Somoniylar maqbarasi
Somoniylar maqbarasi — Buxoro shahar madaniyat va istirohat bogʻi hududida joylashgan koʻhna meʼmoriy yodgorlik, Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi (taxminan 892—907). Maqbara Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan boʻlib, uning tuzilishida qadimiy soʻgʻd meʼmorligining anʼanalari saqlanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir.
Somoniylar maqbarasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | maqbara |
Manzili | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°27′49″N 64°14′25″E / 39.4637°N 64.2402°E |
Qurilishi boshlangan | 1568 |
Qurilishi tugagan | 1569 |
Egasi | Davlat mulki |
Balandligi | |
Tomi | Gumbazsimon |
Somoniylar maqbarasi |
Meʼmorchiligi
tahrirSomoniylar maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan. Ayrim rivoyatlarga koʻra, uni qurishda tuya sutiga qorilgan loy ishlatilgan[1].
Maqbara 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi —1,8 m, tarhi — tashqarisi 10,80x10,70 m, ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta).
Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.
Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yogʻoch sagʻana borligi aniqlangan.
Tarixi
tahrirYozma manbalar va rivoyatlarga koʻra, maqbarani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga qurdirgan. Sharq tomondagi sagʻana Ismoil Somoniy qabri (849—907) deb taxmin qilinadi. Narshaxiy Buxoro tarixi kitobida Ismoil Somoniyning oʻgʻli amir Ahmad oʻz qullari tomonidan oʻldirilgan va mazkur maqbaraga qoʻyilgan deb yozadi. M. Saidjonov topgan Vaqfnomada qayd qilinishicha, otasi amir Ahmad mozoridan Registongacha yerlarning bir qismi maqbaraga vaqf etilgan. 1568—1569-yillarda qayta yozilgan vaqf nizomiga ko‘ra, 868-yilda Ismoil Somoniy davrida otasi Ahmad ibn Asad qabri ustida qurilgan. 20-asr boshlariga kelib, saqlanib qolgan maqbara atrofida sharq tomondan bitta kirish eshigi boʻlgan baland devor bilan oʻralgan kichik qabristongina qolgan[2].
Maqbara birinchi marta 1924-yilda Moisei Ginzburg ekspeditsiya guruhi tomonidan tekshirilgan. 1925-yilda Buxoro tarixiy va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komissiyasining ilmiy kotibi Muso Saidjonov bino gumbazining astarlarini tiklashni tashkil qilgan[3]. Keyingi arxeologik tadqiqotlar Vasiliy Vyatkin tomonidan 1926—1928-yillarda olib borilgan qazishmalar davomida nekropol ichida bir nechta qabrlar, jumladan Ismoil Somoniyning oʻligi saqlanib qolganligi aniqlandi[4]. Binoni koʻmib yuborgan zax tuproqlardan tozalanib, B. Zasipkin va Usta Shirin Murodov boshchiligida taʼmirlangan (1937—1939). Ming yildan ortiq vaqt davomida qad koʻtarib turgan maqbara katta oʻzgarishlarga uchramadi[5] .
Maqbaraning birinchi ilmiy sanasi va tegishliligini aniqlash
tahrirMaqbaraning kimga tegishliligi, shuningdek, uning qurilish davri Ismoil Somoniy davriga oidligi 1926-yilgacha xalq afsonasiga asoslangan. Bu maʼlumotlar Muso Saidjonovning tadqiqotlari tufayli ilmiy asoslandi[4].
Maqbara devorlaridagi belgilar
tahrirO‘zbek olimi Sh. Kamoliddin bu maqbara buddizmdan kelib chiqishiga ishonchli dalillar keltirdi[6]. Somoniylar maqbarasi devorlaridagi belgilar bir-biriga oʻrnatilgan kvadratchalar va oʻrtadagi doiradan iborat murakkab geometrik kompozitsiyadir. Ular buddizm-manixey mandalasining oʻziga xos turi boʻlib, buddizmning timsoli sifatida qaralishi mumkin[7].
Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin
tahrirSSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, maqbara atrofi obodonlashtirilib, yodgorlikning janubi-sharqidagi hovuzi qayta tiklandi[8]. 1993-yilda maqbara UNESCOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[9].
1997-yil Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar singari Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta taʼmirlandi.
2000-yilning 30-avgustida „Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risi“dagi qonun qabul qilindi. Davlat tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar meʼmoriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolati hisoblanadi[10] .
2021-yilda 3D-texnologiyalari, „Digital Twin“ hamda geografik maʼlumotlar yordamida birga-bir raqamli nusxasini yaratish hamda „Google xaritalar“ tizimiga biriktirish ishlari Janubiy Koreya axborot texnolagiyalarini rivojlantirish milliy agentligining umumiy qiymati 150 ming AQSh dollari bo‘lgan grand loyihasi asosida amalga oshirilishi reja qilingandi[11]
Manbalar
tahrir- ↑ „Somoniylar maqbarasining loyi tuya sutiga qorilganmi?“ (2023-yil 2-iyun).
- ↑ Ettinghausen 2003.
- ↑ Ремпель 1981.
- ↑ 4,0 4,1 Булатов 1976.
- ↑ Хмельницкий 1992.
- ↑ Старр 2017.
- ↑ Камолиддин 2009.
- ↑ Архитектурная эпиграфика Узбекистана. Бухара 2016.
- ↑ „Всемирное наследие ЮНЕСКО. Узбекистан.“. Photochronograph.ru. 2017-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
- ↑ „Ismoil Somoniy maqbarasi“.
- ↑ „Buxoroda Ismoil Somoniy maqbarasining 3D nusxasi yaratiladi“ (2021-yil 8-oktyabr). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
Adabiyotlar
tahrir- Bulatov M. S, Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX— XV vv., M., 1978.[1]
- Arxitekturnaya epigrafika Uzbekistana. T.: Uzbekistan today.
- Bulatov M. S.. Mavzoley Samanidov — jemchujina arxitekturi Sredney Azii. T.: publisher literaturi i iskusstva im. Gafura Gulyamadate=1976 — 128-bet.
- Voronina V. L.. Istoriya iskusstva narodov SSSR. M.: Izobrazitelnoye iskusstvodate=1973 — 444-bet.
- Kamoliddin Sh. S.. Simvolika Samanidov.
- Kornilov P. E.. Arxitekturniye pamyatniki Buxari.
- Mirzaaxmedov D. K.. K izucheniyu istoricheskoy topografii Buxari rayona mavzoleya Samanidov.
- Pugachenkova G. A.. Arxitekturniy genezis mavzoleya Samanidov.
- Pugachenkova G. A.. Buxara. (Uzbekistan). (Seriya «Sokroviщa zodchestva narodov SSSR»). M.: Akademiya arxitekturi SSSRdate=1949 — 67-bet.
- Pugachenkova G. A.. Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremyon do seredini devyatnadsatogo veka. M.: Iskusstvodate=1965 — 688-bet.
- Rempel L. I.. Dalekoye i blizkoye. Buxarskiye zapisi. T.: Iz-vo literaturi i iskusstva im. G. Gulyamadate=1981 — 304-bet.
- Saidjanov M. Yu.. Gorod Buxara i yego starinniye zdaniyadate=2005.
- Starr S. F.. Utrachennoye Prosveщyeniye: Zolotoy vek Sentralnoy Azii ot arabskogo zavoyevaniya do vremeni Tamerlana. M.: Alpina pablisherdate=2017 — 560-bet.
- Suxaryova O. A.. Kvartalnaya obщina pozdnefeodalnogo goroda Buxari. M.: Naukadate=1976 — 366-bet.
- Xmelniskiy S. G.. Mejdu Arabami i Tyurkami. Ranneislamskaya arxitektura Sredney Azii. Berlin—Riga: GAMAJUNdate=1992 — 344-bet.
- Shishkin V. A.. Arxitekturniye pamyatniki Buxri. T.: Naukadate=1936 — 100-bet.
- Ettinghausen, Richard. Islamic Art and Architecture, 650—1250. Nyu-Xeyven: Yale University Pressdate=2003. ISBN 9780300088694.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |