Bittepa — gʻor shaklida oʻyib ishlangan qabriston (78-asrlar). Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidatch adirda joylashgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 1979-yilning yozida qazib oʻrganilgan. Qabrlar bir-biridan 4-6 m uzoqlikda boʻlib, yer sathidan 15-20 m balandlikda murabba (2,4x2,4 va 3,3x3,3 m), toʻgʻriburchak (1,8x4,9 m) va xoch shaklida qumtosh ichiga oʻyib ishlangan. Qabrlar ogʻzi katta hajmdagi gʻishtlar (52x26x10 sm) bilan berkitilgan boʻlib, murdalar qoʻyilgan joyga balandligi 1—1,2 m keladigan kamalaksimon yoʻlak orqali kirilgan. Yoʻlak devorlarida ham oʻyib ishlangan tokchalar bor. Har bir qabrdan 10 va 18 tagacha odam suyaklari chiqqan; ular atrofida xilmaxil munchoqlar, mis isirgʻalar, temir va misdan tayyorlangan kamar toʻqalari, oʻqyoy uchi, pichoklar, uzuklar topilgan. Eng noyob topilma qanot yoyib turgan holatda tasvirlangan ilohiy maʼbuda — taqinchoqdir. Qizil rangga boʻyalgan paxta va ipak matolar ham uchraydi. Topilgan 15 ta kumush va jez tanganing bir qismi sosoniy podshohlaridan Feruz (459484), Xusrav I Anushirvon (531579) va Hurmuzd IV (590628)ga taalluqlidir. B. qabristonida birorta ham sopol idish uchramaydi, demak, bu davrda chagʻoniyonliklarda dunyoqarash va koʻmish urfodatlari oʻzgacha boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil