgan[6]. 2007-yilda Rauf Inileyev Viktorni 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibga kiritgan. Viktor turnir davomida 3 ta oʻyin oʻtkazgan: Malayziyaga (5:0), Xitoyga (3:0) va chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi (1:2) oʻyinlarda ishtirok etgan. Karpenko Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida soʻnggi bor 2014-yilning 29-may kuni Ummonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan[7].

Murabbiylik

tahrir

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng Karpenko „Bunyodkor“ klubiga murabbiy boʻlgan[8][9].

Yutuqlar

tahrir
Bunyodkor
Lokomotiv
  • Rossiya chempionatining birinchi divizioni gʻolibi: 2001-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Виктор Карпенко: Моя судьба связана с «Бунёдкором»“ (ruscha). championat.asia. 25-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  2. „КАРПЕНКО Виктор Александрович“ (ruscha). fcbunyodkor.com. FC Bunyodkor. 8-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2018-yil.
  3. „Виктор Карпенко: Моя судьба связана с «Бунёдкором»“ (ruscha). championat.asia. 25 червня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  4. „Uzbekistan International Matches - Details 2000-2009“. RSSSF. 25 лютого 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-oktyabr.
  5. „Uzbekistan International Matches - Details 2000-2009“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2008-yil 21-oktyabr.
  6. Uzbekistan – Record International Players (ingl.)
  7. „Uzbekistan - Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2008-yil 21-oktyabr.
  8. „Rasman: “Bunyodkor” murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y berdi“. 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2022-yil.
  9. „"Bunyodkor" klubidagi o'zgarishlar haqida rasmiy malumot“. 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2022-yil.

Havolalar

tahrir