Belarus Konstitutsiyasi
Belarus Respublikasi Konstitutsiyasi (belaruscha: Канстытуцыя Рэспублікі Беларусь, ruscha: Конституция Республики Беларусь) — Belarusning asosiy qonuni. Mamlakatning Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qilganidan uch yil oʻtgach, 1994-yilda qabul qilingan ushbu rasmiy hujjat Belarus davlati va hukumatining siyosatini belgilab beradi va oʻz fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini qayd etadi. Konstitutsiya mamlakatning sobiq qonun chiqaruvchi organi boʻlgan Belarus Oliy Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan hamda fuqarolar va huquqshunos ekspertlar tomonidan takomillashtirilgan. Konstitutsiya muqaddimasi 9 boʻlim va 146 moddadan iborat.
Konstitutsiya tuzilishi va mazmuniga Gʻarb davlatlarining konstitutsiyalari va Sovet Ittifoqi davridagi Belarus tajribasi katta taʼsir koʻrsatgan. Garchi Konstitutsiyaning aksariyat qismida hukumatning funksiyalari va vakolatlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa-da, butun boʻlim fuqarolar va rezidentlarga berilgan huquq va erkinliklar haqida batafsil maʼlumot beradi. Konstitutsiya qabul qilinganidan beri ikki marta oʻzgartirildi (1996 va 2004-yillar). Mustaqil kuzatuvchilar va hukumatning muxolifat yetakchilari tomonidan qattiq tanqid qilingan ikkita referendum natijasida prezidentning vakolatlari oshirildi va prezidentlikka nomzod koʻrsatish (qayta saylanish) imkoniyati cheksiz etib belgilandi.
Tarixi
tahrirLitva nizomlari
tahrir1529-yilda Buyuk Litva knyazligi tomonidan hozirgi Belarus hududlarini rasman qonunlashtirishga birinchi urinish amalga oshirilgan. Bu urinish Litva Nizomlari shaklida joriy qilingan. Eski belarus tilida yozilgan ushbu hujjat davlatning oliy qonuni rolini bajargan.
1791-yil 3-mayda qabul qilingan Konstitutsiya
tahrir18-asrda Buyuk Litva knyazligi va Polsha Qirollik Toji oʻrtasida vujudga kelgan federal Polsha-Litva Hamdoʻstligi (Rech Pospolitaya) kuchsiz (disfunksional) ichki siyosat tufayli tanazzulga yuz burdi[1]. Kech boʻlsada, vaziyatni toʻgʻirlash uchun 1791-yil 3-may kuni dunyodagi eng qadimgi milliy konstitutsiyalardan biri qabul qilindi[2].
Yangi konstitutsiya davlat siyosatining irodasini sustlashtirib turgan liberal veto huquqini va shlyaxta konfederatsiyalarini taqiqladi[1]. Konstitutsiya shuningdek, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari oʻrtasida boʻlinishini taʼminladi, „xalq suvereniteti“ni oʻrnatdi va burjua uchun siyosiy huquqlarni kengaytirdi. Dehqonlarning huquqlari kengaydi lekin krepostnoylik huquqi bekor qilinmadi[3]. Katolik dinining maqomi tan olingan boʻlsa ham, diniy bagʻrikenglik saqlab qolindi.
1791-yil 22-oktabrda qabul qilingan Ikki xalqning oʻzaro kafolatida Polsha va Buyuk Litva knyazligining yagona davlat sifatidagi birligi va boʻlinmasligi, ikki xalq vakillarining davlat boshqaruv organlarida teng huquqli ekanliklari qayd etildi[4].
1791-yilgi hujjat 19 oydan kamroq vaqt davomida oʻz kuchini saqlay oldi. U Rossiya bilan qisqa urushdan keyin 1793-yil 23-noyabrda Grodno seymi tomonidan bekor qilindi[5]. 1795-yilga kelib, Hamdoʻstlik Rossiya imperiyasi, Prussiya qirolligi va Habsburglar Avstriyasi oʻrtasida boʻlinib ketdi va Buyuk knyazlik hududining koʻp qismi Rossiya hukmronligi ostida qoldi.
20-asr
tahrirBelarus birinchi muvaqqat konstitutsiyasini 1918-yil 11-oktabrda Rossiya imperiyasidan mustaqillik eʼlon qilinganidan bir necha oy oʻtgach qabul qildi.[6]
1919-yil mamlakat rus bolsheviklari tomonidan bosib olingandan keyin Belarus Sovet respublikasi (SSSR)ga aylandi va yangi konstitutsiya qabul qilindi. Ushbu konstitutsiya Rossiya, Ukraina va Kavkazorti bilan birgalikda Sovet Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida shartnoma imzolangunga qadar amalda boʻldi[7]. Endi Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) 1927-yilda Sovet Ittifoqining birinchi konstitutsiyasini qabul qildi. 1937-yilda yangidan konstitutsiya qabul qilgan Belarussiya SSR 1978-yilda Sovet Ittifoqi tarkibidagi soʻnggi konstitutsiyasini qabul qildi, unda asosan 1977-yilgi Sovet Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgarishlar aks etgan.
Zamonaviy Konstitutsiya
tahrir1991-yilda Belarus Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻlganda, Belarus Oliy Kengashi Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qildi va Belorussiya SSR qonunlarining SSSR qonunlaridan ustunligi qayd etildi (Deklaratsiyaning 7-moddasi, ammo bu oʻzgarish 1978-yil qabul qilingan Konstitutsiyasiyaga faqat 1991-yil avgustda kiritildi) va respublikada rasmiy ravishda konstitutsiyaviy jarayonlari boshladi[8]. Koʻp oʻtmay, hukumat mustaqil ravishda Belarus konstitutsiyasini tuzish maqsadida Konstitutsion komissiya tashkil etdi. 1991-yil noyabrda Komissiya Oliy Kengashga uchta loyihadan birinchisini taqdim etdi. Oliy Kengash maʼqullaganidan soʻng 1991-yil dekabrda Belarus xalqi oʻz taklif va fikrlarini bildirishi uchun loyiha matbuotda chop etildi[9]. Komissiya uchinchi va yakuniy loyihani Oliy Kengashga taqdim etganidan soʻng u 1994-yil 15-martda Oliy Kengash Spikeri va Davlat rahbari Mexislav Grib tomonidan imzolandi. „Zvezda“ gazetasi oʻn besh kundan keyin Konstitutsiyani rasman eʼlon qildi. Oliy Kengash Konstitutsiya bilan bir qatorda „Qabul qilish toʻgʻrisida“ deb nomlangan yana qonunni qabul qildi, bu qonun 1978-yil Belorussiya SSR Konstitutsiyasini va ayrim istisnolar bilan Belarussiya SSR davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiyani bekor qildi. Oliy Kengashning oʻn uchinchi sessiyasida qabul qilingan qonun, mansabdor shaxslar va davlat organlarining shakllanishi uchun ikki yillik oʻtish bosqichi boshlanganini qayd etdi[10]. 1994-yildan beri har yili 15-mart Belarusda Konstitutsiya kuni milliy bayram sifatida nishonlanadi[11].
Konstitutsiyada hokimiyatlarning boʻlinishi belgilab qoʻyilgan. Belarus qonunlariga koʻra, har bir idora alohida, ammo xalqqa xizmat qilish uchun birgalikda ishlashi kerak. Shuningdek, Konstitutsiya Belarusni demokratik prezidentlik respublikasi ekanini qayd etadi, bu esa bosh vazirning vakolatlarini sezilarli darajada pasaytiradi[12].SSSR tarqatilganidan keyin mustaqil boʻlgan 15 respublika ichida Belarus eng kech Konstitutsiya qabul qilganlardan biridir. Bu kechikish Oliy Kengash deputatlari oʻrtasidagi munozaralar tufayli vujudga keldi, bu munozaralar fonida Oliy kengashni butkul tugatishni istayotgan muxolifar va demokratik kuchlar bilan kurash ham ketayotgan edi[13]. 1992 va 1993-yillarda kechgan munozaralarning asosiy qismiga yangi tuzilgan qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlari oʻrtasida yuzaga kelgan hokimiyat uchun kurashlar sabab boʻldi[9]. Oliy Kengashning sobiq raisi Stanislav Shushkevich prezidentga berilgan vakolatlar koʻlami tufayli dastlabki loyihalarni tanqid ostiga oldi. Muxolifatdagi Belarus Xalq fronti ikki partiya oʻrtasida muvozanat yoʻqligi va SSSR paytida ham nomzodlik koʻrsatgan Vyachaslav Kebichga iyun oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga imkon berilganligi sababli soʻnggi loyihalarni tanqid qildi.
Belarus Konstitutsiyasini ishlab chiqishda Oliy Sovet deputatlari turli davlatlar konstitutsiyalari, jumladan Avstriya, Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Shvetsiya va AQSh konstitutsiyalarini oʻrganib chiqishgan. Ichki tomondan, Konstitutsion komissiya Sovet hukmronligi davrida va Sovet hukumati tomonidan bekor qilingan anʼanalarni qaytarish istagida boʻlgan. Konstitutsiyaning tuzilishi Rossiya Federatsiyasinikiga oʻxshash: masalan, Prezident devoni Rossiya Prezidentiga berilgan vakolatlarga oʻxshash vakolatlarga ega[13]. Umuman olganda, Konstitutsiya tuzilishda Belarus davlatchiligini rossiyaparast harakatlardan saqlab qolishga, postsovet Belarusining ichki muammolarini hal qila oladigan kuchli davlat rahbariga ega boʻlishga va Belarusdagi siyosiy fraksiyalar oʻrtasida murosa kiritishga harakat qilindi[9].
Muqaddima
tahrirKonstitutsiya muqaddimasida Belarus xalqaro hamjamiyat aʼzosi sifatida oʻz davlatchiligi taqdiri uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Shuningdek, Belarus oʻz fuqarolarining huquq va erkinliklarini hurmat qilish va xalq tomonidan boshqariladigan va qonun ustuvorligiga asoslangan barqaror hukumatni saqlash kafolatini beradi[14].
Birinchi boʻlim: Konstitutsiyaviy tizim asoslari
tahrirKonstitutsiyaning birinchi boʻlimi hukumat vakolatlarini belgilab beradi va hukumat Belarus xalqi tomonidan boshqarilishini qayd etadi. Koʻp partiyaviy vakillik demokratiyasi deb eʼlon qilingan hukumat oʻzining tashqi siyosatini shakllantiradi va zarur hollarda buni amalga oshirish huquqini himoya qilishga tayyor. Birinchi boʻlim, shuningdek, davlat oʻz fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilishini, ammo Belarus fuqarosi „Konstitutsiya tomonidan unga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun davlat oldida javobgar boʻlishini“ oʻz ichiga oladi[15].
Hukumatning oʻzi hokimiyatning har jabhasini nazorat va muvozanat da ushlab turadi, ammo har bir hokimiyat boshqa hokimiyatning taʼsiridan mustaqildir. Hukumat Konstitutsiya qoidalariga muvofiq qonunlar qabul qilish huquqiga egadir. Agar qonunlar Konstitutsiya bilan mos kelmasa, ularni bekor qila oladi. Qonunlarning oʻzi xalqaro huquqqa boʻysunadi va Belarus „xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari ustunligini tan olishga va uning qonunlari bunday printsiplarga mos kelishini taʼminlashga“ tayyor[15].
Belarus hududi „oblastlar“ deb nomlangan alohida hududlarga boʻlingan. Shuningdek, oblastlar tumanlarga, ular esa oʻz navbatida shaharlarga boʻlinadi. Konstitutsiya, shuningdek, qonunchilik tomonidan nazorat qilinadigan maxsus hududlarni yaratishga imkon beradi. Belarus fuqarolariga Belarus chegaralari ichida yoki chet elda boʻlishidan qatʼi nazar, himoya va homiylik kafolatlanadi. Baʼzi bir istisnolardan tashqari, fuqaroligi boʻlmagan va chet elliklar Konstitutsiya boʻyicha Belarus fuqarolari bilan bir xil maqom va huquqlarga ega. Belarus shuningdek, etnik kelib chiqishi, siyosiy mafkurasi yoki diniy qarashlari tufayli taʼqibga uchraganlarga boshpana berish huquqiga ega[15].
Shuningdek, Konstitutsiyada Belarus va Rus tillari davlatning rasmiy tillari sifatida belgilangan, betaraflik va yadro qurolini tarqatmaslik majburiyatlarini oladi, oʻz milliy ramzlarni qabul qiladi va Minsk shahrini poytaxt etib tanlaydi (Minsk ilgari Belarus Sovet Sotsialistik respublikasining poytaxti boʻlgan)[15].
Ikkinchi boʻlim: Shaxs, jamiyat va davlat
tahrirIkkinchi boʻlimda hukumatning fuqarolarga beradigan huquqlari bayon qilinadi. Hujjatga koʻra, „munosib turmush darajasi, jumladan, tegishli oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan taʼminlash va zarur hayot sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilash“ kabi asosiy huquqlarni taʼminlash va himoya qilish hukumatning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Ushbu huquqlar Belarusning barcha fuqarolariga beriladi va har bir belaruslik Belarus qonunlariga muvofiq tengdirlar. Biroq, bu huquqlar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan yoki davlatfavqulodda holatga tushganida bekor qilinishi mumkin. Hech kimga „qonunga zid ravishda ustunlik va imtiyozlardan foydalanish“ ga yoʻl qoʻyilmaydi[16]. 84-moddaga muvofiq Belarus prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat, 98-moddaga binoan, eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun ichida Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim[17].
Konstitutsiyaga koʻra har bir inson yashash huquqiga ega va hukumat oʻz fuqarolarining hayotini ularga yoki mulklariga zarar yetkazmoqchi boʻlgan boshqa fuqarolardan himoya qiladi. Konstitutsiya, shuningdek, ogʻir jinoyatlar uchun oʻlim jazosi berilishini taʼminlaydi. Agar fuqarolar hibsga olingan boʻlsa, ular uchun qonuniy protsedura taʼminlanadi va ular oʻzlariga yoki oila aʼzolariga qarshi guvohlik berishga majburlanmaydilar. Fuqarolarga, shuningdek, ovoz berish, turar joy olish, mehnatlariga munosib haq olish, Belarus ichida xohlagan joyga koʻchish va hukumatga qarshi norozilik bildirish huquqi berilgan[16].
Uchinchi boʻlim: Saylov tizimi. Referendum
tahrirUchinchi boʻlim saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq ikki bobga boʻlingan. Birinchi bobda Belarus saylov tizimi haqida, ikkinchi bobda milliy referendumlarni tashkil qilish haqida batafsil koʻrsatmalar berilgan[18].
Belarusda saylovlarda va referendumlarda ovoz berish huquqi oʻn sakkiz yoshdan katta boʻlganlarga beriladi. Saylovlar va referendumlar paytida fuqaro oʻz istagiga koʻra ovoz berishi yoki ovoz bermasligi mumkin, erkin qarori fuqaro uchun salbiy oqibatlarga olib kelmasligi kafolatlangan. Konstitutsiyada fuqaroning ovoz berishiga toʻsqinlik qiladigan ikkita sabab keltirilgan: birinchisi, sud fuqaroning ovoz berish uchun aqliy qobiliyatga ega emasligi toʻgʻrisida qaror chiqargan taqdirda; ikkinchisi, saylov paytida hibsda boʻlgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxs boʻlsa. Konstitutsiyada jazo muddatini oʻtaganlarning ovoz berish huquqlari bor yoki yoʻqligi va ular qanday qilib ovoz berish huquqlarini qayta tiklashlari toʻgʻrisida hech narsa yozilmagan[18].
Milliy referendum yoki plebsissitlar muayyan huquqiy matn qonuniy kuchga kirishi yoki kirmasligini hal qiladigan saylovlardir. Agar Milliy Kengash referendum talab qilsa, uning rasmiy boʻlishi uchun ikkala palatada ham 50 %dan koʻp deputatlar ovozi kerak. Agar fuqarolar referendum talab qilsalar, ular mamlakat boʻylab ovoz berish huquqiga ega boʻlgan shaxslardan 430 ming imzo toʻplashlari kerak. Bundan tashqari, har bir mintaqadan, shu jumladan poytaxt Minskdan 30 mingdan ortiq odam petitsiyani imzolashi kerak. Ikkala shart bajarilganidan keyin prezident milliy referendum sanasini belgilash toʻgʻrisida farmon chiqaradi. Referendum farmon imzolangandan keyin uch oydan kam vaqt oraligʻida oʻtkazilishi kerak. Hududiy referendumlar oʻtkazish uchun mahalliy aholining 10 % qismi petitsiyaga imzo chekishi kerak[18].
Toʻrtinchi boʻlim: Prezident, Parlament, Hukumat, Sudlar
tahrirToʻrtta bobga boʻlingan toʻrtinchi qismda Belarus hukumati, asosan Belarus Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Kengashi, Belarus Parlamenti va sudlarining funksiyalari bayon qilingan. Garchi Belarus xalqi tomonidan saylangan boʻlsa ham, prezident oʻz lavozimiga kirishganida hech bir siyosiy partiya aʼzosi boʻlmasligi kerak. Shuningdek, Konstitutsiyada prezidentning turli rasmiy lavozimlari ham sanab oʻtilgan, masalan, prezident Belarus qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni boʻlishi va hokazo. Boʻlimda, shuningdek, prezident oʻz vazifasini davom ettira olmasa yoki oʻz vazifasini bajarish davomida vafot etsa yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarning tartibi qayd etilgan[17].
Toʻrtinchi bobda „Milliy Kengash“ deb atalgan Belarus Parlamenti vakolatlari va vazifalari keltirilgan. Milliy Kengash oʻzi ikki palataga: Quyi vakillar palatasi va respublikaning OliyKengashiga boʻlingan. Har bir palata aʼzolarni tanlashini tartibga soluvchi qoidalar bor, ular qonun loyihalarini koʻrib chiqib tasdiqlaydilar yoki rad etadilar va prezident tanlagan vazirlar mahkamasi rahbarlari nomzodlarini tasdiqlaydilar[17].
Bosh vazir boshchiligidagi Belarus Vazirlar Kengashi — bu Belarus hukumatining turli vazirliklari rahbarlari boʻlgan amaldorlar yigʻinidir. Prezident kengashning har bir aʼzosini tayinlaydi, ammo Milliy Majlis ham ularni tasdiqlashi kerak. Kengash aʼzolari vazirlik muddati tugaguniga yoki prezident almashtirilgunga qadar oʻz lavozimida turadi[17].
Belarus Konstitutsiyaviy sudi Belarusning eng yuqori sudidir. Boshqa sudlar fuqarolik yoki jinoiy ishlar bilan shugʻullansa, Konstitutsiyaviy sud hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning konstitutsiyaga zid yoki muvofiqligini koʻrib chiqadi. Sud har qanday qonunni konstitutsiyaga zid deb topish huquqiga ega. 2007-yil apreldan maygacha Konstitutsiyaviy sud 101 ta qonun va qarorlarni koʻrib chiqdi; ular konstitutsiyaga muvofiq deb topilgan[19].
Beshinchi boʻlim: Mahalliy boshqaruv va oʻzini oʻzi boshqarish
tahrirBeshinchi boʻlim mahalliy hokimiyat tuzishga ruxsat beradi. Mahalliy hukumatlar mahalliy aholi tomonidan tanlanadi va ular mahalliy ishlar, masalan, byudjetlar, ijtimoiy xizmatlar va iqtisodiy rivojlanishni boshqarish vakolatiga ega. Shuningdek, ular soliq yigʻish vakolatiga ega. Prezident tegishli mahalliy deputatlar kengashining tasdigʻiga binoan mahalliy davlat hokimiyati rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi[20].
Oltinchi boʻlim: Prokuratura. Davlat nazorati qoʻmitasi
tahrirOltinchi boʻlimda Bosh prokuror (Bosh prokuror rasmiy tarjimada) va Davlat nazorati qoʻmitasining vazifalari va vazifalari roʻyxati keltirilgan. Bosh prokuror va uning tayinlangan yordamchi prokurorlari zimmasiga davlat va jamiyatning barcha tarmoqlari boʻyicha milliy, mintaqaviy va mahalliy qonunlarning muvozanatli ijro etilishi vazifasi yuklatilgan. Bosh prokuror Prezident tomonidan Milliy Kengashning tasdigʻi bilan tayinlanadi[21].
Davlat nazorati qoʻmitasi zimmasiga respublika budjeti monitoringi, prezidentning iqtisodiy siyosati va davlat mulkidan foydalanishni tartibga solish vazifasi yuklatilgan. Bosh prokuror kabi, Davlat nazorati qoʻmitasi raisi ham prezident tomonidan tayinlanadi[21].
Yettinchi boʻlim: Belarus moliya-kredit tizimi
tahrirYettinchi boʻlim Belarusning soliq majburiyatlarini belgilaydi. Mahalliy oblast va shaharlarning budjetlari bilan bir qatorda respublika budjeti ham yaratilishi kerak. Milliy budjetda ishlatiladigan pullar milliy soliq va jarimalar hamda xorijiy hukumatlar tomonidan Belarusga toʻlangan toʻlovlardan olinadi. Moliya yili oxirida Milliy Majlis besh oy ichida kelgusi moliya yilining budjetini koʻrib chiqishi kerak. Davlat budjeti koʻrib chiqilib, jamoatchilikning eʼtiboriga havola qilinadi. Mahalliy budjetlar xuddi shu tartibda ishlaydi. Belarus Milliy banki Belarusning davlat banki boʻlib, milliy valyuta — Belarus rublini chiqarish uchun javobgardir[22]
Sakkizinchi boʻlim: Konstitutsiyaning qoʻllanishi
tahrirSakkizinchi boʻlimda Konstitutsiya ijrosi va unga oʻzgartirish kiritish jarayoni tasvirlangan. Konstitutsiya davlatning oliy qonunidir, boshqa qonunlar va qarorlar unga zid boʻlishi mumkin emas. Agar ziddiyat yuzaga kelsa, Konstitutsiya asosida ish koʻriladi. Agar Konstitutsiyaga zid boʻlmagan qonun va farmon boʻlsa, u kuchga kiradi[23].
Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish uchun: davlat rahbari oʻzgarishni taklif qilishi yoki xalq vakillari Milliy Kengashga 150 ming imzoga ega petitsiya yuborishlari kerak. Milliy Assambleyaning har ikkala palatasi taklif qilingan oʻzgarishlarni kamida uch oy davomida muhokamadan oʻtkazib, keyin qaror qabul qiladi. Ikki holatda muhokamalarsiz konstitutsiya oʻzgartirilishi mumkin: favqulodda holat yoki Vakillar Palatasining amal qilish muddati olti oydan kam boʻlgan holatlarda. Tuzatish kuchga kirishi uchun uni milliy referendumda ikkala palataning uchdan ikki qismi yoki Belarus aholisining koʻpchilik ovozi bilan maʼqullash kerak. Cheklov: Birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi boʻlimlarni faqat milliy referendum orqali oʻzgartirish mumkin[23]. Umumxalq referendumini oʻtkazish qoidalari Belarus Respublikasi Saylov kodeksining 22-25-boblarida keltirilgan[24]. 1994-yilda qabul qilingan Konstitutsiya 1996 va 2004-yillarda oʻzgarishlarga uchradi[24][25][26].
Toʻqqizinchi boʻlim: Xotima
tahrirKonstitutsiyaning toʻqqizinchi, soʻnggi boʻlimi 1996-yil Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi doirasida qoʻshilgan boʻlib, unda 1996-yilga qadar qabul qilingan qonunlarga oid bandlar mavjud. Konstitutsiya qabul qilinishidan oldin qabul qilingan qonunlarning Konstitutsiyaga zid boʻlmagan qismi oʻz kuchida qoldi. Konstitutsiyaga kiritilgan barcha oʻzgarishlar, agar mazmunida boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, prezident tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinganidan boshlab kuchga kiradi. 1996-yilda Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritilishi bilan 1994-yil qabul qilingan „Belarus Respublikasi Konstitutsiyasining kuchga kirishi toʻgʻrisida“ gi qonun oʻz kuchini yoʻqotdi. Toʻqqizinchi Boʻlimda oʻtish davri sifatida, Belarusning joriy (1996-yil noyabr holatiga koʻra) rahbariyati xizmat muddati tugaguniga qadar oʻz lavozimida qolishi mumkinligi taʼkidlangan[27].
Oʻzgartirishlar
tahrir1994-yilda Lukashenko prezidentlikni qabul qilganidan soʻng, yaqinda qabul qilingan Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish niyatini borligini bildirdi. Lukashenkoga koʻra, tuzatishlar uning idorasi vakolatlarini kengaytirishi va postsovet Belarusidagi keskin siyosiy burilishlarni oʻzida aks ettirishi lozim edi[9].
1995-yil mayda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi ushbu oʻzgartirish jarayonlaridagi birinchi qadam edi. Referendum varaqasida berilgan toʻrt savolning birida, agar deputatlar milliy qonunchilikni buzsa, prezident parlamentni tarqatib yuborishi mumkinmi, degan savol ham bor edi[28].
Prezidentga qonunchilik organini tarqatib yuborilish vakolatini beruvchi ushbu qonunga bir nechta deputatlar qarshi chiqishdi[9], 77 % deputat esa maʼqulladilar. Ovoz berish bulletenidagi boshqa masalalar, masalan, Davlat Bayrogʻi va Gerbi, umuman Konstitutsiyaga taʼsir qilmadi, ammo ularning maqomi Konstitutsiyada belgilab qoʻyildi[29]. Ikki yildan soʻng Lukashenko Konstitutsiyani butkul oʻzgartirishi mumkin boʻlgan birinchi referendumni tashkil qildi. Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha soʻnggi referendum 2004-yilda boʻlib oʻtdi.
1996-yil
tahrirKonstitutsiyani isloh qilishga eng koʻp chaqiriqlar 1996-yilda yangradi[30]. Oliy Kengash chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash va ovoz berish sanasini belgilashdan bosh tortgandan keyin prezident Lukashenko referendumni bir tomonlama tashkil qildi[31]. 1996-yil sentabrda Oliy Kengash tomonidan referendum oʻtkazishga urinish Konstitutsiyaviy sud tomonidan „Konstitutsiyaga zid“ deb baholangandi[32]. Referendum natijasida Konstitutsiyaga asosan prezidentning vakolatlarini kengaytirish haqidagi oʻzgartirishlar kiritildi[33].
Oʻzgartirishlar orasida quyidagilar mavjud:
1. Oliy Sovet, Belarusning bir palatali parlamenti tugatildi. Oliy Sovet oʻrniga Milliy Kengash — ikki palatali parlament tizimiga oʻtildi[25];
2. Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik muddati 1999-yildan 2001-yilgacha uzaytirildi[25].
Referendumda taxminan 7,5 million saylovchining 84 foizi bu oʻzgartirishlarni maʼqulladi[34]. Oʻsha yilning 28-noyabrida prezident Lukashenko qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarni imzoladi[35]. Ovoz berish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa natijalar Vazirlar Kengashining mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarni rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish imkoniyatini kengaytirdi[30]. Belarus Xalq fronti aʼzolari referendumni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishdi va oʻsha paytda qonuniy talablar toʻliq bajarilgan boʻlsada, Oliy Kengash referendumni bekor qilgandi[12].
1996-yilgi referendum natijalari oʻlaroq, muxolif partiyalar yangi parlament tarkibidan chiqarildi. Shaffoflik va saylov bulletenlarini toʻldirish bilan bogʻliq muammolar tufayli Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa bir qator davlatlar ovoz berish natijalarini tan olmadilar[31].
2004-yil
tahrir2004-yil Milliy Kengash aʼzolarini saylash bilan bir qatorda, prezidentlikka saylanish muddati cheklovi toʻgʻrisida referendum oʻtkazildi. Referendumga qadar prezident Aleksandr Lukashenko Konstitutsiyaga muvofiq faqat ikki muddatga prezident etib saylanishi mumkin edi[36].
Referendumda aholining deyarli 90 foizi ishtirok etdi, ovoz beruvchilarning 77,3 foizi muddat cheklovlarini bekor qilish tarafdori boʻldilar[26]. Oʻzgarishlar 2004-yil 17-oktabrda kuchga kirdi[37]. Oʻzgarishlar 2004-yil 17-oktabrda kuchga kirdi. 1996-yildagi referendumda boʻlgani kabi, xalqaro hamjamiyatda ovozlarning haqiqiyligi shubha ostiga olindi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YXHT) koʻra, koʻplab saylov uchastkalarida saylovlar mustaqil kuzatuvchilarsiz oʻtgan. Tashkilotga koʻra, ovoz berish standartlari YXHTning „erkin va adolatli saylovlar“ talablariga javob bermaydi. Boshqa nodavlat tashkilotlar (NDT) maʼlumotlariga koʻra, saylovchilarning 50 foizi referendumda qatnashmagan, shuning uchun ular hukumat tomonidan eʼlon qilingan natijalar notoʻgʻriligini taʼkidlaydilar[38].
Konstitutsiya oʻzgarishlarining tanqid qilinishi
tahrirIkkala referendum ham Belarus ichidagi siyosiy muxolifat va YXHT kabi xalqaro kuzatuvchilar tomonidan keskin tanqid qilindi. Kuzatuvchilar ikkala referendum ham shaffof emasligini va haqiqiy natijalar eʼlon qilinmaganligini taʼkidlamoqda. Kuzatuvchilarga bulletenlarni sanash jarayonini koʻrish imkoni berilmadi[39]. Xususan, prezident Lukashenkoga qarshi demokratik muxolifat 1996-yilgi Konstitutsiya boʻyicha referendumni boykot qildi. Xuddi shu saylov paytida xalqaro kuzatuvchilar ovoz berish jarayonida bir qancha muammolarni va saylov uchastkalarida hukumat foydasiga ovoz berishga chaqirgan plakatlar borligini qayd etdilar[34]. Muxolif partiyalarning fikricha 1996-yilgi referendum yordamida Lukashenko Oliy Kengashni tarqatib yuborib, Belarusning soʻnggi demokratik yoʻl bilan saylangan parlamentini hokimiyatdan chetlashtirdi va butun boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi[40]. Saylovlarni va Konstitutsiyani manipulatsiya qilish haqidagi daʼvolarga qaramay, amaldagi konstitutsiyaning Belarus demokratik muxolifati rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bir necha qismlari mavjud. 1999-yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti sudyalar va advokatlar mustaqilligi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Belarusga tashrif buyurdi, u milliy qonunlar, farmonlar va Konstitutsiya oʻrtasida nomuvofiqliklar borligini taʼkidladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼruzachisi Param Cumaraswamy milliy hokimiyat idoralari chiqargan vaqtinchalik qarorlar muddati tugagan yoki Konstitutsiyaga zid boʻlsa ham, hanuzgacha kuchda ekanligini taʼkidladi[41].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Jacek Jędruch. Constitutions, elections, and legislatures of Poland, 1493–1977: a guide to their history. EJJ Books, November 1982 — 151-bet. ISBN 978-0-7818-0637-4. Qaraldi: 13-avgust 2011-yil.
- ↑ Bill Moyers. Moyers on Democracy. Random House Digital, Inc, 5-may 2009-yil — 68-bet. ISBN 978-0-307-38773-8. Qaraldi: 30-may 2011-yil.
- ↑ Machovenko, Jevgenij. „Piliečio ir valstybės santykiai 1791 m. Gegužės 3 d. konstitucijoje: paveldas ir pamoka“. Lietuvos Respublikos Konstitucijos dvidešimtmetis: patirtis ir iššūkiai (Lithuanian). Vilnius University, Lithuanian Chamber of Notaries. 8–10-bet. 2018-05-12da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2015-yil.
{{cite magazine}}
: Unknown parameter|trans_title=
ignored (|trans-title=
suggested) (yordam)CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language () (Wayback Machine saytida 2018-05-12 sanasida arxivlangan) - ↑ Bardach, Juliusz (1992). „The Constitution of May Third and the mutual assurance of the Two Nations“. The Polish Review. 36-jild, № 4. 407–420-bet. JSTOR 25778593.
- ↑ Norman Davies. God's Playground: The origins to 1795. Columbia University Press, 30-mart 2005-yil — 254-bet. ISBN 978-0-231-12817-9. Qaraldi: 13-avgust 2011-yil.
- ↑ „12 фактаў пра БНР“. 2018-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
- ↑ British Broadcasting Corporation Timeline of the Soviet Union. Published March 2006. Retrieved 5-iyun 2007-yil.
- ↑ per article 12 of the Declaration, its provisions shall be „implemented by the Supreme Soviet of the Byelorussian SSR through the adoption the new Constitution (Fundamental Law) of the Byelorussian SSR, the Byelorussian SSR laws“, a similar clause also existed in other declarations, such as Russian (art. 15: „This Declaration shall be basis for the development of the new Constitution of the RSFSR, the conclusion of the Union Treaty, and improvement of the national legislation“) and Ukrainian („The Declaration shall be the basis for a new constitution and the laws of Ukraine, as well as determine the positions of the Republic regarding conclusion of international agreements. The principles of the Declaration of Sovereignty shall be used to sign the Union Treaty“) ones.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Gönenç, Levent. Prospects for Constitutionalism in Post-Communist Countries. Turkey: Martinus Nijhoff, 2002-06-18 — 190–191-bet. ISBN 90-411-1836-5.
- ↑ Republic of Belarus Enactment Law. Passed 15-mart 1994-yil. Retrieved 10-iyul 2007-yil.
- ↑ Embassy of the Republic of Belarus to Mexico and the United States National Holidays (Wayback Machine saytida 2017-11-02 sanasida arxivlangan). Retrieved 25-mart 2007-yil.
- ↑ 12,0 12,1 Library of Congress Country Studies Belarus — Prelude to Independence. Library of Congress. Retrieved 21-mart 2007-yil.
- ↑ 13,0 13,1 Virtual Guide to Belarus. Belarus Politics (Wayback Machine saytida 2017-11-05 sanasida arxivlangan). Retrieved 11-iyul 2007-yil.
- ↑ Webportal of the President of the Republic of Belarus Preamble of the Constitution. Published 1994, amended in 1996. Retrieved 1-may 2007-yil.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 Webportal of the President of the Republic of Belarus Section One of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-12-17 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 16,0 16,1 Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Two of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 17,3 Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Four of the Constitution (Wayback Machine saytida 17-dekabr 2007-yil sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Three of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ Constitutional Court of the Republic of Belarus General Provisions and History(Wayback Machine saytida 2007-07-16 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2007-07-16 sanasida arxivlangan). Published 21-may 2007-yil. Retrieved 24-iyul 2007-yil
- ↑ Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Five of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-12-17 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 21,0 21,1 Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Six of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. 7-iyun 2007-yil.
- ↑ Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Seven of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 23,0 23,1 Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Eight of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 24,0 24,1 Law of the Republic of Belarus Electoral Code of the Republic of Belarus(Wayback Machine saytida 27-dekabr 2010-yil sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2010-12-27 sanasida arxivlangan). Passed in 2000, amended in 2006. Retrieved 14-iyul 2007-yil.
- ↑ 25,0 25,1 25,2 CNN Belarus president convenes new parliament (Wayback Machine saytida 2005-01-24 sanasida arxivlangan). Published 26-noyabr 1996-yil. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 26,0 26,1 British Broadcasting Corporation Observers deplore Belarus vote. Published 18-oktabr 2004-yil. Retrieved 28-mart 2007-yil.
- ↑ Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Nine of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ „National Referendum of the Republic of Belarus - Official list of questions“ (Russian). Central Election Committee of the Republic of Belarus (1995-yil 14-may). 2008-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart. (Wayback Machine saytida 2008-04-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ „National Referendum of the Republic of Belarus - Official results“ (Russian). Central Election Committee of the Republic of Belarus (1995-yil 14-may). 2007-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart. (Wayback Machine saytida 2011-07-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ 30,0 30,1 House of Representatives of the Republic of Belarus History of Constitutionalism in Belarus(Wayback Machine saytida 2007-04-03 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2007-04-03 sanasida arxivlangan). Retrieved 25-mart 2007-yil. (ruscha)
- ↑ 31,0 31,1 „Republic of Belarus - Background“. World Report 1999. Human Rights Watch (1999). Qaraldi: 2008-yil 12-mart.
- ↑ „Judgment of the Constitutional Court, Minsk No. J-43/96“. Constitutional Court of the Republic of Belarus (1996-yil 4-noyabr). 30-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-mart. (Wayback Machine saytida 2005-12-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ Human Rights Watch Republic of Belarus — Background. Published in 1999. Retrieved 7-iyun 2007-yil.
- ↑ 34,0 34,1 CNN Belarus president poised for victory in constitution re-write (Wayback Machine saytida 2007-02-16 sanasida arxivlangan). Published 24-noyabr 1996-yil. Retrieved 28-mart 2007-yil.
- ↑ Webportal of the President of the Republic of Belarus Section Nine of the Constitution (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan). Published 1994, amended in 1996. Retrieved 07-iyun 2007-yil.
- ↑ Constitution of Belarus (1994). Published in 1994. Retrieved 5-iyun 2007-yil.
- ↑ Legal Portal of the Republic of Belarus 2004 Text of the Constitution of Belarus(Wayback Machine saytida 2009-06-06 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2009-06-06 sanasida arxivlangan). Published 2004. Retrieved 13-iyul 2007-yil.
- ↑ „Belarus“ (PDF). Country Report. Freedom House (2006). 2007-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart. (Wayback Machine saytida 2007-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „COUNCIL COMMON POSITION 2004/848/CFSP“ (PDF). Official Journal of the European Union (2004-yil 13-dekabr). 2008-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-fevral. (Wayback Machine saytida 2008-02-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Balmaceda, Margarita Mercedes; Kevin Rosner. Belarus: Oil, Gas, Transit Pipelines and Russian Foreign Energy Policy. GMB Publishing Ltd, 2006 — 4-bet. ISBN 1-905050-83-6.
- ↑ „Constitution Watch“ (PDF). Eastern Europe Constitutional Review. New York University School of Law, s. 6. 2009-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-mart.
Havolalar
tahrir- 1994-yilgi Belarus Konstitutsiyasi (1996- va 2004-yillardagi referendumlarda qabul qilingan oʻzgarishlar bilan) (Wayback Machine saytida 2020-08-17 sanasida arxivlangan) (rus.)