FIFA talqini boʻyicha asrning eng yaxshi futbolchisi

FIFAning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ – FIFA tomonidan 20-asrning eng buyuk futbolchisini eʼtirof etish uchun bir martalik beriladigan mukofot boʻlib, uning gʻolibi 2000-yil 11-dekabrda Rimda boʻlib oʻtgan FIFAning yillik tantanali marosimida eʼlon qilingan[1]. Diego Maradona va Pele ushbu mukofotning qoʻshma gʻoliblari boʻlishgan[2][3].

1955-yildan beri FIFAda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofotlar bor va ular FIFAning asrning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ommaviy ovoz berish orqali asrning eng yaxshi futbolchisini topishga qaror qilishgan. Bu ularning rasmiy veb-saytida, rasmiy jurnalida va katta hakamlar hay’atida ovoz berish orqali hal qilinishi kerak edi[4]. Internetda oʻtkazilgan soʻrovda Maradona katta farq 53.6 foiz bilan gʻalaba qozongan va Pele 18,53 foiz, ovoz toʻplagan. Pele davrida professional futbol oʻynagan Eusébio soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, koʻpchilik kuzatuvchilar soʻrovning internetdagi holati, Peleni emas, balki Maradonaning oʻyinini koʻrgan yosh muxlislarning ovoz berganidan shikoyat qilishdi. Natijada FIFA ikkinchi soʻrovnomani qoʻshishga qaror qilgan va futbol jurnalistlari, rasmiylar va murabbiylardan iborat „Futbol oilasi“ qoʻmitasini tayinlagan. Bu qoʻmita Peleni 72,75% ovoz bilan asrning eng yaxshi futbolchisi deb tanladilar, shuning uchun ikkalasi ham birgalikda gʻolib deb topilgan[5].

FIFA internet ovoz berish natijasi

tahrir

FIFA onlayn soʻrovi natijalari quyidagicha boʻlgan:[6]

Futbolchi Mamlakat Foiz
1 Diego Maradona   Argentina 53.60%
2 Pelé   Braziliya 18.53%
3 Eusébio   Portugaliya 6.21%
4 Roberto Baggio   Italiya 5.42%
5 Romário   Braziliya 1.69%
6 Marco van Basten   Niderlandiya 1.57%
7 Ronaldo   Braziliya 1.55%
8 Franz Beckenbauer   Germaniya 1.50%
9 Zinedine Zidane   Fransiya 1.34%
10 Rivaldo   Braziliya 1.19%
11 Zico   Braziliya 1.15%
12 Garrincha   Braziliya 1.08%
13 Johan Cruyff   Niderlandiya 0.87%
14 Alfredo Di Stéfano   Argentina

  Ispaniya

0.68%
15 Michel Platini   Fransiya 0.58%
16 Bobby Charlton   Angliya 0.39%
17 Ferenc Puskás   Vengriya 0.37%
18 Lothar Matthäus   Germaniya 0.37%
19 Lev Yashin   Sovet Ittifoqi 0.36%
20 George Best   Shimoliy Irlandiya 0.32%

FIFA jurnali va hakamlar hay’atining ovozi

tahrir

Mukofotning ushbu qismi FIFA jurnali oʻquvchilari va FIFA Katta hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan:[7]

Futbolchi Millat Foiz
1 Pelé   Braziliya 72.75%
2 Alfredo Di Stéfano   Argentina

  Ispaniya

9.75%
3 Diego Maradona   Argentina 6.0%
4 Franz Beckenbauer   Germaniya 2.5%
5 Johan Cruyff   Niderlandiya 2.0%
George Best   Shimoliy Irlandiya 2.0%
7 Roberto Baggio   Italiya 1.0%
Garrincha   Braziliya 1.0%
Zico   Braziliya 1.0%
Michel Platini   France 1.0%
Gerd Müller   Germaniya 1.0%

Manbalar

tahrir
  1. „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. FIFA.com. FIFA (2000-yil 7-dekabr). 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.
  2. „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. CBC News. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-mart.
  3. FIFA Player of the Century (Wayback Machine saytida 26 April sanasida arxivlangan)
  4. „Maradona's genius cannot eclipse English master“. The Daily Telegraph (2000-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 11-may.[sayt ishlamaydi]
  5. „Pele, Maradona each win FIFA century awards after feud“. CNN. 2014-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-aprel.
  6. „FIFA Player of the Century“. touri.com. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-noyabr.
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FIFA2

Havolalar

tahrir