Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi

Oʻzbekiston avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi transport vositalarini qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan[1] amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari) , Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi[2].

Avtomobil davlat raqami tavsifi
Avtomobil raqamlaridagi harflar va raqamlar uchun lotincha FE-Shriftdan foydalaniladi


1989-2000 yillarda amalda bo'lgan avtoraqam

Tarixi

tahrir

Oʻzbekistonda birinchi marta avomobil raqamlari 1920-yillarda chiqarilgan. 1938, 1944, 1977-yillarda yangi namunalar chiqarilgan[3]. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 2000-yilgacha amal qilgan. 1996-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2012-yil 31-dekabrgacha amal qildi. 2008-yil 1-oktabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi davlat raqamlari joriy qilindi[4]. Avtoraqamlar yuqori texnologoyalar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga qarshi xususiyatga ega[5].

Avtomototransport vositalariga beriladigan davlat raqamlari turlari

tahrir
520x112 mm 145x190 mm 520x112 mm tavsifi 145x190 mm tavsifi
    Yuridik shaxslar transportlariga beriladigan avtoraqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari[6]
  -- jismoniy shaxslarga tegishli transportlarga beriladigan raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni transportlariga beriladigan davlat raqamlari mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
  -- chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari --
  -- xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari --
    BMT va uning tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari[7]
    Chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
    Savdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
    Xalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
    Fuqaroligi chet davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
    yoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqami mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari
  -- Elektromobil uchun beriladigan davlat raqami[8] --

Tirkamalarga beriladigan davlat raqamlari turlari

tahrir
288x206 mm 288x206 mm tavsifi
  traktorlar, qurilish-yoʻl va melioratsiya texnikalari, yuridik shaxslarning oʻziyurar mashinalari, ikki qatorli davlat roʻyxatga olish raqamlari. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni oq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Yuqori chap burchakda traktorning sxematik chizilgani, pastki oʻng burchakda — hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari koʻrsatilgan.
  jismoniy shaxslarning traktorlari, qurilish-yoʻl va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalari, ikki qatorli davlat roʻyxatga olish raqamlari. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni sariq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Yuqori chap burchakda traktorning sxematik chizilgani, pastki oʻng burchakda — hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari koʻrsatilgan.
  yuridik shaxslarning traktor priseplarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari, ikki qatorli. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni oq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Oʻng pastki burchakda — hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari. Belgining shakli yuqori burchakli toʻrtburchakdir.
  jismoniy shaxslarning traktor priseplarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari, ikki qatorli. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni sariq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Oʻng pastki burchakda — hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari. Belgining shakli yuqori burchakli toʻrtburchakdir.

Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari

tahrir
Tasviri Tavsifi
 
 

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha (qora fon va oq yozuv) chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 1998-2018-yillarda aynan shunday namunadagi davlat raqamlaridan foydalandi. 2018-yildan boshlab, oq fondagi qora MV yozuvli yangicha davlat raqamlari joriy etildi[9]

Hududlar boʻyicha raqamlar

tahrir
Hudud 1989-2000-yillardagi 1996-2012-yillardagi 2008-yildan keyin
Toshkent[10] ТН 10, 30 01-09
Toshkent viloyati ТШ 11 10-19[11]
Sirdaryo viloyati СИ 12 20-24
Jizzax viloyati ДД 13 25-29
Samarqand viloyati СН 14 30-39
Fargʻona viloyati ФЕ 15 40-49
Namangan viloyati НА 16 50-59
Andijon viloyati АН 17 60-69
Qashqadaryo viloyati КФ 18 70-74
Surxondaryo viloyati СД 19 75-79
Buxoro viloyati БХ 20 80-84
Navoiy viloyati НВ 21 85-89
Xorazm viloyati ХЗ 22 90-94
Qoraqalpogʻiston Respublikasi КП 23 95-99[12]

Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus kombinatsiyalarning farqlanishi

tahrir

PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari;

PSS — Oʻzbekiston Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;[13]

PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari;

APC — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari);

DAV — Davlat hokimiyati markaziy tashkilotlarining (agentlik, markaz va boshqalar) rahbariyati;

AVH (Andijon), BVH (Buxoro), FVH (Fargʻona), JVH (Jizzax), KVH, NVH (Namangan, Navoiy), XVH (Xorazm) SVH (Samarqand) — viloyatlar hokimligi xodimlari;

USB, BGR — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshinlar;

VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSP, VSV — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;

PSFPSP — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari;

TSS, TST — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;

ZDF, ZDP — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari;

DXA, PXQ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari;

FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari;

MV, MT — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari;

TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG, TTH — taksilar;

Shuningdek, 2017-yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillarga uch bir xil harflardan iborat davlat raqamini (masalan, OOO, VVV, UZB kabi[14][15]) muayyan toʻlov asosida berish tartibi joriy qilindi. 2021-yil 1-noyabrdan boshlab elektromobillar uchun hudud raqami yashil rangli avtoraqam berilishi joriy qilindi[16]

Narxlari

tahrir

Toshkent shahrida

tahrir
Toifa nomi ROʻDRBning seriyadagi soni ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan
1-toifa 9 juft 001,007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888 100 130[17][18]
2-toifa 21 juft 002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080, 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 30 40
3-toifa 27 juft 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090, 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 10 15
4-toifa 36 juft 033, 044, 060, 066, 099, 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990. 8 10
5-toifa 75 juft 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191.212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494.515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696.733, 744, 755, 766, 788, 799.818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898.919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989. 5 7
6-toifa 160 juft 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399.401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899.901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998[19]. 3 5

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda

tahrir
Toifa nomi ROʻDRBning seriyadagi soni ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan
1-toifa 9 juft 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888 25 30
2-toifa 20 juft 002, 005,010, 020, 050, 070, 077, 080, 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 10 15
3-toifa 26 juft 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090, 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 5 7
4-toifa 36 juft 033, 044, 060, 066, 099.220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990 4 5
5-toifa 72 juft 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191.212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494.515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696, 733, 744, 755, 766, 788, 799.818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898, 919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989 3 4
6-toifa 720 juft 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399, 401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899.901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998 2 3

Qimmat avtoraqamlar

tahrir

2008-2017-yillar davomida yangi namunadagi avtomobil raqamlarining narxlarida rasman qatʼiy belgilangan narxlar boʻlmagan. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001-009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taqiqlangan edi. 2017-yilning 11-iyul kuni[20] Oʻzbekiston Prezidentining „Yoʻl harakatini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandi[21].

2017-yil 1-noyabr kuni samarqandlik yuridik shaxs auksion orqali „30 777 AAA“ davlat raqamini 340 million soʻm (taqriban 37200 $) evaziga sotildi[22].

2021-yil avgust oyida „30 Z 777 ZZ“ avtoraqami 441,5 million soʻmga (41000 dollar) sotildi[23].

2021-yil 26-oktyabr kuni auksionda boshlangʻich 243 mln soʻm narx bilan savdoga qoʻyilgan „01 O 001 OQ“ avtomobil raqami 498 million 150 ming soʻmga sotildi[24].

2022-yil 29-aprel kuni avtoraqamlar onlayn auksionida „50 777 ZZZ“ raqam belgisi boshlangʻich 135 million soʻm bilan savdoga qoʻyildi. 6-may kuni avtomobil raqami auksionda Namangan viloyatida yashovchi fuqaro tomonidan 669 600 000 soʻmga sotib olindi[25][26].

2023-yil 10-oktabr kuni birja auksionida yuridik shaxslarga moʻljallangan „01 777 RRR“ avtomobil raqami kimoshdi savdosida boshlangʻich 297 mln soʻm narx bilan savdoga qoʻyildi. Bir yarim soat davom etgan savdo jarayonida lot narxi 3 barobarga oshdi va avtoraqam 893,97 mln soʻmga (Markaziy bankning kursi boʻyicha 73,27 ming AQSh dollariga teng) sotildi. Ushbu savdodan soʻng bu raqam Oʻzbekistondagi yuridik shaxslar uchun moʻljallangan eng qimmat „chiroyli“ davlat raqamiga aylandi. Ushbu onlayn-auksionda faqatgina ikki nafar ishtirokchi qatnashib, jami 49 ta narx taklifini taqdim etishdi[26].

1996—2012-yillardagi avtoraqam turlari

tahrir
Tasviri Tavsifi
 
 
Yuridik shaxslarning avtomobillari uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Belgining formati hududning ikki xonali kodi (koʻk raqamlar), ikkita harf va uchta qora raqamdir. Hudud kodi chap tomonda alohida oynada joylashgan. Yuridik shaxslarning ikki qatorli davlat belgisi yuqori qatorda uchta raqam, ikkita harf va pastki qismdagi hudud kodi mavjud.
  jismoniy shaxslarning avtomobillari uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Belgining formati mintaqaning ikki xonali kodi (koʻk raqamlar), harf va qora rangdagi toʻrtta raqamdir. Viloyat kodi chap tomonda alohida oynada joylashgan.
  yuk va yengil avtomobillarga pritseplar va yarim Tirkamalar uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Ikki qatordagi belgilarni oʻz ichiga oladi: uchta raqam — yuqori, harf va hududning ikki xonali kodi — pastki qismida. Pastki burchaklar ajraladi.
  motorli transport vositalari (mototsikllar, skuterlar) uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Ikki qatordagi belgilarni oʻz ichiga oladi: uchta raqam — yuqori, harf va hududning ikki xonali kodi — pastki qismida.
  yoʻl harakatida vaqtincha ishtirok etishga ruxsat berilgan transport vositalari uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari (bir martalik tranzit). Ikki qatordagi belgilarni oʻz ichiga oladi: harf va hudud kodi — yuqori qatorda, toʻrtta raqam — pastki qismida. Yuqorida, sarlavhada „TRANZIT“ soʻzi yozilgan.
  H seriyali davlat roʻyxatga olish raqamlari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli yoki ijaraga olingan transport vositalariga beriladi. Ushbu turdagi raqamlar xorijiy fuqarolarning mashinalariga oʻrnatiladi. Sariq fonda belgilar mavjud. Formati jismoniy shaxslar bilan bir xil.
  xorijiy va qoʻshma korxonalarning avtomobillarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari. Koʻk fonda oq belgilarni oʻz ichiga oladi. Formati — M harfi va juft chiziq bilan ajratilgan toʻrtta raqam.
 
 
 
diplomatik vakolatxonalar xodimlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari. Yashil fonda oq belgilarni oʻz ichiga oladi. Formati — diplomatik vakolatxona harf kodi va juft chiziq bilan ajratilgan toʻrtta raqam. Harf kodlari quyidagicha boʻlishi mumkin:

CMD — diplomatik vakolatxona rahbari;

D — diplomat;

T — texnik xodimlar.

  BMT vakolatxonasining davlat roʻyxatga olish raqamlari.

Koʻk fonda oq belgilarni oʻz ichiga oladi. Format — „UN“ harflari va toʻrtta raqam juft chiziq bilan ajratilgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „2050-1-сон 10.01.2018. «Автомототранспорт воситаларини қайта рўйхатдан ўтказишни (қайд этишни) ташкил этиш ва амалга ошириш тартиби тўғрисидаги Йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруққа ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида“. LexUz.
  2. „Avtomobilnie Nomera Uzbekistana“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  3. http://www.avtonomer.net/content/view/269/45/
  4. Postanovlenie Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 27 iyunya 2007 g. № 131 „O merax po vnedreniyu novix obrazsov gosudarstvennix registratsionnix nomerov dlya avtomototransportnix sredstv“
  5. „Как делают автомобильные номера“.
  6. Postanovlenie Kabineta Ministrov
  7. Krasivie nomera — ponti ili neobxodimost?, 2015-09-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-02
  8. „Elektromobillar uchun alohida davlat raqam belgilari beriladi“. kun.uz.
  9. Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari oʻzgaradi
  10. „Новые автомобильные номера Узбекистана, автомобильные коды Узбекистана“.
  11. „Avtomobilnie nomera“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  12. https://uzpdd.uz/numbers.php
  13. „Специальные серии автомобильных номеров в Узбекистане“.
  14. Тошкентда UZB рақамли Toyota ҳайдовчиси қарама-қарши йўналишда ҳаракатлангани учун жаримага тортилди
  15. „Номера Узбекистана: Галерея“.
  16. „Elektromobillar uchun alohida davlat raqam belgilari beriladi“. kun.uz.
  17. „Оширилган тўлов ставкалари бўйича бериладиган I, IA, III, IIIA типидаги автотранспорт воситалари учун рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларининг“. LexUz.
  18. „Новые автомобильные номера Узбекистана, автомобильные коды Узбекистана“.
  19. Чиройли авторақамлар рўйхати ва нархи янгиланди
  20. https://daryo.uz/2017/07/12/ozbekistonda-chiroyli-avtomobil-raqamlari-auksion-orqali-sotiladi/
  21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
  22. https://uznews.uz/ru/article/7508
  23. „Ўзбекистонда энг қиммат «чиройли» авторақам қанчага сотилгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  24. Abdullaev, Sunnatilla „O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam sotildi“. qalampir.uz (28.102021). Qaraldi: 26-noyabr.
  25. Sultonova, Rushana „O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami sotildi“. qalampir.uz (2022-yil 7-may). Qaraldi: 26-noyabr.
  26. 26,0 26,1 „O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam qariyb 75 ming dollarga sotildi“. gazeta.uz. Qaraldi: 26-noyabr.

Havolalar

tahrir