Oqsuv jangi

Arab xalifaligi va Xitoydagi Tan davlati o‘rtasidagi jang

Oqsuv jangi — 717-yilda Umaviylar sulolasi va ularning iitifoqchilari Turkash xoqonligi qoʻshinlari hamda Tibet imperiyasi bilan Tan sulolasi (Xitoy) qoʻshini oʻrtasida sodir boʻlgan jang[4][5]. Turkashlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan arablar Sharqiy Turkiston (hozirgi Shinjon) hududidagi Oqsuv va Uchturfon shaharlarini qamal qilishadi. Tan sulolasi qoʻshini jangda arablarni magʻlub qilib, ularni chekinishga majbur qilishgan[6].

Oqsuv jangi
Sanalar 717-yil
Urush yeri Oqsuv va Uchturfon (Sharqiy Turkiston)
Natija Xitoydagi Tan davlati gʻalaba qiladi
Qoʻmondonlar
Al-Yashkuriy[1]
Suluk[2][3]
Tan Szyaxuey
Arslonxon (xitoycha Arsila Xian)
Kuchlar
Arab xalifaligi (Umaviylar sulolasi)
Tibet imperiyasi
Turkash xoqonligi
Tan davlati (Xitoy)
Qarluq xoqonligi
Gʻarbiy turk xoqonligi

Jang boshlanish sababi

tahrir

715-yilda arablar yordamida Fargʻona vodiysi ixshidi taxtdan agʻdarilib, oʻrniga Alutar oʻtiradi. Taxtdan agʻdarilgan ixshid Kuchar (Sharqiy Turkiston)ga qochib keladi. Ixshidga yordam berish uchun xitoyliklar sarkarda Chjan Syaosun boshchiligida 10 minglik qoʻshinni Fargʻonaga yuboradilar. Namanganda boʻlib oʻtgan jangda xitoylik harbiy sarkarda Alutar hamda arablarning birlashgan qoʻshinlarini magʻlub etib, ixshidning hokimiyatini qayta tiklab beradilar[6].

717-yilda arablar ittifoqchilari turkashliklar va tibetliklar bilan birga Xitoy tarkibidagi Oqsuv va Uchturfon shaharlarini qamal qilishadi. Oʻrta Osiyodagi Xitoy qoʻshinlari qoʻmondoni Tan Szyaxuy ularga qarshi ikkita qoʻshin yuboradi: biri Tan Szyaxuyning oʻzi boshliq piyoda qoʻshinlar, ikkinchisi esa Arslonxon (xitoycha Arsila Xian) boshliq qarluq otliqlari edi. Jangda arab qoʻshini magʻlubiyatga uchradi va chekinishga majbur boʻldi. Koʻplab arab jangchilari asirga olinadi. Arab xalifaligi ularning ozod boʻlishlari uchun gʻolib tomonga oltinda oʻlpon toʻlashga majbur boʻladi.

Jang natijasi

tahrir

Jang natijasida arablar Movarounnahrning shimolidan quvib chiqariladi. Turkash xoqonligi Xitoy vassaligiga oʻtadilar va keyinchalik Fargʻonada arablarga qarshi harbiy yurish qiladilar. Bunday sadoqatliligi uchun Xitoy imperatori turkashlar xoqoni Sulukga imperator unvonini berib, Suyob shahri bilan mukofotlaydi[7]. Xitoy yordamida turkashlar arablar joylashgan yerlarga muntazam harbiy yurishlar uyushtirib, oxir-oqibatda bir necha qalʼalardan tashqari, butun Fargʻonani oʻzlariga boʻysundirishga erishadilar.

Manbalar

tahrir
  1. Christopher I. Beckwith. The Tibetan Empire in Central Asia: A History of the Struggle for Great Power Among Tibetans, Turks, Arabs, and Chinese During the Early Middle Ages (ingliz tilida). Princeton University Press, 1993 — 88—89-bet. ISBN 0-691-02469-3. 
  2. René Grousset. The Empire of the Steppes: A History of Central Asia (ingliz tilida). Rutgers University Press, 1970. ISBN 978-0-8135-1304-1. 
  3. Jonathan Karam Skaff. Sui-Tang China and Its Turko-Mongol Neighbors: Culture, Power, and Connections, 580-800 (ingliz tilida). Oxford University Press, 2012. ISBN 978-0-19-999627-8. 
  4. Insight Guides. Insight Guides Silk Road (ingliz tilida). APA, 2017. ISBN 978-1-78671-699-6. 
  5. Marvin C. Whiting. Imperial Chinese Military History: 8000 BC-1912 AD (ingliz tilida). iUniverse, 2002. ISBN 978-0-595-22134-9. 
  6. 6,0 6,1 Bai, Shouyi et al. A History of Chinese Muslim (Vol.2). Beijing: Zhonghua Book Company, 2003 — 235-236-bet. ISBN 7-101-02890-X. 
  7. Zongzheng, Xue (1992), s.596—597,669