Xristina Ivanovna Soloviy (ukraincha: Христина Іванівна Соловій; 1993-yil 17-yanvar, Drogobich, Ukraina) — ukrainalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqachi. Uning „Trimay“ (Derji) debyut videoklipi YouTubeʼdagi eng mashhur ukrain tilidagi musiqiy videolar roʻyxatiga kirgan (hozirda 58 milliondan ortiq tomosha qilingan) va bu qoʻshiqchini „Madaniyat va musiqa“ yoʻnalishida YUNA 2016 mukofoti gʻolibiga aylantiradi. Xristina Svyatoslav Vakarchuk prodyuserlik qilgan birinchi qoʻshiqchidir.

Xristina Ivanovna Soloviy
ukraincha: Христина Іванівна Соловій
Tavalludi 17-yanvar 1993-yil (1993-01-17) (31 yosh)
Janrlar Anʼanaviy musiqa
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, kompozitor
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina

2015-yil 22-sentyabrda oʻzining „Jiva Voda“ debyut albomini taqdim etadi. Unda Xristina Lemko xalq musiqasining barcha jozibasini biroz jazzli, zamonaviy aranjirovkada ochib berishga harakat qilgan. Muallifning moslashuvdagi oʻnta xalq qoʻshiqlaridan tashqari, debyut albomida uning ikkita qoʻshigʻi „Trimay“ va „Sinya pisnya“ ham kirgan.

2018-yil 26-oktyabrda „Lyubiy drug“ ikkinchi albomi chiqadi, uning yaratilishiga Soloviyning jonli musiqani elektronika bilan uygʻunlashtirishi sabab boʻlgan. Albomning saund-prodyuserlari Milosh Yelich, Pavel Litvinenko va Aleksey Saranchin ham boʻlishgan. Albom Kristinaning 11 ta mualliflik qoʻshigʻini oʻz ichiga oladi. Oʻsha yili „Stejechka“ lirik kompozitsiyasi „Kruti 1918“ filmining rasmiy saundtreki boʻladi.

Biografiyasi

tahrir

Xristina Ivanovna Soloviy 1993-yil 17-yanvarda Drogobich shahrida (Lvov viloyati) xor dirijyorlari oilasida tugʻilgan. Ota-onasi Nikolay Lisenko nomidagi Lvov Milliy musiqa akademiyasida oʻqishgan boʻlishib, oʻsha yerda biri-biri bilan tanishishgan. Xonandaning onasi Drogobich musiqa maktabida oʻrta sinflarga xordan dars beradi[1]. Otasi Drogobich shahar kengashining madaniyat boʻlimida xizmatchi boʻlgan. Buvisi Olga Yevgeniyevna Skrobalo uzoq vaqt bandurachilar ansamblining rahbari boʻlib ishlagan. Ammo nabirasi Yevgeniya Soloviy tugʻilishi bilan nafaqaga chiqadi va bolalarni tarbiyalay boshlaydi. U nevaralariga tez-tez qadimiy Galitsiya qoʻshiqlarini kuylar, ukrain ertak va afsonalarini aytib berardi. Oʻzi qoʻshiq va sheʼr yozar, ozgina pianino chalardi. 11 yoshida Xristina Anichka Cheberenchikning „Pod oblachkom“ qoʻshigʻini tinglagandan soʻng, uning toʻrtdan bir qismi lemkolarning qoʻshigʻi ekanligini bilib oladi, bu esa uning musiqaga boʻlgan dunyoqarashi va musiqiy didiga taʼsir qiladi[2][3]. Xristina musiqa maktabini fortepiano boʻyicha tamomlagan. Oilasi bilan Lvovga koʻchib oʻtib, uch yil davomida „Lemkovina“ xorida qoʻshiq kuyladi[4], xorchilarning asosan yoshi 50-80 yoshda boʻlgan boʻlsa, Xristina bu payda 17 yoshda boʻlgandi. Jamoada ishtirok etish uning shaxsiyatining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi[5]. Xor bilan birgalikda „Lemkivska Vatra“ festivalida ishtirok etadi. Ota-onasi Xristina va uning ukasi faqat musiqa oʻrganishlarini hech qachon talab qilishmagan. Natijada, ukasi Lvov politexnika institutini, Xristina esa Ivan Franko nomidagi Lvov milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlaydi.

Bolalaik va talabalik yillari

tahrir

Boʻlajak qoʻshiqchi bolaligida oila davrasida musiqa bilan tanishgan. Qiz uch yoshida boʻlganida unga Lvov opera teatrida tomosha qilgan „Qarsildoq“ baletidan katta taassurot qoldiradi. Maktab yillaridayoq Xristinaning musiqiy didining eklektizmi paydo boʻla boshladi: uning xalq va xor musiqasiga boʻlgan muhabbati Ruki Vverx!, MakSim, Potap va Nastya kabi ijrochilarning qoʻshiqlari bilan uygʻunlashgan[6]. Vaqt oʻtishi bilan Splin, Zemfira, Okean Elzi, Nina Matviyenko, Ruslana, Tina Karol, ingliz tilida esa Eagles, Queen, The Rasmus guruhlari uning sevimli ijrochilariga aylanadi[7][8][9]. Xor va xalq musiqasiga boʻlgan muhabbat saqlanib qoladi, ammo Xristina tengdoshlari tomonidan notoʻgʻri tushunilishi tufayli buni bildirmaslikka qilmaslikka harakat qilgan. Ijodkorlar orasida Serge Gainsbourg va Charlotte Gainsbourg faoliyatiga qiziqadi[10]. Sevimli yozuvchilari Vladimir Nabokov va Xorxe Luis Borxes, sevimli asari Lolita[10]. Sevimli rejissyori Lars von Trier.

2009-yilda Lvov univeriteti filologiya fakultetining „Adabiy tanqid“ yoʻnalishiga oʻqishga kiradi, chunki oʻz hayotini adabiyot bilan mustahkam bogʻlashni xohlagan. Lvov univeritetida oʻqishi, shuningdek, Lvovga koʻchib oʻtishi Xristinaning shaxsiyatining rivojlanishiga va uning oʻzini oʻzi anglash darajasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Sevimli oʻqituvchilari Irina Starovoyt (jahon adabiyoti tarixi) va Rostislav Chopik (Ukraina adabiyoti tarixi) boʻlgan[6].

Ijtimoiy faolligi

tahrir

2018-yilda UAnimals gumanistik tashabbusini qoʻllab-quvvatlaydi va „Oltin Dziga“ milliy kino mukofotining qizil yoʻlagida „Hayvonlarsiz sirk“ futbolkasida chiqadi, shuningdek, Facebook rasmiy sahifasida oʻlja stansiyalarini taqiqlashga chaqiradi. Qoʻshiqchi har doim Brigittte Bardotning hayvonlarni himoya qilish faoliyatidan ilhomlangan va hayratga tushgan[8]. 2018-yilda Rossiyada terrorizmda ayblanib, sudlangan ukrainalik rejissyor Oleg Sensovni qoʻllab-quvvatlash aksiyasiga qoʻshiladi[11] . 2023-yil 6-iyulda Rossiyaning Lvovga raketa hujumi paytida Xristina ushbu shaharda boʻlgan[12]. Hujumdan soʻng qoʻshiqchi shunday deb yozgandi: „Butun hovli derazadan singan oynalar bilan qoplangan. Ammo bolalar allaqachon oʻyin maydonchasida oʻynashmoqda. Men ham biroz oʻzimga keldim. Ammo kechasi juda qoʻrqinchli edi“[12] .

Musiqiy faoliyati

tahrir

Televideniyedagi debyuti

tahrir

2013-yilda Soloviy Ukrainada boʻlib oʻtgan „Golos strani 2013“ televizion qoʻshiq tanlovida lemkolarning „Gore dolom xodju“ qoʻshigʻini ijro etadi, shundan soʻng prodyuser Svyatoslav Vakarchuk jamoasiga qoʻshiladi. 20 yoshli qiz, agar uni Tina Karol yoki Aleksandr Ponomaryov tanlashsa, qoʻshiqchi hech qachon rus estradasini kuylamasligini va loyihada ishtirok etishdan bosh tortishini aytadi[4]. Xristina asosan lemkolarning kompozitsiyalarini kuylab, tanlovning yarim finaliga chiqqan[13]. Tanlov tufayli Xristina Svyatoslav Vakarchuk bilan ishlay boshladi, oʻz musiqasi va soʻzlari bilan bir nechta kliplarni chiqaradi.

Albomlari

tahrir

2015: Jiva voda

tahrir

2015-yil 22-sentyabrda GogolFest festivalida xonandaning 12 ta qoʻshiqdan iborat „Jiva Voda“ debyut albomi chiqadi, ulardan ikkitasi „Trimay“ va „Sinya pisnya“ Xristinaning oʻzi tomonidan yozilgan[14] va qolgan 10 tasningi muallifi Svyatoslav Vakarchukning moslashuvdagi ukrain xalq qoʻshiqlari boʻlgan. Albom 2015-yilning TOP 10 ta eng yaxshi albomi[15] va 2015-yilning TOP 12 eng yaxshi Ukraina albomi reytingiga kiritilgan[16]. Albomni yozish Kiyevda, ZvukoSexa studiyasida boʻlib oʻtgan. Albomning saund-prodyuserlari Milosh Yelich va Svyatoslav Vakarchukdir[17]. Xristinaning „Trimay“ (Hold) qoʻshigʻi uchun olingan klipi iInternetda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Bir necha kun ichida klipni YouTubeʼda 1 million marta tomoshaga qilishgan. Xristinaning lemkolarning „Pod oblachkom“ qoʻshigʻi uchun olingan ikkinchi klipi premyeradan soʻng, 2016-yil mart oyida 5 oy ichida 1 million marta tomosha qilingan. Soloviyning har bir musiqiy videosi bir necha million marta tomosha qilinadi[18][19], „Trimay“ qoʻshigʻiga ishlangan videoklipning tomashasi esa 22 milliondan oshdi[20]. Qizigʻi shundaki, qoʻshiq „Golos strani“ning birinchi koʻrsatuvidan soʻng deyarli darhol paydo boʻlgan[21].

 
Xristina Soloviy (2018-yil)

2018: Lyubiy drug

tahrir

2018-yil 26-oktyabrda Xristina shaxsiy kechinma va xotiralaridan ilhomlangan holda yaratilgan deyarli butunlay original qoʻshiqlardan iborat „Lyubiy drug“ nomli yangi albomini chiqardi, faqatgina „Ochenka moi cherni“ folklor kompozitsiyasi bundan mustasno. Albomning chiqarilishi birinchi marta 2016-yilning kuzida eʼlon qilingan[22]. Albom 11 ta qoʻshiqni oʻz ichiga olgan boʻlib, ulardan uchtasi „Xto, yak ne ti“, „Fortepiano“ va „Shkidliva zvichka“ alohida singl sifatida chiqarilgan[23]. Albom 2018-yilning eng yaxshi Ukraina albomlarining TOP-18 reytingiga kiritilgan[24]. Albomdagi soʻz va musiqa muallifi xonandaning oʻzi hisoblanadi. „Shkidliva zvichka“ va „Pro Vesnu“ [25] qoʻshiqlaridagi musiqalar uning ukasi Yevgeniy Soloviy bilan hamkorlikda yozilgan. Albomda shuningdek, Xristina tomonidan boshqa qoʻshiqchilarning qoʻshiqlariga moslashtirilganlarni ham oʻz ichiga oladi. „Okean“ qoʻshigʻi Mariya Kevlinaning „Memento more“ sheʼrining tarjimasi va moslashuvi[26], „Stejechka“ qoʻshigʻi esa Ivan Frankoning „Otse taya stejechka“ sheʼri[27], „Ochenka moi cherni“ bukovin xalq qoʻshigʻi bilan moslashtirilgan. Milosh Yelich esa „Dorogogo druga“ qoʻshigʻini yaratishda ham ishtirok etgan. 2019-yilda albomning kompakt-disklari cheklangan sonda sotuvga chiqadi. Disk dizayni Andrey Balan, Pavel Litvinenko (albomning saund-prodyuserlaridan biri) va Anton Pesotskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Albomning ovozini eng koʻp ochib beradigan „Fortepiano“ singli allaqachon YouTubeʼda 7 milliondan ortiq tomosha qilingan[28].

2018: Kinoproyekt

tahrir

2018-yilda ikkinchi albomi „Lyubiy drug“dagi „Stejechka“ kompozitsiyasi (Ivan Frankoning soʻzi va qoʻshiqchining moslashuvi bilan) Ukrainaning „Kruti 1918“ tarixiy jangovar filmining rasmiy saundtreki boʻladi[29]. 2018-yil 22-yanvarda chiqarilgan xuddi shu nomdagi klip filmdagi kadrlardan va Xristinaning oʻzi alohida suratga olingan kadrlardan iborat. Videoning rejissyori, xuddi film singari, Aleksey Shaparev boʻlgan. Filmda „Ctejechka“ qoʻshigʻidan tashqari, Xristina Soloviy ijro etgan yana bir kompozitsiya ham bor boʻlgan (Okean Elzi guruhi repertuaridan „Xolodno“).

Artistizm

tahrir

Musiqiy uslubi

tahrir

Ukrainalik musiqa tanqidchilari Xristinani ukrain folklori, folk-rok, pop, indi-pop, drim-pop, pop-rok qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis, shuningdek, pop-folkning yangi avlodi deb atashadi.

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Nomzodlik Natija Izoh
2015 Yil startapi Madaniyat va musiqa Gʻalaba
2016 YUNA Eng qisqa video klip Gʻalaba „Trimay“ klipi
2017 „# Tanlov“ Omma tanlovi Gʻalaba
2019 YUNA Eng yaxshi ayol ijrochi Sovrindor

2015-yilda „Aristokrati“ radiosi Xristinaga Madaniyat va musiqa nominatsiyasida „Yilning eng yaxshi startapi“ mukofotini taqdim etadi[30]. 2016-yilda YUNA Music Award for Discovery of the Year taqdirlash marosimida „Trimay“ qoʻshigʻiga ishlangan klip uchun „Eng chiroyli videoklip“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlangan. Qoʻshiqchi taqdirlash marosimida ham chiqish qiladi[31]. 2017-yilda „Djem FM“ radiostantsiyasining „# Tanlov“ musiqiy mukofotida „Omma tanlovi“ nominatsiyasi sovrindori. Ovoz berish Radioclub veb-saytida boʻlib oʻtgan [32]. 2018-yilda Focus jurnali maʼlumotlariga koʻra, qoʻshiqchi „100 ta eng nufuzli ayol“ [33] va „100 ta eng nufuzli ukrainaliklar“ [34] reytingiga kiritilgan. 2019-yilda YUNA-2019 musiqa mukofotida qoʻshiqchi Jamala, Nastya Kamenskix, TAYANNA va Olya Polyakova[35] kabi ijrochilar bilan birga „Eng yaxshi ijrochi“ nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

tahrir
  • 2015 — Jiva Voda
  • 2018 — Lyubiy drug

Qoʻshiqlari

tahrir
  • 2015 — Trimay
  • 2015 — Sinya pisnya
  • 2016 — Xto, yak ne ti?
  • 2017 — Fortepiano
  • 2018 — Shkidliva zvichka
  • 2018 — Stejechka
  • 2019 — Xolodno (kaver versiyasi)
  • 2020 — Koala
  • 2021 — Vtikala
  • 2022 — Ukrainska lyut
  • 2022 — Ya tvoya zbroya

Manbalar

tahrir
  1. „Христина Соловій шокована популярністю після "Голосу країни"“ (uk). Офіційний сайт каналу 1+1 - 1plus1.ua. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.
  2. „Христина Соловій“ (ru). www.facebook.com. 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.
  3. „На живой воде. Как Христина Соловий отозвалась на зов предков“ (ru). Журнал Focus. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  4. 4,0 4,1 ogo.ua. „Львів'янка Христина Соловій - дівчина, що змусила плакати Святослава Вакарчука | OGO“. ogo.ua. 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.
  5. „Христина Соловій: З Вакарчуком у нас повний консенсус щодо пісень“. DT.ua. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Христина Соловий: «Я была в отношениях с мужчиной старше более чем на 10 лет»“. karavan.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  7. „Кристина Соловий о нежелательной популярности, любви, Вакарчуке и шароварщине“. depo.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  8. 8,0 8,1 „Христина Соловий: «Я была в отношениях с мужчиной старше более чем на 10 лет»“. karavan.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  9. „«Ця епоха лайків усе знецінює»: Христина Соловій про натхнення, Євробачення та передвиборчі пропозиції“ (ru). niklife.com.ua. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „Знакомство Marie Claire: певица Христина Соловий“ (ru-RU). Marie Claire - женский журнал - все о моде, звездах и красоте (2018-yil 14-may). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  11. „Знаменитості вразили читкою оповідань Сенцова у Києві - 24 Канал“. 24 Канал. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-noyabr.
  12. 12,0 12,1 „«Було дуже страшно». Христина Соловій оговталася після нічного ракетного удару по Львову і розповіла подробиці“ (uk). NV.ua (2023-yil 6-iyul). 2023-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  13. „* Лемківскій соловій * Łemkowski słowik *“ (pl). Radio-Lemko.pl (2015-yil 9-dekabr). 2018-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-noyabr.
  14. „Новое поколение украинского поп-фолка: как прошел первый большой сольник Христини Соловій“. Музыкальный проект LiRoom - liroom.com. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  15. „Украинская музыка 2015: ТОП-10 альбомов за год“. Официальный сайт журнала ТелеНеделя - tv.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  16. „Лучшие украинские альбомы 2015 года“. comma.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  17. „Дебютний альбом Христини Соловій «Жива вода»“. Сайт о музыке Rok.Kiev.Ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  18. Христина Соловій. „Христина Соловій - Под облачком (official video)“ (2015-yil 22-oktyabr). 2016-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-noyabr.
  19. Христина Соловій. „Христина Соловій - Хто, як не ти? (official video)“ (2016-yil 1-dekabr). 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-noyabr.
  20. Христина Соловій. „Христина Соловій - Тримай (official video)“ (2015-yil 8-aprel). 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-noyabr.
  21. „Суперфиналистка "Голоса страны - 3" Кристина Соловий: "Вакарчук сказал мне - музыка должна быть на первом месте"“. kp.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  22. „Христина Соловій: «Люди сприймають мене зухвалою, а насправді я просто відверта»“ (uk). karabas.live. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  23. Христина Соловій. „Христина Соловій - Шкідлива звичка (official video)“ (2017-yil 10-oktyabr). 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  24. „18 найкращих українських альбомів 2018 року“ (uk). Музыкальный проект LiRoom - liroom.com. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  25. Христина Соловій. „Христина Соловій - Про весну (official audio)“ (2018-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  26. Христина Соловій. „Христина Соловій - Океан (official audio)“ (2018-yil 26-oktyabr). 2019-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  27. Христина Соловій. „Христина Соловій - Стежечка“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  28. Христина Соловій. „Христина Соловій - Fortepiano (official video)“ (2017-yil 21-dekabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  29. „Пісня Христини Соловій стала саундтреком фільму "Крути 1918"“ (uk). ukrinform.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  30. „Премия «Grant's Золотой Аристократ» определила лучшие стартапы Украины“. open.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  31. „YUNA-2016: ПЕРЕМОЖЦІ ТА НАЙЯСКРАВІШІ МОМЕНТИ!“ (uk). yuna.ua. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  32. „Христина Соловій отримала нагороду «Вибір публіки» музичної премії «#Селекція»“ (uk). Музыкальный проект LiRoom - liroom.com. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  33. „Мастера и кумиры. 100 самых влиятельных женщин“. focus.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  34. „Мастера и кумиры. Рейтинг 100 самых влиятельных украинцев“. focus.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  35. „YUNA-2019: все победители музыкальной премии“. yuna.ua. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.