Bandaranaike xalqaro aeroporti
Bandaranaike xalqaro aeroporti (BIA) (singalcha: බණ්ඩාරනායක ජාත්යන්තර ගුවන්තොටුපළ, romanizatsiyasi: Bandāranāyaka Jātyantara Guvantoṭupaḷa; tamilcha: பண்டாரநாயக்க சர்வதேச விமான நிலையம், romanizatsiyasi: Paṇṭāranāyakka Carvatēca Vimāṉa Nilaiyam) (Kolombo xalqaro aeroporti, Kolombo—Bandaranaike xalqaro aeroporti nomlari bilan tanilgan, mahalliy Katunayake xalqaro aeroporti deb nomlanadi) (IATA: CMB, ICAO: VCBI) – Shri Lankaning asosiy xalqaro aeroporti. Mamlakatning sobiq bosh vaziri S. W. R. D. Bandaranaike (1899–1959) sharafiga nomlangan boʻlib, Shri Lanka poytaxti va iqtisodiy markazi Kolombodan 32.5 kilometr (20 1⁄4 milya) shimoldagi Negomboda joylashgan.
Kolombo–Bandaranaike xalqaro aeroporti බණ්ඩාරනායක ජාත්යන්තර ගුවන්තොටුපළ பண்டாரநாயக்க சர்வதேச விமான நிலையம் | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: CMB – ICAO kodi: VCBI – WMO identifikatori: 43450 | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik / harbiy | ||
Egasi | Shri Lanka hukumati | ||
Operator | Airport and Aviation Services Limited[1] | ||
Xizmat doirasi | Kolombo | ||
Joylashuvi | Katunayake, Shri Lanka | ||
Ochilgan | 1967-yil | ||
Havo yoʻli tuguni |
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 26 ft / 8 m | ||
Koordinatalari | 07°10′52″N 79°53′01″E / 7.18111°N 79.88361°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
04/22 | 10,990 | 3,350 | Asfalt |
04L/22R (rejalashtirilgan) | 13,123 | 4,000 | Asfalt |
04R/22L (rejalashtirilgan) | 13,123 | 4,000 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2023) | |||
Yoʻlovchilar oqimi | 7,474,582 | ||
Yuk tashishlar miqdori (MT) | 166,969,46 | ||
Parvozlar soni | 46,304 | ||
Manba: Shri Lanka Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi[2] |
Airport and Aviation Services Ltd (Shri Lanka) tomonidan boshqariladi. Mamlakatning flagman aviakompaniyasi SriLankan Airlines, xususiy lou-koster Fitsair hamda mahalliy aviatashuvchi Cinnamon Air aviakompaniyalari uchun markaz vazifasini bajaradi.
Kolombo shahriga xizmat koʻrsatadigan boshqa aeroport Ratmalana xalqaro aeroporti hisoblanadi.
Tarixi
tahrirAeroport Ikkinchi jahon urushi davrida, 1944-yil RAF Negombo nomi bilan Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlari (RAF, inglizcha: Royal Air Force) uchun aerodrom sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Turli yillar Negombo harbiylarning 45-eskandroni (1946–49)[3], 232-eskandroni (1945)[4], 249-eskadroni (1950)[5] hamda 1303-reysi (1945—46-yillar)[6] uchun baza vazifasini bajaradi. 1957-yil Bosh vazir S. W. R. D. Bandaranaike Britaniyaning barcha harbiy aerodromlarini Seylondan (Shri Lanka) chiqarib yuboradi hamda aerodrom Selyon Qirollik harbiy-havo kuchlari (RCAF) ixtiyoriga oʻtadi va Katunayake deb nomlanadi. Aeroportning bir qismidan haliyam harbiylar foydalanadi. 1964-yil Aloqa vaziri Anil Moonesinghe Kanadaning yordami bilan Ratmalanani almashtiradigan yangi xalqaro aeroport binosi qurilishini boshlaydi. Aeroport 1967-yilda qurib bitkaziladi va milliy flagman aviakompaniya Air Ceylon British Overseas Airways Corporation (BOAC) dan lizingga olingan Hawker Siddeley Trident va Vickers VC-10 samolyotlarida xalqaro parvozlarni amalga oshira boshlaydi. 1970-yil sobiq Bosh vazir SWRD Bandaranaike sharafiga nomlanadi. 1977-yil Katunayake xalqaro aeroporti deb qayta nomlanadi, lekin 1995-yil Bandaranaike nomi qayta tiklanadi[7].
1971-yil 7-noyabrda birinchi Boeing 747 samolyoti aeroportga qoʻnadi. Condor aviakompaniyasi tomonidan boshqarilgan Boeing 747-200B samolyoti Frankurtdan nemis sayyohlarini olib keladi. 1990-yillarning boshida aeroportning uchish-qoʻnish yoʻlagi (04/22) shimolga koʻchiriladi va eski uchish-qoʻnish yoʻlagi samolyotlar uchishi va qoʻnishi uchun taksi yoʻlagiga aylantiriladi. Yaqinda aeroportda 1-bosqich, II faza kengaytirish loyihasi doirasida aeroportni kengaytirish ishlari amalga oshirildi. Sakkizta teletrapli pier 2005-yil noyabr oyida ochilgan. Ikkinchi bosqichni kengaytirish loyihasining II fazasi doirasida qoʻshimcha sakkiz darvozaga ega yangi terminal qurish taklif qilinmoqda. Yangi II bosqich II faza kengaytirish loyihasining qurilishi 2017-yil aprel oyida boshlanishi va 2020-yilda yakunlanishi kutilmoqda[manba kerak].
2007-yil 7-mayda Shri Lanka hukumati harbiy aviatsiya operatsiyalarini aeroportga tutashgan maydondan SLAF Hingurakgodaga koʻchirdi va shu bilan fuqarolik operatsiyalarini kengaytirishga yoʻl ochdi. Aeroportni rivojlantirish dasturi doirasida 2010-yil iyun oyida aeroport va Kolombo kotibiyat stansiyasi oʻrtasida yoʻlovchi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi[8]. Aeroportdan Emirates aviakompaniyasining Airbus A380 samolyotlari uchun muqobil favqulodda aeroport sifatida foydalaniladi[8][9]. 2012-yil 9-yanvarda Emirates tomonidan boshqariladigan Airbus A380-800 Bandaranaike xalqaro aeroportiga qoʻndi. Bu birinchi marta Airbus A380 samolyoti Shri Lanka aeroportiga qoʻnishi edi[10].
SriLankan Airlines aeroportda faoliyat yurituvchi eng yirik aviakompaniya boʻlib, uning parkida 27 ta Airbus samolyoti mavjud[11].
Infratuzilmasi
tahrirTerminallari
tahrirShri Lankaning Katunayake shahridagi Bandaranaike xalqaro aeroporti (aeroport kodi CMB[12]) mamlakat poytaxti Kolombodan 32,5 kilometr shimolda joylashgan. Hozirda 37 aviakompaniya aeroportning yillik 10,79 million yoʻlovchisiga xizmat koʻrsatmoqda[13]. Aeroportda uchta yoʻlovchi terminali mavjud. 1-terminal 1967-yilda qurilgan hozirgi xalqaro terminal. 2-terminal 2025-yilda qurib bitkazilishi kutilayotgan yangi xalqaro terminal. 3-terminal 2012-yil noyabr oyida ochilgan yangi mahalliy terminal.
- 1-terminal 1967-yilda ochilgan va aeroportdagi eng eski va eng katta terminal hisoblanadi. Uning 12 ta darvozasi bor. Ketish va kelish joylari gorizontal ravishda ajratilgan. 2025-yilda 2-terminal ochilgunga qadar barcha xalqaro reyslar ushbu terminaldan foydalanmoqda. Terminal barcha darvozalar joylashgan bitta konkursga bevosita ulangan asosiy terminal binosidan iborat. Xavfsizlikdan oʻtib, yoʻlovchilar uzun, qoʻl shaklidagi 6—14-darvozalardan oʻtishadi. Ushbu koridorning yuqori qavatida ikkita dam olish xonasi mavjud. Terminalning asosiy qismida SriLankan Airlines kompaniyasining „Serendib Lounge“ va Palm Spirit kutish zali joylashgan. Bu hududda boj olinmaydigan doʻkonlar, choyxona, kafeteriya, chekish zali, dam olish xonalari va dushlar mavjud.
- 2-terminal 2017-yilning aprel oyida qurilishi boshlandi va 2025-yilda ochilishi rejalashtirilgan. Unda 8 ta darvoza va 14 ta yoʻlovchiga chiqish koʻprigi boʻlishi, uchib kelish va uchib ketish joylari vertikal ravishda ajratilishi rejalashtirilgan. Airbus A380 uchun ikkita yoʻlovchi koʻprigidan iborat qoʻshimcha darvoza loyihalashtirilgan.
- 3-terminal 2012-yil noyabr oyida ochilgan va barcha mahalliy reyslarga xizmat koʻrsatadi. Uning uchib kelish va uchib ketish joylari gorizontal ravishda ajratilgan[14].
- Yuk terminali 2009-yil oktyabr oyida ochilgan va barcha yuk reyslarini amalga oshiradi. Uning uchib kelish va uchib ketish joylari gorizontal ravishda ajratilgan.
Apronlari
tahrir- Alfa aproni: Bu aeroportdagi eng qadimgi apron. Unda toʻqqizta toʻxtash joyi, shu jumladan beshta masofaviy toʻxtash joyi va toʻrtta teletrap bilan jihozlangan toʻxtash joyi mavjud. Bir vaqtning oʻzida toʻrtta Boeing 747 va beshta Airbus A330-200 samolyotlarini boshqara oladi.
- Bravo aproni: sakkizta toʻxtash joyiga ega, shu jumladan toʻrtta masofaviy toʻxtash joyi va toʻrtta teletrap bilan jihozlangan toʻxtash joyi. Bir vaqtning oʻzida sakkizta keng fyuzelyajli samolyotni boshqara oladi. Toʻrtta masofaviy toʻxtash joyi II bosqich rivojlantirish loyihasi boʻyicha toʻrtta Airbus A380 uchish imkoniyatiga ega boʻlgan teletrapga aylantiriladi.
- Charli aproni: sakkizta toʻxtash joyi bor, ularning barchasi masofaviydir. Bir vaqtning oʻzida sakkizta keng fyuzelyajli samolyotni boshqara oladi. Masofaviy toʻxtash joylari II bosqichni rivojlantirish loyihasi doirasida sakkizta Airbus A380 uchish imkoniyatiga ega boʻlgan teletrapga aylantiriladi. Bu hozirda Airbus A380-800 ni boshqarishga qodir yagona apron. Emirates Airbus A380 samolyotlari uchun uch marta foydalanilgan.
- Delta aproni: tor korpusli samolyotlarni boshqarishga qodir boʻlgan toʻrtta toʻxtash joyiga ega.
- Exo aproni: Aeroportning eng yangi aproni, unda 17 ta toʻxtash joyi mavjud. 2021-yil 25-noyabrda ochilgan[15].
Uchish-qoʻnish yoʻlagi
tahrirBandaranaike xalqaro aeroportida asfalt qoplamali bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi (04/22) mavjud. Uchish va qoʻnish masofalari mos ravishda 3441 m va 3350 m[16]. Bundan tashqari, BIA kengaytirish loyihasining II bosqichida A380 ni sigʻdira oladigan ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi va ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagiga boshqa taksi yoʻli qurilishi koʻzda tutilgan.
Uchish-qoʻnish yoʻlagi | Uzunligi | Qoplama materiali | Eslatma |
---|---|---|---|
04/22 | 3,350 metr (10,990 ft) | Asfalt | Hozir foydalanilayotgan yoʻlak |
04L/22R (rejalashtirilgan) | 4,000 metr (13,000 ft) | Asfalt | II faza doirasida rejalashtirilgan |
04R/22L (rejalashtirilgan) | 4,000 metr (13,000 ft) | Asfalt | II faza doirasida rejalashtirilgan |
Boeing 777, A350-1000 va 747 kabi samolyotlar hozirda uchish-qoʻnish yoʻlagi qabul qila oladigan oladigan eng katta samolyotlardir. Hatto kattaroq samolyotlar aeroportga qoʻngan, ammo toʻxtash uchun haddan tashqari tormozdan foydalanishga majbur boʻlgan holatlar mavjud. Buning natijasida samolyot tormozlari nihoyatda qizib ketgan.
Kutish zallari
tahrirBandaranaike xalqaro aeroportida oltita kutish zali mavjud. Ulardan toʻrttasi – Executive Lounge, Silk Route Arrival and Departure Lounges, Gold Route Arrival and Departure Lounges. CMB orqali tranzit qilayotgan yoʻlovchilar 3—6 soat uchun kishi boshiga taxminan 21 AQSh dollari toʻlashlari mumkin. Bundan tashqari, ikkita „Privilege Lounge“ – Lotus Lounge va Araliya Lounge mavjud. Sri Lankan Airlines biznes-klassda sayohat qilayotgan yoʻlovchilar bepul foydalanishlari mumkin boʻlgan oʻz Serendib Lounge zaliga ega. Dam olish xonalari bepul ovqat va ichimliklar bilan taʼminlaydi.
Avtoturargohi
tahrirAeroportda uchta ochiq avtoturargoh mavjud. Masofaviy avtoturargoh terminaldan taxminan 300 m masofada joylashgan boʻlib, u mashinalar, furgonlar, qoʻshaloq kabinalar va jiplarni sigʻdira oladi.
Aeroportni kengaytirish loyihasining II bosqichi ortib borayotgan yoʻlovchilar oqimini taʼminlash uchun besh qavatli avtoturargohni qurishga qaratilgan.
Mavjud chastotalar
tahrirAeroportda uchuvchilar Havo harakatini boshqarish (ATC) bilan bogʻlanish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan toʻrtta chastota mavjud. Birinchisi, 132.4 MHz dagi Bandaranaike xalqaro aeroportiga yaqinlashish, ikkinchisi esa 118,7 MHz chastotadagi Bandaranaike xalqaro aeroporti minorasi. Yer usti aloqasi 121,9 MHz, ATIS (Avtomatik terminal maʼlumot xizmati) esa 127,2 MHz.
Kengaytirish loyihalari
tahrirAeroportda uchish-qoʻnish yoʻlagi yangilandi va shu munosabat bilan Emirates Dubaydan EK654-reysi uchun bir marta A380 dan foydalandi, odatda bu reysda Boeing 777 samolyoti uchadi.
Kelajakdagi kengayitirish loyihasiga Airbus A380 ni qabul qilish uchun ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yana sakkizta yoʻlovchi darvozasi, mahalliy terminal, besh qavatli avtoturargoh va aeroportga qoʻshni besh yulduzli mehmonxona kiradi. Aeroportga yaqinlashish uchun yangi kanallar qurilishi 2017-yilning aprel oyida boshlangan.
Taklif qiligan yangi majmuada uchib kelish va uchib ketishlarni vertikal ravishda ajratib turuvchi yangi ikki darajali yoʻlovchi terminali binosi, sakkizta bortga chiqish darvozasi boʻlgan yangi pier va yangi Airbus A380 uchun ikkita yoʻlovchi oʻtqazish koʻprigidan iborat maxsus darvozasi boʻlgan oʻn toʻrtta teletrap kiradi. Shuningdek, havo harakatini osonlashtirish uchun masofaviy apron va qoʻshimcha toʻqqizta toʻxtash joyi boʻladi. Shri Lankaga koʻproq biznes tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun Katunayake BOI zonasida bojsiz kiyim-kechak savdo markazi boʻladi. Savdo markazi uchib kelish terminaliga ulashgan boʻlishi va teletrap bilan bogʻlanishi kerak.
Ikkinchi bosqichda 600 ga (1,500 akr) umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi oʻzlashtiriladi, yangi avlod samolyotlarini sigʻdira oladigan uchish-qoʻnish yoʻlagi, samolyotlarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchib kelish va uchib ketish terminali, savdo majmuasi, aeroportga temir yoʻl orqali ulangan yuk kompleksi va koʻp qavatli avtoturargoh barpo etiladi. Kengaytirish loyihasining II bosqichi, 2-fazasi doirasida ikkinchi yoʻlovchi terminali va ikkinchi terminal uchun zarur boʻlgan kommunal qurilma oʻrnatiladi. Terminal, samolyotlar toʻxtash joyi aproni, kommunal xizmatlar ham kengaytiriladi. Yangi majmua tayyor boʻlgach, mavjud aeroport terminali mahalliy va mintaqaviy terminalga aylantiriladi. Koʻpgina zamonaviy aeroportlarda boʻlganidek, uchib kelish va uchib ketish jismoniy jihatdan ajratilgan ikki pogʻonali yoʻlovchi terminali ham quriladi. Kolombo – Katunayake avtomagistraliga tezkor chiqish terminaldan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼminlanadi.
B paketi – „Masofaviy apron va taksi yoʻllari“ qurilish ishlari 2017-yil aprel oyida boshlangan.
Loyihaning bosqichlari va qurilishi
tahrirKengaytirish loyihasining ikkinchi bosqichi Yaponiya koʻmagida amalga oshirilmoqda va 2025-yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
- 2007-yil noyabridan 2014-yil avgustigacha – II fazaning rivojlanish bosqichi.
- 2014-yil iyul oyida taqdim etilgan yangi dizayn quyoshdan yanada ekologik toza konsepsiyalardan foydalangan holda yashil terminalni taqdim etdi.
- 2014-yil 7-sentyabrda Yaponiya bosh vaziri Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan aeroportga yetib kelganida BIAni rivojlantirish loyihasi ikkinchi bosqichining 2-fazasiga start berdi.
- 2017—2025-yillarda yangi terminal qurilishi 2017-yil aprel oyida boshlangan va 2025-yilda yakunlanadi[17].
- II faza qurilishi 2020-yil 18-noyabrda qayta ishga tushirildi[18].
- 2020-yilda boshlangan Katunayake aeroportining ikkinchi terminali qurilishi 2022-yilda toʻxtatildi. Buning asosiy sababi 2022-yil martiga borib mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul boʻldi.
II bosqichning qisqacha mazmuni
tahrirKatunayake aeroportidagi kengaytirish loyihasining ikkinchi bosqichi Yaponiya koʻmagida amalga oshirilmoqda va dastlab 2025-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq, joriy kechikishlar tufayli muddatlarni uzaytirish imkoniyati mavjud, bu esa 2026-yil oxirigacha yoki 2027-yilgacha yakunlanishi mumkin. Quyida II bosqichning qisqacha tavsifi keltirilgan:
Loyihaning fazalari va qurilishi | Xronologiyasi | Eslatmalar |
---|---|---|
II fazaning rivojlanish bosqichi | 2007-yil noyabrdan 2014-yil avgustgacha | Yakunlangan |
Yashil terminal uchun yangi dizaynni taqdim etish | 2014-yil iyul | Yakunlangan |
Yaponiya Bosh vaziri tomonidan BIA rivojlantirish loyihasining 2-bosqichini ishga tushirish | 2014-yil 7-sentyabr | Yakunlangan |
Yangi terminal qurilishining boshlanishi | 2017-yil aprel | Davom etmoqda |
II faza qurilishi qaytadan ishga tushirildi | 2020-yil 18-noyabr | - |
Ikkinchi terminal qurilishi toʻxtatiladi | 2022-yil | - |
Yaponiya yordami bilan II fazani kengaytirish kutilmoqda | 2025 (ehtimoliy kechikish 2026-yil oxiri va 2027-yilning boshi) | - |
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirYoʻlovchi tashish
tahrirYuk tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar | Refs |
---|---|---|
Cathay Cargo | Hong Kong, Chennay | [51] |
Turkish Cargo | Bangalor, Istanbul, Mumbay | [52] |
Statistika
tahrirYer usti transporti
tahrirSLAF Katunayake
tahrirBaxtsiz hodisalar va falokatlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Airport & Aviation Services (Sri Lanka) Limited“. www.airport.lk. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ „Welcome to Civil Aviation Authority“. www.caa.lk. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
- ↑ Jefford 1988, s. 40.
- ↑ Jefford 1988, s. 75.
- ↑ Jefford 1988, s. 78.
- ↑ Lake 1999, s. 84.
- ↑ „Sri Lankan Aviation history“. airport.lk. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 „Bandaranaike International Airport, Katunayake, Sri Lanka“. airport-Technology. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ Sirimane, Shirajiv. „Airbus A380 to touch down at BIA“ (2010-yil 14-fevral). 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-yanvar.
- ↑ Sandaruwan, Miyuru „Airbus A380 Touches Down in Sri Lanka for the first time“. Airline Industry Review. Qaraldi: 2012-yil 10-yanvar.
- ↑ „Emirates One-Off A380 Lands in Colombo“. Emirates.
- ↑ „All About Colombo (Sri Lanka) Airport“. Byevisa.com. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-fevral.
- ↑ „CMB Airport Passenger handling data“. Civil Aviation Authority of Sri Lanka. 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
- ↑ „CMB Airport Terminal 3 opening 2012“. Skyscanner India. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
- ↑ „Latest News“. Airport and Aviation Services (Sri Lanka)(Private)Limited (2021-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ „CMB - Colombo [Bandaranaike Intl, 1, LK - Airport - Great Circle Mapper“]. www.gcmap.com. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
- ↑ Kumarasinghe, Uditha. „RESURFACING OF RUNWAY AT BIA: AIRLINES GIVEN FOUR OPTIONS“. Sunday Observer. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
- ↑ „Phase two of Katunayake Airport Expansion Project to commence soon“. Ceylon Today. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „Aeroflot further expands Colombo capacity in NW23“. aeroroutes.com (2023-yil 22-noyabr).
- ↑ „Air Arabia Abu Dhabi schedules 1Q24 Colombo launch“. aeroroutes.com (2023-yil 4-sentyabr).
- ↑ „Air Astana launches direct flights to Sri Lanka“. newswire.lk (2023-yil 6-dekabr).
- ↑ „Air China to fly thrice weekly to Colombo“. Sunday Observer (2023-yil 15-may). Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „AIR SEYCHELLES SCHEDULES LATE-JUNE 2023 SRI LANKA SERVICE LAUNCH“. Aeroroutes (2023-yil 17-aprel). Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
- ↑ „Arkia Moves Forward Sri Lanka Launch to Feb 2024“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
- ↑ „Azur Air Resumes Operations to Sri Lanka“. airport.lk (2023-yil 8-dekabr).
- ↑ „Cathay Pacific NW23 South Asia Operations – 26JUL23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „Centrum Air Schedules Colombo Nov 2024 Launch“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 29-oktyabr.
- ↑ „China Eastern Resumes Kunming – Maldives Service in mid-1Q24“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
- ↑ „Mainland Chinese Carriers Aug - Oct 2022 International Service - 07AUG22“. AeroRoutes (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Chongqing Airlines Plans Sri Lanka / Maldives June 2024 Launch“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Switzerland's Edelweiss Air commences charter flight operations to SL“. newswire.lk (2023-yil 3-noyabr).
- ↑ „Enter Air begins charter flights connecting Poland and Sri Lanka“. ft.lk (2023-yil 3-noyabr).
- ↑ „Etihad NW23 Network Changes – 09AUG23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „Sri Lanka's FitsAir launches direct flights to Dhaka“ (2024-yil 22-mart).
- ↑ Krishnaswamy, N. Murali.. „Sri Lanka's FitsAir launches Colombo-Chennai flight“ (en). The Hindu (2023-yil 21-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
- ↑ „flydubai Adds Male – Colombo Sector in NW22“. Aeroroutes (2022-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Flight Schedule“. IndiGo. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
- ↑ „IndiGo to start direct air link between Hyderabad and Colombo“ (en). Business World Hotelier (2023-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ „IndiGo Launches Direct Mumbai-Colombo Flights to Enhances Connectivity“.
- ↑ „Iran Airtour begins service to Colombo“. Embassy of the Islamic Republic of Iran (2024-yil 31-avgust). Qaraldi: 2024-yil 31-avgust.
- ↑ „Kuwait's Jazeera Airways to increase flights to Sri Lanka“. newswire.lk (2023-yil 28-sentyabr).
- ↑ „Jetstar Asia Announces Low-Fare Flights to Colombo“. Jetstar Airways Pty Ltd (2024-yil 14-avgust).
- ↑ „Charter flights between Colombo, Poland commence“. dailymirror.lk (2023-yil 8-fevral).
- ↑ „Maldivian Adds Colombo Service in 2Q24“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
- ↑ „Salamair.com“. salamair.com.Andoza:Full citation needed
- ↑ „SmartWings Hungary adds Colombo Service“. AeroRoutes. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ „SriLankan Airlines va faire son retour à Paris“ (French). Air Journal (2021-yil 7-sentyabr).
- ↑ „AirAsia to launch "Colombo-Bangkok" direct flights from July“. Daily FT (2023-yil 20-may).
- ↑ „Thai NS24 International Service Changes“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
- ↑ „TURKISH AIRLINES NS24 SRI LANKA / MALDIVES SERVICE CHANGES“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
- ↑ „Cathay Pacific Cargo Flight CX18 (CPA18)–Colombo (CMB) to Hong Kong (HKG)-13 May 2023“. FlightAware.
- ↑ „Kempegowda International Airport will link to seven more cities“. The New Indian Express (2018-yil 27-oktyabr). 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
Adabiyotlar
tahrir- Jefford, C.G.. RAF Squadrons. A comprehensive record of the movement and equipment of all RAF squadrons and their antecedents since 1912. Shrewsbury: Airlife, 1988. ISBN 1-85310-053-6.
- Lake, A. Flying units of the RAF. Shrewsbury: Airlife, 1999. ISBN 1-84037-086-6.
Havolalar
tahrirVikiomborda Bandaranaike International Airport mavzusiga oid fayllar bor