2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali
2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali 19-may 2012-yil Myunxenning „Allianz Arena“ stadionida Bavariya va Chelsi klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Ushbu oʻyinda Yevropaning klublar oʻrtasidagi asosiy futbol turniri boʻlmish UEFA Chempionlar ligasining 2011—2012-yilgi mavsumi gʻolibini aniqlanishi kerak edi.
Turnir | UEFA Chempionlar Ligasi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Chelsi 4-3 hisobi bilan penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi | |||||||
Sana | 19-may, 2012-yil | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Allianz Arena, München | ||||||
Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi |
Didier Drogba[1] | ||||||
Hakam | Pedro Proença (Portugaliya)[2] | ||||||
Tomoshabinlar soni | 62,500[3] | ||||||
Ob-havo | Bulutli[4] |
Bavariya bu oʻyingacha 8 marotaba final bahslarida ishtirok etib, 4 marotaba gʻalaba qozongan. Chelsi esa oʻzining 2-final oʻyinini oʻtkazdi va gʻalaba qozondi.
Bu Allianz Arenada (Fußball Arena Myunchen nomi bilan tanilgan) oʻtkazilgan birinchi Chempionlar ligasi finali edi. Har ikki jamoa oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl olishgan edi. Oʻshanda Bavariya Bazel, Marsel va Real Madridni magʻlub etib, finalga chiqdi, „Chelsi“ esa Napoli, Benfika va amaldagi chempion „Barselona“ni magʻlub etgan.
Stadion
tahrirAllianz Arena UEFA tomonidan 2010-yilning 30-yanvarida 2012-yilgi final oʻtkaziladigan joy sifatida eʼlon qilingan edi. Stadion 2005-yil ochilgan va Jahon chempionatining ochilish oʻyinini oʻzida qabul qilgan. Myunxenda boʻlib oʻtgan har bir finalda birinchi marotaba chempionga aylanadigan jamoa gʻalaba qozonar edi[5].
Finalga yoʻl
tahrir(U: Uy uchrashuvlar; M: Mehmon uchrashuvlar).
Bavariya | Raund | Chelsi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib | Hisob | 1-o'yin | 2-o'yin | Kvalifikatsiya raundi | Raqib | Hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
Zürich | 3–0 | 2–0 (U) | 1–0 (M) | Pley-off bosqichi | Ishtirok etmagan | |||
Raqib | Natija | Guruh bosqichi | Raqib | Natija | ||||
Villarreal | 2–0 (M) | 1-Tur | Bayer Leverkusen | 2–0 (U) | ||||
Manchester City | 2–0 (U) | 2-Tur | Valencia | 1–1 (M) | ||||
Napoli | 1–1 (M) | 3-Tur | Genk | 5–0 (U) | ||||
Napoli | 3–2 (U) | 4-Tur | Genk | 1–1 (M) | ||||
Villarreal | 3–1 (U) | 5-Tur | Bayer Leverkusen | 1–2 (M) | ||||
Manchester City | 0–2 (M) | 6-Tur | Valencia | 3–0 (U) | ||||
Raqib | Hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin | Pley-off bosqichi | Raqib | Hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
Basel | 7–1 | 0–1 (M) | 7–0 (U) | Nimchorak final | Napoli | 5–4 | 1–3 (M) | 4–1 (q.v) (U) |
Marseille | 4–0 | 2–0 (M) | 2–0 (U) | Chorak final | Benfica | 3–1 | 1–0 (M) | 2–1 (U) |
Real Madrid | 3–3 (3–1 p) | 2–1 (U) | 1–2 (q.v) (M) | Yarim final | Barcelona | 3–2 | 1–0 (U) | 2–2 (M) |
Oʻyindan oldin
tahrirChiptalar
tahrirUEFA tomonida ikki jamoa muxlislari uchun 17500 ta chipta ajratilingan edi. Yana 7000 ta chiptalar UEFA.com orqali butun dunyo boʻylab muxlislarga sotilishi rejalashtirilgan edi. Chiptalarningning narxi 70 dan 370 yevrogacha belgilangan edi. Qolgan chiptalar mahalliy tashkiliy qoʻmita, UEFAning 53 milliy futbol assotsiatsiyasi hamda tijorat va translyatsiya hamkorlariga ajratilgan[6].
Final elchisi
tahrirSobiq nemis futbolchisi Paul Breitner final elchisi etib tayinlangan edi[7].
Hakamlar
tahrir2012-yil may oyida finalni nazorat qilish uchun portugaliyalik hakam Pedro Proença tayinlangan[2].
Jamoalar tarkibi
tahrirHar ikki klubda ham diskvalifikatsiya tufayli oʻyinchilar oʻyinda ishtirok eta olishmasdi. Bavariyada David Alaba, Holger Badstuber va Luiz Gustavo, Chelsida esa Branislav Ivanović, Raul Meireles, Ramires va John Terry oʻz jamoalariga yordam bera olishmagan[8][9].John Terry Barcelonaha qarshi oʻyinda qizil kartochka olganidan soʻng final oʻyinni oʻtkazib yuborishi malum boʻlgan.
Finaldagi 36 nafar futbolchidan faqatgina ikki futbolchi bungacha Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan edi. Chelsi tarkibidagi Paolo Ferreira va José Bosingwa bungacha Portu tarkibida ushbu turnirda gʻalaba qozongan edi. 2010-yilgi final baxsida Bavariyaning 18 nafar futbolchisidan 10 nafari ishtirok etgan edi. Chelsining 2008-yilgi magʻlubiyatidagi futbolchilardan 8 nafari ushbu finalgacha klubda faoliyat yuritib kelishar edi.
Oʻyin
tahrir19 May 2012 20:45 (20:45 UTC+2) |
Bayern Munich | 1–1 (q.v) | Chelsea | Allianz Arena, Munich Tomoshabinlar: 62,500[10] Hakam: Pedro Proença (Portugal) |
---|---|---|---|---|
|
| |||
Penaltilar | ||||
* Lahm | 3–4 | * Mata |
Bayern Munich[11]
|
Chelsea[12]
|
|
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Every Champions League final Man of the Match this century ranked from great to GOAT“. www.squawka.com. Squawka.
- ↑ 2,0 2,1 „Proença to officiate UEFA Champions League final“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 17-may). 2012-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-may.
- ↑ „Champions League 2011/2012 » Attendance » Home matches“. www.worldfootball.net. worldfootball.
- ↑ „Champions League final: Bayern Munich v Chelsea – as it happened“. www.theguardian.com. theguardian.
- ↑ „Plays of the Day: Heroes in blue“. ESPN (2012-yil 19-may). Qaraldi: 2012-yil 4-iyul.
- ↑ „UEFA Champions League Final 2012 ticket sales launched“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 29-fevral).
- ↑ „Ambassador: Paul Breitner“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 1-mart). Qaraldi: 2012-yil 19-may.
- ↑ Zuvela, Matt. „Bayern in Champions League final after Madrid thriller“ (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2012-yil 25-aprel.
- ↑ Haupt, Florian. „Schock für Barcelona, Triumph und Tragödie für Chelsea“ (de) (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2012-yil 25-aprel.
- ↑ „Full Time Report, Final – Saturday 19 May 2012“ (PDF). UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 19-may). Qaraldi: 2012-yil 19-may.
- ↑ „Fußball Arena MünchenMunich“. www.uefa.com. UEFA.
- ↑ „Fußball Arena MünchenMunich“. www.uefa.com. UEFA.