2021-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali

UEFA Chempionlar Ligasining 2021-yildagi finali (portugalcha: Final da Liga dos Campeões da UEFA de 2020–21, inglizcha: 2021 UEFA Champions League Final) – UEFA chempionlar ligasi 2020–2021-yilgi mavsumining final oʻyini boʻlib, tarixdagi 66-chempion aniqlangan oʻyin.

2021-yildagi UEFA Chempionlar ligasi finali
Turnir UEFA Chempionlar Ligasi
Sana 29-may, 2021-yil(2021-05-29)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Estádio do Dragão, Portu
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
N'Golo Kanté (Chelsi)[1]
Hakam Antonio Mateu Lahoz[2]
Tomoshabinlar soni 14,110[3]
Ob-havo Ochiq havo
19°
Namlik:72%
Shamol:18 km/s

Dastlab final oʻtkazilish joyi sifatida 2019-yil Sankt-Peterburgdagi Gazprom Arena tanlangan edi. Ammo COVID-19 pandemiyasi sababli barcha final oʻyinlari bir yil oldinga surildi. May oyidagi yarim final oʻyinlaridan soʻng, final ingliz klublari oʻrtasida boʻlishi aniq boʻlganda, finalni Istanbulga koʻchirishga qaror qilindi. Futbol oʻyini Portudagi Estádio do Dragão stadionida 29-may 2021-yil shanba kuni boʻlib oʻtgan. Uchrashuvda bosh hakam sifatida Antonio Mateu Lahoz xizmat qilgan. Oʻyinni stadiondan turib 14 110 muxlis tomosha qilgan. Chelsi asosiy vaqtda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Yagona golni Kai Havertz kiritgan. London klubi uchun bu 2-Chempionlar ligasi kubogi edi(dastlabkisi 2012-yilda Bavariya ustidan gʻalaba qozonilganda qoʻlga kiritilgan). Manchester City esa oʻz tarixida ilk marotaba UEFA Chempionlar Ligasining final oʻyinida ishtirok etgan.

OAV va futbol mutaxassislari Chelsi jamoasi murabbiyi Tomas Tuchelning oʻyinga tanlagan rejasi gʻalabaga juda ham katta tasir oʻtkazgan boʻlsa, Manchester City jamoasi ustozi Pep Guardiola qabul qilgan qarorlar klubni kubokga yetisha olmaganligining asosiy sabablaridan biri deya takidlashgan. Chelsi futbolchisi N'Golo Kanténing hissasi alohida taʼkidlab oʻtilgan. Nʼgolo juda ham koʻp hujumlarni hech qanday qoidabuzarliklarsiz toʻxtatgan edi. Oʻyin soʻnginda esa uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan fransuz futbolchisi Oltin toʻp soʻvriniga asosiy davogar sifatida qarala boshlangan.

London klubi muxlislari finaldagi gʻalabani tun boʻyi nishonlashgan, ammo jamoa Londonga qaytganida chempionlik paradini uyushtirishning iloji boʻlmagan. Ushbu davrda Angliyada COVID-19 pandemiyasi tufayli ommaviy tadbirlar taqiqlangan edi.

Oʻtkazish joyi

tahrir

Dastlabki takliflar

tahrir

2021-yilda boʻlib oʻtadigan UEFA Chempionlar ligasi va UEFA Yevropa Ligasi finallarini oʻtkazish boʻyicha takliflar 2018-yilning 28-sentyabridan boshlab qabul qilish boshlangan. UEFA reglamentiga koʻra milliy futbol assotsiatsiyalar taklifni 26 oktyabrga qadar yuborishlari kerak edi. 1-noyabr 2018-yil UEFA ikkita assotsiyasi mezbonlik qilish boʻyicha soʻroʻv yuborilganini eʼlon qildi[4]. Germaniya va rossiya assotsiatsiyalari tomonidan Allianz Arena va Gazprom arena taklif qilingan[4][5].

Mamlakat Stadion Shahar Shuningdek
  Germaniya „Allianz Arena“ München 2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali va 2006-yilgi Jahon chempionati final oʻyinlarini oʻzida qabul qilgan[6].
  Rossiya „Gazprom arena“ Sankt-Peterburg 2017-yildagi Konfederatsiya kubogi va 2018-yildagi Jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilgan[5][6].

UEFA Chempionlar ligasining 2021-yildagi finali uchun mezbomlik qiladigan stadion 24-sentyabr 2019-yil UEFA ning Lyublyanadagi yigʻilishida e'lon qilingan[6].

Oʻtkazish joyi oʻzgarishi

tahrir

COVID-19 pandemiyasi tufayli Chempionlar ligasi va Yevropa liga finallari mezbonlarini bir yil keyinga surish taklifi berildi. Shu sababli UEFA 17-iyun 2020-yil Chempionlar ligasining 2021-yildagi final oʻyini Istanbulda boʻlishini elon qildi[7]. Shunday qilib Sankt-Peterburgda 2022-yilning final oʻyini oʻtkaziladigan boʻldi[8]. Musobaqaning 2021-yildagi final oʻyini ikkinchi marotaba Olimpiya stadionida oʻtkazilishi kerak edi. Birinchi mezbonlikni 2005-yilda qabul qilgan edi. Liverpul AC Milan ustidan Penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, kubokga beshinchi marotaba sazovar boʻlgan[9].

 
Portudagi Estádio do Dragão stadioni

Murakkab epidemiologik vaziyat tufayli Turkiya angliyalik mehmonlarni qabul qiladigan boʻlsa, Angliyada ularni majburiy uy karantini kutib turar edi[10]. Milliy futbol assotsiatsiyasi mezbon mamlakatni oʻzgartirish boʻyicha soʻroʻv bilan chiqdi[11]. UEFA finalni Prtugaliya yoki Angliyada oʻtkazish kabi variantlarni ham koʻrib chiqgan. Londondagi Wembley va Portudagi Estádio do Dragão stadionlari mezbonlikga eng asosiy nomzodlar edi[12].

Mamlakat Stadion Shahar Shuningdek
  Angliya Uembli London 2011 va 2013-yillardagi UEFA Chempionlar ligasi[13] va 2012-yildagi Olimpiya oʻyinlari final bahslariga mezbonlik qilgan[14]
  Portugaliya Estádio do Dragão Portu 2004-yilda Yevropa chempionati va 2019-yildagi Millatlar ligasi finallarini oʻzida qabul qilgan[15]

Chiptalar sotuvi

tahrir
Chelsi muxlislari Portuda

Oʻyinni stadiondan turib tomosha qilish uchun har bir klubning muxlislariga olti mingtadan chiptalar sotuvga chiqarilgan edi. Shuningdek chiptalarning bir qismi 24-maydan ochiq savdoda sotilishi boshlanishi kerak edi[16]. Oʻyinga jami 16 500 muxlisl tashrif buyurgan. Bu koʻrsatgich stadionning umumiy sigʻimini 33% tashkil etgan. Chiptalar narxi toʻrt kategoriyaga boʻlinar edi. Eng arzoni 70 yevro, eng yaxshi joylar uchun narxlar 180, 450 va 600 yevro edi[17].

Oʻyindan oldin

tahrir

28-may kuni mahalliy OAV Portuda Chelsi va Manchester Siti muxlislari oʻrtasida mushtlashuv boʻlgani haqida xabar berdi. Janjal paytida kamida ikki kishi yaralandi, politsiya tartibsizliklarni bartaraf etish uchun rezina oʻqlardan foydalanishga majbur boʻldi[18][19]. Portugaliya hukumatiga muxlislarni faqat oʻyin kuni mamlakatga kiritilishini vaʼda qilganiga qaramay, ingliz muxlislari oʻyindan bir necha kun oldin Portuga yetib kelishgan edi. Qayd etilishicha, koʻplab ingliz muxlislarni oʻyinga chiptasi yoʻq edi. Ular shunchaki oʻyindan oldingi atmosferani his qilish va sevgan klubini stadiondan tashqarida qoʻllab quvvatlash uchun kelganligini sabab qilib koʻrsatishgan[20]. Final kuni muxlislar Portu koʻchalarini toʻldirishgan[21].

Finalgacha yoʻl

tahrir

Klublarning Chempionlar ligasidagi va oʻzaro oʻyinlardagi tarixi

tahrir
Klublarning finalgacha yoʻli
  Manchester City Raund   Chelsi
Raqib Natija Chempionlar ligasi 2020—2021-yilgi mavsum. Guruh bosqichi Raqib Natija
  Portu 3:1 (u) 1-tur   Sevilla FC 0:0 (u)
  Olimpik Marsell 3:0 (m) 2-tur   Krasnodar 4:0 (m)
  Olympiacos 3:0 (u) 3-tur   Renn 3:0 (u)
  Olimpiakos 1:0 (m) 4-tur   Renn 2:1 (m)
  Portu 0:0 (m) 5-tur   Sevilla FC 4:0 (u)
  Olimpik Marsell 3:0 (u) 6-tur   Krasnodar 1:1 (u)
C guruhi gʻolibi
Jamoa O' G' D M UG GO' ± О
  Manchester City 6 5 1 0 13 1 +12 16
  Portu 6 4 1 1 10 3 +7 13
  Olimpiakos 6 1 0 5 2 10 −8 3
  Olimpik Marsell 6 1 0 0 2 13 −11 3
Jadval E guruhi gʻolibi
Jamoa O' G' D M UG GO' ± О
  Chelsea 6 4 2 0 14 2 +12 14
  Sevillia 6 4 1 1 9 8 +1 13
  Krasnodar 6 1 2 3 6 11 −5 5
  Renn 6 0 1 5 3 11 −8 1
Raqib Yakuniy hisob 1-oʻyin 2-oʻyin Pley-off Raqib Yakuniy hisob 1-oʻyin 2-oʻyin
  Borussia Mönchengladbach 4:0 2:0 (m) 2:0 (u) 1/8 final   Atlético Madrid 3:0 1:0 (m) 2:0 (u)
  Borussia Dortmund 4:2 2:1 (u) 2:1 (m) 1/4 final   Portu 2:1 2:0 (m) 0:1 (u)
  PSG 4:1 2:1 (m) 2:0 (u) 1/2 final   Real Madrid CF 3:1 1:1 (m) 2:0 (u)

Manchester City oʻz tarixida Chempionlar ligasi finalida sihtirok etmagan edi. UEFA Kubok Egalari Kubogi jamoa qoʻlga kiritgan yagon yevrokubok edi. Sonʼgi 10 mavsum ichida klub Angliyada 5 marotaba chempionlikga erishadi, ammo klub Chempionlar ligasida bir marotaba yarim finalgacha yetib kela oladi xolos[22][23][24].

Chelsi 2021-yilgacha ikki marotaba Yevropaning eng yirik turnirining final bosqichigacha yetib borgan. Ilk marotaba 2008-yilda, Moskva da oʻtkazilingan finalda, Chelsi penlatilar seriyasida Manchester United klubiga imkoniyatni boy beradi. Oradan 4 yil oʻtib klub amaldagi chempion Barcelonani magʻlub etib finalda Bavariyaga qarshi kuch sinashgan. Oʻyin Myunxenda, Bavariyaning uy stadionida boʻlib oʻtgan. Oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻlgan. Chelsi oʻz tarixida birinchi marotaba Chempionlar ligasi kubogiga ega chiqgan[25]. 2001-yildan beri jamoa 5 marotaba yarim final bosqichigacha kelgan va 2 marotaba Yevropa Ligasini qoʻlga kiritgan[23][26].

Chelsi va Manchester City Chempionlar ligasi doirasida biror marotaba toʻqnash kelishmagan. Yevrokuboklarda bir marotaba oʻzaro oʻyin oʻtkazishgan. UEFA Kubok Egalari Kubogi doirasida boʻlgan yarim final bahsida, ikki oʻyinda ham London kluni minimal hisobda gʻalaba qozonadi[27]. Umumiy hisobda klublar rasmiy oʻyinlarda 166 marotaba toʻqnash kelishgan. 68 ta oʻyinda Chelsi gʻalab qozongan. 58 tasida esa Manchester city, qolgan oʻyinlar durrang natijasi bilan tugaga.

Manchester City

tahrir

Guruh bosqichida Manchester City „C“ guruhidan joy olgan edi. Faqatgina Portuga qarshi oʻyinda ochko yoʻqotgan holda 16 ochko bilan guruh gʻolibi sifatida pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Pley-off ning ilk bosqichida shaharliklarga Borussiya Myunxengladbax boʻldi. Ikkala oʻyin ham bir xil natija, 2-0 hisobida Manchester city foydasiga yakunlanadi. 24-fevral sanasidagi safar oʻyinida Bernardo Silva va Gabriel Jesus gol kiritgan boʻlsa, javob uchrashuvida esa Kevin De Bruyne va İlkay Gündoğan shaharliklarning gʻalabasini taʼminlashgan. Chorak final bosqichida klub boshqa bir nemis klubiga toʻqnash keladi. Manchester city Borussia Dortmundga qarshi kechgan ikki bahsda ham 2-1 hisobida gʻalaba qozonadi. Yarim finalda shaharliklar PSG, amaldagi vitse—chempionga qarshi toʻqnash keladi. Ikki oʻyindan soʻng umumiy 4—1 hisobida jamoa final oʻyiniga yoʻl oladi.

Chelsi

tahrir

London klubi „E“ guruhida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazib, 14 ochko jamgʻargan holda guruh yetkschisi boʻlib pley-off bosqichiga yoʻllanma oladi. Dastlabki va ohirgi turda jamoa Krasnodar va Sevilliaga qarshi bahslarda durrang natija qayd etadi. Aynan ushbu jamoalar bilan safar oʻyinida esa yirik, 4-0 hisobida gʻalaba qozonadi. Fransiyaning Renn klubiga qarshi safarda (2-1) ham oʻz uyida(3-0) ham gʻalabaga erishadi.

Qishgi tanaffus paytida rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Frank Lampardni 2020-yil dekabr oyidan beri davom etib kelgan muvaffaqiyatsiz oʻyin tufayli istefoga chiqarishga qaror qiladi[28]. Uning oʻrnini amaldagi vitse-chempion PSGning sobiq murabbiyi Tomas Tuchel egallaydi[29].

Pley-off’ning dastlabki bosqichida Chelsi Ispaniyaning Atlético Madrid jamoasiga qarshi toʻqnash kelgan. 23-fevraldagi safar oʻyinda Olivier Giroud kiritgan gol yagonaligini saqlab qolgan va Chelsi minimal hisobda gʻalaba qozongan. Musobaqa yakunida ushbu gol turnirning eng chiroyli 3 golidan biri deb tan olingan[30]. 17-mart kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda Chelsi ishonchi tarzda, 2-0 hisobida gʻalaba qozonadi. Tabloga Hakim Ziyech va Emerson Palmieri oʻz nomlarini yozib qoʻyishadi. Ushbu uchrashuvdan soʻng Chelsi chorak finalda Portuga qarshi kuch sinashishiga toʻgri keladi. Portugaliya hukumati qoʻygan karantin qoidalari tufayli oʻyin Ispaniyada, Ramón Sánchez Pizjuán stadionida boʻlib oʻtadi. Dastlabki oʻyinda Chelsi Mason Mount va Ben Chilwell tomonidan kiritilingan gollar hisobiga gʻalaba qozonadi. Javob uchrashuvda Mehdi Taremining goli yagonaligini saqlab qoldi va Portu minimal hisobda gʻalaba qozondi. Musobaqa yakunida Eronlik futbolchi kiritgan gol turnirning eng chiroyli goli deb topildi[30]. Chelsi ikki oʻyin natijasiga koʻra yarim finalga chiqadi. Klub real Madrid klubi bilan final yoʻllanmasi uchun kurashishi kerak edi. 27-Aprel kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashadi, oʻyin 1-1 hisobida yakuniga yetadi. Oʻyinda Christian Pulisic va Karim Benzema gol kiritadi. Ikkinchi oʻyin 2-0 Chelsi foydasiga tugaydi. Chelsi umumiy hisobda 3-1 hisobida gʻalaba qozonib Chempionlar ligasining finaliga chiqadi.

Londonliklar har safar yevropaning eng nufuzli turnirining finaliga chiqqanida mavsum oʻrtasida murabbiy almashtirishga toʻgʻri kelgan. 2008-yil Avram Grant boʻshatilgan José Mourinho oʻrnini egallagan boʻlsa, 2012-yilda André Villas-Boas oʻrniga klub afsonasi Roberto Di Matteo yangi murabbiy sifatida tayinlanadi[31].

Translyatsiya

tahrir

Yevropa telekanallirdan tashqari oʻyin Afrika, Osiyo, Amerika, Yaqin Sharq va Okeaniya turli telekanal va platformalarda namoyish etilgan. Shuningdek finali dengiz sayohatida yoki parvoz vaqtida tomosha qilish imkoni mavjud edi[32]. Buyuk Britaniya hududida oʻyinni BT sports kanalidan koʻrish mumkin edi[33]. Birlashgan Qirollik boʻylab ushbu oʻyinni 8,7 million muxlis tomosha qilgan va oʻsha haftada oʻtkazilgan Yevropa Ligasi finalidan koʻrishlar soni boʻyicha oʻzib ketgan. Britaniya televizion sohasidagi absolyut rekord 2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida qayd etilgan. Liverpul va Tottenham oʻrtasidagi bahsni 11,3 million inson tomosha qilgan[34].

Oʻyin

tahrir
Oʻyinchilarning chigalyozdi mashqlari jarayoni

2008-yilgi finaldan tashqari, Madridda joylashgan Metropolitano Stadionida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi UEFA Chempionlar ligasi ham ikki Ingliz klubi, Liverpul va Tottenham oʻrtasida boʻlib oʻtgan. 2021-yildagi finalni hisobga olinsa finallardagi ingliz derbisi 3 marotaba sodir boʻldi[35]. Oʻyinning nominal mezboni qur’a tashlash yoʻli bilan aniqlandi. Ushbu jarayon chorak va yarim final juftliklari aniqlangandan soʻng eʼlon qilindi[36].

Oʻyin haqida

tahrir

Final oʻyinining boshlanishi mahaliy vaqt bilan 20:00 da boshlanishi kerak edi (UTC+01:00). Oʻyindan oldin bosh homiy Pepsi tomonidan ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda DJ Marshmello, Selena Gomez va Khalid kabi mashhur qoʻshiqchilar ishtirok etishgan. Oʻyindan oldin futbolchilar Black Lives Matter harakatini qoʻllab quvvatlash maqsadida bir necha oʻn soniya tiz choʻkgan holda turishdi[37]. Lekin bir qancha muxlislar tomonidan bu harakat hushta bilan qarshi olindi[38].

Birinchi taym

tahrir
Oʻyinning boshidagi Raheem Sterling tashkil etgan hujum

Oʻyinning ilk daqiqalaridan Manchester City hujumga oʻtadi, lekin tezkor gol urishga muvaffaq boʻlolmaydi. Timo Werner sayi-harakatlari tufayli Chelsi javob hujumlarini tashkil etishga erishgan. 10-daqiqada Edersonning uzatmasidan soʻng Raheem Sterling imkoniyatiga ega boʻldi, ammo foydalana olmadi. Chelsi himoyachisi Reece James tufayli raqib hujumchisi qulay zarba pozitsiyasiga chiqa olmadi va hujum burchak zarbasi bilan tugadi. Londonliklar uni ossonlikcha bartaraf etishdi. Bir necha daqiqa oʻtib John Stones yoʻl qoʻygan qoʻpol hatodan soʻng Chelsida yaxshi 3 ta vaziyat yuzaga keldi. Timo Wernerning kuchsiz zarbasidan soʻng toʻpni Ederson egallab oldi. Oradan ikki daqiqa oʻtib nemis yana bir vaziyatga ega boʻldi, ammo braziliyalik davozabon seyf namoyish etib toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Birozdan soʻng N'Golo Kanté boshi bilan zarba berdi, ammo zarba noaniq boʻlib chiqdi. Ikki jamoa tashkil etgan bir qancha hujumlar muvaffaqiyatli himoya tufayli bartaraf etiladi[39][40][41].

28-daqiqada Phil Foden yoʻllagan zarbani Antonio Rüdiger sekin teginishi bilan darvozabon Édouard Mendy ossonlikcha ushlab olishiga yordam berdi. 35-daqiqada İlkay Gündoğan Mason Mountga qarshi qoʻpollik ishlatadi va oʻyindagi ilk sariq kartochkani qabul qilib oladi. Huddi shu vaqtda Thiago Silva va Phil Foden toʻqnash keladi. Natijada Braziliyalik futbolchi jarohat olib maydonni tark etadi. Uning oʻrnini Daniyalik Andreas Christensen egallaydi. 42-daqiqada Mason Mountning maydon oʻrtasidan Kai Havertz tomon uzatgan uzatmasi hujumchina darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga olib chiqdi. Nemis davrozabonni aldab oʻtib toʻpni bosh qolgan davrozaga yoʻnaltirib hisobni ochadi. Taymga 3 daqiqa qoʻshib beriladi, ammo jamoalar havfli hujum tashkil etishmaydi[42][39][40][43].

Ikkinchi taym

tahrir

Ikkinchi boʻlimni ilk daqiqalaridan Manchester city hujumga oʻtadi. 52-daqiqada Kevin De Bruyne yoʻllagan havfli zarbani Nʼgolo bartaraf etadi. 55-daqiqada sariq kartochkasi mavjud İlkay Gündoğan Kai Havertz ga nisbatan qoida buzadi, ammo uchrashuv bosh hakami faqatgina jarima zarbasi bilan kifoyalanadi. Keyingi daqiqalarda Kevin De Bruyne Antonio Rudiger bilan kechgan kurashda koʻzidan jarohat oladi va maydonni tark etishga majbur boʻladi. Uning oʻrnini Gabriel Jesus egallaydi. Rudiger esa sariq kartochka bilan jazolanadi[39][40][43].

64-daqiqada Pep Guardiola Bernardo Silva oʻrniga maydonga Fernandinyoni maydonga tushiradi. Oradan 2 daqiqa oʻtgach Tomas Tuchel Timo Werner oʻrniga Christian Pulisicni tushiradi. Keyingi Manchester city hujumlaridan birida Riyad Mahrez ochiq darvoza toʻgʻrisida turgan sherigiga ajoyib uzatmani uzatadi, ammo César Azpilicueta tufayli uzatma oʻz manziligacha yetib bormaydi. 73-daqiqada Chelsi oʻzi uchun qulay qarshi hujumga oʻtib ketadi va Christian Pulisic zarba pozitsiyasiga chiqib darvoza tomon zarba beradi. Zarba biroz noaniq chiqadi. 77-daqiqada Manchester city bosh murabbiyi Sterlingni zahiraga olib maydonga Sergio Agüeroni tushiradi, shundan soʻng jamoa sardor bogʻichi Fernandinyoga oʻtadi. 80-daqiqada Mason Mount oʻrniga himoyaga yordam berish uchun Mateo Kovačić oʻyinga qoʻshiladi[39][40][44].

Manchester city jamoasini koʻplab hujumlariga qaramay Chelsi himoyasi ishonchli harakat qildi. Oʻyinning ohirgi daqiqalaridagi Sergio Agüero va Kyle Walker uzaatgan koʻplab uzatmalarini himoyachilar bloklashga muvaffaq boʻlishadi. Ikkinchi boʻlimga 7 daqiqa qoʻshib beriladi. Chelsi har safar raqib jamoa toʻpni yoʻqotganida qarshi hujumga qochib ketishga urinadi. Qoʻshib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida Riyad Mahrez darvozaning oʻng yuqori burchagiga havfli zarba yoʻlladi. Ammo zarba biroz noaniq edi. Qolgan vaqtda shahrliklar boshqa hujum yarata olishmadi va Chelsi oʻz tarixida ikkimchi marotaba UEFA Chempionlar ligasida chempion boʻlishga erishadi[39][40][44].

Oʻyin hisoboti

tahrir
29-may, 2021-yil(2021-05-29)
Manchester City   0–1   Chelsea Estádio do Dragão, Portu
Tomoshabinlar: 14,110
Hakam: Antonio Mateu Laoz (Ispaniya)
https://www.uefa.com/uefachampionsleague/match/2029498/
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Manchester City
 
 
 
 
 
 
 
 
Chelsea
GK 31   Ederson
RB 2   Kyle Walker
CB 5   John Stones
CB 3   Rúben Dias
LB 11   Oleksandr Zinchenko
CM 20   Bernardo Silva   64'
CM 8   İlkay Gündoğan   35'
CM 47   Phil Foden
AM 17   Kevin De Bruyne (c)   60'
CF 26   Riyad Mahrez
CF 7   Raheem Sterling   77'
Substitutes:
GK 13   Zack Steffen
GK 33   Scott Carson
DF 6   Nathan Ake
DF 14   Aymeric Laporte
DF 22   Benjamin Mendy
DF 27   João Cancelo
DF 50   Eric García
MF 16   Rodri
MF 25   Fernandinho   64'
FW 9   Gabriel Jesus   88'   60'
FW 10   Sergio Agüero   77'
FW 21   Ferran Torres
Manager:
  Pep Guardiola
 
GK 16   Édouard Mendy
CB 28   César Azpilicueta (c)
CB 6   Thiago Silva   39'
CB 2   Antonio Rüdiger   57'
RWB 24   Reece James
LWB 21   Ben Chilwell
CM 5   Jorginho
CM 7   N'Golo Kanté
AM 29   Kai Havertz
AM 19   Mason Mount   80'
CF 11   Timo Werner   66'
Substitutes:
GK 1   Kepa Arrizabalaga
GK 13   Willy Caballero
DF 3   Marcos Alonso
DF 4   Andreas Christensen   39'
DF 15   Kurt Zouma
DF 33   Emerson
MF 10   Christian Pulisic   66'
MF 17   Mateo Kovačić   80'
MF 20   Callum Hudson-Odoi
MF 22   Hakim Ziyech
MF 23   Billy Gilmour
FW 18   Olivier Giroud
Manager:
  Tomas Tuchel

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi:
N'Golo Kanté (Chelsea)[1]

Yordamchi hakamlar:[2]
Pau Cebrián Devís (Ispaniya)
Roberto Díaz Pérez del Palomar (Ispaniya)
To'rtinchi hakam:[2]
Carlos del Cerro Grande (Ispaniya)
Video yordamchi hakam:[2]
Alejandro Hernández Hernández (Ispaniya)
Video yordamchi hakamning yordamchisi:[2]
Juan Martínez Munuera (Ispaniya)
Íñigo Prieto López de Cerain (Ispaniya)
Paweł Gil (Polsha)

Oʻyin statistikasi

tahrir
Jamoaviy
statistika
Birinchi taym Ikkinchi taym Umumiy[45]
Manchester City Chelsi Manchester City Chelsi Manchester City Chelsi
Urilgan gollar 0 1 0 0 0 1
Jami zarbalar 3 5 4 3 7 8
Aniq zarbalar 1 2 0 0 1 2
Seyflar 1 1 0 0 1 1
Toʻp bilan nazorat 53% 47% 64% 36% 58% 42%
Burchak zarbalar 1 1 2 0 3 1
Qoidabuzarliklar 7 6 7 7 14 13
Ofsaydlar 1 2 0 1 1 3
Sariq kartochkalar 1 0 1 1 2 1
Qizil kartochka 0 0 0 0 0 0
Oʻyinchilar statistikasi[46]
Manchester city Chelsi
Oʻyinchi Maydonda Qoidabuzarlik Gol Zarba Ofsayd Kartochka Oʻyinchi Maydonda Qoidabuzarlik Gol Zarba Offsayd Kartochka
31 Ederson 100’04" 16 Édouard Mendy 100’04"
2 Kyle Walker 100’04" 2/1 28 César Azpilicueta (K) 100’04" 1/0
5 John Stones 100’04" 6 Thiago Silva 38’39" 0/2
3 Rúben Dias 100’04" 2/1 2 Antonio Rüdiger 100’04" 1/1   57'
11 Oleksandr Zinchenko 100’04" 1/0 24 Reece James 100’04" 3/0
20 Bernardo Silva 66’41" 1/0 21 Ben Chilwell 100’04" 3/1 1
8 İlkay Gündoğan 100’04" 3/0   88' 5 Jogrinho 100’04" 3/2 1 (0)
47 Phil Foden 100’04" 0/2 3 (0) 7 N'Golo Kanté 100’04" 0/2 1 (0)
17 Kevin De Bruyne (K) 62’22" 0/2 1 29 Kai Havertz 100’04" 1/3 Gol (42) 1 (1)
26 Riyad Mahrez 100’04" 1/0 1 (0) 19 Mason Mount 82’28" 0/1 1 (0)
7 Raheem Sterling 79’08" 1/2 3 (1) 11 Timo Werner 68’50" 3 (1) 2
13 Zack Steffen maydonga tushmagan 1 Kepa Arrizabalaga maydonga tushmagan
33 Scott Carson maydonga tushmagan 13 Willy Caballero maydonga tushmagan
6 Nathan Ake maydonga tushmagan 3 Marсos Alonso Mendoza maydonga tushmagan
14 Aymeric Laporte maydonga tushmagan 4 Andreas Christensen 61’25"
22 Benjamin Mendy maydonga tushmagan 15 Kurt Zouma maydonga tushmagan
27 João Cancelo maydonga tushmagan 33 Emerson Palmieri maydonga tushmagan
50 Eric García maydonga tushmagan 10 Christian Pulisic 31’14" 1/0 1 (0)
16 Rodri Hernández maydonga tushmagan 17 Mateo Kovačić 17’36" 0/1
25 Fernandinho 33’23" 2/0 20 Callum Hudson-Odoi maydonga tushmagan
9 Gabriel Jesus 37’42" 1/2 22 Hakim Ziyech maydonga tushmagan
10 Sergio Agüero 20’56" 23 Billy Gilmour maydonga tushmagan
21 Ferran Torres maydonga tushmagan 18 Olivier Giroud maydonga tushmagan

Taktika tahlili

tahrir

Futbol tahlilchilari oʻzining odatiy 4-2-4 sxemasidan voz kechgan Xosep Gvardiolaning taktika tanlashga nostandart yondashuvini qayd etdi[47]. Ispaniyalik mutaxassislarning fikrichi murabbiy oʻziga va oʻyinchilariga eng toʻgʻri keladigan oʻyin uslubini tanlagan. Oʻyinning boshidan Manchester City 3-4-3 sxemasida maydon markazini nazoratga olgan holda harakatlandi. Asosiy tarkibga koʻproq hujumkor boʻlgan İlkay Gündoğanni tushiradi. Mavsum davomida yaxshi harakat qilib kelgan Rodri Hernández va Fernandinho kabi tayanch yarim himoyachilar zahirada qoladi[48][49]. Toʻp yoʻqotilinganda jamoa tezkorlik bilan 4-4-2 sxemasiga oʻtishi kerak edi. Tayanch yarim himoyachisi vazifasini Oleksandr Zinchenko oʻz zimmasi olishi lozim edi[50].

Shaharliklarning Chelsi himoyasini yorib oʻtish, toʻp yoʻqotilinganda tezkor qarshi hujumni bartaraf etish kabi rejalari muvaffaqiyatli amalga oshmadi. Oʻyinchilar mavsum davomida harakat qilgan sxemasidan voz kechib yangi sxemaga oʻtganligi va unga moslasha olmaganligi sabab tariqasida keltirilgan. Riyad Mahrez va Raheem Sterlingni qanotlarga joylashtirgan holda Gvardiola hujumlarni tashkil etmoqchi edi. Chelsi vingerlari Ben Chilwell va Reece James qarshiliklarini ossonlikcha bartaraf eta oladi deb oʻylagan. Ammo vingerlarning ajoyib oʻyini tufayli raqib jamoa Chelsi darvozasi oldida havfli hujum yarata olmadi[51][52]. Mason Mountning Kai Havertzga amalga oshirgan kalit uzatmalari Gvardioli urgʻu qaratgan markaz maydonini egallashga yordam berdi[48][49][50].

Manchester city asosiy hujumkor futbolchilaridan biri Kevin De Bruynening ikkinchi boʻlimda maydonni tark etishi shaharliklarning hujumdagi sustkashligiga olib keldi[53][54]. Oʻyin tugashiga yaqin Gvardioli jamoasi uchun qulay boʻlgan sxemaga oʻtdi. Ammo yuqoridan boradigan uzatmalarni markaziy himoyachilar, maydon markazidan yoʻnaltirlgan uzatmalarni esa N'Golo Kanté bloklar edi[50][55]. Fransuz oʻyin davomida biror marotaba qoida buzmay koʻplab hujumlarni toʻxtatib qoldi[50].

Chelsi oʻzi uchun odatiy 3-4-2-1 sxemasida harakat qildi. Tomas Tuchel shogirdlarining oʻyinida uzoq uzatmalar va qanotlardan koʻp foydalanish kuzatilldi. Manchester City jamoasidan oʻlaroq, londonliklar ushbu sxemada mavsum davomida oʻynab kelishdi va mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan xatolarni bartaraf etishgan edi. Gol boʻlgan vaziyatda Timo Werner oʻziga markaziy himoyachilarni chorlab Kai Havertz uchun ochiq hudud yaratib berdi va nemis bu vaziyatdan unumli foydalandi[48][50][56]. Chelsining koʻplab hujumlari oʻng qanotdan uyushtirilar edi, Kai va Timo esa oʻz pozitsiyalarini tez-tez almashtirib raqib himoyachilarini chaʼgʻitishar edi[52].

Fikrlar

tahrir

Oʻyinchilar va ekspertlar

tahrir

Chelsi jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuchel Thiago Silva maydonni tark etganiga qaramay jamoa oʻzining maksimumini koʻrsatdi deya takidlagan. Uning soʻzlariga koʻra jamoa himoyalanishni yangi bosqochga olib chiqdi va shu bosqich keyinchalik rivojlanish fundamenti boʻlishi kutilgan[57]. Pep Guardiola uning shogirdlari ikkinchi boʻlimda golga loyiq oʻynashganini, asosiy tarkib va sxema esa oʻyin uchun eng yaxshisi ekanligini aytib oʻtgan[58][59].

Chelsi jamoasi sardori César Azpilicueta, yagona gol muallifi Kai Havertzda kelajak yulduzini koʻrayotganligini aytib oʻtadi[60]. Antonio Rüdiger esa Chelsining ishonchli harakatlari gʻalabaning eng asosiy sababi deya takidlaydi. Maydonga tushmagan Olivier Giroud N'Golo Kanté tufayli jamoa huddi 12 kishidek oʻynaganini aytadi[61]. Oleksandr Zinchenko taqdirlashdan soʻng oʻzining kumush medalini yechib qoʻydi, keyinchalik intervyularda esa jamoa gʻalabaga loyiqligini, ertami-kechmi bunga erishishini aytib oʻtdi[62][63]. Fabio Capello shaharliklarning murabbiyi notoʻgʻri sxema va taktika tanlaganligini, İlkay Gündoğan va John Stones oʻz vazifalarini yetarli darajada bajara olishmaganini takidlagan[64]. Manchester United sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Machester jamoasi gol oʻtkazib yuborgan vaziyatni eslab, Oleksandr Zinchenkoni „Yalqov“ futbolchi deya ataydi[65]. Rus murabbiyi Yury Syomin aytishicha Ukrain notoʻgʻri pozitsiya tanlagan edi[66]. Joe Cole N'Golo Kanténi oʻzining pozitsiyasining eng yaxshilaridan biriligini aytib, uni Patrick Vieira, John Peacock, Claude Makélélé kabi afsonalarga tenglashtirdi[67]. Patrik Vieyra i Djon Pikok otmetili, chto Kante „okazal ogromnoe vliyanie v sentralnoy treti polya s myachom i bez“[68]. Shuningdek shaharliklarning sobiq oʻyinchisi Nigel de Jong fransuz kabi oʻyinchini har bir klub oʻz safida koʻrish istagi borligini aytadi[69].

Ommaviy axborot vositalarida Chelsining gʻalabasini Manchester city ning taktik xatoligi bilan bogʻlashgan. The Sun nashri „Gvardiola shunchalik taktik va aqlsizki, Chempionlar ligasining final uchrashuvida oʻzining eksperementlarini olib boradi“ deya yozib oʻtgan. BBC oʻyinga bagʻishlangan analitik maqolani chop etganda, Gvardiolaning xatosi Manchesterliklarni kubokdan ayirganini, Tomas Tuchel esa oʻziga berilgan ikkinchi imkoniyatdan (Birinchi CHL finalida PSG bosh murabbiyi sifatida magʻlub boʻlgan) maksimal ravishda foydalanib gʻalaba qozonganligini yozib oʻtadi[70].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Champions League final Player of the Match: N'Golo Kanté“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 29-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Referee teams appointed for UEFA Champions League and UEFA Europa League finals“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 12-may). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  3. „Full Time Report Final – Manchester City v Chelsea“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 29-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  4. 4,0 4,1 „11 associations interested in hosting 2021 club finals“ (en). UEFA (2018-yil 1-noyabr). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  5. 5,0 5,1 Кизыма, Роман. „Петербург претендует на проведение финала Лиги чемпионов“ (ru). РБК. РБК (2018-yil 19-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Champions League final: 2021, 2022 and 2023 venues named“ (en). AS.com (2019-yil 24-sentyabr). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  7. „Что надо знать о Лиге чемпионов-2020/21“ (ru). УЕФА (2020-yil 17-iyun). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  8. „Хозяева финалов Лиги чемпионов 2021, 2022, 2023 и 2024 годов“ (ru). УЕФА (2019-yil 24-sentyabr). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  9. „СМИ: финал Лиги чемпионов 2023 года по футболу перенесли из Мюнхена в Стамбул“ (ru). ТАСС (2021-yil 14-may). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  10. Simon Stone & Laura Scott.. „Portugal set to host European final“ (en). BBC Sport. BBC (2021-yil 12-may). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  11. „Федерация футбола Англии обсуждает с УЕФА перенос финала Лиги чемпионов из Турции“ (ru). ТАСС (2021-yil 7-may). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  12. „Champions League final: Uefa chooses Porto over Wembley for all-English clash“ (en). the Guardian. Guardian Media Group (2021-yil 13-may). 2021-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  13. „Wembley chosen to host 2013 Champions League final“ (en). BBC Sport. BBC (2011-yil 16-iyun). 2011-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  14. „Финал вернется на "Уэмбли"“ (ru). УЕФА (2011-yil 16-iyun). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  15. „2021 UEFA Champions League final: Porto“ (en). UEFA (2021-yil 13-may). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  16. „UEFA Champions League final to move to Portugal to allow 6,000 fans of each team to attend“ (en). UEFA (2021-yil 13-may). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  17. „Завершилась продажа билетов на финал Лиги чемпионов“ (ru). УЕФА (2021-yil 25-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  18. „Драки, стрельба, раненые. Видео дебоша британских фанатов перед финалом ЛЧ“ (ru). РИА Спорт (2021-yil 28-may). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  19. „Фанаты «Челси» и «Манчестер Сити» подрались в Порту. Видео“ (ru). Спорт-Экспресс (2021-yil 28-may). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  20. Soares, Filipa. „Финал Лиги чемпионов: жители Порту опасаются наплыва британских болельщиков“ (ru). Euronews (2021-yil 28-may). 2021-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  21. Иванов, Артур. „Улицы Порту заполнены фанатами «Челси» и «Манчестер Сити» в преддверии финала ЛЧ. Видео“ (ru). Чемпионат (2021-yil 29-may). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  22. „«Манчестер Сити» стал чемпионом английской Премьер-лиги“. BBC News Русская служба. BBC (2021-yil 12-may). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  23. 23,0 23,1 „UEFA Champions League — 2020/21 Season — Match Press Kits“. Team facts (en) (PDF) pages 24—25. UEFA (2021-yil 28-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  24. Орехов, Иван. „Абрамович против шейхов, Гвардиола против прошлого: все интриги финала ЛЧ“ (ru). РИА Спорт (2021-yil 29-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  25. Куклычев, Евгений. „«Челси» выиграл Лигу чемпионов по пенальти“ (ru). BBC News Русская служба (2012-yil 19-may). 2017-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-may.
  26. „UEFA Champions League — 2011/12 Season — Match Press Kit — Matchday 13“ (en) (PDF) page 24. UEFA (2012-yil 17-may). 2012-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-may.
  27. „UEFA Champions League — 2020/21 Season — Match Press Kits“. Previous meetings (en) (PDF) page 2. UEFA (2021-yil 28-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  28. Томашевский, Глеб. „Футбол. Отмучился. Фрэнк Лэмпард уволен“ (ru). Sportbox (2021-yil 26-yanvar). 2021-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  29. „Тухель назначен главным тренером «Челси»“ (ru). ФК «Челси» (2021-yil 26-yanvar). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  30. 30,0 30,1 „Тареми забил Гол турнира в Лиге чемпионов по версии болельщиков“ (ru). УЕФА (2021-yil 4-iyun). 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  31. „Five interesting facts about Chelsea’s Champions League triumph“ (en). Chelsea Football Club (2021-yil 31-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  32. „Где смотреть финал Лиги чемпионов УЕФА“ (ru). УЕФА (2021-yil 29-may). 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  33. „Champions League 2021 final: When it is, venue, how to watch & will fans be allowed to attend?“ (en). Goal.com (2021-yil 28-may). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  34. „Champions League final nets BT Sport 8.7m viewers“ (en). SportsPro Media (2021-yil 3-iyun). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  35. „Manchester City vs Chelsea will be the third all-English final“ (en). Marca (2021-yil 5-may). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  36. „Что надо знать о финале Лиги чемпионов-2020/21“ (ru). УЕФА (2021-yil 28-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  37. „Команды и судьи преклонили колени перед финалом Лиги чемпионов «Ман Сити» — «Челси»“ (ru). Спорт-Экспресс (2021-yil 29-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  38. Балканов, Вадим. „Болельщики освистали акцию Black Lives Matter на финале Лиги чемпионов“ (ru). Газета.Ru (2021-yil 29-may). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  39. 39,0 39,1 39,2 39,3 39,4 „Manchester City 0-1 Chelsea: Champions League final — result, summary and goals“ (en). AS.com (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  40. 40,0 40,1 40,2 40,3 40,4 Holt, Oliver. „Man City 0-1 Chelsea — Champions League final: Havertz nets winner“ (en). Mail Online (2021-yil 29-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  41. Murray, Scott. „Manchester City 0-1 Chelsea: 2021 Champions League final — as it happened“ (en). The Guardian (2021-yil 29-may), s. 3. 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  42. McNulty, Phil. „Chelsea beat Man City to win Champions League“ (en). BBC Sport. BBC (2021-yil 29-may). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
  43. 43,0 43,1 Murray, Scott. „Manchester City 0-1 Chelsea: 2021 Champions League final — as it happened“ (en). The Guardian (2021-yil 29-may), s. 2. 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  44. 44,0 44,1 Murray, Scott. „Manchester City 0-1 Chelsea: 2021 Champions League final – as it happened“ (en). The Guardian (2021-yil 29-may), s. 1. 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  45. „Team statistics“ (en) (PDF). UEFA (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  46. „Player Summary Statistics“ (en) (PDF). UEFA (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  47. Богданов, Василий. „«Гвардиола хотел изменить мир к лучшему, но перемудрил». Что пишут СМИ о провале «Ман Сити»“ (ru). Telesport (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  48. 48,0 48,1 48,2 Nalton, James. „The Havertz Goal: How Chelsea’s Ruthless Precision Exposed Man City Weakness In Champions League Final“ (en). Forbes (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  49. 49,0 49,1 Chakraborty, Subhayan. „Champions League Final: How Pep Guardiola's Manchester City imploded on their biggest night“ (en). WION (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  50. 50,0 50,1 50,2 50,3 50,4 Ломоносов, Евгений. „Гвардиола переиграл сам себя. Тактический разбор победы «Челси» над «Ман Сити»“ (ru). Матч ТВ (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  51. Taylor, Mark. „Ferdinand claims Guardiola lost Champions League final tactical battle to Tuchel“ (en). mirror (2021-yil 29-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  52. 52,0 52,1 „Статистика финала Лиги Чемпионов“ (ru). ФК «Челси» (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  53. Колесов, Евгений. „«Челси» Тухеля показал, что даже защищаться можно зрелищно“ (ru). Telesport (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  54. Боярский, Александр. „«Аристократы», ликуйте! Английский «Челси» выиграл Лигу чемпионов“ (ru). Аргументы и Факты (2021-yil 29-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  55. Аванесьян, Сурен. „Пеп Гвардиола опять перемудрил с «Манчестер Сити». Н'Голо Канте – лучший в финале Лиге чемпионов с «Челси»“ (ru). Eurosport (2021-yil 29-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  56. Wilson, Jonathan. „Tuchel wins tactical battle as Pep hits panic button“ (en). the Guardian (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  57. „Тухель: победа, которая станет фундаментом для дальнейшего развития клуба“. ChelseaFC. 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  58. „Главный тренер «Манчестер Сити» Хосеп Гвардиола – о поражении в финале ЛЧ: «Сыграли хорошо, проявили смелость»“ (ru). Eurosport (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  59. „Футбол. Хосеп Гвардиола — после поражения в финале ЛЧ: «Может быть, мы вернемся однажды снова»“ (ru). Sportbox (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  60. „Azpilicueta hails Havertz as Chelsea win Champions League“ (en). Reuters (2021-yil 29-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  61. „Жиру — об игре Канте: «С ним у «Челси» будто 12 человек на поле»“ (ru). Спорт-Экспресс (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  62. „Зинченко разрыдался после поражения "Манчестер Сити" и снял медаль: видео“ (ru). РИА Спорт (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  63. Ласнов, Алексей. „Зинченко: весь сезон мы пахали как животные, но этого оказалось недостаточно“ (ru). Чемпионат (2021-yil 31-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  64. „Футбол. Капелло считает, что Гвардиола ошибся с составом на финал Лиги чемпионов“ (ru). Sportbox (2021-yil 30-may). 2021-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  65. „Фердинанд подверг критике игру Зинченко в финале Лиги чемпионов“ (ru). Спорт-Экспресс (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  66. „Семин считает, что Зинченко выбрал неправильную позицию при пропущенном голе в финале ЛЧ“ (ru). Спорт-Экспресс (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  67. „Джо Коул: «Я думал, что Макелеле лучший на своей позиции, пока не увидел Канте»“ (ru). Спорт-Экспресс (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  68. „Лучший игрок финала Лиги чемпионов: Н'Голо Канте“ (ru). UEFA (2021-yil 29-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  69. „Kanté imponeert Nigel de Jong en zelfs Man City: 'Hij sloopte het middenveld'“ (nl). Voetbal International (2021-yil 29-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  70. Зибрак, Артём. „«Гвардиола пересек шаткую грань между гением и безумием». Британские СМИ о финале Лиги чемпионов“ (ru). Советский спорт (2021-yil 30-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.

Havolalar

tahrir