Jalil Mammadqulizoda
Jalil Mammadqulizoda (toʻliq ismi: Jalil Mammadquli oʻgʻli Mammadqulizoda; 10-fevral 1869[1] — 4-yanvar 1932) — ozarbayjon yozuvchisi, dramaturgi, jurnalisti va ijtimoiy xodimi. U ,,Molla Nasriddinʻʻ adabiy maktabi asoschisi va gʻoya rahbari hisoblanadi.[2][3][4][5]
Jalil Mammadqulizoda | |
---|---|
Asl ismi | ozarb Cəlil Məmmədquluzadə |
Tavalludi |
10-fevral 1869-yil |
Vafoti |
4-yanvar 1932-yil (62 yoshda) Boku, Ozarbayjon SSR, ZSFSR, SSSR |
Taxallusi | Mirza Jalil |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili |
Fuqaroligi |
Rossiya Imperiyasi |
Janr | Nasr |
Otasi | Mammadgulu Mammadguluzoda |
Jalil Mammadqulizoda, shuningdek, Ozarbayjonda va Sharqda ilk feminism, ayollar va erkaklarning teng huquqliligi ideologiyasining tamalini qo’ygan ijtimoiy xodim hisoblanadi.[6]
Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Jalil Mammadqulizoda Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar ro’yxatiga kirgan.[7].
Hayoti
tahrirJalil Mammadqulizoda 1869-yil 22-fevralda Naxchivonda kichik tadbirkor oilasida tug’ildi. Ba’zi manbalarda adibning tug’ilgan yili 1866-yil deb ham ko’rsatiladi.[8][9][10] Lekin so’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Jalil Mammadqulizodaning 1869-yilda tug’ilganini isbotlagan.[3][4][5] Adib bobosi tosh yo’nuvchi Mashadi Husaynquli Janubiy Ozarbayjonning Xoy shahridan bo’lib, so’ngra Naxchivonga ko’chgan. Otasi Mammadquli Mashadiy Husaynquli o’g’li (1840-1905) ibtidoiy saviyada savodi bor dindorlardan bo’lgan. U umrini faqirlikda o’tkazib, ilm-ma’rifatga rag’bat bildirgan.[4][9][10][11]
Mashadi Mammadquli XIX asrning ikkinchi yarmida Naxchivon shahrida mahalliy mulkdorlardan bo’lgan Jonpo’latovlarning tuz omborlarida ishlagan, bu yerda tuz, o’t va somon sotgan, shu bilan birga oilasini boqish uchun Shahob mahallasidagi baqqol do’konini yurg’zigan. 1877-yildagi urush vaqti Naxchivon tuz ma’danlarining mashhur ijarachilaridan bo’lgan Janpo’latovlar Mashadi Mammadquliga pudrat tuz bergan. Bu bilan uning moddiy ahvoli biroz yaxshilangan.[4][9][10][11]
Mashadi Mammadquli taxminan 1860-yilda o’z hamyurti polizchi Mashadi Boboning qizi Sora Boboyeva bilan turmush qurib, 4 o’g’il va 1 qizlik bo’lgan. M. Mammadqulining katta o’g’li Mirza Yusuf soatsoz edi, fors tilini mukammal bilardi. U o’smir vaqti vafot etgan. Kichik o’g’li Xalil ham juda erta – 1904-yilda vafot etdi. Mashadi Mammadquli faqat ikki o’g’li – Alakbar, Jalil va qizi Sakinani katta qilib, ularni tarbiyalay olgan.[10][11]
Uning uchinchi o’g’li Mirza Alakbar (1872-1922) 1906-1911-yillarda Janubiy Ozarbayjondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchilaridan biri bo’lgan. U Sattorxonning yaqin quroldoshlaridan edi. Qizi Sakina esa 1900-yilda Mammadqulibey Kengerliga, so’ng esa uning qarindoshi Askar og’a Kengerliga turmushga chiqib, 1913-yilda vafot etgan. Uning Temur va Jalol nomli ikki o’g’li, Pokiza nomli bir qizi bo’lgan. Ular Mirza Jalil himoyasida katta bo’lgan. Adibning ota-onasi 1905-yil boshlarida Naxchivonda vafot etgan.[10][11]
Ta’lim yillari
tahrirJalil Mammadqulizoda 1873-1876-yillarda Nulla Ali Husaynzodaning, 1877-1879-yillarda Hoji Mulla Bag’irning maktabida o’qigan. U bu borada qayd etgan:
7-8 yoshida mulla yoniga borib, tasbeh va Qur’on o’qishimni ham eslayman. Naxchivonda o’sha vaqti mudarrislikda mashhur bo’lgan Hoji Bag’ir va Mulla Alining ham maktablarida o’qiganman, Hoji Mulla Bag’irning falaqqasining xipchinlarining achchig’ini, hozir ham oyoqlarimda yangiday his qilaman.
Adib arab va fors tillarini ham o’sha vaqt o’rgangan. Keyinchalik, Jalil 1879-yildan Naxchivon shahar uchsinfli maktabida ta’limini davom ettirgan. Bu maktabda darslar rus tilida dars olardi va ozarbayjon tilining ta’limiga juz’iy yer berilardi. U bu yerda uch yil o’qidi. Mirza Jalil dunyoqarashining rivojiga bu yerda o’tkazilgan dunyoviy fanlar, shuningdek, maktab mudiri, maorifchi Konstantin Nikitining (1832-1894)dunyoqarashlari uchun markazdan uzoqlashtirilib, Naxchivonda o’qituvchilikka jo’natilgan gruzin xalqchi-demokrat, geografiya o’qituvchisi Georgiy Uturgaurinning ona tili va shariat muallimi, teatr havaskori Mirza Sodiq Qulibeyovning (1823-?), Goriy O’qituvchilar Seminariyasining Ozarbayjon sho’basini besh yil o’rniga ikki yilda bitirib, tug’ilib o’sgan shaharga tayinlanadi va A.O. Chernyayevskiy vorisi bo’lgan Alimammad Xalilovning (1862-1896) ham muhim ta’siri bo’lgan.[3][4][8][9][10][11]
Goriy O’qituvchilar Seminariyasi
tahrirChor hukumati 1879-yilda Kavkazorti (Goriy) O’qituvchilar Seminariyasi qoshidagi Ozarbayjon sho’basining tashkil topishi haqida farmon berdi. Seminariya pansionli yopiq ta’lim o’chog’i bo’lib, qishloq maktablari uchun o’qituvchi tayyorlar edi. Seminariyaning Ozarbayjon sho’basi nazoratchisi A.O. Chernyayevskiy ilk yillarda Ozarbayjon rayonlarini aylanib, seminariyada o’qish uchun talabalar tanlar edi. U 1882-yilda Naxchivonga kelib, Jalil Mammadqulizodani ham boshqa o’quvchilar bilan birga ta’lim olishi uchun ro’yxatga olgan.[10]
Jalilning bu maktabda o’qishi uchun yo’naltirilishida o’qituvchisi Alimammad Xalilovning alohida roli bor. Alimammad Xalilov J. Mammadqulizodaning seminariyaga qo’shilishi haqida Mashadi Mammadqulining nomidan jo’natilgan kallegrafik yozuv bilan yozilgan 1882-yil 21-iyundagi arizasini ham o’z xatti bilan ko’chirgan. Ushbu yili qabul imtihonlarini muvafaqqiyat bilan topshirgan Jalil seminariyaning quyi tayyorgarlik sinfida o’qiy boshlagan. Adib quyi va yuqori tayyorgarlik sinflarida, shuningdek, birinchi asosiy sinfda yaxshi o’qigan. Professor Aziz Sharif bu haqida qayd etgan:[9][12]
Bo’lajak yozuvchi tayyorlov sinflarini ijobiy natijalar bilan yakunlab, seminariyaning birinchi asosiy sinfiga o’tkazildi.
Lekin asosiy sinflarda ta’lim olar ekan, uning baholari birdaniga tushib ketadi. Bunga sabab esa zolim rejim bo’lib, seminaristlarni ona tilida gapirishdan, atrof muhit bilan aloqa qilishidan mahrum etuvchi qoidalar mavjud edi. Jalil Mammadqulizoda seminariyani 1887-yilda tamomlaydi va o’qituvchilik attestatsiyasini olafi. Attestatda shunday deb qayd etilgan: (Gruziya SSR davlat xalq maorif muzeyi arxivi, Kavkazorti (Goriy) o’qituvchilar seminariyasi ishi, № 1565)[3][8][9][10][11][13][14]
Bu attestat Kavkazorti o’qituvchilar seminariyasi kengashi tomonidan, o’qituvchi seminariyalari haqidagi qoidaga asosan beriladi seminariyaning ishtirokchisi (musulmon shia mazhabiga mansub) Meshshan o’g’li, 21 yoshli Jalil Mammadquliyevga, u a’lo xulaq bilan birgalikda so’nggi imtihonlarda quyidagi bilim saviyasini ko’rsatmoqda: “shariat – a’lo, pedagogika yaxshi, rus tili – yaxshi, ozarbayjon tili – yaxshi, hisob – yaxshi, geometriya va geodeziya – a’lo, tarix, geografiya, tabiatshunoslik – yaxshi, husnixat, xattotlik va rasm – a’lo, o’qituvchilik tjriba darslari – a’lo”. Bulardan tashqari san’at, bog’bonlik, sport, qo’shiq, meteorologik nazoratni ham o’rgangan. Bular uchun ham boshlang’ich xalq maktablarida o’qituvchilik nomiga loyiq ko’rilgan.
Adib dunyoqarashining, badiiy didi, ijodkorlik qobiliyatining shakllanishida 5 yil (1882-1887) o’qigan Kavkazorti o’qituvchilar seminariyasidagi ta’lim yillari muhim bosqichni amalga oshirgan. Jalil bu yerda Ozarbayjon va Sharq adabiyoti bilan birga Yevropa, rus ilmi, madaniyati va demokratik g’oyasi, rivojlangan pedagogic ta’limi bilan ham yaqindan tanishgan.[9][10]
Seminariyada boshqa fanlar bilan birga tarjima darslariga ham alohida e’tibor qaratilardi. Bu yo’l bilan ham dunyo adabiyoti bilan asosli tanishish boshlanardi, ham tarjima seminaristlarda qalamga o’rganishni vujudga keltirardi. Adib seminariyada tarjima uchun Gogolning va Krilovning asarlarini tanlagan. Bu yerda u turli millatlardan bo’lgan A. O. Chernyayevskiy, D.D.Semyonov, N.N.Novospasskiy, N.O.Lomouri, shu jumladan, ozarbayjonlik muallimlar Mirza Abdulqosim Oxundzoda, Safaralibey Valibeyov kabi pedagoglardan dars olgan.[5][9]
Yosh Jalil seminariyada tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, teatr tomoshalarida havaskor aktyor sifatida sahnaga chiqqan. Bundan tashqari adabiy kechalar uchun ssenariylar, sinov darslar uchun majmualar yozgan. Goriy seminariyasi Jalil Mammadqulizodaning ma’naviy olamida, dunyoqarashida, tabiat va jamiyat hodisalari tushunchasida asosiy burilish yaratgan.[5][8][11][13]
Yakuniy imtihonlar tugagach, seminariya do’sti Ismoilbey Sharifbeyovning taklifi bilan Jalil Shushaga borgan. U bu yerda Xurshidbonu Notavon bilan va boshqa mahalliy ziyolilar bilan tanishgan.[10][11]
Pedagogik faoliyati
tahrirJalil Mammadqulizoda seminariyani tamomlab, attestatni olgach, pedagogic faoliyatini boshlagan. U 1887-1897-yillar orasida Irevan gubernatorligining Uluxonli, Naxchivon tumanining Bosh Norashen (hozirgi Sharur rayonidagi Jalilkent) va Nahram qishloqlarida o’qituvchilik qilgan.[5]
Mirza Jalil 1887-yil avgustda Uluxonli qishlog’iga o’qituvchilikka tayinlangandi. Xususan, Kavkaz tadris doirasining mudiri Irevan va Yelizavetpol xalq maktablari mudiriga jo’natgan 7-avgust sanasidagi maktubida Uluxanli maktabi o’qituvchisi Mammadbey G’oziyevning ishdan bo’shatilganligini va uning o’rniga Jalil Mammadqulizodaning tayinlanganligini bildirdi. Yosh o’qituvchi 1887-yil 1-sentyabrdan Uluxonli posyolkasida 1-darajali maktabda pedagogic faoliyatini boshlagan. Bu vaqtda Uluxonlida aholining ilmga, maktabga qiziqishi yo’q edi. Maktabda jami 10-12 nafar o’quvchi o’qir edi.
Kavkazorti (Goriy) o’qituvchilar seminariyasida Mirza Jalilga dars bergan. Shuningdek, Naxchivon viloyatidagi Bosh Norashen ikki sinfli zemstvo maktabi direktori bo’lgan Alimammad Xalilov og’rib qolgani uchun muolajaga ketish zarurati oldida qolib, bir muddat pedagogic faoliyatiga tanaffus bergandi. Bu muddatda taftishchi U. Pasxalov rahbariyatga ana shunday ma’lumot bilan murojaat qilgan:
Janob Xalilovning ketishi sababli maktabning yopilishi kerak bo’lgani uchun balki siz Xalilov qayitgungacha o’quvchilar bilan shug’ullanishi uchun Uluxonlidagi ikki sinfli maktab muallimi Mammadquliyevning vaqtincha Bosh Norashen maktabiga tayinlanishini ma’qul ko’rasizmi? Shu tariqa men bu yaqinlarda Uluxonli maktabini taftish etar ekanman, bu yerda har ikki sinfda jami o’n ikki o’quvchi borligi ma’lum bo’ldi va Uluxonli maktabi nazoratchisining o’zi vaqtinchalik bu bir necha o’quvchi bilan mashg’ulot olib bormoqda.
Shunday qilib, Pasxalovning bu murojaatiga musbat javob berilgan va 1887-yil 13-oktyabrda Jalil Mammadqulizoda vaqtincha Alimammad Xalilov o’rniga ushbu maktabga tayinlanadi. A. Xalilov tuzalib qaytgach ham Uluxonli maktabi nazoratchisi I.N. Navro’zov Mirza Jalil kabi muallimni yo’qotishni istamagan, shuning uchun ham Irevan xalq maktablarining taftishchiligiga jo’natgan 4-dekabrdagi raportida adibning Uluxonliga qaytishini so’ragan. Lekin Bosh Norashenning Naxchivonga yaqinligini va dars sharoitining ham nisbatan yaxshiligini nazarga olgan Jalil Mammadqulizoda 1888-yil 16-yanvarda Irevandan Ganjaga direktor Orlov nomiga mana bunday maktub yo’llagan:
Sizdan meni Uluxonliga jo’natmay, Bosh Norashenda olib qolishingizni so’rayman.
Bosh Norashenning maktab nazoratchisi va muallimi Xalilov esa o’z telegrammasida shunday deb yozgan:
Yangi tayinlangan Mammadquliyevni yonimda olib qolishingizni so’rab iltimos qilaman. Rad qilmasligingizni o’tinib so’rayman.
Bu telegrammadan so’ng Orlov taftishchi U. Pasxalga Jalil Mammadqulizodaning Bosh Norashenda qolishi haqida ma’lumot beradi. Jalil Mammadqulizoda Bosh Norashenda 1887-yildan 1890-yil 15-yanvargacha o’qituvchilik qilgan. Adib hali Bosh Norashenda ishlayotganida xalq maktablari mudiriga telegramma jo’natib, joy bo’shadi deguncha uni Naxchivon shahriga yaqinroq masofada joylashgan, sobiq seminariya do’sti Mirza Abulqosim Sultonov muallimlik qiluvchi Shohtaxti maktabiga o’qituvchilikka tayinlashini so’raydi. Lekin bir yildan ortiq vaqt o’tishiga qaramay, u musbat javob ola olmaydi.
Jalil Mammadqulizoda 1890-yil 15-yanvarda ota-onasi yashaydigan Naxchivon shahrining jami 5 verstligida bo’lgan ikki sinfli Nahram maktabiga tayinlanadi. Bo’lajak yozuvchi 1897-yil 10-iyulgacha, taxminan 7 yil shu yerda ishlaydi. Bu haqida Kavkaz tadris idorasining buyrug’ida qayd etilgan:
Bosh Norashen qishlog’idagi Zemskiy maktabining muallimi Jalil Mammadquliyev Nahram qishlog’idagi ikki sinfli Zemskiy maktabining nazoratchisi vazifasiga va Echmiedzin uyezdining Korxun bir sinfli maktabining sobiq muallimi Alashraf G’oziyev esa Bosh Norashen ikki sinfli Zemskiy maktabi o’qituvchi vazifasiga tayinlandilar.
Jalil Mammadqulizoda bu yerda ham ta’lim-tarbiya ishlarining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratgan, maktabga sakkiz nafar ozarbayjonlik qiz jalb etib, maxsus sinf tuzadi va bu sinfda mashg’ulotlarni o’zi olib borgan. Adib bilan bir muddat birga ishlagan o’qituvchi T.S. Smbatyan bu haqida yozadi:
Mirza Jalil butun qalbi va quvvatini yosh naslning ta’lim-tarbiyasiga sarflar, bolalarni madaniyatli qilib yetishtirishga urinardi. Bolalarni maktabga jalb etish maqsadida Mirza Jalil o’z puli bilan kambag’allarga kitob, darslik, oyoq kiyim va b. olardi.
Lekin insonlarning ta’limga qiziqmasligi, muhit yaratgan qiyinchiliklar, ayni vaqtda adibning qishloqda qolmaslik, boshqa xalqlar hayoti va madaniyati bilan tanishish orzusi uni 1895-yil 26-mayda xalq maktablari taftishiga raport yozishga majbur qilgan. Raportda qayd etilgan:
Vazifamni muvaffaqiyat bilan o’z o’rnida bajarishimga salbiy ta’sir ko’rsatgan va meni ishlash imkonidan mahrum qilgan mahalliy sharoitga qarshi kurashda kuchsizligimni ko’rib, ishlash uchun o’zimga boshqa joy toppish maqsadida joriy yilning 11-mayida xalq maktablari taftishiga yozgan raportimda kelayotgan ta’til vaqti menga uch oylik ta’til olishimga ruxsat berishingizni so’rayman.
Direktor bu raportni xalq maktablari taftishiga jo’natib, anchagina qiyinchilikdan so’ng taftishchi Jalil Mammadqulizodaning “Yevropa Rossiyaning turli joylariga borish uchun 10-iyundan 25-avgustgacha” ta’til bergan. Shunday qilib, yosh o’qituvchi 1895-yil yozda Peterburg va Moskvada bo’lgan, “Novoye vremya” gazetasining redaktori Suvorin bilan ko’rishib, arab alifbosini lotin alifbosi bilan alishtirish masalasini o’z gazetasida ko’tarib chiqishini undan iltimos qildi. Suvorin esa bu masalaning vaqti hali yetib kelmaganini bildirgan. Yozuvchining “Eshakning yo’qolishi” asarini radlov alifbosi bilan yozishi ham uning ko’hna alifboning o’zgartirilishiga ishonchini va tashabbusini ko’rsatgan.
Jalil Mammadqulizoda 1896-yilda Nahram maktabida tarix muzeyi yaratib, bu muzeyda Ozarbayjon tarixining turli davrlariga doir materiallarining to’planishiga erishgan. Shu bilan birga, ipakchilik kasbini o’rgatish uchun maxsus mashg’ulotlar tashkil etgan, qishloqliklarning og’ir ish sharoitini yengillashtirish uchun Tbilisidan temir omoch olib kelishni amalga oshirgan. U mahalliy havaskorlar bilan birga Naxchivonda teatr tomoshalari tashkil etgan. Bu bilan aslida xalqining ma’rifatlanishi, milliy uyg’onishi va madaniy taraqqiyoti uchun xizmat qilgan.
Ijodi
tahrirJalil Mammadqulizoda Ozarbayjon adabiyoti tarixida taniqli journalist va publisist bo’lish bilan birga, buyuk dramaturg va nosir sifatida ham tanilgan. Qishloqlarda o’qituvchi bo’lib ishlagan yillar adibning kelajak ijodi uchun boy materiallar bergan. Bir qator kichik hikoyalarini, “Kaltafahm qishlog’ining voqealari” (1936-yilda nashr etilgan) povestini ham bu davrda yozgan. 1895-yilning yozida Moskvaga va Peterburgga borib, bu shaharning madaniy hayoti bilan tanishgan. Naxchivonda va Irevanda turli huquq idoralarida ishlagan.
Badiiy nasri
tahrirIlk nasriy asarlari
tahrirJalil Mammadqulizodaning ilk ijodiy davri 1905-yil inqilobigacha davom etgan. Bu davrda “Choy dastgohi” nomli allegorik manzum dramasini, “Kaltafahm qishlog’i voqealari” povestini, “Kaltafahm qishlog’ining maktabu”, “Kishmish o’yini”, “Pochta qutisi” hikoyalarini yozgan, rus tilidan ba’zi tarjimalar qilgan. Adib ijodining birinchi davriga tegishli bo’lgan bu ilk asarlarda inqilobdan avvalgi Ozarbayjon qishlog’ining, qishloqliklarning hayot va maishatining turli jihatlari aks etilgan.[10][14][15]
Mirza Jalilning ilk nasriy asari 1894-yilda yozilgan “Kaltafahm qishlog’i voqealari” povestidir. Povest adibning Namhramda o’qituvchilik qilgan yillarda qalamga olingan. Muallif “Kaltafahm qishlog’i voqealari” nomi ostida silsila, seriya asarlar yozishni nazarda tutgan. Bu seriyaga kirgan “Eshakning yo’qolishi” povestini tamomlab, “Kaltafahm qishlog’ining maktabi” hikoyasi esa chala qolgan. Shuning uchun ham “Kaltafahm qishlog’i voqealari” deganda “Eshakning yo’qolishi” povesti nazarda tutiladi.[3][8][9][10][14][15][16][17]
Qishloq maishiy hayotini chuqur o’rgangan, qishloqdagi zulm, yo’qchilik va omilikning bilvosita guvohi bo’lgan Jalil Mammadqulizoda “Kaltafahm qishlog’i voqealari” povestining mavzusini aynan mana shu hayotdan olgan. Asar g’oyasi bilan bog’liq adib Kaltafahm qishlog’ida sodir bo’lgan voqealarni tanlagan va povestning syujet chizig’ini ushbu voqea ustida tuzgan. Povest syujetini real hayot materiali ustida tuzgan muallif qishloqliklar hayotini, maishiy hayotini, ayollarning qullik vaziyatini, mehnatkashlar ustidan hukm surgan zulm va adolatsizliklarni aks ettirgan. Asarda satira o’qiga tutilgan nishonlardan biri esa beklar, chorizm usul-idorasi, poraxo’r chor chinovniklaridir.[3][10][14][15]
Asar u vaqtda chop etilmagan, faqat qo’lyozma shaklida adibning yaqin do’stlari orasida yoyilib o’qilgan. (J. Mammadqulizoda "Asari", II jild, Boku, Ozarnashr, 1936, b. 485).[14]
Yozishni istardim. Juda istardim. Lekin nega yozishni va kim uchun yozishni bilmasdim. Chunki yozganlarimni chop etishga va sotishga hukumat ruxsat berishiga umidvor emas edim.
(J. Mammadqulizoda "Tanlangan asarlari", Boku, Ozarnashr, 1951, I jild, b.430)
1901-yilda Irevandan Naxchivonga ma’rifatparvar M.T.Sidqiga jo’natgan 27-yanvar sanasidagi maktubida Jalil Mammadqulizoda shunday yozgan:[14]
"Muhammadhasan amakining eshagi"ni (“Kaltafahm qishlog’i voqealari”) yozib jo’natishni, senzura ruxsat bersa, Irevanda nashr ettirishni istayman.
(J. Mammadqulizodaning arxivi, Ozarbayjon SSR FA Respublika Qo’lyozmalar fondi, Q-3(137)
Mirza Jalil ushbu davrda chop ettira olmasa ham, ko’rgan hodisalarini muntazam qalamga olgan. 1921-yilda Tabizda qaytgach, asarni chop ettirish uchun Bokuda Maorif Komissarligiga topshiradi. Faqat povest Maorif Komissarligida yo’qolgani uchun adib tirik vaqtida uni chop ettira olmaydi. Shunday qilib, povest ilk bor yozuvchining o’limidan so’ng 1936-yilda Ozarnashrda alohida kitob bo’lib chop etilgan, so’ng esa adibning “Asarlar” (1936), uch jildlik va olti jildlik “Asarlar”ning I jildiga (1966, 1983) kiritilgan.[3][8][14]
Jalil Mammadqulizodaning “Kaltafahm qishlog’i voqealari” seriyasidan yozilgan “Kaltafahm qishlog’ining maktabi” nomli chala yozilgan hikoyasi ham bor. Hikoyada milliy ma’rifatchilikka chaqiruv motivlari aks ettirilgan. Adib keyinchalik qaytadan bu masalaga qaytgan, shu mavzu va shu nom bilan bir pyesa yozgan.[4][14]
Mirza Jalilning ilk matbuot asari bo’lgan “Pochta qutisi” hikoyasi 1903-yil noyabr oyida qalamga olingan. G’oya yo’nalishi e’tibori bilan bu hikoya “Kaltafahm qishlog’i voqealari” povestining davomidir. Mulkdor Valixon bilan omi qishloqlik Navro’zali orasidagi munosabat asarning asosiy mazmunini tashkil etadi. “Pochta qutisi” hikoyasi yosh yozuvchining adabiy hayotida alohida ahamiyatga ega bo’lgan, uning kelajak yo’lini muayyanlashtirgan.[4][10][14][15] [18]
Adib keyinchalik bu haqida qayd etib o’tgan:[10]
... Men “Pochta qutisi”ni shuning uchun o’quvchilarga havola etdimki, manim bu hikoyam adabiy hayotimda ahamiyatli rol o’ynabdur. Bu ham shudirki, balki bu hikoyam sababidan men bu musofiratimda Tbilisiga ketganimda, ortiq Irevanga qaytib kelmadim va Tbilisida qolib, so’ngradan tbilisilik bo’lib qoldim.
Asar Tbilisida Ozarbayjon tilida chiqqan “Sharqi rus” gazetasining 1904-yil 16 va 18-yanvar sonlaridagi “Pochta qutisi” sarlavhasi va "Jalil Mammadqulizoda" imzosi bilan chop etilgan. ("Sharqi rus" gazetasi, 16, 18-yanvar 1904-yil, № 5, 6) Shunday qilib, adibning “Sharqi rus” gazetasida chop etilgan ilk hikoyasi “Pochta qutisi” bo’lgan. Muallif uni ruschaga o’girib, “Novoye obozreniye”gazetasida chop ettirgan. 1905-yilda esa “G’ayrat” matbaasida alohida kitobcha shaklida nashr ettirdi.[10][18]
"Pochta qutisi" Mirza Jalil asarlari nashrlarining hammasiga kiritilib, chet tillarga tarjima qilingan va o’rta maktablarda o’qitilgan. Hikoya asosida “Ozarbayjontelefilm” kinostudiyasida qisqametrajli film suratga olingan.[18]
1905-1920-yillardagi hikoyalari
tahrirXX asr boshlaridan e’tiboran Jalil Mammadqulizoda badiiy ijod bilan ketma-ket shug’ullangan. Qudratli yozuvchining “Usta Zeynal” (1905), "Dallak" (1906), "Eronda hurriyat" (1906), "Fotima xola" (1906), "Qurbonali bey";, "Qo’zi"(1914), "Nigoronlik" (1916), "Konsul xotini" (1918), "Pirberdining xo’rozi" (1906) va boshqa hikoyalari uni kichik janrning buyuk ustozi sifatida tanitgan.[3][4][16]
Ilk asarlarida asosan qishloq va qishloqliklar hayotidan, bek-xon zulmidan yozgan muallif yangi davrda o’z hikoyalari uchun ishchi hayotidan ham mavzu tanlaydi. Ishchi mavzusining ishlanishi nuqtayi-nazaridan Jalil Mammadqulizoda nasrining yuksalishini ko’rsatuvchi asarlar ichida "Usta Zeynal" (1905) va “Eronda hurriyat" (1906) hikoyalari alohida o’rin tutadi.[3][4][8][10][14]
"Usta Zeynal" hikoyasining g’oyasi din mavhumotining, puch musulmon e’tiqodining insonlarni tanbal qilishi, ularni ish va faoliyatdan uzoqlashtirishini fosh qilishdan iborat. “Usta Zeynal” 1906-yildan boshlab bu kungacha bir necha marta chop etilgan. Shuningdek, Tabrizda chiqqan “Vatan yo’lida” gazetasida chop etilgan. ("Vatan yo’lida" gazetasi, 13, 15,17,23,25,27 va 29-dekabr 1944-yil, № 107,108,109,111,112,113 va 114). Ayni vaqtda 1945-1946-yillarda Tabriz davlat teatri kollektivi “Usta Zeynal” hikoyasini sahnalashtirgan. (Jafar Xandonning "Janubiy Ozarbayjon adabiyotida milliy ozodlik g’oyalari (1906- 1946-yillar)" nomli doktorlik dissertasiyasi).[10][14][19] [20]
Jalil Mammadqulizodaning 1905-yildan keyingi ijodida, shu jumladan, hikoyalarida Eronda va Janubiy Ozarbayjonda sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar muhim rol o’ynay boshladi. Bu jihatdan qalamga olingan “Eronda hurriyat” hikoyasi juda xarakterikdir. “Eronda hurriyat” shoh hukumati tomonidan 1906-yil avgustida berilgan hurriyat bilan bog’liq yozilgan. Asar o’zining ba’zi xususiyatlari bilan, xususan, mehnatkashlarning omiligini tanqid jihatdan “Usta Zeynal” hikoyasi bilan uyg’unlashib ketadi. “Eronda hurriyat” hikoyasi youvchining maqolalarida necha martalab takrorlagan bu fikrni tasdiqlaydi:[3][10][13][14]
Qachongacha mehnatkash insonlar mavhumot ozoridan xalos bo’lishmasa, ozodlik ne’matlaridan foydalana olmaydi.
Adib asarda shoh hukumatining bergan hurriyatining mohiyati fosh etgan, xalq ommasini aldanmaslikka, asosli demokratik islohot amalga oshirilishi yo’lida faol va davomli kurashga chorlagan. Mirza Jalil hikoyani Eronda hurriyat e’lon qilinidan taxminan uch oy o’tib tugatgan. Asarning oxiridagi: “23-noyabr, 1906, Tbilisi” qaydi esa uning tugatgan sanasini ko’rsatadi.[10][13]
Bundan ko’rinib turibdiki, Mirza Jalil hurriyat xabarini eshitishi bilanoq hikoya yozishni boshlagan va kunning zaruriy masalasiga darhol o’z fikrini bildirgan. Hikoyaning sentyabr boshlarida, ya’ni Eronda konstitutsiya e’lon qilinishidan bir necha kun so’ngra yozila boshlagani haqida adibning muayyan ishoralari bor. Mavzusi siyosiy maqsadi uchun tanlangan, syujeti real hayot materiali ustida qurilgan “Eronda hurriyat” ilk bora 1906-yil dekabr oyida Tbilisida “G’ayrat” matbaasida alohida kitobcha holida chop etilgan. Kitobda rassom O.I.Shmerlingning uch illyustratsiyasi joy olgan. Hikoyaning nashri haqida “Mulla Nasriddin” jurnalining 1906-yil 22-dekabrdagi 38-sonli chop etilgan “E’lon”da yozilgan:
1906-yili mijozlarga Umidvorning yozgani: “Yetar bu qadar zulm” kitobchasini hadya qilishimizga va’da bergandik. Mazkur kitobning chopiga ruxsat berilmagani uchun uning o’rniga “Eronda hurriyat” kitobchasi bo’lajak nomer bilan hadya jo’natiladi.
("Mulla Nasriddin" jurnali, 22, 29-dekabr 1906-yil, № 38,39).[10][13][14][21][22]
Jurnalning o’sha yildagi 29-dekabr 39-sonida esa shunday deyilgandi:[13][14]
Ushbu raqam bilan 9 oylik obunachilarga “Eronda hurriyat” kitobi jo’natiladi.
Jalil Mammadqulizodaning Janubiy Ozarbayjon mavzusiga bag’ishlangan hikoyalaridan biri esa “Xon tasbehi”dir. Adib Eronda bo’lgan vaqtda shaxsan o’zi guvoh bo’lgan hodisalarni qalamga olgan. Hikoya mavzusi Eron despotlari hayotidan olingan. Asarda xon va beklarning xalqqa shafqatsiz munosabati tasvirlangan.[10][14][15]
“Usta Zeynal”da bo’lgani kabi “Rus qizi” hikoyasida ham ikki oila munosabati, ikki axloq va ikki tarbiya tizimi ko’rsatilgan. “Usta Zeynal”da diniy mavhumot, “Rus qizi”da esa jaholat, nodonlik tasvirlangan. Hikoya ilk bora 1925-yilda “Yangi yo’l” gazetasining 2-dekabrdagi 275 va 6-dekabrdagi 278-sonida chop etilgan. Hikoyaning inqilobdan avval yozilgani qayd etiladi.[14][23]
Dramaturgiyasi
tahrirJalil Mammadqulizoda badiiy ijodkorlikka 23 yoshida qishloqda muallimligida boshlagan. Adibning ilk qalam tajribasi “Choy dastgohi” allegorik dramasi bo’lgan. Bundan keyin adib muntazam suratda adabiyot bilan shug’ullanib, gazetalarda ishlagan, o’qituvchilik qilgan. Asar 1889-1894-yillar orasida yozilgan. “Choy dastgohi”da muallif navkar Ali siymosida qishloqning eng past tabaqalarining jamiyatdagi nochor va ayanchli holini aks ettiradi. Navkar Alilarning maishiy hayotdagi komik harakatlarida muallif ularning o’zlarini emas, Hoji Rahim xonlarni ayblaydi.[3][8][9][10][16][24]
Jalil Mammadqulizodaning ilk asarlari allegorik manzum “Choy dastgohi” dramasi va bir pardali “Kishmish o’yini” pyesasidir. Bir pardali “Kishmish o’yini” pyesasi 1892-yilda yozilgan. Pyesada muallifning asosiy tanqid mo’ljali ishchilar moliga zo’ravonlik bilan ega bo’lishga uringan qo’pol, ochko’z qishloq mulkdori Valisulton va qaroqchilikka o’rgangan o’zboshimchalardir.[3][9][10]
XX asr Ozarbayjon dramaturgiyasi rivojida yangi bosqichni tashkil etgan “O’liklar” komediyasi 1909 yilda yozilgan. Asarda din, mavhumot va deodal hayot tarziga qarshi kurash tasvirlangan. “O’liklar”da jaholat, qoloqlik, ikkiyuzlamachilik va yolg’on fosh etilgan. Omilik va nodonlik qanday balolarni olib kelishi ko’rsatilgan. Bu komediyani yozishdan buyuk dramaturgning maqsadi musulmon o’lkalari xalqlarining uzun asrlar jaholatda saqlagan, mavhumot ichida chiritgan, dinni, shariatni talonchilik vositasiga aylantirgan yolg’onchi, firibgar dindorlarning haqiqiy basharasini boricha xalqqa tanitish bo’lgan. Jalil Mammadqulizodaning tarjimayi holi bilan bog’liq bo’lgan materiallar, arxiv hujjatlari va xotiralar shuni ko’rsatadiki, Shayx Nasrulloh obrazining yaratilishida muallif guvoh bo’lgan konkret tarixiy faktlarning va haqiqatlarning buyuk ta’siri bo’lgan. Shayx Nasrulloh butun Yaqin va Sharq va Ozarbayjon uchun xarakterik bo’lgan jonli, tipik va murakkab dindor obrazidir. Adib Shayx Nasrullohning aksi sifatida yaratgan Kafli Iskandar obrazi vositasi bilan xalqni uyg’otishga urinadi.[3][8][10][15][16]
1916-yilda Bokuda sahnalashtirilgan “O’liklar” komediyasi uzoq muddat Ozarbayjon va Sharq mamlakatlarining teatrlarida qo’yilgan. Asar qisqa vaqt ichida Darband, Buxoro, Samarqand, Orenburg, Qozon, Tbilisi, Yerevan va boshqa shaharlar sahnalarida muvaffaqiyatli ko’rsatilgan. “O’liklar” haqida Uzeyir Hojibeyov shunday degandi:[3][8][15][16]
"O’liklar", "Mulla Nasriddin" kabi boltani ildizidan uradigan pyesadir".
Asarning ilk tomoshasi haqida o’sha vaqtlar xususiy nashriyot egasi bo’lgan muharrir Oruj Orujov shunday yozgan:[10]
Yuqoridan quyi zikr etilgan so’zlarga diqqat bilan qaralsa, bu jumlalar shunday silsila bilan qarshi chiqiladiki, aslo bir mast qanchalar muqtadir bo’lsa ham, bu darajada
("Yangi Iqbol" gazetasi, 1916, № 298).
"O’liklar" Tabrizda 1921-yilda sahnalashtirilgan. Bu davrda Kafli Iskandar obrazini Buyukxon Naxchivonskiy, Hoji Baxshali obrazini Samad Mavlaviy, Mashadiy Oruj obrazini naxchivonlik Jabbor Amirov, Hoji Hasanog’a obrazini Mehdi, Jalol obrazini Mirza Jalilning o’g’li Midhat, Nozli obrazini Mirza Jalilning qizi Munavvar, muallim obrazini kavkazlik Mehdi, Shayx NAsrulloh obrazini Ali Ozariy jonlantirgan.
“Onamning kitobi” komediyasi Ozarbayjonda Sovet hokimiyatidan avval 1919-yilda yozilgan. Adib asarda til va madaniyat masalasiga to’xtalib, muayyan guruh ziyolilarning jonli ona tiliga begona bo’lishini ko’rsatgan. Dramaturg bir onaning farzandlari bo’lgan uch aka-uka siymosida xalqdan uzoq ziyolilarning tipik obrazini yaratgan. Hali 1906-yilda “Mulla Nasriddin”ning birinchi sonida adib yozuvchilar va o’quvchilarda shunday murojaat qilgandi:[4][9][10][15]
Yodingizga u kunlarni soling, onangiz sizni beshikda tebrata-tebrata sizga turk tilida alla aytardi… Ora-chorada ona tilida gapirib, o’tmishdagi go’zal kunlarni yod olmoqning nimasi yomon?
Shuningdek, asarda ozarbayjon xalqining milliy ozodligi, milliy uyg’onish va yuksalishi masalalari ham o’z aksini topgan. Muallif tiplari, hodisalari, komediyaning syujetini hayotdan olgan.[3]
XX asr Ozarbayjon nasri va dramaturgiyasi taraqqiyotida yangi bosqich hisoblangan bir pardali “Kamoncha” pyesasi 1920-yilda Shushada yozilgan. Pyesadagi hodisalar Qorabog’da sodir bo’ladi va ushbu davrda Qorabog’da yashagan adibning real hayotiy mushohadalari asosida qalamga olingan. Janriga ko’ra fojia bo’lgan asarda 1918-1920-yillarda Ozarbayjoning Qorabog’da sodir bo’lgan arman-ozarbayjon nizosi davrining hodisalaridan hikoya qiladi.[2][3][8][25][26]
Sovet hokimiyati yillarida
tahrirJalil Mammadqulizoda ijodining va ijtimoiy faoliyatining muhim bosqichini esa hayotining Sovet hokimiyati yillarida o’tgan 1921-yildan 1932-yillargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Sovet davrida ham adib badiiy ijodini davom ettirgan.[4][9]
Sovet hokimiyati yillarida qalamga olingan “Soqov”, “O’yinbozlar”, “La’nat” sahnalarida (1921) eskilik va qoloqlik sarqiti, mavhumot va jaholat tanqid qilingan. Bu kichik hajmli asarlarda fan, ta’lim, maktab kabi masalalar oldingi planga olib chiqilgan.[4]
Bu davrda “Kaltafahm qishlog’i maktabi” pyesasini yozdi. Adibning yirik hajmli dramalaridan bo’lgan, 1921-yilda qalamga olingan “Kaltafahm qishlog’i maktabi” pyesasi avval hikoya shaklida bo’lgan, so’ng esa muallif tomonidan sahnalashtirilgan. Pyesada tasvirlangan hayot taxminan “O’liklar” qamrab olgan davrga yaqin. Adib o’zi ham asar boshida voqeaning 1895-yilda sodir bo’lganini qayd etadi. Asarda fan, maorif, maktab targ’ib qilingan, jaholat vasavodsizlik tanqid qilingan. Jalil Mammadqulizoda 1928-yilda asarni tomoshaga qo’yish uchun Davlat Turk akademik drama teatriga “Kaltafahm qishlog’i muallimi” nomi bilan taqdim etgan.[4][10][15]
1926-yilda qalamga olingan “Yig’in” pyesasida sovet jamiyatining ilk o’n yilligida Ozarbayjon jamiyatida sodir bo’lgan murakkab jarayonlar aks ettirilgan.[4][8][9]
“Telba yig’ini” tragikomik pyesasi 1927-yilda Bokuda yozilgan. Asarda Janubiy Ozarbayjon mehnatkashlari ustidan og’alik qilgan mustamlakachilarning talonchiligi, o’zboshimchaligi, xorijiy dushmanlarning manfaatlarini himoya qiluvchi muhofazakor dindorlarning keng ommani mavhumotda saqlashlari keskin tanqid qilingan. “Telba yig’ini” mavzi jihatdan “O’liklar”ga yaqinroq asardir. Asarda “O’liklar”da aks ettirilgan feudal hayot va tiplar aks ettirilgan.[3][4][10][15][27]
To’rt pardali “Er” pyesasi 1930-yilda sovet hokimiyati yilalrida yozilgan. Asarda sovet hokimiyatining ilk yillarida Ozarbayjonda sodir bo’lgan ijtimoiy jarayonlar aks ettirilgan.
Ayol ozodligi masalasi
tahrirJalil Mammadqulizoda hikoyalarida ayol qulligiga qarshi kurash mavzusi muhim o’rin egallagan. Adib “Mulla Nasriddin” jurnali sahifalarida bo’lgani kabi, hikoyalarida ham doim ayollarning og’ir cho’ri vaziyatiga qarshi chiqqan, ularning ozodligi yo’lida jiddiy kurash olib borgan.[14] Mirza Jalilning 1905-1920-yillarda yozgan hikoyalarida eng ko’p ishlangan mavzulardan biri ham aynan ayol ozodligi masalasi bilan bog’liq bo’lgan.[10][14]
Adib ushbu yillarda ayol qulligiga qarshi “Eronda hurriyat”, “Xon tasbehi”, “Konsul xotini”, “Qassob”, “Mulla Fazlali”, “Pirberdining xo’rozi” va boshqa hikoyalar yozgan. “Mulla Fazlali” (1915) hikoyasida adib ayol saodatini ostin-ustun qiluvchi ko’hna axloq normalaridan, siyg’a masalasidan bahs etgan. “Xon tasbehi”, “Konsulning xotini” hikoyalarida esa ayolga bo’lgan xususiy mulkchilik aloqasining boshqa jihati, ayol oldi-sotdisining boshqa formasi o’z aksini topgan.[10][14]
Ayni paytda adib sovet davrida qalamga olgan “Ikki er”, “Qiyomat”, “Iyd Ramazon” hikoyalarida ham bu masalaga to’xtalgan. 1927-yilda yozilgan “Ikki er” hikoyasi “Sharq ayoli” jurnalining 10-11-sonlarida chop etilgan.[10][28] Shuningdek, adibning 1927-yilda oktyabr inqilobining o’n yilligi munosabati bilan yozgan “Qiyomat”, “Iydi ramazon” hikoyalarida ayolning ijtimoiy hayotdagi faoliyati aks ettirilgan.[10]
Mirza Jalil ayol ozodligi masalasiga ham hikoyalarida, ham dramaturgiya va publisistika faoliyatida keng joy bergan. Adib uzoq yillar orzu qilgan “Sharq ayoli” jurnalining nashrini sevinch bilan qarshi olgan, “Mulla Nasriddin”da chop etgan “Sharq ayoli” maqolasida uni tabriklagan. Mirza Jalilning ushbu jurnalda “Hunarli ayollar”, “Ikki er”, “Kichkinagina xato” hikoyalari, shuningdek, “Ko’hna dardim”, “Mirza Fatali Oxundov dinlar haqida”, “Mirza Fatali Oxundov va ayol masalasi” maqolalari chop etilgan.[29]
Yozuvchi 1924-yilda “Sharq ayoli” jurnalining yubileyi munosabati bilan yozgan “Ko’hna dardim” nomli maqolasida aytgan:[10][29]
Umrim davomida yozgan qalamimning ko’p qismi Sharq ayoli masalasi ustida tegilgan. Sharq ayolining dardini men hammadan yaxshi tushuna olaman. U mening ko’hna dardimdir… Ularning dardi nima? Sharq ayolini ozod qilmoq! Nimadan? Shariat kishanidan, musulmonlik zanjiridan, haramxonalar zindonidan, qora chorshaf zulmidan.
(Jalil Mammadqulizoda "Ko’hna dardim", "Sharq ayoli" jurnali, 1924, № 10, b.25).
Adib musulmon olamida urfda bo’lgan siyg’ani axloqqa, oila mas’uliyatiga zid deb hisoblagan va bu kabi fikrlari sababli dindorlar tomonidan ta’qibga olingan, o’lim bilan tahdid qilingan. Bu borada Hamida xonim o’z xotiralarida shunday yozardi:
Faiq afandi Mirza Jalilga bildirdiki, uydan tashqariga chiqmasin, uni o’ldirishmoqchi. Shaharning musulmon qismi juda darg’azab edilar. Jamoat mullalarning boshchiligida masjidga yig’ilib, Mirza Jalilga la’nat o’qir, Islomga raxna soluvchi u dinsizning qatliga farmon bergandi. Boshqa joylardan avomlar Mirza Jalilga tahqir va tahdidlar to’la maktub jo’natishardi.
Shunga qaramay, Sharq ayolining ozodligi yo’lida adib olib borgan kurashga yuksak qiymat bergan davrning mutaraqqiy ziyolilari ham oz emasdi. Y. Vazirov “Millat” gazetasida chop etilgan maqolasida yozadi:
Islom olamida katta isyonga sabab bo’lgan bir qancha diniy masalalarni “Mulla Nasriddin” zamona nuqtayi-nazarini e’tiborga olib, osonlik bilan hal qildi. Eski qonun va odatlar dorasini buzib keng vodiyga chiqdi. Ayol masalasi kabi zaruriy, hayotiy va shu kabi chigal masalani hal qildi. Zamona yozilgan qonunlardan kuchlidie, - dedi. Zamona talabiga tobe bo’linglar!
Oilasi
tahrir1896-yilda ilk bora oila qurgan. 1897-yilda qizi Munavvar tug’ildi, turmush o’rtog’i Halima xonim vafot etgan. 1900-yilda davrining taniqli huquqshunoslaridan bo’lgan Mammadqulibey Kangarlining singlisi Nozli xonim Kangarli bilan turmush quradi. Lekin keyinchalik Mirza Jalil bilan Nozli xonimning munosabatlari sovuqlashadi. 1903-yilda Nozli xonim vaqtidan avval o’lik bola tug’adi va bu bilan u asab kasalligiga duchor bo’ladi. Mirza Jalil Mammadqulibey bilan birga bemorni Tbilisiga olib boradi va doktorlar tavsiyasi bilan asab kasalliklari bo’yicha Mixaylovskiy kasalxonasiga joylashtiradi. Bunga qaramay, Nozli xonimning kasalligi kuchayib ketadi, ovqatdan bosh tortadi va tez orada dunyodan ko’z yumadi. Uchinchi marta 15-iyun 1907-yilda Hamida xonim Ahmadbey qizi Javonshir bilan turmush qurib, farzandlari Midhat va Anvar tug’iladi.
Ilmiy faoliyati
tahrir1903-yildan Tbilisida nashr etilgan “Sharqi Rus” gazetasi redaksiyasida ishlagan. J.Mammadqulizodaning yozuvchi va journalist sifatida shakllanishida “Sharqi rus” gazetasi va uning redaktori Muhammad og’a Shaxtaxtinskiyning muhim roli bo’lgan. “Pochta qutisi” nomli ilk matbuot asari, “Kishmish o’yini”, Lev Tolstoydan tarjima qilgan “Mehnat, o’lim va noxushlik” hikoyalari ilk bora bu gazetada chop etilgan. 1904-yil noyabrda J. Mammadqulizoda “Sharqi rus” gazetasining vaqtinchalik redaktori vo’lgan. 1905-yilda “Sharqi rus” yopilganida Mammadqulizoda, journalist Umar Faiq Namonzoda va ma’rifatparvar tujjor Mashadi Alaskar Bag’irzoda bilan hamkorlikda bu gazetaning matbaasini olib, unga “G’ayrat” nomini berdi. 1905-1907-yillarda J. Mammadqulizodaning ilk kitobchalari (“Pochta qutisi”, “Usta Zeynal”, “Qurbonalibey”, “Eronda hurriyat”) “G’ayrat” matbaasida nashr etildi. Ushbu yilda J.Mammadqulizoda Tbilisida bolalar uchun maktab va pansionat ochdi. 1905-yilda “Kavkazskiy rabochiy listok” gazetasida Janubiy Ozarbayjondan kelgan ishchilarning og’ir hayotini tasvirlovchi “Benasiblar” va “Xayrduo” maqolalari bilan chiqish qilgan. J.Mammadqulizoda o’sha yili “Navro’z” nomli kundalik gazeta chiqarishga ruxsat olgan bo’lsa ham ozodlik harakatining ta’siri bilan kurash satira organi nashr qilishni munosibroq ko’rdi.
Ilk soni 1906-yil 7-aprelda (eski usul bilan 20-aprel) chiqqan “Mulla Nasriddin” jurnalining nashrini boshlash bilan u Ozarbayjonda, shuningdek, turk-musulmon dunyosida ilk bora satirik jurnalistikaning tamalini qo’ydi. O’sha vaqtdan u Mulla Nasriddin nomi bilan tanildi. Mirza Alakbar Sobir, Narimon Narimonov, Abdurahimbey Haqberdiyev, Mammad Said Ordubodiy, Umar Faiq No’monzoda, Ali Nazmi, Aliquli G’amguzor kabi yozuvchi va jurnalistlar bilan g’oya-ijodkorlik aloqasi yaraldi. J. Mammadqulizoda targ’ib etgan chuqur demokratizm va ozodlik ideyalari jurnalga umumxalq muhabbati, xalqaro olamda katta obro’ qozonishiga sabab bo’ldi. Mulla nasriddinchilar Yaqin va O’rta Sharqda “Mulla Nasriddin maktabi” nomli kuchli matbuot va adabiyot maktabi yaratishdi. “Mulla Nasriddin” “Suri Isrofil” (Ozarbayjon), “Nasimiy shimol” (Eron), “Jam” (Turkiya),“Uklar”, “Yashen” (Tatariston), “To’qmoq” (Turkmaniston), “Pashsha” (Qrim) va boshqa satirik jurnallar uchun namuna bo’ldi.
A.Lahuti, A. Turkay, M.Dehxudo, A.Giloniy “Mulla amaki”ni o’zlariga muallim va ustoz tanlashgan. Jurnalning Rossiyadan boshqa Osiyo, Yevropa va Amerikaning bir qator o’lkasida ham obunachilari bor edi. Boshqa mullanasriddinchilar kabi J.Mammadqulizoda esa aksilharakat va qoraguruhchilarning davomli ta’qib va tazyiqiga duchor bo’lishdi. Chor hukumati uni tez-tez sud mas’uliyatiga jalb etadi, “G’ayrat” matbaasida izlanishlar olib borar, ba’zan esa “Mulla Nasriddin”ning nashrini to’xtatardi. “Mulla Nasriddin” jurnali yozuvchining M.A.Sobir bilan ajralmas do’st bo’lishida ham katta rol o’ynagan.
1920-yil iyun oyida J. Mammadqulizoda oilasi bilan birga Tabrizga ko’chishgan va 1921-yilda u yerda Mulla Nasriddinning 8 sonini chop etgan. 1922-yilda “Mulla Nasriddin” nashrining bu yerda davom etgan. “Yangi yo’l” gazetasi redaktori, Umuittifoq markazi yangi alifbo qo’mitasi a’zosi, Boku tanqid-targ’ib teatri tashkilotlaridan bo’lgan, “Maorif va madaniyat”, “Yangi qishloq”, “Sharq ayoli” (hozirgi “Ozarbayjon”) va boshqa matbuot organlarida faoliyat ko’rsatgan. XX yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran J.Mammadqulizoda hayotida jiddiy zarbalar davri boshlangan. Uning bosh redaktori bo’lgan “Mulla Nasriddin” jurnaliga jiddiy senzura nazorati qo’yildi, jurnalning nashri uchun ajratilgan davlat mablag’i (dotatsiya) kamaytirildi. Hatto “Mulla Nasriddin” jurnalining Ateistlar Kurashi Jamiyati organi sifatida faoliyati ko’rsatishi maqsadga uyg’un deb hisoblanadi. Bir qancha davlat saviyali majlislarga, adabiy-madaniy tadbirlarga taklif qilinmasligi, davriy matbuotda u haqida chop etilgan asossiz tanqidiy maqolalar ham buyuk adib uchun kutilmagan ma’naviy zarbalarga sabab bo’ldi. Bularning barchasi yozuvchining sog’lig’iga jiddiy ravishda zarar ko’rsatdi.
Jalil Mammadqulizoda 40 yillik ijodi davomida turli janrlarda (drama, hikoya, povest, she’r, publisistika, adabiy tanqid, xotira va b.) yozgan asarlari bilan realist Ozarbayjon adabiyotining yangi, yuksak bosqichga ko’tarilishida alohida rol o’ynagan. J.Mammadqulizoda adabiy va estetik qarashlarida realizmning doimiy tarafdori, kurash targ’ibotchisi va nazariyotchisi edi. M.F.Oxundov an’analariga asoslangan J.Mammadqulizoda san’atda murajjadlikka, formalizm tajassumiga, betaraflik va g’oyasizlik mayllariga qarshi keskin kurash olib borardi. Adabiyot va matbuotni butun xalqning, hatto sodda, savodsiz, omi odamlarning moli etish uning asosiy ijod g’oyalaridan edi. U “qalam bilan kiblanuvchi” kasbsiz yozuvchilarni – “she’r bulbullari”ni keskin tanqid qilardi. Hali “Kaltafahm qishlog’i voqealari” povesti va ilk hikoyalari bilan J.Mammadqulizoda tanqidiy realizm yo’lini tutgan. Bu asarlarda o’sha vaqtdagi Ozarbayjon qishlog’ida hukm surgan feudal-patriarxal munosabatlar, chor ma’murlarining va din xodimlarining o’zboshimchaligi, shuurlarida va maishiy hayotda qoloqlik, mavhumot va xurofot, ayollarning achinarli taqdirini taraqqiyot va uyg’onishga chorlovchi buyuk vatandosh qayg’usi bilan qalamga olgan. J.Mammadqulizoda o’z qalam va hamkasb do’stlari bilan birga Ozarbayjon satirasini yana-da rivojlantirib, unga demokratik mazmun berdi. Uning “Pochta qutisi” (1905), “Usta Zeynal”, “Eronda hurriyat” (1906), "Qurbonali bey"(1907) kabi hikoyalari, mashhur “O’liklar” muhitining sharmandaliklarini nafrat bilan tamg’alagan, nurli hayot haqidagi orzularning tarjimoni bo’lgan. Ilk bora 1916-yilda Bokuda tomoshaga qo’yilgan “O’liklar” komediyasi “boltani ildiziga urgan” (U.Hojibeyov), “G’oyalar inqilobi” (N.Narimonov) bir asar sifatida yuksak hayajon bilanq arshi olingan.
J.Mammadqulizoda ijodida milliy shuur, mansub bo’lgan xalq mustaqilligi va taqdiri (“Onamning kitobi”, 1919), oila maktab tarbiyasi, umuman, ma’rifat g’oyalari (Kaltafahm qishlog’ining maktabi) va boshqa muammolar ham keng joy olgan. Arman va Ozarbayjon nizosi mavzusida yozilgan bir pardali “Kamoncha” (1920) pyesasida xalqimizning chuqur gumanizmini buyuk san’at bilan tajassum ettirgan. “Telba yig’ini” (nashri 1936) komediyasida feudal-patriarxal munosabatlar, fantizm keskin tanqid o’qiga tutiladi. Badiiy ijodida bo’lgani kabi publisistikasida ham asosan satirik janrlardan foydalangan. U chorizm, ijtimoiy adolatsizlik, fantaizm, xurofot, jaholat va nodonlik, G’arb imperializmi va Sharq istibdodiga qarshi yuzlab publisistik maqola, fleyton va satirik miniatura muallifidir. Shuningdek, turli satirik tasvir usullari bilan II Nikolay, Mammadali shoh, Sulton Abdulhamid, Kayzer Vilhalm va boshqalarni fosh etgan. Boshqa dunyo demokratik yozuvchilarni va M.F. Oxundov mazlumlarga dastak bo’lishga, zolimlarga qarshi kurash olib borishga chorlardi. “Jumhuriyat”(1917) nomli asarida xalq hokimiyati, demokratik respublika talabi ilgari surilgan.
J.Mammadqulizodaning publisistik asarlarida milliy masaladan, Eron va Turkiya inqiloblaridan, ayol ozodligi, maorif, adabiyot, san’at, ona tili va boshqa ijtimoiy-madaniy taraqqiyot muammolaridan bahs etilib, ilg’or fikrlar yuritilgan. Ko’p qirrali, chuqur bilim egasi bo’lgan adib Datvin, Epikur, va Sokrat, Shekspir va Shiller, Kant va Spinoza, Holbax va Leybnits, Glinka va Betxoven, Derjavin va Pushkin, Zardusht va Moniy, turli siyosiy, falsafiy, diniy, ijtimoiy jarayonlar haqida yozgan, aksilharakat g’oyalarni red etib, bashariyat dahosining muhim muvaffaqiyatlarini targ’ib etishga uringan. 1922-1930-yillarda J.Mammadqulizoda “Mulla Masriddin”ni kurash matbuot organlaridan biriga aylantirish uchun harakat qilgan, yosh yozuvchi va rassomlarning buyuk naslini satirik jurnalistika sohasida ishlashga tayyorlardi. Jurnalning bu yillarda chiqqan sonlarida J.Mammadqulizoda satiraga yangi ijtimoiy mazmun berish maqsadida jiddiy ijodiy izlanishlar olib borgan. U publisistikasi, nasr va drama asarlari bilan Ozarbayjon adabiyotini janr va tuzilish jihatdan ham boyitgan. Xususan, kichik hikoyaning buyuk ustozi hisoblanadi. Hikoyalari ijtimoiy mohiyatlari so’nggi darajada ixcham formada, mahorat bilan aks ettirish jihatdan dunyo adabiyotining mukammal namunalari qatorida turadi. J.Mammadqulizodaning boy badiiy merosi, “Mulla Nasriddin” jurnali faqat Ozarbayjonda emas, Yaqin va O’rta Sharqda, ayniqsa, Eron va Turkiyada adabiy-ijtimoiy fikrning, ma’rifat-demokratik harakat rivojiga ta’sir ko’rsatgan.
Xotirasi
tahrirJ.Mammadqulizodaning asarlari asarlari bir qator tillarga tarjima qilingan. Ozarbayjon Respublikasida bir qator ko’cha va madaniy-ma’rifiy muassasiga (shu jumlada, Naxchivon davlat musiqa drama teatriga va Naxchivon Avtonom Respublikasi adabiyot muzeyiga) J.Mammadqulizodaning nomi berilgan. Avvalgi Astraxon rayoni va shahri 1967-yilda uning sharafiga Jalilobod, bir vaqtlar o’qituvchilik qilgan Bosh Norashen qishlog’i esa Jalilkent deb nomlangan. Naxchivonda va Jalilobodda haykali qo’yilgan. Bokuda va Naxchivonda uy-muzeylari, Nahram va Jalilkent qishloqlarida xotira muzeylari ochilgan. Tavalludining 100 va 125 yillik yubileylari keng nishonlandi. 17-yanvar 2019-yilda Ozarbayjon prezidenti Jalil Mammadqulizodaning 150 yillik yubileyining nishonlanishi haqida buyruq imzolagan.[32]
Jalil Mammadqulizodaning "Pochta qutisi" hikoyasi muvaffaqiyatli maqola va muhim g'oyalar to'plami - muallifning keyingi ishining boshlanish nuqtasi edi. Ushbu kitobni Ozarbayjondan o'zbek tiliga o'zbek tarjimoni Usmon Kuchkor O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining buyurtmasi asosida tarjima qildi. 2019-yilda Toshkentda Ozarbayjon madaniy markazi loyihasi asosida nashr etildi.[33]
Shajarasi
tahrir- Bobo
- Husaynquli (1808-?)
- Mashadi Mammadquli (1836-1905)
- Jalil Mammadqulizoda (1869-1932)
Diniy qarashlari
tahrirJalil Mammadqulizodaning diniy qarashlari umuman bahs munozaraga sabab bo’ladi. Ba’zai manbalarga ko’ra, u ateist, ba’zi manbalarga ko’rsa eda musulmon demokratizm tarafdori bo’lgan. Lekin shunisi ma’lumki, u o’z asarlarida davrining ekstremist fikrlariga, johillikka, savodsizlikka va diniy xurofotlarga qarshi keskin tanqidiy fikrlar bildirgan.[34][35]
Asarlari
tahrir- Jalil Mammadqulizoda. Asarlari: 4 jildda. I jild. Nasr, drama asarlari, satirik she’rlar, tarjimalar
- Jalil Mammadqulizoda. Asarlari: 4 jildda. II jild. Felyeton va maqolalar
- Jalil Mammadqulizoda. Asarlari: 4 jildda. III jild. Felyeton va maqolalar
- Jalil Mammadqulizoda. Asarlari: 4 jildda. IV jild. Memuarlar, maqolalar, maktublar
U haqida suratga olingan filmlar
tahrir- Jalil Mammadqulizoda (film, 1966)
Aasarlari asosida suratga olingan filmlar
tahrir- Pochta qutisi (film, 1967)
- Qo’zi (film, 1967)
- G’am derazasi (film, 1986)
- Pirberdining xo’rozi (film, 1987)
- Qurbonalibey (film, 1989)
- U dunyodan salom (film, 1991)
- Soqov (film, 1992)
- Onamning kitobi (film, 1994)
- Nigoronlik (film, 1998)
- Soqov (film, 2003)
- O’yin (film, 2003)
- Sirka (film, 2003)
- Kayfiyatsiz (film, 2003 )
Adabiyot
tahrir- Ozarvand Askar. "Sodda inson" (xotira), "Vatan yo’lida" gazetasi, 1944, 15-dekabr, №109.
- Ali Ozariy, "Yolg’iz yaproq", Boku, 1966.
- Kamol Camolov. Mullanasriddinchilarning maorifchilik ideyalari. Boku: Fan va ta’lim, 2015.
Eslatmalar
tahrir- ↑ Ч. Г. Гусейнов. МАМЕДКУЛИЗАДЕ́. 2004: Большая российская энциклопедия. (Wayback Machine saytida 2021-01-24 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 "Zamonaviy Ozarbayjon adabiyoti", Boku, 2007. s.47, Bakı,2007.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 3,14 3,15 3,16 Cəfərov M.. "Cəlil Məmmədquluzadə". Bakı: "Çinar-Çap". S. 72, Bakı,2002.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 "Cəlil Məmmədquluzadə. Əsərləri" Bakı: "Öndər". s. 664, Bakı,2004.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Məmmədquluzadə C.. "Əsərləri" III.. 2004: "Öndər" nəşriyyatı,, Bakı — 480-bet. ISBN 9952-416-19-8.. Qaraldi: 8-iyul 2017.
- ↑ "Azərbaycanda ilk feministlər kişilər olub". Azadliq.org. 2016-03-08 az
- ↑ „"“Əsərlərin dövlət varidatı elan edilməsi Qaydaları”nın və “Əsərləri dövlət varidatı elan edilən müəlliflərin və dövlət varidatı elan edilən filmlərin Siyahısı”nın təsdiq edilməsi haqqında" Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 7-may 2019-cu il tarixli, 211 nömrəli Qərarı“ (az). cabmin.gov.az (2019-yil 11-may). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-may. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ 8,00 8,01 8,02 8,03 8,04 8,05 8,06 8,07 8,08 8,09 8,10 8,11 İbrahimov M.. "Böyük satira ustası". "Azərnəşr", location=1966, Bakı — 36-bet. ISBN 9952-417-07-X. Qaraldi: 8-iyul 2017.
- ↑ 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 9,10 9,11 9,12 9,13 "Cəlil Məmmədquluzadə". 1987: "İşıq" nəşriyyatı, Bakı — 190-bet. ISBN 90-00-000000-0.
- ↑ 10,00 10,01 10,02 10,03 10,04 10,05 10,06 10,07 10,08 10,09 10,10 10,11 10,12 10,13 10,14 10,15 10,16 10,17 10,18 10,19 10,20 10,21 10,22 10,23 10,24 10,25 10,26 10,27 10,28 10,29 10,30 10,31 10,32 10,33 "Cəlil Məmmədquluzadə. Həyat və yaradıcılığı". 1974: "Elm" nəşriyyatı, Bakı — 190-bet. ISBN 0-00-000000-0.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 Məmmədquluzadə H.. "Mirzə Cəlil haqqında xatirələrim". 1981: "Gənclik" nəşriyyatı, Bakı. ISBN 0-00-000000-0.
- ↑ Şərif Ə.. "Molla Nəsrəddinin doğulması". 1987: "Gənclik" nəşriyyatı, Bakı. ISBN 90-00-000000-0.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 Məmmədov M.. "İdeal qardaşları". 1967: "Azərnəşr" nəşriyyatı, Bakı. ISBN 0-00-000000-0.
- ↑ 14,00 14,01 14,02 14,03 14,04 14,05 14,06 14,07 14,08 14,09 14,10 14,11 14,12 14,13 14,14 14,15 14,16 14,17 14,18 Məmmədov M.. "Cəlil Məmmədquluzadənin bədii nəsri". 1963: "Azərbaycan SSR Elmlər Akademiyası" nəşriyyatı, Bakı. ISBN 0-00-000000-0.
- ↑ 15,00 15,01 15,02 15,03 15,04 15,05 15,06 15,07 15,08 15,09 İbrahimov M.. "Böyük Demokrat". 1957: "Azərbaycan SSR Elmlər Akademiyası" nəşriyyatı, Bakı. ISBN 90-00-000000-0.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 Süleymanlı.Ş. "Nəşriyyat işi və Azərbaycan ədəbiyyatı dünya nəşrində". 1957: "Təhsil" nəşriyyatı, Bakı. ISBN 0-00-000000-0.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 25-iyul 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „anl.az“ (az). 24-aprel 2017da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 2017-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 9-oktabr 2015da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „anl.az“ (az). 29-yanvar 2017da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ CBC TV. „Cəlil Məmmədquluzadənin yubileyi dövlət səviyyəsində qeyd olunacaq“ (az). Youtube.com (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 26-aprel 2017da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „anl.az“ (az). 29-martda asl nusxadan arxivlangan. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 17-dekabr 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 29,0 29,1 „calilbook.musigi-dunya.az“ (az). 2017-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Məmmədquluzadə H. (1976). Mirzə Cəlil haqqında xatirələrim. Bakı. səh. 29-30.
- ↑ Qulam Məmmədli (1966)."Molla Nəsrəddin salnaməsi". Bakı. səh. 370-371.
- ↑ President.Az. „Cəlil Məmmədquluzadənin 150 illik yubileyinin qeyd edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“ (az). President.az (2019-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
- ↑ “Pochta qutisi” (Почтовый ящик) - Джалил Мамедкулизаде
- ↑ Arxadaki Azerbaycan, Kulis.az; accessed 25-oktabr 2016-yil. (Ozarbayjoncha)
- ↑ Mammadguluzadeh profile, Calilbook.musigi-dunya.az; accessed 5-oktabr 2016-yil. (Ozarbayjoncha)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |