Kipr milliy futbol terma jamoasi
Kipr milliy futbol terma jamoasi (grekcha: Εθνική ομάδα ποδοσφαίρου της Κύπρου) – xalqaro erkaklar futbolida Kipr sharafini himoya qiladi va Kiprdagi futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Kipr futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Kipr terma jamoasining uy stadioni hozirda Larnacadagi AEK Arena boʻlib, amaldagi murabbiyi Temur Ketsbaya hisoblanadi.
Assotsiatsiya |
Kipr futbol assotsiatsiyasi (CFA) Κυπριακή Ομοσπονδία Ποδοσφαίρου | ||
---|---|---|---|
Konfederatsiya | UEFA (Yevropa) | ||
Bosh murabbiy | Temur Ketsbaya | ||
Sardor | Kostakis Artymatas | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Ioannis Okkas (103) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Michalis Konstantinou (32) | ||
Uy stadioni | AEK Arena | ||
FIFA kodi | CYP | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 118 ▬ (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 43 (Sentyabr 2010) | ||
Eng past | 142 (Iyun 2014) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Norasmiy: Isroil 3–1 Kipr Respublikasi (Tel Aviv, Isroil; 30 Iyul 1949) Rasmiy: Kipr Respublikasi 1–1 Isroil (Nikosiya, Kipr; 13 Noyabr 1960) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Kipr Respublikasi 5–0 Andorra (Limasol, Kipr; 15 Noyabr 2000) Kipr Respublikasi 5–0 Andorra (Nikosiya, Kipr; 16 Noyabr 2014) Kipr Respublikasi 5–0 San Marino (Nikosiya, Kipr; 21 Mart 2019) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Gʻarbiy Germaniya 12–0 Kipr Respublikasi (Essen, Gʻarbiy Germaniya; 21 May 1969) |
Tarixi
tahrirJamoaning birinchi rasmiy oʻyini 1949-yil 23-iyulda, futbol boʻyicha xalqaro boshqaruv organi boʻlgan FIFAga aʼzo boʻlganidan bir yil oʻtib boʻlib oʻtdi. Tel-Aviv shahri jamoasi Maccabi Tel-Avivga qarshi boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyini 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. Milliy terma jamoa yetti kundan soʻng oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini oʻtkazdi: xuddi shu shaharda Isroilga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.
1960-yil noyabr oyida, Britaniya hukmronligidan mustaqillikka erishgandan soʻng, Kipr 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash turniri doirasida Isroilga qarshi rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Kiprning xalqaro maydonda birinchi gʻalabasi 1963-yil 27-noyabrda qayd etildi. Terma jamoa oʻrtoqlik oʻyinida Gretsiya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan. 1968-yil 17-fevralda Kipr Nikosiyadagi Old GSP stadionida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati saralash oʻyinida Shveytsariyani 2:1 hisobida magʻlub etgan. 1974-yilda milliy terma jamoa Nikosiyada Shimoliy Irlandiyani 1:0 hisobida magʻlub etdi. 1983-yil 12-fevralda Yevro-1984 saralash bosqichi doirasida Kipr Limasoldagi Tsirio stadionida jahon chempioni Italiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi, bir oy oʻtgach, xuddi shu natijani Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda qayd etdi. Toʻrt yil oʻtgach, Yevro-1988 saralashida Kipr Polshaga qarshi safar oʻyinida gʻalaba qozondi. 1989-yilda Kipr terma jamoasi Jahon chempionati saralash oʻyinida Fransiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynashdi. Oʻz maydonida bir qator gʻalabalarga erishgan terma jamoa, oʻzining safardagi birinchi gʻalabasiga 1992-yilda erishdi. Kipr 1992-yilda Farer orollari jamoasiga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Keyingi saralash musobaqalaridagi natijalar ham sezilarli darajada yaxshilanib bordi. 1996-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Kipr mezbon Daniya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. Toʻrt yil oʻtgach, ular Ispaniya va Isroilga qarshi oʻyinda mos ravishda 3:2 hisobida va San-Marino ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, 2000-yilgi UEFA Yevropa chempionati yoʻllanmasini qoʻldan boy berishdi.
2000-yil 15-noyabrda Kipr 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi doirasida Limasolda kechgan bahsda Andorra milliy futbol terma jamoasini 5:0 hisobida magʻlub etib, tarixdagi eng yirik gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 2006-yil 7-oktabrda 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Kipr Nikosiyadagi GSP stadionida Irlandiya Respublikasini 5:2 hisobida magʻlub etdi, Michalis Konstantinou va Constantinos Charalambidis ikkitadan, Alexandros Garpozis bitta gol urdi. Bir oy oʻtgach, 2006-yil 15-noyabrda ular avvalgi Jahon chempionati mezbonlari Germaniya bilan oʻz uyida 1:1 hisobida durang oʻynab yana bir kutilmagan natijani qayd etdi. 2007-yil 13-oktabrda ular Nikosiyada Uelsni 3:1 hisobida magʻlub etishdi. 2007-yil 17-oktabrda Kipr Dublinda Irlandiya Respublikasiga qarshi safarda tarixiy gʻalabaga yaqin keldi, ammo mezbonlar oʻyinning soʻnggi daqiqasida gol urdi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. 2010-yil 3-sentabrda 2012-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Kipr Guimarãesda Portugaliyaga qarshi oʻyinda 4:4 hisobida durang oʻynadi.
2022—2023-yilgi Millatlar ligasi Kipr uchun omadsiz yakunlandi. Debyut oʻyinida Kipr Kosovoga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi, Kosovo ikkinchi boʻlim oxirida ikkita gol urib gʻalabani ilib ketdi. Keyingi Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinda jamoalar gol ura olmadi va oʻyin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
Toʻplam
tahrir2006-yil 7-oktabrda Diadora Kiprning yangi kiyim toʻplamini taqdim etdi. Unda yelkadan yenggacha kahrabo rangdagi xarita chizilgan, oʻrtasidan yashil chiziq oʻtib, orolning boʻlinishini koʻrsatadi. Ushbu bahsli toʻplam 2008-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida ishlatilgan. Keyinchalik Adidas Kiprning 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi, 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichi va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi uchun toʻplamlarini tayyorladi. 2018-yilda Macron UEFAning toʻplam sxemasi doirasida Adidas oʻrnini egalladi.
Homiy | Davr |
---|---|
Lotto | 2000 |
Errea | 2000–2002 |
Umbro | 2002–2006 |
Diadora | 2006–2008 |
Adidas | 2008–2018 |
Macron | 2018–2022 |
Errea | 2022–present |
Uy stadioni
tahrir2021-yil oxiridan beri Kipr uy uchrashuvlarini Larnacadagi Georgios Karapatakis nomidagi AEK Arenada oʻtkazadi.
Avvalroq uy uchrashuvlari mamlakat boʻylab turli stadionlarda oʻtkazilgan. 1974-yilgacha terma jamoa Nikosiya markazidagi eski GSP yoki Famagustadagi GSE stadionidan foydalangan. Turkiyaning Kiprga bostirib kirishidan soʻng, Limasoldagi Sirion va Nikosiyadagi Makario stadionlarida baʼzi oʻyinlar oʻtkazildi. 1999-yilda Nikosiyadagi Yangi GSP stadioni milliy terma jamoaga topshirildi.
Natijalar
tahrirQuyida oxirgi 12 oydagi oʻyin natijalari, shuningdek, rejalashtirilgan barcha kelgusi oʻyinlar roʻyxati keltirilgan.
Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
2023
tahrir8 Sentyabr 2023 2024-yili UEFA Yevropa chempionati saralashi | Kipr Respublikasi | 0–3 | Shotlandiya | Larnaca, Kipr |
21:45 UTC+3 | Report | Stadion: AEK Arena Tomoshabin: 6,633 Hakam: Balázs Berke (Vengriya) |
12 Sentyabr 2023 2024-yili UEFA Yevropa chempionati saralashi | Ispaniya | 6–0 | Kipr Respublikasi | Granada, Ispaniya |
20:45 UTC+2 | Report | Stadion: Nuevo Los Cármenes Tomoshabin: 17,311 Hakam: Simone Sozza (Italiya) |
2024
tahrir21 Mart 2024 O‘rtoqlik oʻyini | Kipr Respublikasi | 1–1 | Latviya | Larnaca, Kipr |
19:00 UTC+2 |
|
Report |
|
Stadion: AEK Arena Hakam: Lukas Fähndrich (Shveysariya) |
25 Mart 2024 O‘rtoqlik oʻyini | Kipr Respublikasi | 0–1 | Serbiya | Larnaca, Kipr |
19:00 UTC+2 | Report | Stadion: AEK Arena Hakam: Marco Di Bello (Italiya) |
8-iyun, 2024-yil O‘rtoqlik oʻyini | Moldova | 3–2 | Kipr Respublikasi | Chișinău, Moldova |
19:00 UTC+3 | Report | Stadion: Stadionul Zimbru Hakam: Denys Shurman (Ukraina) |
11 Iyun 2024 O‘rtoqlik oʻyini | San Marino | 1–4 | Kipr Respublikasi | Serravalle, San Marino |
18:00 UTC+2 |
|
Report | Stadion: San Marino Stadium Hakam: Ishmael Barbara (Malta) |
6 S2024 2024–2025-yili UEFA Millatlar ligasi | Litva | v | Kipr Respublikasi | Kaunas, Litva |
20:45 | Stadion: Darius and Girėnas Stadium |
9 Sentyabr 2024 2024–2025-yili UEFA Millatlar ligasi | Kipr Respublikasi | v | Kosovo | Nikosiya, Kipr |
21:45 | Stadion: GSP Stadium |
12 Oktyabr 2024 2024–2025-yili UEFA Millatlar ligasi | Kipr Respublikasi | v | Ruminiya | Kipr |
21:45 |
15 Oktyabr 2024 2024–2025-yili UEFA Millatlar ligasi | Kosovo | v | Kipr Respublikasi | Mitrovica, Kosovo |
20:45 | Stadion: Adem Jashari Olympic Stadium |
15 Noyabr 2024 2024–2025-yili UEFA Millatlar ligasi | Kipr Respublikasi | v | Litva | Kipr |
21:45 |
18 Noyabr 2024 2024–2025-yili UEFA Millatlar ligasi | Ruminiya | v | Kipr Respublikasi | Buxarest, Ruminiya |
21:45 | Stadion: Stadionul Steaua |
Murabbiylar jamoasi
tahrirBosh murabbiy | Temur Ketsbaia |
Yordamchi murabbiy | Mamuka Chakvetadze |
Yordamchi murabbiy | Aleksandre Chanturishvili |
Darvozabonlar murabbiyi | Irakli Kuchava |
Jismoniy tarbiya murabbiyi | Giorgi Papunashvili |
Tahlilchi | Davit Arveladze |
Terma jamoani boshqargan murabbiylar
tahrir- Argyrios Gavalas (1960–1967)
- Pambos Avraamidis (1968–1969)
- Ray Wood (1970–1971)
- Sima Milovanov (1972)
- Pambos Avraamidis (1972–1974)
- Panikos Iakovou (1974)
- Pambos Avraamidis (1975)
- Kostas Talianos (1976)
- Panikos Krystallis (1976–1977)
- Andreas Lazarides (1977)
- Kostas Talianos (1978–1982)
- Vasil Spasov (1982–1984)
- Panikos Iakovou (1984–1987)
- Takis Charalambous (1987)
- Panikos Iakovou (1988–1991)
- Andreas Michaelides (1991–1996)
- Stavros Papadopoulos (1997)
- Panikos Georgiou (1997–1999)
- Stavros Papadopoulos (1999–2001)
- Takis Charalambous (2001)
- Momčilo Vukotić (2001–2004)
- Angelos Anastasiadis (2005–2011)
- Nikos Nioplias (2011–2013)
- Pambos Christodoulou (2014–2015)
- Christakis Christoforou (2015–2017)
- Ran Ben Shimon (2017–2020)
- Johan Walem (2020–2021)
- Nikos Kostenoglou (2021–2022)
- Temur Ketsbaya (2022–)
Futbolchilarning rekordlari
tahrir- 19-noyabr 2023-yil[4]
- Qora rang bilan berilgan futbolchilar hozirda faoliyati davom etmoqda.
Oʻyinlarda eng koʻp ishtirok
tahrirDaraja | Ism | Ishtirok | Gollar | Faoliyati |
---|---|---|---|---|
1 | Ioannis Okkas | 103 | 27 | 1997–2011 |
2 | Constantinos Charalambidis | 93 | 12 | 2003–2017 |
3 | Michalis Konstantinou | 84 | 32 | 1997–2012 |
4 | Pambos Pittas | 82 | 7 | 1987–1999 |
5 | Constantinos Makrides | 77 | 5 | 2004–2016 |
6 | Nicos Panayiotou | 74 | 0 | 1994–2006 |
7 | Demetris Christofi | 72 | 9 | 2008–hozirgacha |
8 | Elias Charalambous | 69 | 0 | 2002–2017 |
Chrysis Michael | 69 | 7 | 2000–2017 | |
Giorgos Theodotou | 69 | 0 | 1996–2008 |
Toʻpurarlar
tahrirDaraja | Ism | Golar | Ishtirok | Nisbat | Faoliyati |
---|---|---|---|---|---|
1 | Michalis Konstantinou | 32 | 86 | 0.37 | 1997–2012 |
2 | Ioannis Okkas | 27 | 103 | 0.26 | 1997–2011 |
3 | Pieros Sotiriou | 12 | 60 | 0.2 | 2012–hoziragcha |
Constantinos Charalambidis | 12 | 93 | 0.13 | 2003–2017 | |
5 | Efstathios Aloneftis | 10 | 62 | 0.11 | 2005–2017 |
6 | Marios Agathokleous | 9 | 38 | 0.24 | 1994–2003 |
Demetris Christofi | 9 | 72 | 0.13 | 2008–hozirgacha | |
8 | Fivos Vrahimis | 8 | 18 | 0.44 | 1977–1982 |
Milenko Špoljarić | 8 | 21 | 0.38 | 1997–2001 | |
Siniša Gogić | 8 | 37 | 0.22 | 1994–1999 | |
Andreas Sotiriou | 8 | 39 | 0.21 | 1991–1999 |
Manbalar
tahrir- ↑ „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
- ↑ „Cyprus Football Association – Εθνική Ανδρών: Προπονητές“. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-may.
- ↑ „Cyprus National Team Coaches“. RSSSF. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- ↑ Mamrud, Roberto „Cyprus – Record International Players“. RSSSF. 2022-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.