Xoʻja Alambardor maqbarasi

(Xo'ja alambardor maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Xoʻja Alambardor maqbarasiToshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr); Kamolon qabristoni hududida joylashgan. Xoʻja Abdul Aziz Alambardor (alambardor — bayroqdor) nomi bilan maʼlum boʻlgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara gʻishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoq gumbazli, toʻrtburchak tarhli (8,87x8,0 m), gumbaz balandligi 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08x6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bagʻallaridagi gʻishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9 m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan boʻlib, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi.


Xoʻja Alambardor maqbarasi
Joylashuv Kamolon qabristoni, Shayxontohur tumani, Toshkent
Turi Maqbara
Material gʻisht
Balandligi 10,3
Eni 8,87
Qurilish tamomlangan 19-asr
Xarita
Koordinatalari 41°15′0″N 69°14′0″E / 41.25000°N 69.23333°E / 41.25000; 69.23333
Chillaxona fonusi