Choʻl zonalari
Choʻl zonalari - tabiiy landshafti, asosan, "fglardan iborat geografik zonalar. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil mintaqasida, Shimoliy va Jan. yarim sharlarning subtropik va tropik mintaqalarida tarqalgan. Namgarchilik kam, yillik yogʻin 200 mm gacha, baʼzi yerlarda 500 mm gacha. Relyefi toglik, past togʻlar, tekisliklar, qad daryo vodiylari va berk koʻl botiqlaridan iborat. Eol relyef shakli keng tarkalgan. Choʻl zonalarining katta qismida oqar suvlar boʻlmaydi, baʼzan ularni tranzit daryolar kesib oʻtadi. Oʻz chegaralari va maydoni hamda suv sathini teztez oʻzgartirib turadigan va baʼzan qurib qoladigan koʻllar va mavsumiy soy koʻp. Yer osti suvlari minerallashgan boʻladi. Tuproklari yaxshi rivojlanmagan, shoʻrxok va shoʻrtoblar bilan qoplangan. Oʻsimlik dunyosi siyrak boʻlib, baʼzi yerlarda butunlay usmaydi. Kserofil va galofil oʻsimliklar — Osiyo choʻllarida saksovul, efemer va shuvokdoshlar, Shim. Amerikada kaktusdoshlar, kreozotlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Kemiruvchilar va sudraluvchilar asosiy urinni egallaydi. Choʻl zonalarida yaylov chorvachiligi rivojlangan, sugʻorib dehqonchilik qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |