Uzum (kompaniya)
Uzum – jismoniy shaxslar, kichik va oʻrta biznes egalari uchun e-commerce, fintex va bank xizmatlari: marketpleys, ekspress-yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL-servis, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun barcha kerakli xizmatlarni birlashtirgan Oʻzbekiston raqamli ekotizimi. Har oyda Oʻzbekistonning 10 milliondan ortiq aholisi Uzum xizmatlaridan foydalanadi[6].
Uzum ekotizimi logotipi | |
Turi | ommaviy kompaniya |
---|---|
Egasi |
Jasur Jumayev Boris Dobrodeev |
Qachon asos solingan | 2022-yil[1] |
Joylashuvi | Birlashgan Arab Amirliklari[2][3] |
Asoschi(lari) |
Jasur Jumayev Boris Dobrodeev |
Rahbariyat |
• Jasur Jumayev – CEO, ekotizim asoschisi[4] • Nikolay Seleznyov – Strategiya va biznesni rivojlantirish direktori[4][5][6], • Roman Lavrentyev – Operatsion direktor[4][7], • Nikita Gulyayev – Moliya direktori[4], • Sergey Salikov – Yuridik departament boshligʻi[4], • Anna Melnova – Marketing boʻlimi direktori[4], • Kevin Xanda – CTO&CPO[4], • Yegor Abramets – Uzum Fintech bosh direktori[4], • Dmitriy Benzoruk – Uzum E-commerce bosh direktori[4], • Mariya Skorik – Aloqa va ijtimoiy loyihalar boʻyicha direktor[8] |
Brendlari |
Uzum Market Uzum Tezkor Uzum Bank Uzum Nasiya Uzum Business Uzum IT-akademiyasi Uzum Avto (test rejimida) Uzum Media (test rejimida)[9] |
Kapitallashtirish | 100,000 dollar |
Sof foydasi | 100 million dollar[10][11] |
Ishchilar soni | 10,000[9] |
Mijozlar soni | oyiga 10 milliondan ortiq[9][10] |
Vebsayti | uzum.com |
Til(lar)i | oʻzbekcha, inglizcha, ruscha[9] |
Uzum Market, Uzum Tezkor, Uzum bank, Uzum Nasiya, Uzum Business, Uzum IT-akademiyasini oʻz ichiga olgan ekotizim The National E-commerce Strategy tomonidan 1,16 milliard dollarga baholanib, Oʻzbekistondagi ilk „yakkashox“ kompaniyaga aylandi[12][13][14]. Shuningdek, ekotizim tarkibida Uzum Avto va Uzum Media xizmatlari ham test rejimida faoliyat olib bormoqda[10].
Bugungi kunda Uzumda 10,000 ga yaqin xodimlar ishlaydi. Ularning 1,000 nafari raqamli mahsulotlar yaratish, ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi dasturchi mutaxassislardir[10]. Shuningdek, dasturchilarning qariyb 80 foizi oʻzbekistonlik IT-mutaxassislardir[15][3][16]. Uzum vakillari kompaniyada yangi xodimlardan tashqari VKontakte va AliExpress Rossiya kompaniyalarining bir qancha xodimlari ham ishlayotgani haqida xabarni tasdiqlab, ularga Rossiyaning bir qator kompaniyalari – Ozon, Yandex, Delivery Club va boshqa kompaniyalarning sobiq xodimlari ham qoʻshilganini ochiqladilar[3].
2024-yil oxirigacha Uzum Yaqin Sharq, Buyuk Britaniya va AQSh investorlariga loyiha taqdimotini qilib, taxminan, 200 million dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda[17][18][1][19][20].
Tarixi
tahrirEkotizimga KupiKupon hammuassisi Jasur Jumayev va VKontakte kompaniyasining sobiq bosh direktori Boris Dobrodeev tomonidan asos solingan.
Kompaniya rivojlanish uchun asoschilar 100 million dollar mablagʻ yigʻishga erishdilar. Mablagʻning yarmini kompaniya kredit oʻlaroq olgan boʻlsa, qolgan mablagʻ investorlar tomonidan tikilgan. Investorlar tikkan mablagʻning asosiy qismi FinSight Ventures fondi tomonidan tikilgan[10][17]. Natijada investorlar 5%gacha boʻlgan miqdorda ulushga ega boʻlgan[20][1][17].
Nomlanishi
tahrirKompaniya vakilining tushuntirishicha, Uzum nomi ushbu meva Oʻzbekiston uchun anʼanaviy ekinlardan biri boʻlib, oʻzbek xalqiga tushunarli va yaqin tasvirga ega boʻlgani uchun tanlangan. Va, albatta, bu yerda metafora ham ishlatilgan: ekotizim ham, uzum dastasi kabi, turli xizmatlarni birlashtiradi[3].
Kapitalbank bilan integratsiya
tahrirBank Apelsin Uzum kompaniyalari guruhiga qoʻshilib, oʻz rasmiy nomi oʻzgarishi haqida xabar bergan[21][22][23][24]. Aksiyadorlardan biri korporativ axborot yagona portalida maʼlum qilishicha, 2022-yil 31-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari yigʻilishda bank nomini Uzum bank AJga oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qilingan[25]. Birlashuv natijasida mijozlar bir ilovada karta va kreditni rasmiylashtirish, tovar xarid qilish kabi imkoniyatlarga ega boʻlishi[26] bilan bir qatorda „Apelsin“ ilovasining interfeysi ham toʻq sariq rangdan binafsha rangiga[27] bank nomi esa Uzum bank AJga oʻzgartirilgan[26][28][29]. Bu haqida 2022-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Markaziy banki bank nomi oʻzgargani munosabati bilan bank litsenziyasi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganini maʼlum qildi[29].
Integratsiya shartlari orasida Kapitalbank oʻz brendini saqlab qolishi va bank hamkorlari va mijozlari uchun shartlarga oʻzgartirishlar kiritilmasligi belgilangan[30].
Bank Apelsin haqida
tahrirBank Apelsin – Kapitalbankning shoʻba banki boʻlib, 2021-yilning kuzida tashkil etilgan. Bank maʼlumotlariga koʻra, Apelsin ilovasidan 3 milliondan ortiq kishi foydalanadi[29].
Kapitalbank aksiyalarining sotib olinishi
tahrirUzum ekotizimini boshqarib kelayotgan „Djuzum SPV“ kompaniyasining shoʻba korxonasi boʻlmish „Finance TCI“ MChJ 2022-yilning 28-dekabrida „Kapitalbank“ ATB aksiyalarining 50 foizini, 214,4 mln dona aksiyaning har birini 3,670 soʻmdan 786,89 mlrd. soʻmga sotib oldi. Natijada kompaniya 61,54% (263,8 mln dona) ulush bilan „Finance TCI“ MChJ „Kapitalbank“ ATBning majoritar aksiyadoriga aylandi[23][31][24][32][33][30].
„Finance TCI“ MChJ asli Alisher Usmonovga tegishli boʻlgan. Ammo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalarga uchraganligi tufayli kompaniyani Kapitalbank biznesini rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan „xususiy investorlar guruhi“ga sotishini eʼlon qilgan edi[32][33].
Click bilan integratsiya harakatlari
tahrir2023-yil 12-iyunda Click kompaniyasi oʻz sahifasida Uzum bilan integratsiya toʻgʻrisida bitim imzolangani haqida xabar berdi[34][35][36]. „Birlashuvdan umumiy maqsadimiz – kundalik moliyaviy va maishiy vazifalarni hal etish uchun ekotizim yaratish, tadbirkorlarga jahon standartlari darajasida moliyaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ularning faoliyatini soddalashtirishga koʻmaklashishdir“, – deydi Uzum ekotizimi bosh direktori Jasur Jumayev[37]. Xabarda, shuningdek, avia, temir yoʻl, transport vositalariga chiptalarni bron qilish servisi, sayohat agregatori va davlat servislari bilan integratsiyalarga bogʻliq rejalari ham borligi haqida aytilgan edi[34][38][37][39]. Kompaniyalarning rasmiy bayonotida birlashuv natijasida Click mulkdorlari Uzumning aksiyadorlariga aylanishi maʼlum qilingan[40].
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Shohruh Shorahmedov jurnalistlarga bergan intervyusida birlashuvga nisbatan „Raqobat toʻgʻrisida“gi qonunning 16−17-moddalariga koʻra, agar bitim ishtirokchilari aktivlarining umumiy qiymati yoki ularning yillik daromadi BHMning 100 ming (33 mlrd soʻm) baravardan oshsa, monopoliyaga qarshi organlarning dastlabki roziligi talab qilinishini keltirib[41], Uzum va Click kompaniyalari birlashuvi faqat qoʻmita ruxsati bilan amalga oshishini taʼkidlab oʻtdi. Click kompaniyasining 11 milliondan ziyod foydalanuvchisi borligi, Uzum esa tez ommalashayotganining oʻziyoq monopoliya xavfini tugʻdirishi mumkinligi haqidagi savolga javoban boshqa toʻlov tizimlarida ham millionlab foydalanuvchilar borligini keltirib oʻtdi[38].
2023-yil 12-iyun kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan „Digital Uzbekistan“ forumida Raqobat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farruh Qoraboyev oʻz intervyusida kompaniyalar qoʻshilishga dastlabki rozilik olish uchun ariza bermaganini aytib oʻtdi[35].
Bir yildan soʻng Uzum direktorlar kengashi ekotizimdagi fintex xizmatlarini rivojlantirishga eʼtibor qaratmoqchi ekanligini taʼkidlab, Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qilgani haqida xabar berdi[42].
Shuningdek, Uzum kompaniyasi 2022-yil dekabrida „Kapitalbank“ning 50 foiz ulushini sotib oldi. Avvalroq esa bankning shu’ba korxonasi boʻlmish „Apelsin“ raqamli banki Uzum ekotizimiga qoʻshilib, oʻz nomini Uzum bank deb oʻzgartirgandi[38].
Xizmatlari
tahrirEkotizim tarkibida Uzum Market, Uzum Tezkor, Uzum bank, Uzum Nasiya, Uzum Business, Uzum IT-akademiyasi kabi xizmatlar mavjud.
Uzum Market va uning Uzum Tezkor yetkazib berish xizmati orqali 2023-yil davomida 10 milliondan ortiq buyurtmalar yetkazib berilib, ikki loyihaning qiymati qariyb 150 million dollarni tashkil etdi[10].
2024-yilning oxirigacha kompaniya oʻzining barcha takliflarini biri isteʼmol segmentiga, ikkinchisi esa biznes sektoriga qaratilgan ikkita ilovaga birlashtirishni rejalashtirmoqda[43][44].
Uzum Market
tahrirUzum Market – Uzum ekotizimining ilk loyihasi boʻlib, bugungi kunda xizmat ilovasida 11 000 dan ortiq sotuvchilarning (30%i ayollar[45]) 600 mingdan ortiq mahsulot turlari mavjud[45][46]. Mahsulot qabul qilish punktlari mamlakat boʻylab 72 ta joyda mavjud boʻlib[47][48], kuniga 1000 dan ortiq buyurtmalar yetkazib berilmoqda[47][27]. 2024-yilda yetkazib berish punktlari tarmogʻini mamlakatdagi 10 mingdan ortiq aholiga ega boʻlgan barcha aholi punktlarini qamrab olgan holda, 1 000 dan ortiq punktga kengaytirish rejalashtirilgan[47][45][49][48].
Uzum Tezkor
tahrirUzum Tezkor – Uzum ekotizimining yetkazib berish xizmati 2023-yil 15-mayda ishga tushirilgan boʻlib, hozirda mamlakatning 8 ta katta shaharlaridagi 1600 dan ortiq kafe, restoran va doʻkonlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻygan[50][5][6]. Xizmat ilovasida 20 mingdan ortiq taom, ichimlik va tovar nomlari mavjud[51].
Hamkorlik oʻrnatgan restoran egalarining taʼkidlashicha, joylardagi buyurtmalarning 40 foizi yetkazib berishga toʻgʻri keladi. Xizmat statistikasiga koʻra, eng koʻp buyurtma qilinadigan taom – lavash[51].
Ekotizim 2024-yil 11-oktyabrdagi press-relizida eʼlon qilishicha, Uzum Tezkor Korzinka bilan KorzinkaGo mahsulotlarini ham yetkazib berish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻydi[52].
Uzum Nasiya
tahrirUzum Nasiya – ekotizimning Paymart kompaniyasi bilan integratisyasi natijasida yaratilgan loyihasi[15][16][27][53][24][54][26]. Uzum Marketdagi buyurtmalarning 55 foizdan ortigʻi ushbu xizmat orqali boʻlib toʻlashga xarid qilinadi[10]. 2023-yilning oʻzida oʻzbekistonliklar Uzum Nasiya orqali 1,3 million xaridni amalga oshirdi.
2024-yilning 2-choragida esa xizmat hamkorlari soni 20 foizga oshdi[5][6].
Uzum Business
tahrirUzum Business – Uzum ekotizimining yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar va korporativ mijozlar uchun bank xizmatlarini birlashtirgan yangi raqamli platformasi. Platforma orqali tadbirkorlar oʻz biznesini roʻyxatdan oʻtkazishdan tortib, tashkilotning barcha toʻlovlari va hisoblarini boshqarishgacha boʻlgan jarayonlarni amalga oshirishi mumkin[55].
PLAS Forum doirasida „Kapitalbank“ning Masofaviy qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish departamenti direktori Yuliya Smirnova Uzum Business haqida oʻz fikrini bildirar ekan,
Biz uchun tadbirkorlar biznesga eʼtibor qaratishlari muhim, biz esa ular uchun navbatsiz qulay hizmat shakllantirmoqdamiz. Shu bilan birga, bank mahsulotlarini masofadan qayta ishlash boʻyicha xizmat koʻrsatish darajasi anʼanaviy savdo kanallaridan qolishmaydi,
– deya taʼkidlab oʻtdi[56][57].
Tadbirkorlar xizmatlardan 6 oy bepul foydalanishlari mumkin boʻladi. Soʻngra esa boshqa banklarga boʻlgan barcha debet operatsiyalaridan 0,1% komissiya olinadi[57][56].
Uzum Bank
tahrirUzum bank – Uzum ekotizimiga kiruvchi raqamli bank. Ushbu xizmat mamlakat boʻylab tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov qilish imkoni mavjud boʻlgan 15 000 dan ortiq hamkorlik punktlariga ega[58].
Xizmat ustav kapitali 200 milliard soʻmni tashkil etadi[2]. Ekotizim bank servislarining tadbirkor-mijozlari soni 2024-yilda 2023-yilga qaraganda 35 foizga oʻsdi[6].
Uzum IT-akademiyasi
tahrirUzum IT-akademiyasi – Uzum ekotizimining IT yoʻnalishlarini oʻqitishga moʻljallangan oʻquv dasturi.
Akademiyaning ilk oqimida Toshkent, Samarqand, Angren, Fargʻona, Zarafshon, Keles va Chirchiqlik 220 nafar oʻquvchilar 4 xil yoʻnalishda, Javada dasturlash, Goda dasturlash, biznes tahlillari va helpdesk yoʻnalishlarida taʼlim oldi[8]
Uzum Avto
tahrirUzum Avto – ekotizimning hozirda test rejimida faoliyat olib borayotgan loyihasi. Ushbu xizmat mijozlarga avtomashinalarni hozircha faqatgina Toshkent shahrida joylashgan dilerlardan xarid qilish imkonini beradi[44]. Uzum Avto boshqaruvchi direktori, Yegor Abramets kompaniya kelajakda butun mamlakat boʻylab oʻz dilerlik tarmogʻini kengaytirish va xususiy sotuvchilarni jalb qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi[59].
Uzum Media
tahrirUzum Media – raqamli servislardan foydalangan holda aql bilan sarflash va samarali tejash haqida onlayn jurnal. Jurnal uchta rubrikadan tashkil topgan: „Xaridlar“ – koʻplab tovarlar orasidan keraklilarini qanday toʻgʻri tanlab olish; „Sarflash va tejash“ – katta xaridlar uchun mablagʻ yigʻish yoki sotib olishda FinTech va bank xizmatlaridan foydalanish; „Xavfsizlik“ – maʼlumot va mablagʻlarni himoya qilish[60].
Loyiha ekspertlari Uzum Market marketpleysining mutaxassislari, „Kapitalbank“ va Uzum bankning xodimlari, Uzum Business platformasi va boshqa yetakchi kompaniyalari ekspertlari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari mutaxassislaridan iborat boʻladi[60].
Uzum Media loyihasi rahbari, Valeriya Bulycheva loyiha haqida quyidagicha fikr bildirdi:
Bizning vazifamiz pullar va shoping haqidagi mediani yaratishdir[60].
Yutuqlari
tahrir- Oʻzbekiston Marketing uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan 2022-yil 20-maydagi „Yil brendi 2022“ taqdirlash marosimi: Uzum Market – isteʼmolchilar ovoz berishicha, „Chakana savdo – marketpleys“ nominatsiyasi boʻyicha, ekspertlar ovoz berishicha, „Chakana savdo“ nominatsiyasi boʻyicha; Uzum bank – „Banklar, moliya institutlari va sugʻurtalash“ naminatsiyasi boʻyicha; Uzum ekotizimi – „Axborot texnologiyalari va yechimlari“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi[61][62];
- Oʻzbekiston Marketing uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan 2023-yildagi „Yil brendi 2023“ taqdirlash marosimi: Uzum Market – bir ovozdan isteʼmolchilarning va ekspertlar tomonidan „Savdo“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan boʻlsa, Uzum Tezkor – isteʼmolchilarning ovoz berish natijasiga koʻra „Yetkazib berish xizmati“ nominatsiyasi boʻyicha; Uzum ekotizimi – „IT va mobil ilovalar“ hamda „Yilning eng yaxshi yutuqlari“ maxsus nominatsiyalari boʻyicha ekspertlar tomonidan gʻolib deb topildi[63][64].
- The Recap: Leaders In Fintech Awards 2023: Yilning raqamli ekotizimi[65].
- „Entrepreneur Middle East“ tomonidan oʻtkazilgan „Leaders in Fintech Awards 2023“ tanlovida „Yilning raqamli ekotizimi“ unvonini qoʻlga kiritdi[16].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Uzum привлёк более 200 млн инвестиций“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Uzum Bank разместит акции на 150 млрд сумов“. https://www.uzdaily.uz. uzdaily. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Экс-глава VK и основатель «КупиКупон» создадут ИТ-холдинг в Узбекистане До конца года холдинг планирует привлечь $300 млн и в течение трех лет провести IPO“. https://www.rbc.ru. rbc.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 „Rahbariyat“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Экосистема Uzum подвела итоги первого полугодия“. https://forbes.kz/. Forbes. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 „Uzum ekotizimi birinchi yarim yillik natijalarini sarhisob qildi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Uzum xalqaro universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Uzum IT-akademiyasining birinchi o‘quv oqimi yakunlandi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 „Uzum ekotizimining veb-sayti“.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 10,6 „Гроздья монет: как Uzum стал первым «единорогом» в Узбекистане“. https://www.forbes.ru. Forbes. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Цифровая экосистема Uzum стала первым технологическим «единорогом» в Узбекистане“. https://rb.ru. rb.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Uzbekistan Consumers Turn to Online Marketplaces, Choose Local Players“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Uzum стала первым «единорогом» в Узбекистане“. https://kz.kursiv.media. kursiv.media. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Uzum and UNDP join forces to boost digital skills in Uzbekistan“. https://www.undp.org. UNDP Uzbekistan. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 15,0 15,1 „Putting Uzbekistan On The Global Tech Map: Uzum Co-Founder And CEO Djasur Djumaev“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Putting Uzbekistan On The Global Tech Map: Uzum Co-Founder And CEO Djasur Djumaev“. https://www.entrepreneur.com. Enterpreneur.com. Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 „Uzum becomes first tech unicorn in Uzbekistan after raising over 2600 mln in funding“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Первой в Узбекистане компанией-«единорогом» стал IT-холдинг Uzum“. https://fergana.agency. fergana.agency. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Uzum became the first unicorn in Uzbekistan, a company with an estimated value of more than $ 1 billion“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 20,0 20,1 „Экосистема Uzum привлекла более 2900 млн“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Kapitalbank Uzum xoldingi tarkibiga kiradi“. https://www.kapitalbank.uz. Kapitalbank. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Bank Apelsin расман Uzum Bank'га айланди“. https://bankers.uz. Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 23,0 23,1 „Finance TCI «Kapitalbank» aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi“. https://www.gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 „“Kapitalbank” ATB Uzum ekotizimining bir qismi bo‘ladi“. https://kapitalbank.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „"BANK APELSIN" АЖ номи "UZUM BANK" АЖга ўзгартирилиши расман маълум бўлди“. https://bankers.uz. Banker.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 „Rasman Apelsin banki nomi Uzum Bankga o‘zgartirildi“. https://www.spot.uz. Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 27,0 27,1 27,2 „Apelsin banki Uzum kompaniyalar guruhiga qo‘shilib, nomini o‘zgartiradi“. https://www.spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „“Apelsin” banki “Uzum” kompaniyalari guruhiga qo‘shilib, o‘z nomini o‘zgartiradi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 „Bank Apelsin стал Uzum Bank“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 30,0 30,1 „«Kapitalbank» Uzum ekotizimining bir qismiga aylanganini ma’lum qildi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Alisher Usmonovga aloqador kompaniya «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini sotib oldi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 32,0 32,1 „Finance TCI приобрела контрольный пакет акций «Капиталбанка»“. https://www.spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 33,0 33,1 „Alisher Usmonovga taalluqli kompaniya “Kapitalbank”ning 50 foiz ulushini sotib oldi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 34,0 34,1 „Uzum va Click birlashishi haqida e’lon qilindi“. https://click.uz. Click. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 35,0 35,1 „Uzum Click bilan birlashmaslikka qaror qildi“. https://www.spot.uz. Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Click va Uzum: birlashish bozor va umuman fintex-sanoati rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?“. https://www.spot.uz. Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 37,0 37,1 „Click Uzum kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi“. https://www.spot.uz. Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ 38,0 38,1 38,2 „«Ruxsatimizsiz birlashishsa, jazoga tortamiz» – Raqobat qo‘mitasi raisi Uzum va Click birlashuvi haqida“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Uzum ва Click бирлашишини эълон қилди“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Arzonlashgan “rastamojka”, sotilgan Ipotekabank, Uzum va Click birlashuvi – iqtisodiy taymlayn“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Click va Uzum birlashishi to‘g‘risida rasmiy bitim tuzilmaganmi?“. https://www.spot.uz. Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Uzum Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Uzum: первый узбекский «стартап-единорог» с оценкой 14,16 миллиарда“. https://www.ixbt.com. ixbt.com. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ 44,0 44,1 „Uzum Bank, Central Asia's first tech unicorn, issues almost 232 mn shares for additional capitalisation“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 45,0 45,1 45,2 „Uzum Market yangi logistika modelini ishga tushirdi: endi tadbirkorlar tovarlarni o‘z omborlaridan sotishlari mumkin“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „First Digital Habits Study of Uzbekistan: Uzum ecosystem services are the most-in-demand digital products in the country“. https://www.prnewswire.com. PR Newswire. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 47,0 47,1 47,2 „Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni hisoblash mexanikasini o‘zgartiradi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ 48,0 48,1 „Инстаграмные гирлянды-шторы, ёлки и «роса»: что покупают узбекистанцы в преддверии Нового года“. https://uz24.uz. 24.uz. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Uzum Market меняет механику начисления комиссий для продавцов“. https://podrobno.uz. podrobno.uz. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Uzum boosts net income 50% in 1H 2024, prepares for Series B funding round“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ 51,0 51,1 „Assortimentda 20 mingdan ortiq taom va ichimliklar, 1200 ta hamkor va "Yil brendi" unvoni: Uzum Tezkor birinchi yil yakunlarini sarhisob qildi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Uzum Tezkor va Korzinka Go hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Paymart.uz bosh sahifasi“. https://www.paymart.uz. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ „JSCB “Kapitalbank” will become a part of Uzum ecosystem“. https://kapitalbank.uz. Kapital bank. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ „JSCB “Kapitalbank” presented Uzum Bisiness platform for entrepreneurs“. https://kapitalbank.uz. Kapital bank. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ 56,0 56,1 „Service with delivery: Uzum Business has launched a service for remote opening of current accounts for businesses“. https://kapitalbank.uz. Kapital bank. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ 57,0 57,1 „Uzum Business by Kapitalbank Supports Entrepreneurs of Uzbekistan by Providing Core Services Free of Charge“. https://kapitalbank.uz. Kapital bank. Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Uzum Bank Uzum virtual kartasiga oldindan buyurtma berishni ishga tushirdi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Uzum avtomobil sotib olish servisini ishga tushirdi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ 60,0 60,1 60,2 „Uzum milliy ekotizimi foydali xaridlar va moliyaviy savodxonlik asoslari bo‘yicha o‘z mediasini ishga tushirdi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Uzum ekotizimi “Yil brendi 2022” taqdirlash marosimi doirasida eng ko‘p sovrinlarga ega bo‘ldi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Экосистема Uzum получила несколько наград на премии «Бренд года-2022»“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Uzum завоевал восемь наград на «Бренд года 2023»“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Сервисы Uzum завоевали 8 наград на «Бренд года-2023»“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „The Recap: Leaders In Fintech Awards 2023“. https://www.entrepreneur.com. Enterpreneur.com. Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.