Qirg`izistonda Ahmadiya ta'limoti

Ahmadiya Qirgʻizistondagi islomiy jamoa boʻlib, uning taʼlimotlari mamlakatga ilk bor 1990-yillar boshida pokistonlik missionerlar tomonidan olib kelingan. Jamiyat mamlakatda birinchi marta 2002-yilda roʻyxatga olingan boʻlsa-da, 2011-yilda Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi uni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortgani sababli uni roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatilgan. Bugungi kunda diniy taʼqiblarga uchragan Hamjamiyat poytaxt Bishkek va mamlakatning yana uchta mintaqasi boʻylab tarqalgan 1000 ga yaqin aʼzoni ifodalaydi.

Ahmadiya harakatining ramziy belgisi
Ahmadiya harakatining dunyo b`ylab tarqalish darajasi (qancha toʻq boʻlsa, shuncha koʻproq odamni qamrab olgan)
Ahmadiya harakati (taʼlimoti) tarqalgan mamlakatlar
Davlatlar
Afrika

JazoirAngolaBeninBotsvanaBurkina FasoBurundiKamerunKabo-VerdeMarkaziy Afrika RespublikasiChadKomor orollariKot-d’IvuarKongo DRKongo RespublikasiJibutiMisrEkvatorial GvineyaEritreyaEfiopiyaGabonGambiyaGanaGvineyaGvineya-BisauKeniyaLesotoLiberiyaLiviyaMadagaskarMalaviMaliMavritaniyaMavrikiyMarokashMozambikNamibiyaNigerNigeriyaRuandaSenegalSeyshel orollariSyerra-LeoneSomaliJanubiy AfrikaSudanSvazilendTanzaniyaTunisUgandaZambiyaZimbabve

Osiyo

AfgʻonistonBahraynBangladeshButanBruneyBirmaKambodjaXitoyGonkongHindistonIndoneziyaIroqEronIsroilIordaniyaQozogʻistonKoreyaQuvaytQirgʻizistonLaosLivanMalayziyaMaldiv orollariMoʻgʻulistonNepalUmmonShimoliy KoreyaPokistonFalastinFilippinQatarRossiyaSaudiya ArabistoniSingapurJanubiy KoreyaShri-LankaSuriyaTayvanTojikistonTailandKurkaTurkmanistonBirlashgan Arab AmirliklariOʻzbekistonVetnamYaman

Yevropa

AlbaniyaAndorraArmanistonAvstriyaOzarbayjonBelarusBelgiyaBosniya va GertsegovinaBolgariyaXorvatiyaKiprChexiyaDaniyaEstoniyaFinlandiyaFransiyaGruziyaGermaniyaGretsiyaVengriyaIslandiyaIrlandiyaItaliyaJersiKosovoLatviyaLixtenshteynLitvaLyuksemburgMaltaMoldovaMonakoChernogoriyaNiderlandiyaShimoliy MakedoniyaNorvegiyaPolshaPortugaliyaRuminiyaRossiyaSan-MarinoSerbiyaSlovakiyaSloveniyaIspaniyaShvetsiyaShveysariyaUkrainaBirlashgan Qirollik

Amerika

Antigua va BarbudaBarbadosBelizBraziliyaKanadaChiliKolumbiyaKosta-RikaKubaDominikaDominik RespublikasiEkvadorSalvadorGvatemalaGayanaGaitiGondurasYamaykaMeksikaNikaraguaPanamaParagvayPeruSurinamTrinidad va TobagoQoʻshma Shtatlar

Okeaniya

AvstraliyaSharqiy TimorFijiKiribatiMarshall orollariMikroneziyaNauruYangi ZelandiyaPalauPapua-Yangi GvineyaSamoaTongaTuvaluVanuatu

Qirgʻiz Respublikasi
qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы
ShiorYoʻq
Madhiya: Кыргыз Республикасынын Мамлекеттик Гимни
"Qirgʻiz Respublikasi Respublikasi Davlat Madhiyasi"
Location of Qirg`izistonda Ahmadiya ta'limoti
Poytaxt Bishkek
Rasmiy til(lar) Qirg'izcha (Davlat)
Ruscha (Rasmiy)
Hukumat Parlament Respublika
• Prezident
Sadir Japarov
Ulukbek Maripov
Mustaqillik (Sovet Ittifogʻidan)
• Sana
31-avgust 1991
Maydon
• Butun
198,500 km2 (86-oʻrin)
• Suv (%)
3,6
Aholi
• 2018-yilgi roʻyxat
6,389,500 (110-oʻrin)
• Zichlik 27/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
$24 milliard (139-oʻrin)
• Jon boshiga
$3,844
Pul birligi Soʻm (KGS)
Vaqt mintaqasi UTC+6
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma KG
Telefon prefiksi 996
Internet domeni .kg


Tarixi

tahrir
 
Qirgʻiziston topografik xaritasi

Ahmadiya Musulmon Jamiyati Qirgʻizistonga ilk bor 1990-yillar boshida Pokistondan yuborilgan qator missionerlarning saʼy-harakatlari bilan kirib kelgan. Hamjamiyat mamlakatda birinchi marta, taxminan oʻn yil oʻtib, 2002-yilda roʻyxatga olingan. Biroq, roʻyxatga olish Bishkekdan tashqaridagi hududlarni hisobga olmadi. Qolaversa, Bishkekda Ahmadiylar, garchi aʼzolarining aksariyati qirgʻiz millatiga mansub boʻlsa ham faqat „chet ellik missiya“ sifatida roʻyxatdan oʻtishga muvaffaq boʻldilar. Poytaxtdan tashqari hududlarda hamjamiyat roʻyxatdan oʻta olmadi.[1] Uning chet el missiyasi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi natijasida Ahmadiy musulmonlar davlatning rasmiy ruxsatisiz har qanday diniy faoliyat bilan shugʻullanishlari taqiqlangan.[2] Mahalliy Ahmadiy vakiliga koʻra, bu poytaxtdan tashqari hududlarda roʻyxatdan oʻtishni qiyinlashtirgan. 2007-yilda Ahmadiy musulmonlarga rasmiy roʻyxatdan oʻtmasdan oʻsha hududlarda jamoat joylarida yigʻilmaslikka buyurilgan edi.[1]

2008-yilda Ahmadiy musulmonlar Qur’onni qirgʻiz tiliga tarjima qilib, 3000 dan ortiq diniy bitikni nashr etishdi.[3] Biroq uning tarjimasi qirgʻiz ruhoniylarining rasmiy vakillari tomonidan rad etilgan.[4]

Ahmadiylikni cheklash

tahrir

Mamlakat xavfsizlik xizmatining Ahmadiylar „anʼanaviy islomga qarshi“ „xavfli harakat“ vakili ekani haqidagi daʼvosini hisobga olib, Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi 2011-yilda Jamiyatni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortdi. Bu cheklov Bishkek va shuningdek, Ahmadiya mavjud boʻlgan boshqa viloyatlar[5], yaʼni Oʻsh, Issiqkoʻl va Chuyni ham oʻz ichiga oldi.[4] Komissiya ichidagi rasmiylar Ahmadiya harakati „diniy xavfsizlikka tahdid“ ekanligini va „shariat qonunlariga mos kelmasligini“ taʼkidladi.[6] Oʻshandan beri mamlakatning poytaxti Bishkekdagi bosh Ahmadiya masjidi yopiqligicha qolmoqda.[5]

2013-yilda ikkita quyi sudlar Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi nuqtayi nazarini qoʻllab-quvvatlovchi qarorlar qabul qildi. Natijada, Ahmadiya Musulmonlar Jamiyatining yetakchi aʼzosi Salamat Qishtobayev Oliy sudga apellyatsiya arizasi topshirdi, keyinchalik u 2014-yil iyul oyida rad etildi. Sudya Ayynash Toʻqbayeva raisligida oʻtgan sud majlisida komissiya aʼzolari, shuningdek, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi maxfiy politsiyasi vakillari ishtirok etdi.[7] Ismini oshkor etmagan huquq himoyachisiga koʻra, „hokimiyat televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalarida hamda masjidlarda Ahmadiy musulmonlar va boshqa zaif diniy guruhlar haqida nafrat bilan chiqqan chiqishlarga koʻz yumadi“.[8]

Qotillik

tahrir

2015-yilning 22-dekabr kuni Ahmadiy musulmon Yunusjon Abdujalilov Oʻsh viloyatining Qashqar-Qishtak qishlogʻidagi uyi oldida oʻldirilgan.[9] Uch kundan soʻng, 25-dekabr kuni mahalliy politsiya toʻqqiz nafar gumonlanuvchini hibsga oldi, ular "Iroq va Shom Islomiy davlati"ga aloqador terrorchi guruh tomonidan Ahmadiylarga hujum uyushtirishga buyurilganlari aniqlangan. Gumonlanuvchilardan biri oʻsha yilning sentabr oyida oʻsha qishloqda istiqomat qiluvchi yana bir Ahmadiy musulmon Ulugʻbek Turdaxunovni oʻldirishga suiqasd qilganini tan oldi. Mustaqil huquq himoyachisiga koʻra, Ahmadiylarga qoʻyilgan diniy cheklovlar va qotillikning oʻzi oʻrtasida bilvosita bogʻliqlik bor.[9]

Yana qarang

tahrir
  • Qirgʻizistonda islom

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Mushfig Bayram. „KYRGYZSTAN: "Don't meet for worship"“ (13-avgust 2009-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  2. „Kyrgyz police prevents faithful from meeting in private home to pray“ (17-avgust 2009-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  3. „"Ахмадийцы" проявляют недовольство“ (Russian) (29-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  4. 4,0 4,1 „"Ахмадийцы" проявляют недовольство“ (Russian) (29-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil."„Axmadiysi“ proyavlyayut nedovolstvo" (in Russian). December 29, 2011. Retrieved July 4, 2016.
  5. 5,0 5,1 Mushfig Bayram. „KYRGYZSTAN: "We have not been able to pray and worship together"“ (18-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  6. „Kyrgyz Officials Reject Muslim Sect“ (30-dekabr 2011-yil). 7-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  7. Mushfig Bayram. „KYRGYZSTAN: Ahmadis "must not worship together. Otherwise they will be punished"“ (17-iyul 2014-yil). Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  8. Mushfig Bayram. „KYRGYZSTAN: Freedom of religion or belief without state permission = murder?“ (18-fevral 2016-yil).
  9. 9,0 9,1 Mushfig Bayram. „KYRGYZSTAN: Freedom of religion or belief without state permission = murder?“ (18-fevral 2016-yil).Mushfig Bayram (February 18, 2016). „KYRGYZSTAN: Freedom of religion or belief without state permission = murder?“.