Mamadali Qurbonov
Mamadali Qurbonovich Qurbonov (1905 – 14-may 1976) – Tojikiston Bosh vaziri (1937-1946 yillar), SSSR Oliy Kengashining 1 va 2 chaqirilishdagi deputati, Oʻsh shahar va Oʻsh viloyati ijroiya qoʻmitalari raisi.
Мамадали Қурбонович Қурбонов | |
---|---|
рус. Мамадали Курбанович Курбанов | |
Tavalludi |
1905 Kyrgyzstan Qadamjoy tumanida |
Vafoti |
14.05.1976 Kyrgyzstan Oʻsh shahrida |
Fuqaroligi | SSRI → Kyrgyzstan |
Turmush oʻrtogʻi | Rahimaxon Tojiboyevna Qurbonova (Sultonova) (1928-2006) Kyrgyzstan Oʻsh shahrida tugʻilgan. |
Bolalari | Dilshod, Sergo-Shahzoda (22.04.1964 yil) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans-Atlantik“ MChJ egasi[1], ikki qizi Toshkent shahrida yashaydi. |
Otasi | Qurbon |
Mukofotlari | Lenin ordeni (1939 yil), „Hurmat belgisi“ ordeni (1940), Lenin ordeni (1944), 2 darajali , koʻplab medallar, Tojikiston va Qirgʻiziston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. |
Hayot yoʻli
tahrirMamadali Qurbonov (yanvar 1905-1976 yil) Oʻsh uyezdi Qadamjoy tumanining Uchqoʻrgʻon qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan, millati tojik. Oʻrta maʼlumotga ega edi, togʻ-kon fakulteti qoshidagi ishchilar kurslarini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qizilqiya koʻmir konida konchilikdan boshlagan. 1930 yildan VKP(b) aʼzosi. Qizilqiya koʻmir konidan taniqli davlat arboblari chiqqan. Jumladan, konchi Toʻraboy Qulatov Qirgʻiziston SSR xalq komissarlari kengashi raisi, soʻngra esa Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi raisi boʻlgan, Mamadali Qurbonov esa 1937 yildan 1946 yilgacha Tojikiston SSR xalq komissarlari raisi lavozimida ishlagan.
- 1924-1930 yillar – Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati Qizilqiya koʻmir konida konchi.
- 1930-1931 yillar – Qizilqiya koʻmir konida qutqarish va texnik xavfsizligi stansiyasi boshligʻi.
- 1931-1933 yillar – Qizilqiya koʻmir koni boshligʻi.
- 1933-1936 yillar – Tojikiston SSR „Shurab-koʻmir“ boshligʻi.
- 1936-1937 yillar – Tojikiston SSR mahalliy sanoat xalq komissari, bir vaqt oʻzida Tojikiston Kommunistik partiya Markaziy Qoʻmitasining transport va sanoat boʻlimi mudiri.
- 1937 yili Tojikiston SSR xalq komissarlari kengashi raisi oʻrinbosari, yer boʻyicha xalq komissari.
16-sentabr 1937 yildan aprel 1946 yilgacha Tojikiston SSR xalq komissarlari kengashi – Vazirlar kengashi raisi. Tojikiston SSR Hukumati raisligiga Tojikiston SSR Kompartiyasi 3 sʼyezdida tasdiqlangan. Uning bevosita rahbarligi ostida Tojikistonning poytaxti Dushanba shahri, Pomirga olib boruvchi Oʻsh-Xorugʻ avtomagistral yoʻli, Tojikistondagi birinchi Varzob GESi va boshqa obʼyektlar qurildi. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrlarda Tojikiston frontga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, oziq-ovqatlarni, paxtani, qurol-yaroqlarni va boshqa mahsulotlarni yetkazardi. 21 mart 1939 yil-5-oktabr 1952 yil VKP(B) markaziy revizion komissiyasi aʼzosi, 1939 yil va 1941 yil TsK KPSS sʼyezdlarida tasdiqlangan. Mamadali Qurbonov SSSR Hukumati qarorlari bilan 17-oktabr 1939 yili Lenin ordeni (Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligida yuksak yutuqlarga erishgani va paxta planini oshigʻi bilan bajargani uchun), 28-aprel 1940 yili „Hurmat belgisi“ ordeni (SSSRda eng buyuk boʻlgan irrigatsiya inshooti I.Stalin nomli Katta Fargʻona kanali qurilishida faol qatnashgani va bunda koʻrsatgan yutuqlari uchun). 3-yanvar 1944 yili Lenin ordeni bilan ikkinchi marta taqdirlangan.
- 1946 yil – Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.
- 1947-1949 yillar – Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
- 1949-1950 yillar – Qirgʻiziston SSR yengil sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari.
- 1950-1957 yillar – Oʻsh viloyati ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
- 1957-1960 yillari – Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi.
Mamadali Qurbonov Oʻsh shahri rahbari lavozimida ishlab turganda, Oʻshda Oʻsh pedagogika oliygoxi binosi (hozirda Oʻsh davlat dorilfununi bosh binosi), Oqbura daryosi ustidagi katta temir-beton koʻprik (birinchi marta shaharni oʻng va chap qirgʻogʻi bilan tutashtirgan), xalqaro avtomatik telefon stantsiyasi qurildi va ekspluatatsiyaga topshirildi. 1957 yili Oʻsh shahrining asosiy qismi ariq suvi oʻrniga ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Oʻsh shahrida 1959 yili SSSRda (Kishinyovdan keyin) ikkinchi boʻlgan artezian quduqlardan suv tortuvchi nasoslarni ishlab chiqarish korxonasi qurildi.
1960-1967 yillari – Oʻsh-Xorugʻ avtomagistralidan Tojikistonga xalq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib beradigan Pomir ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi bosh direktori. Uning rahbarligida 1120 ta odam ishlardi.
1960 yildan – Qurbonov Ittifoq miqyosidagi shaxsiy pensioner.
Tojikistonning Qulob tumani okrugidan 1 va 2 chaqirilishdagi SSSR Oliy Kengashi deputati, byudjet komissiyasi aʼzosi. Tojikiston SSR Oliy Kengashi deputati (1937-1948 yillar). Oʻsh viloyati kengashi va Oʻsh shahar kengashi deputati.
KPSS MQ Siyosiy byurosi aʼzosi Anastas Mikoyan bilan doʻst boʻlishgan[2]. Oʻgʻli Sergo-Shahzoda (22-aprel 1964 yil) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, Oʻsh shahridagi 15 sonli maktabni va onasi koʻmilgan Oʻsh shahridagi yangi avtoshohbekat oldidagi qabristonni obod qilgan.
Mamadali Qurbonov 14-may 1976 yili vafot etgan va u Sulaymon togʻining janubiy qoyasi tomonidagi qabristoniga, unga minnatdor boʻlgan minglab shaharliklar ishtirokida dafn etilgan.
Xotira
tahrir- Mustaqil Tojikiston hukumati qarori bilan Tojikiston poytaxti Dushanba shahrining markazida joylashgan vazirlar kengashi eski binosiga memorial lavha oʻrnatilgan.
- Tojikiston poytaxti Dushanba shahrining Ismoil Somoniy tumani markaziy koʻchalaridan biri (eski nomi Patris Lumumba koʻchasi) Mamadali Qurbonov nomiga qoʻyilgan.
- Oʻsh shahar kengashining 17 mart 2003 yildagi 128 sonli qaroriga asosan Oʻsh shahridagi Musorgskiy koʻchasi Mamadali Qurbonov sharafiga qoʻyilgan.
- Oʻsh shahar 15 sonli maktab (eski nomi Telman nomli maktab) Mamadali Qurbonov sharafiga qoʻyilgan va shu maktab hovlisida Mamadali Qurbonovning byusti oʻrnatilgan.
- Oʻzining vatanida Botken viloyati, Qadamjoy tumani Uchqoʻrgʻon qishlogʻida tojik maktabi Mamadali Qurbonov sharafiga qoʻyilgan[3].
Asarlar
tahrir- Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898-1991 godi.
- Tojikiston Ensiklopediyasi.
- Kommunistik Ensiklopediya.
- Kniga „Dokumenti sovetskoy istorii“. Sovetskoye rukovodstvo perepiska. 1928-1941 g. chast 5. str.379.
- Lichnoye delo deputata Verxovnogo Soveta SSSR 2 soziva Mamadali Kurbanova xranitsya v Gosudarstvennom arxive RF (lichnoye delo № R7523 48 598 iz 9 listov).
- Lichnoye delo Mamadali Kurbanova xranitsya v Gosudarstvennom arxive RF (lichnoye delo № 544 iz 19 listov) dati dela: 12-dekabrya 1937-10-fevralya 1946.
Olgan mukofotlari
tahrir- Lenin ordeni (17-oktabr 1939 yil). Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligida katta muvaffaqiyatlar va paxta rejasini oshigʻi bilan bajarganligi uchun.
- „Hurmat belgisi“ ordeni (28-aprel 1940 yil). SSSRda eng yirik irrigatsiya inshooti I. V. Stalin nomli Katta Fargʻona kanali qurilishida faol qatnashganligi uchun.
- Lenin ordeni (3-yanvar 1944 yil) bilan ikkinchi marta taqdirlangan.
- Shuningdek „Hurmat belgisi ordeni bilan uch marta, Qizil Mehnat Bayrogʻi va 2 darajali “Vatan urushi" ordenlari bilan taqdirlangan.
- koʻplab medallar, Qirgʻiziston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Sulolasi
tahrir- Oʻgʻli – Qurbonov Sergo-Shaxzoda Mamadaliyevich (Oʻsh shahrida 1964 yili tugʻilgan) – Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans Atlantik Grupp“ MChJ egasi[4].
Xotini Rahimaxon tomonidan qarindoshlari:
- Qudasi – Sulton Toirboyev – inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Qudasining ukasi – Qudrat Toirboyev – inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Qudasi – Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) – Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, yozuvchi.
- Sultonov, Boltihoji Sultonovich (1884-1919) – Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi (5-fevral 1918 yil).
- Oʻrinboy Rahmonov (1910-1980) – Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir.
- Izzat Sulton (toʻliq ismi Sultonov Izzat Otaxonovich) (Oʻsh shahrida 1910 yili tugʻilgan – Toshkent shahrida 2001 yili vafot etgan) – Toshkent kinostudiyasi direktori (1943-1945 yillar), Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi madaniyat boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948 yillar), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1956-1963 yillar), akademik (1995 yil), yozuvchi, dramaturg va adabiy tanqidchi.
- Sultonov Muxtor Nasrullayevich (Oʻsh shahrida 1926 yili tugʻilgan – Toshkent shahrida 1998 yili vafot etgan) Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri 1 oʻrinbosari, militsiya general-mayori (1979-1985 va 1989-1991 yillar).
- Sultonov Gʻani Sultonovich – Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari (1956-1957 yillar), Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vaziri (1954-1959 yillar).
- Sultonov – Oʻzbekiston SSR xalq maorifi vaziri.
- Azizullo Izzatullayev (1925 – 1991) – Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
Manbalar
tahrir- ↑ Курбанов_Серго_Мамадалиевич
- ↑ S Mikoyanom drujbu vodil i gorodom rukovodil…, 2018-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-21
- ↑ Uch-Korgon – selo kulturnogo raznoobraziya
- ↑ Sergo Mamadalievich[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Spisok premer-ministrov Tadjikistana[sayt ishlamaydi]
- Spisok deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 1 soziva[sayt ishlamaydi]
- Spisok deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 2 soziva[sayt ishlamaydi]
- Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898—1991 godi (Wayback Machine saytida 2015-02-27 sanasida arxivlangan)
- Ulitsa Mamadali Kurbanova
- S Mikoyanom drujbu vodil i gorodom rukovodil… (Archive.is saytida 2018-03-04 sanasida arxivlangan)
- Informatsionnoe soobщenie o zasedanii Soveta Soyuza 13-yanvarya 1938 goda
- Spisok premer-ministrov Tadjikistana
- Obщestvennoe obʼedinenie tadjikov im. Rudaki (1992 g.) (Archive.is saytida 2015-03-07 sanasida arxivlangan)
- Spisok deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 1 soziva
- Spisok deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 1 soziva (Archive.is saytida 2013-04-16 sanasida arxivlangan)
- № 223 I. V. Stalin – A. A. Andreevu Sanksioniruem predsedatelem SNK – Kurbanova
- Dokumenti sovetskoy istorii. Sovetskoe rukovodstvo Perepiska. 1928—1941 gg. Chast V
- Kurbanov_Sergo_Mamadalievich[sayt ishlamaydi]
- Personi Tsentrazii (Wayback Machine saytida 2015-12-08 sanasida arxivlangan)
Avval kelgan: Urumbay Ashurov |
Tojikiston Bosh vaziri 16-sentabr 1937-aprel 1946 |
Keyin kelgan:<br./>Djabar Rasulov |