Mazlumxon Suluv maqbarasi – Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli shahri yaqinidagi meʼmoriy yodgorlik (XIIIXIV-asrlar). Mizdaxqon tepaligida joylashgan.

Mazlumxon Suluv maqbarasi
Manzilgoh Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston
Turi Maqbara
Tarix
Material Xom gʻisht, paxsa
Tashkil etilgan (XIIIXIV-asrlar)
Makon qaydlari
Arxeologlar Aleksandr Yakubovskiy
Vadim Yagodin
V.Pilyavskiy
B.Filimonov

Meʼmorchiligi

tahrir

Maqbara 5 xonadan iborat. Uning asosiy qismi yer ostida joylashgan. Maqbara sahniga yarmigacha koʻmilgan ravoq orqali zina^ti yoʻlakdan tushiladi. Yoʻlak ustki va ostki qismga ajratilgan. ularning oʻrtasiga gumbazli chorsi xona – dahliz (2,25 x 2,30) qurilgan. Pastki yoʻlakning oʻng tomonida yana bir gumbazli xona (2,92 x 3,00 m) joylashgan. Yulak zinalaridan katta xonaga (7,40 x 7,50 m) tushiladi. Xona ichi ravoqli taxmonlar hisobiga keng koʻrinadi. Sharqiy va shim. ravogʻida sagʻanalar joylashgan. Sagʻanalar 13— 14-asrlarga xos quyma koshinlar bilan chiroyli va nafis bezatilgan. Bezaklar orasiga falsafiy mazmundagi forscha sheʼrlar bitilgan. Sagʻanalar ustidagi xatlar toʻla saqlanmaganligi sababli kimlar dafn qilingani nomaʼlum. Rivoyatga koʻra, bu yerdagi sagʻanalardan biri Xorazm shohining Mazlumxon ismli goʻzal (suluv) qiziniki boʻlgan deb taxmin qilinadi. Sagʻananing tomi 8 qirrali gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz darchalari ganch panjarali. Panjaralarning dumaloq teshikchalariga xona ichini bir tekis yoritib turuvchi doyra shaklidagi qabariq shishalar joylashtirilgan. Katta xonaning chap tomonidagi ravoq orqali kichik xona (4,30 x 4,50 m)ga oʻtiladi. Uning devorlari sirkor gisht va koshin bilan bezatilgan. Katta xona sahnidagi shohsupaning (bap. 4—5 sm) butun sathiga zan-gori va oq koshindan (sakkiz va uch-burchak shaklda) girih naqshlar ishlangan[1].

Numizmatik  maʼlumotlariga koʻra, maqbara qurilishi XIV asrning birinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Bu Oltin Oʻrda Xorazm savdo shaharlarining gullab-yashnashi bilan bogʻliq boʻlib, ulardan biri xalqaro savdoning gavjum yoʻllarida joylashgan Mizdaxqon edi[2].

Qurilishi haqida afsona

tahrir

Mazlumxon sulu maqbarasi toʻgʻrisida eski, qadimiy afsona bor. Kunlarning birida Xorazm hukmdorlardan biri oʻz qizini kimda kim gʻayrioddiy narsa yaratib, hammani lol qoldirsa shunga uzatishga qaror qiladi. Qizga oshiqlardan biri yer ostida bino barpo etib, uning gumbazini yerning ustida qoldiradi. Shunda hukmdor oshiq yigitdan, hali qurishi tugamagan gumbazdan oʻzini pastga tashlab, oʻz muhabbatini isbotlashini soʻraydi. Yigit oʻzini tashlaydi va halok boʻladi[3]. Maqbaradagi ikki qabr Mazlum va uning sevgilisiga bagʻishlangan.

Tadqiq etilishi

tahrir

Mazlumxon Suluv maqbarasini A. Y. Yakubovskiy 1928—1929-yillarda tadqiq qilgan. A. Yakubovskiydan keyin esa arxitektorlar V. I. Pilyavskiy va B. M. Filimonov tomonidan oʻrganish ishlari davom ettirilgan. A. Yakubovskiy qadimiy Mizdaxqonning butun majmuasini oʻrganish bilan bir vaqtda maqbara qurilishini 13-asrning ikkinchi yarmi – 14-asr boshlari deb hisoblagan. Maqbaradagi qabr toshlaridan A.Yakubovskiy koʻchirgan yozuvlar – fors tilida sheʼriy bitiklar sharqshunos olim A. A. Nekrasov tomonidan tarjima qilingan va nashr etilgan[4]. 1947-yilda yodgorlikni tekshirgan V. I. Pilyavskiy uning qurilishini 13asr boshlari deb maʼlumot beradi, shuningdek, bu imorat yer ostida ekanligi haqida fikr bildirgan. 1959- va 1966-yillarda Mazlumxon suluv maqbarasi uchun restavratsiya loyihasini tayyorlash jarayonida meʼmor B. M. Filimonov yodgorlikni oʻrganish bilan shugʻullangan.

V. M. Filimonovning taʼkidlashicha, yodgorlik yer osti inshooti emas, balki yer ustida bunyod etilgan. Dastlab saroy vazifasini bajargan. Keyinchalik maqbaraga aylantirilgan.

Vadim Yagodin boshchiligida 1966-yilda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida binoning yoshi, qurilish maqsadi va tabiatiga oid qarama-qarshi baholarni yoʻq qilishga imkon beradigan yangi materiallar toʻplandi. Oltin Oʻrda tangalari (asosan Berdibek va Jonibek tangalari) topildi[5].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Мавзолей Мазлумхан Сулу“. meros.uz. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.
  3. „Мавзолей Мазлумхан-сулу“. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.
  4. Некрасов, А. Надписи на надгробиях мавзолея Мазлум-сулу в Миздахкане. Ленинград, 1930 — 582-bet. 
  5. В. Н. Ягодин, Т. К. Ходжайов. Некрополь Миздахкана. .Фан- УзССР, 1970 — 9-bet. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.