Yor Muhammad (chigʻatoycha: يار محمد‎; 1514-yil, Ashtarxon xonligi1603-yil, Buxoro, Buxoro xonligi) – chingiziy shahzoda. Toʻqay Temuriylar xonadoni vakillarining Ashtarxon xonligidan Turkistonga koʻchib kelib oʻrnashgan tarmogʻi boshchisi. Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining probandi va yirik vakili.

Yor Muhammad
Yormuhammad
chigʻatoycha: يار محمد
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1514-yil
Ashtarxon xonligi
Vafoti 1603-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Bolalari Joni Muhammad
Otasi Mangʻishloqxon

Shaxsining oʻrganilishi

tahrir

Yor Muhammad shaxsi, uning tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan.

Kelib chiqishi

tahrir

Yor Muhammad nasabining tarmogʻi Chingizxonga yetadi va Joʻjixonning 13-oʻgʻli Toʻqay Temurga borib taqaladi. Tarixdan maʼlumki, Toʻqay Temurga 14 ulus mulk qilib berilgan. Uning ulusi tarkibiga Mangʻishloq, Hoji Tarxon va Shimoliy Kavkazdagi aslar yeri kirgan[1].

Quyida Yor Muhammad nasabining kelib chiqishi Abulgʻozi Bahodirxonning „Shajarayi turk“[sharh 1][2], Abdurahmon Tolening „Tarixi Abulfayzxon“, Hoji Mir Muhammad Salimning „Silsilat as-salotin“, Shahobiddin Marjoniyning „Mustafad al-axbor fi ahvoli Qozon va Bulgʻor“ asarlarida qay tarzda keltirilgani koʻrsatilgan[3][4]. Jadvalda shuningdek Abdusattor Jumanazar tomonidan Abdulqodir ibn Muhammad Aminning „Majmaʼ al-ansob va-l-ashjar“ asariga asosan, lekin, asarda Shayboniylar va Ashtarxoniylar shajarasi chalkashib ketgan oʻrinlar uchraydi uchun, aynan asardan koʻchirma boʻlmagan va asardagi maʼlumotlar boshqa manbalar bilan qiyoslab borilib aniqlangan nasabnoma halqasi ham keltirilgan[sharh 2][5]:

Abulgʻozi Bahodirxonda Abdurahmon Toleda Hoji Mir Muhammad Salimda Shahobiddin Marjoniyda Abdusattor Jumanazarda
Joʻchixon Joʻchixon Joʻchixon Joʻchixon Joʻchixon
Toʻqay Temur Toʻqay Temurxon Toʻqay Temurxon Toʻqay Temur Toʻqay Temur
Oʻztemur Oʻztemur Oʻztemurxon Oʻztemur Oʻztemur
Abay Temur Qutlugʻxon Abay sulton Abay Abay
Numgʻan Qutlugʻ Temurxon Numgan Tumgan Tumagʻan
Qutluq Temur oʻgʻlon Oʻztemurxon Temurbekxon Qutlugʻ Temur Qutlugʻ Temur
Temur Qutluqxon Toʻqay Temurxon Qutlugʻxon Gali Temur Ali Temur
Temur sulton Qutlugʻ Temurxon Temur Temur Qutlugʻ Temur Qutlugʻ
Muhammadxon Ahmadxon Temurxon Temur sulton Temur sulton
Chavaq sulton Juvak Muhammad Muhammadxon Muhammad Muhammadxon
Manqishloq sulton Bogʻlishdodxon Chavoqxon Chuvok Chavoq
Yor Muhammad Yor Muhammadxon Mangʻishloqxon Mangʻishloq Mangʻishloq
Yor Muhammadxon Muhammad Yor Muhammadxon

Bahr ul-asrorga koʻra oilada toʻngʻich oʻgʻil farzand boʻlgan Yor Muhammad 14 yoshida otasi Mangʻishloqxonning (1454–1528) vafotidan soʻng xonadon boshchisiga aylangan[6]. Bobur Aminovning tadqiqotlari natijasiga koʻra Mangʻishloqxon 1528-yilda vafot etgan[7].

Turkistonga koʻchib kelishi

tahrir

1556-yilda Ashtarxon xonligi Rus podshosi tomonidan bosib olingach, Toʻqay-Temur nasliga mansub boʻlgan Ashtarxon xoni Yor Muhammad oʻz oila aʼzolari va qarindoshlari bilan Buxoroga kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon Yor Muhammad va uning hamrohlariga oʻz mamlakatidan boshpana bergan. Yor Muhammadning oʻgʻli Joni Muhammad sultonga oʻz qizi Zuhra xonimni xotinlikka bergan. Shu nikohdan 3 oʻgʻil: Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammadlar dunyoga kelgan[8].

Yormuhammad Astraxan rus hukmdorlari tomonidan egallanganidan soʻng Buxoro tomonlarga kelib, Shayboniylar bilan quda-andachilik rishtalarini bogʻlagan. Bu rishta keyinchalik sulola hokimiyatni qoʻlga kiritishi uchun zanjir vazifasini oʻtagan[9].

Bahr ul-asrorda Yor Muhammad barcha Ashtarxoniylarning rasmiy boshchisi etib koʻtarilgaligi aytib oʻtilgan. Anton Alekseyevga koʻra Yor Muhammad 1599–1600-yillarda Qandahordan qaytganidan soʻng xon etib koʻtarilgan, u hechqayerda hechqachon hukmronlik qilmagan, barcha hukmdorlik ishlari bilan uning oʻgʻli Joni Muhammad va nevaralari Din Muhammad va Boqi Muhammadlar shugʻullanishgan[6].

Hajga borgani haqida fikrlar

tahrir

Ashtarxoniylar davrining koʻpchilik muarrixlari Yor Muhammadxon ismiga hoji nisbasini qoʻshib ishlatadilar. Akbar Zamonov oʻzining monografiyasida Yor Muhammadxon Buxoroga, Iskandarxon Saroyiga kelgunga qadar ham xonlik bilan bordi keldisi boʻlgan va haj ziyoratidan keyin yana Buxoroga kelishni ixtiyor qilgan. „Musaxxir al-bilod“ asari izohlarida Yor Muhammadning haj ziyorati xususida maʼlumot keltiriladi[10].

Dilorom Sangirovaga koʻra yangi sulolasining jamiyatda mavqeini mustahkamlanishida sulolaning yoshi ulugʻ vakili hisoblangan va endigina hajdan kelgan Yor Muhammadning hojilik martabasining taʼsiri kuchi katta boʻlgan[11].

Oilasi

tahrir

Dilorom Sangirova Ashtarxoniylar shajarasini yaratishga kirishar ekan, oila yoki jamiyatda egallagan maqomi va imtiyozlariga koʻra, sulola tarixida tub oʻzgarish yasagan Yormuhammadni sulolaning eng birinchi vakili — probandi sifatida belgilab olgan[9].

1556-yilda Ashtarxon xonligi Rus podshosi tomonidan bosib olingach, Toʻqay-Temur nasliga mansub boʻlgan Ashtarxon xoni Yor Muhammad oʻz oila aʼzolari va qarindoshlari bilan Buxoroga kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon Yor Muhammad va uning hamrohlariga oʻz mamlakatidan boshpana bergan. Yor Muhammadning oʻgʻli Joni Muhammad sultonga oʻz qizi Zuhra xonimni xotinlikka bergan[8].

1556-yilda Ivan IV Astraxanni egallashdan ilgari ham ikki xonadon vakillari oʻrtasida yaqin aloqalar boʻlgan. Yuqoridagi voqeadan soʻng esa ashtarxoniy Yor Muhammadxon oʻz oila aʼzolari bilan Buxoroga, Iskandarxon xonadoniga tashrif buyurgan. Ikki sulola vakillari nikoh orqali oʻzaro bogʻlangan va ushbu nikohdan tugʻilgan farzandlar Shayboniylardan soʻng Buxoro xonligi taxtini egallaganlar[12].

Sangirovaga koʻra „Qubbat ul-islom“ nomi bilan ulugʻlangan Buxoro xonligi musulmonlar uchun „din panohi“ vazifasini bajarib kelgan.1556-yilda Ivan Grozniy tomonidan Astraxanning bosib olinishi oqibatida gʻayridinlardan panoh istagan Yor Myhammad boshchiligidagi ashtarxonliklar Buxoroga kirib kelgan. Shayboniylardan boʻlgan Iskandarxonning qizi Zuhro begimni Ashtarxoniylar kelin qilib olish bilan quda andachilik rishtalari bogʻlaydi. Ushbu nikoh Ashtarxoniylar (Joniylar) sulolasining 1601-yilda Buxoro taxtini egallashida ligitim asos boʻlib xizmat qilgan[11].

Yormuhammadning 4 oʻgʻli boʻlib, ular: Joni Muhammad sulton, Abbos sulton, Tursun Muhammad sulton, Pir Muhammad sulton boʻlgan[9].

„Bahr ul-asror“ asaridagi maʼlumotlar Yormuhammadning farzandlari qaysi ayol nikohidan tugʻilganligi aniqlab olish imkonini beradi. Asarda Yormuhammadning 6 oʻgʻli va 2 qizi boʻlganligi haqida maʼlumot berilgan. Joni Muhammad, Abbos sulton, Oysha sultonxonim va Munida xonimlarning onasi Iskandarxonning qizi Maʼsuma sulton xonim boʻlgan. Muhammad sulton va Rahimquli sultonlarning onasi Xoja Mir Haydarning urugʻidan Shohbegim boʻlgan. Malik sulton va Tursun Muhammad sultonlarning onasi qoʻngʻirot urugʻidan Shayx begim boʻlgan[6][9][13].

Oliasi bilan Balxga koʻchib kelgan Tursun sultonga 1625/26-yili Taliqon hududlari ishonib topshirilgan. Biroq koʻp oʻtmay u „kekkayib qolib, oʻzini noloyiq tuta boshlagani“ sababli lavozimidan boʻshatilgan[14].

Oilada katta ayolning mavqei yuqori boʻlib, toʻngʻich farzandning mulkka egalik huquqi ham shu tartiblarga koʻra belgilangan[9].

Yormuhammadning toʻngʻich farzandi Joni Muhammadning Buxoro zodagonlaridan biri Iskandarxonning qizi Zuhrobegimga uylanishi bilan mahalliy zodagonlar orasida mavqei kuchayib borib, hukmdorlik qilish huquqi mustahkamlangan[9].

Vafoti

tahrir

Bahr ul-asrorga koʻra, Yor Muhammad Buxoroda Hazrati Xojayi Buzurg mozorida dafn etilgan[6].

Oilada toʻngʻich oʻgʻil farzand boʻlgan Joni Muhammad otasi Yor Muhammadning vafotidan soʻng uning oʻrniga xonadon boshchisiga aylangan[6].

Izohlar

tahrir
  1. Mazkur nasabnoma Mangʻishloqxonning avlodi boʻlmish Abdulazizxonning nasabnomasida koʻrsatilgan.
  2. Bu nasabnoma ham Abdulazizxonning nasabnomasida koʻrsatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Zamonov 2021, s. 20–21.
  2. Abulgʻoziy 1992, s. 111.
  3. Трепавлов 2009, s. 370–395.
  4. „Родоначальники Аштарханидов в Дешт-и Кипчаке (заметки о предыстории бухарской династии)“ (ruscha). Secrethistory.su (10-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 10-mart 2023-yil.
  5. Jumanazar 2017, s. 146.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Алексеев 2006, s. 88.
  7. Zamonov 2021, s. 23.
  8. 8,0 8,1 Zamonov 2021, s. 22.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Sangirova 2018, s. 34.
  10. Zamonov 2021, s. 24.
  11. 11,0 11,1 Sangirova 2019, s. 27.
  12. Zamonov 2021, s. 117.
  13. Zamonov 2021, s. 21.
  14. Ахмедов 1982, s. 62.

Adabiyotlar

tahrir

Kitoblar

tahrir
  • Abulgʻoziy. Shajarayi turk. Toshkent: Choʻlpon, 1992 — 188-bet. ISBN 5-8250-0234. 
  • Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
  • Muhammadyor ibn Arab Qatagʻon. Musaxxir al-Bilod. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009 — 429-bet. ISBN 978-9943-08-496-4. 
  • Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari: monografiya. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136-bet. ISBN 978-9943-6372-1-4. 
  • Алексеев А. К. Политическая история Тукай-Тимуридов: По материалам персидского исторического сочинения Бахр ул-асрар (ruscha). СПб: Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2006 — 229-bet. ISBN 5-288-03987-9. 
  • Ахмедов Б. А. История Бадха (XVI – первая половина XVIII в.) (ru). Ташкент: ФАН, 1982 — 295-bet. 
  • Давидович Е. А. Корпус золотых и серебряных монет Шейбанидов. XVI век. Наука. Главная редакция восточной литературы, 1992 — 504-bet. ISBN 5-02-017171-9. 
  • Зайцев И. В. Астраханское ханство (ru). Москва: Ин-т востоковедения РАН, 2006 — 303-bet. ISBN 5-02-018538-8. 
  • Кляшторный С. Г., Султанов Т. И. Государства и народы Евразийских степей. Древность и средневековье (ruscha). СПб: Петербургское Востоковедение («Orientalia»), 2009 — 432-bet. ISBN 978-5-85803-411-7. 
  • Кушева Е. Н., Аполлова Н. Г., Ромодин В. А.. Народы Кавказа и Средней Азии в XVI и в первой половине XVII в. // Всемирная история. Энциклопедия. Том IV. (ruscha). Москва: Изд-во социально-экономической литературы, 1958 — 432-bet. 

Maqolalar

tahrir
  • Sangirova D. Bir sulola shajarasi haqida // Sharq mashʼali. — Toshkent, 2018. — № 2.
  • Sangirova D. Haj ziyorati va hukmdor hojilar // Oʻtmishga nazar. — Toshkent, 2019. — № 18.