Imom al-Buxoriy

buxorolik muhaddis (810–870)
(Al-Buxoriydan yoʻnaltirildi)

Buxoriy, Imom al-Buxoriy[1] (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (milodiy 810-yil 21-iyun, Buxoro — milodiy 870-yil 31-avgust, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.

Hadis

Ism

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy

Tavalludi

21-iyul 810-yil, Buxoro

Vafoti

1-sentyabr 870-yil(870-09-01)
(60 yoshda), Samarqand

Falsafa maktabi


Imom al-Buxoriy maqbarasi, Samarqand yaqiniga

Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.

Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.

Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng Basra, Kufa va Bagʻdodga safar qiladi. Shom va Misrga oʻtadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi.

Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur boʻlgani "Al-jomeʼ as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan boʻlgan ilmlarga oid bir qator oʻta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: „Al-jomeʼ as-sahih“, „Al-adab al-mufrad“, „At-tarix al-kabir“, „At-tarix as-sagʻir“, „At-tarix al-avsat“, „At-tafsir al-kabir“ „Birrul volidayn“, „Asmo as-sahoba“, „Kunyalar“ va boshqalar. Ular orasidagi „Al-jomeʼ as-sahih“ asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida eʼzozlanuvchi manba hisoblanadi.

Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli „Al-jomeʼ as-sahih“ asari „Eng ishonchli hadislar toʻplagan“ nomiga sazovor boʻlgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini oʻzaro uchrashganlari ehtimoli mavjud boʻlsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari oʻzaro uchrashganini alohida koʻrgan guvohning eʼtirofini ham shart qilib qoʻygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Asqaloniyning hisobiga koʻra „Al-jomeʼ as-sahih“dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qoʻshilsa, kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.

Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX—XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan koʻplab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targʻib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu koʻchishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob al-favoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „Al-Jomeʼ al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „Al-Musnad al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „At-tafsir al-kabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob al-xiba“ („Xayr-ehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor.

Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir al-Qur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida paygʻambar sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.

Alloma abadiy qoʻnim topgan Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shaharchasi, Hartang qishlogʻida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui). Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamgʻarmaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „al-Jome as-sahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamgʻarma oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy „Imom al-Buxoriy saboqlari“ jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-maʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sogʻlom idrok etilishiga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Oʻzbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bagʻishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.Endi yozib bo'lgan bo'lsang Allohning 99 ismini yod ol ,bu mening maslahatim...

Asarlar

tahrir
  • Al-Adab al-Mufrad (Adab durdonalari), T., 1990;
  • Hadis [AlJomi’ assahih], 1—4 j.lar (2nashri), T., 1997.

Adabiyotlar

tahrir
  • Moziydan taralgan ziyo. Imom al Buxoriy, Tugʻilgan yili 1998;
  • Uvatov U., Imom alBuxoriy, T., 1998;
  • Madaminov S, Imom Buxoriy taʼrifi, T., 1996;
  • Imom alBuxoriy — muhaddislar sultoni [nashrga tayyorlovchilar Usmonhoji Temurxon oʻgʻli, Baxtiyor Nabixon ugli], T., 1998;
  • Dushan Fayziy Zarafshoniy, Imom alBuxoriy, T., 1998;
  • Babaxanov Sh.Z., Velikiye muxaddisi o mire i drujbe mejdu narodami, T., 1998;
  • Maʼnaviyat yulduzlari [2nashri], T., 2001.Ubaydulla Uvatov.

Havolalar

tahrir



  1. ps://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/qomusiy-olimlar-sarkardalar/imom-ismoil-al-buxoriy-810-870, 03 Ноября 2013,Ubaydulla Uvatov,http://www.ziyouz.com