Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Hasanov Jasurbek!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Asadbek Botirqulov (munozara) 17:24, 2-Sentabr 2020 (UTC)

Maqola nomini George VIga koʻchirdim. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmay, aslidek yozing. Barafsil VP:Kishi ismlari sahifasi bilan tanishib chiqing. Keyin, nega Georg, deb nomladingiz maqolani? Talaffuzi Jorj boʻladi. Malikxan munozara 20:00, 17-Iyun 2022 (UTC)

e harfi tushib qolibdi, tarjima holatiga oʻtkazilmagan. Matn ichida Jorj deya aytilgan Hasanov Jasurbek (munozara) 06:38, 18-Iyun 2022 (UTC)
Maqola ichida Jorj emas, George, deb yozing. {{Talaffuz}} andozasini maqolada ishlatishingiz mumkin, shunda bu ism qanday oʻqilishini bilib olish mumkin. Keyin, Umar ibn Xattob kabi maqolalarga qoʻshgan hissangiz manbasiz va betaraf emas. Shu sababli qaytarildi. Yuklagan barcha fayllaringiz esa oʻchirildi. Sababi mualliflik huquqlarini buzyapsiz. Malikxan munozara 11:33, 18-Iyun 2022 (UTC)
Menimcha, manbaalarni barchasini qoʻshgan edim. Islom uz, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining yozgan Umar Ibn Xattob kitoblarliga tayangan holatda berilgan maʼlumtolar edi Hasanov Jasurbek (munozara) 11:35, 18-Iyun 2022 (UTC)
Yoki men bergan manbaadagi shaxslar ishonchsizmi? Hasanov Jasurbek (munozara) 11:38, 18-Iyun 2022 (UTC)
Vikida paygʻambarimiz, s.a.v va boshqa shunga oʻxshash soʻzlarga oʻrin yoʻq. VP:BNN sahifasi bilan tanishib chiqing. Boshqa manbalardan oqizmay-tomizmay koʻchirib oʻtib maqola yaratmang. Malikxan munozara 13:15, 18-Iyun 2022 (UTC)

Salom. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozamiz. Masalan, Maykl Jekson emas, Michael Jackson. Asli lotin yozuvida yozilmaydigan kishilar ismlarini (ruscha, koreyscha, yaponcha) esa translit qilamiz. Ruscha kishilar ismlarini toʻgʻridan-toʻgʻri rus tilidan translit qiling. Masalan, Iosif Stalin — Iosif Stalin. Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, yaratayotgan maqolalaringiz mazmuniga eʼtiborli boʻling. Yaratgan maqolangizni oʻzingiz ham oʻqib koʻring. 2 000 soʻzdan iborat mazmunsiz maqoladan 200 soʻzdan iborat mazmunli maqola afzaldir. Koʻplab mazmunsiz maqolalar yaratgansiz. Recruitment maqolangiz nomini inglizchada qoldirgansiz? Shu maqolangizni bir oʻqib koʻring, shunchaki mashina tarjimasi. Bundan tashqari, Oʻ va Gʻ harflarini yozishda, inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan (ʻ) foydalaning. Eng osoni, maqola yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing.

Malikxan munozara 16:56, 30-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, fikringiz uchun tashakkur. Recruitment maqolasini Ishqa qabul qilish ga koʻchirdim. Hasanov Jasurbek (munozara) 10:32, 1-Oktabr 2022 (UTC)

Salom. Iltimos, maqolani mashina yordamida tarjima qilganda, uning mazmuniga eʼtiborli boʻling. Bu erda emas, bu yerda, ogʻzaki jinsiy aloqa emas, oral jinsiy aloqa. Koʻp soʻzli mazmunsiz maqoladan kam soʻzli boʻlsa ham mazmunli maqola afzaldir. Bundan tashqari, kecha ham yozganimdek, Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan foydalaning. Eng osoni, maqola yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing.

Malikxan munozara 19:32, 1-Oktabr 2022 (UTC)

Salom, shu maqolada avtomat tarjimalar tuzatilmagan, shundayligicha qolib ketgan. Bu ketishda bloklanishingiz mumkin. Umarjon Rahimov (munozara) 08:49, 26-Oktabr 2022 (UTC).

Kishi ismlari

tahrir

Salom. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozing. Masalan, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein. Bundan tashqari, maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosishni ham yoddan chiqarmang.

Malikxan munozara 18:44, 26-Oktabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish

tahrir

Robert Walpole va boshqa yaratayotgan maqolalaringizni avtomat tarjimalarini tuzatib, oʻqisa boʻladigan qiling, yoʻqsa bloklanasiz. Umarjon Rahimov (munozara) 04:07, 28-Oktabr 2022 (UTC).

Vikifikator

tahrir

Salom. Oʻ va Gʻ harflarini yozishda, inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan (ʻ) foydalaning. Maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing. Yaratgan maqolalaringizning deyarli barchasida keraksiz joylarda probel qolib ketgan. Referencesni Eslatma, deb emas, Manbalar, deb oʻgiring (qarang: VP:MB). Eng asosiysi, biror maqolani mashina yordamida tarjima qilib yaratar ekansiz, maqola mazmuniga eʼtiborli boʻlishingiz lozim. Yodda tuting, ogohlantirishlarga qaramay, mazmunsiz maqolalar yaratishda davom etish bloklanishingizga olib kelishi mumkin.

Malikxan munozara 18:06, 29-Oktabr 2022 (UTC)

Salom, Vikifikatordan foydalansam ham, o' va o‘ farq qilmayapti. Ya'ni opostorf'ligicha qolib ketyapti.
References aslida eslatma. Manbaa deb ham tarjima qilish mumkin. Aslida eslatma deyilishi to'g'ri. Hasanov Jasurbek (munozara) 09:23, 30-Oktabr 2022 (UTC)
VP:MBga binoan Manbalar, deb yozing. External linksni Havolalar, deb yozing. Yaratayotgan maqolalaringizning barchasini hozirgi holatida kelajakda kimdir tuzatishi kerak. Masalan, Henry Pelham maqolasini olaylik. Maqolada nega ham Henry, ham Genri, deb yozgansiz? Yillar orasiga chiziqcha qoʻyiladi. 2012 yil emas, 2012-yil. Maqoladagi birinchi gapga eʼtiboringizni qaratmoqchiman: Henry Pelham - (1694-yil 25-sentabr – 1754-yil 6-mart vaqt oralig'ida yashagan) — Britaniya Whig davlat arbobi. Nega Henry Pelhamdan keyin chiziqcha (-) qoʻygansiz? Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmay, aslidek yozing, deb koʻp marotaba yozdim. Ogohlantirishlarga amal qilmasangiz, bloklanishingiz mumkin. Bundan tashqari, Qo'shimcha ma'lumotlar tahrir izohi ostida mavjud maqolalarga yuz foiz mashina tarjimasidan iborat boʻlgan matn qoʻshishni bas qiling. Ularni kim tuzatadi? Yodda tuting, xatolarga gʻij-gʻij toʻlib yotgan oʻnta mazmunsiz maqoladan bitta mazmunli maqola afzaldir. Vikifikatorga kelsak, ishlamayotgan boʻlsa, qoʻlda tuzatib chiqing. Kim tuzatadi maqolalaringizni? Shuningdek, Syntax highlighting funksiyasi yoqilgan boʻlsa, Vikifikator ishlamaydi. Agar yoniq boʻlsa, tahrir oynasi tepasidagi asboblar qutisida joylashgan   ikonkasi ustiga bir marta bossangiz, oʻchadi.
Malikxan munozara 12:33, 30-Oktabr 2022 (UTC)

„Anqara kelishuvi (1926)“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz yaratgan „Anqara kelishuvi (1926)“ sahifasi oʻzbekcha Vikipediya siyosatiga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 02:46, 26-Sentyabr 2023 (UTC)