Yozyovon choʻli

Fargʻona vodiysining markaziy qismidagi choʻl

Yozyovon choʻliFargʻona vodiysining markaziy qismidagi choʻl. Qoʻqon, Margʻilon, Andijon va Namangan vohalari bilan oʻralgan. Shimolidan Sirdaryo oqib oʻtadi, zamini paleozoy jinslaridan tarkib topgan, yer yuzasi toʻrtlamchi davr allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Relyefi, asosan, tekis. Balandpast kum tepalari, koʻllar, shoʻrxoklar va botqoklashgan yerlar uchraydi. Iklimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi qisqa, bir oz sovuq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—27°, yanvarniki —3°, vegetatsiya davri 220—240 kun. Yillik yogʻin 170–200 mm. Yo. ch.ni oʻzlashtirish maqsadida bir qancha kanal (Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona kanali, Oxunboboyev nomli kanal va b.) va kollektorlar (Yozyovon, Sarijoʻga, Sariqsuv, Qiziltepa, Fapbiy Yozyovon kollektorlari) qazilgan. Choʻlda yantoq, qamish, shoʻra, shuvoq, yulgʻun oʻsadi, kanal hamda ariqlar boʻyiga terak, tol, qayragʻoch, tut, jiyda, chinor, akatsiya va b. ekilgan. Yer osti suvi 0,5—1,2 m chuqurlikda. Qiziltepa massivida va Jomashoʻyda yer ostidan issiq shifobaxsh suv topilgan. Yo. ch. deyarli oʻzlashtirilgan. Choʻl orqali Fargʻona— Namangan, Margʻilon—Qoʻqon, Qoʻqon— Shaxrixon, YozyovonBoʻz, Yozyovon—Baliqchi avtomobil yoʻllari oʻtgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil