Abū Jaʼfar Horūn ibn Muḥammad (arabcha: أبو جعفر هارون بن محمد المعتصم; 812-yil 17-aprel — 847-yil 10-avgust), koʻproq hukmdorlik nomi Vosiq billoh (الواثق بالله, soʻzma-soʻz'Allohga ishongan kishi') bilan mashhur, 842-yildan 847-yilgacha (Islomiy taqvim boʻyicha hijriy 227—232-yillar) Abbosiylar xalifasi.

Vosiq
الواثق
Xalifa
Amir al-Moʻminin
Obverse and reverse of a gold coin with Arabic writing
Vosiqning oltin dinori. 843-yil Bagʻdodda zarb etilgan.
Abbosiylar xalifaligining 9-xalifasi
Saltanat 842-yil 5-yanvar — 847-yil 10-avgust
Oʻtmishdoshi Muʼtasim
Davomchisi Mutavakkil
Tugʻilishi 812-yil 17-aprel
Makka yaqini, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 847-yil 10-avgust
(35 yoshda)
Samarra, Abbosiylar xalifaligi
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi quyini qarang
Farzandlari Muhammad al-Muhtadiy
Sulolasi Abbosiylar
Otasi Muʼtasim
Onasi Qaratis
Dini Moʻtaziliy islom

Manbalarda Vosiq bilimdon, aql-zakovatga qiziquvchan, shu bilan birga shoir va ichkilikboz, shoir va musiqachilar hamda olimlar davrasidan bahramand bo‘luvchi shaxs sifatida ta’riflangan. Uning qisqa hukmronligi otasi Muʼtasim siyosatining uzviy davomi boʻlgan. Chunki hokimiyat Muʼtasim tayinlagan amaldorlar qoʻlida boʻlishda davom etgan. Hukmronlikning asosiy voqealari qoʻzgʻolonlarni bostirish boʻlgan. Jumladan, 842-yil Suriyada, 845-yil Hijozda va 846-yilda Yamamada badaviylar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. Armanistonni tinchlantirish uchun bir necha harakat qilgan. Eng muhimi 846-yilda Ahmad ibn Nasr al-Xuzoiy boshchiligida Bagʻdodda boʻlib oʻtgan muvafaqqiyatsiz qoʻzgʻolon boʻlgan. Vosiqning moʻtaziliylik taʼlimotini qoʻllab-quvvatlashda davom etgan va muxoliflarini yoʻq qilish uchun mihnani qayta faollashtirgan. Tashqi siyosatda Vizantiya imperiyasi bilan koʻp yillik ziddiyatlar davom etgan. Abbosiylar hatto Mauropotamosda muhim gʻalabaga erishgan, ammo 845-yilda asirlar almashinuvidan soʻng urush bir necha yilga toʻxtagan.

Vosiqning xarakteri boshqa abbosiy xalifalari bilan taqqoslaganda nisbatan noaniq. Aftidan, xalifa saroydagi dabdabali hayot bilan band bo‘lgan o‘troq hukmdor, qobiliyatli shoir, shoir va musiqachilar homiysi bo‘lgan, shuningdek, ilmiy ishlarga ham qiziqish bildirgan. Vosiqning kutilmagan oʻlimi tufayli merosxoʻr tayinlashga ulgurmagan. Vosiqning o‘g‘li Muhtadiy yoshligi tufayli, o‘gay ukasi Mutavakkil yetakchi amaldorlar guruhi tomonidan keyingi xalifa etib saylangan.

Yoshlik davri

tahrir

Vosiq 812-yilning 17-aprelida (turli manbalarda 811—813-yillar, biroz oldinroq yoki keyinroq sanalar berilgan) Makka yo‘lida tug‘ilgan. Otasi abbosiy shahzodasi, keyinroq xalifa boʻlgan Muʼtasim (h. 833–842), onasi esa Vizantiyalik yunon qul (ummu al-valad) Qaratis edi[1][2]. Bobosi xalifa Horun ar-Rashid (h. 786–809) sharafiga Horun ismi berilgan[3] va Abu Jaʼfar teknonimi boʻlgan[4].

Vosiqning yoshligi mavhum, bundan tashqari, uning otasi dastlab vorislik huquqi boʻlmagan kichik shahzoda edi[1]. Muʼtasim mashhur mavqeini mustahkamlab borib, oxir-oqibat turkiy qullardan iborat shaxsiy elita qoʻshinini (gʻilmon) boshqargani tufayli xalifalikka erisha olgan[5]. Horun ibn Ziyod Vosiqning birinchi ustozi sifatida tilga olingan. Amakisi xalifa Maʼmundan (h. 813–833) xattotlik, qiroat va adabiyotni oʻrgangan[6]. Ikkilamchi manbalarda bilimdonligi va odob-axloqi uchun unga „Kichik Maʼmun“ laqabi berilgan[6].

Muʼtasim xalifa boʻlgach, oʻz oʻgʻli va merosxoʻri Vosiqning boshqaruv tajribasiga ega boʻlishi uchun qaygʻurgan. Shunday qilib, Vosiq 835-yilda, Muʼtasim Samarrada yangi poytaxt qurish uchun shimolga koʻchib oʻtgach, poytaxt Bagʻdod uchun masʼul boʻlib qolgan[1][6]. So‘ngra Tabariy maʼlumotida general Afshinni 838-yilda (hozirgi Eronda) Bobak Xurramdin qo‘zg‘oloni bostirilgandagi g‘alaba bilan qaytish chog‘ida tantanali kutib olish uchun yuborilgani[1], oʻsha yili Amoriy yurishi paytida otasiga oʻrinbosar sifatida poytaxtda qolgani haqida qayd etilgan[6].

Keyin 841-yilda Vosiq sharmanda boʻlib, qamoqqa olingan Afshinga bir piyola meva keltirgani haqida eslatib oʻtilgan. Meva zaharlangan boʻlishidan qo‘rqqan Afshin uni qabul qilishdan bosh tortgan va xalifaga xabar yetkazish uchun boshqa birovni so‘ragan[1]. Samarrada Vosiqning qarorgohi otasining saroyiga yaqin joylashgan va u hukumat ishlarida faol boʻlgan[1]. Tarixchi Jon Tyorner taʼkidlaganidek, bu maʼlumotlar Vosiqni „otasining ishonchli agenti rolida“ koʻrsatadi. Bu esa Vosiqqa hokimiyat jilovini oʻz qoʻliga olish uchun qulay boʻlgan[1]. Boshqa tomondan, Vosiqqa hech qachon harbiy qoʻmondonlik vazifasi berilmagan va hatto Abbosiylarning harbiy amaliyotidan chetda qolib, Amoriy yurishida ham qatnashmagan[1].

Hukmronligi

tahrir

Tabariyning yozishicha, Vosiq o‘rta bo‘yli, kelishgan va baquvvat bo‘lgan. U qizgʻish rangli boʻlib, olijanob naslga aloqador edi. Chap koʻzi oq dogʻ tufayli falaj boʻlib qolgan va bu holat uning nigohini qatʼiy koʻrinishga keltirgan[7]. 842-yil 5-yanvarda Muʼtasim vafot etgach, Vosiq qarshiliksiz xalifalik taxtiga oʻtirgan[8][9]. Toʻliq xazinaga merosxoʻr boʻlgan yangi xalifa, ayniqsa, Bagʻdod hamda muqaddas Makka va Madina shaharlaridagi oddiy odamlarga katta-katta xayr-ehsonlar qilgan[6]. Vosiq 842-yilda onasi Qaratisni ukasi Ja’far (bo‘lajak xalifa Mutavakkil) hamrohligida hajga jo‘natgan. Qaratis 842-yil 16-avgustda yoʻlda, Hirada vafot etgan va Kufada dafn qilingan[10].

Hukmron elita

tahrir

Vosiqning hukmronligi qisqa va Muʼtasim hukmronligining davomi boʻlgan. Chunki hukumatni Muʼtasim hokimiyat tepasiga olib kelgan shaxslar: turkiy harbiy qoʻmondonlar Itax, Vosif, Ashinas, vazir Muhammad ibn az-Zayyot hamda boshqa qozi (sudya) Ahmad ibn Abu Duvodlar boshqargan[8][11][12]. Bu odamlar shaxsan Muʼtasimga sodiq boʻlgan, ammo Vosiq bilan aloqada boʻlmagan. Tyornerning fikricha, bu tor doira amalda „hokimiyat dastaklarini va shu tariqa xalifaning mustaqilligini ham nazorat qilgan“[13].

Xalifa va uning eng qudratli qoʻmondoni oʻrtasidagi ittifoqni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar[13] doirasida Vosiq 843-yil iyun/iyul oylarida Ashinasga hukmronlikni topshirib, shu munosabat bilan unga Samarradan boshlab Gʻarbiy viloyatlar ustidan keng koʻlamli hukmronlik imkonini bergan. Bu esa XV asrda yashagan misrlik olim as-Suyutiy tomonidan Magʻrib qirol hokimiyati (sulton) xalifa tomonidan alohida subʼektga topshirilgan birinchi holat ekanligi aytilgan[14][15]. Ashinas 844-yilda vafot etganidan soʻng, Itax bosh qoʻmondon va gʻarbiy viloyatlar ustidan noiblik lavozimini egalladi[16][17]. Yangi xalifa Samarrada ham koʻplab qurilish ishlari bilan shugʻullangan. Bunda xalifalik qarorgohini shaharga aylantirish uchun bozorlar va shahar ehtiyojlariga mos keladigan yangi port barpo etilishiga ahamiyat berilgan. Bu harakatlar Samarrani nafaqat oʻz aholisi uchun qulayroq qilgan, balki Abbosiylar elitasi va Muʼtasim davrida yangi poytaxtga koʻchib oʻtishga mavjub boʻlgan harbiylar uchun shahardagi mulkka sarmoya kiritishni iqtisodiy jihatdan jozibador ham qilgan edi[18].

Biroq, 843/44-yillarda xalifa — goʻyoki vazir Ibn az-Zayyatning tashabbusi bilan yoki Tabariyning maʼlumotiga koʻra, Horun ar-Rashid boshchiligida Barmakiylar qulatilishi kabi markaziy hukumatdagi bir qancha kotiblarni hibsga olib, qiynoqqa solgan va turkiy qoʻshinlarga pul toʻlash uchun mablagʻ yigʻish maqsadida ularga katta jarima solgan[19]. Bu chora bir vaqtning oʻzida fuqarolik va harbiy elitalar oʻrtasidagi nizolarni yoʻqotish[20] yoki Itax va Ashinas kabi yetakchi turkiy qoʻmondonlar kuchini kamaytirishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Chunki hibsga olingan va pul toʻlashga majbur boʻlgan kotiblarning aksariyati ularning xizmatida boʻlgan[21].

Qoʻzgʻolonlarni bostirish

tahrir
 
tax. 850-yilda Abbosiylar xalifaligi va provinsiyalari

Muʼtasim hukmronligining soʻnggi oylarida Falastinda Mubarqa ismli shaxs boshchiligida keng koʻlamli qoʻzgʻolon koʻtarilgan edi. Muʼtasim qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash uchun general Raja ibn Ayyub al-Hidariyni yuborgan[22][23]. Vosiq hokimiyat tepasiga kelgach, Hidariyni Damashq atrofidagi Qaysiy qabilalari qoʻzgʻoloniga boshchilik qilgan Ibn Bayhasga qarshi yubordi[6][22]. Bu qoʻzgʻolonning Mubarqa qoʻzgʻoloni bilan aloqadorligi boʻyicha maʼlumot mavjud emas[22]. Hidariy qabilalar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan foydalanib, tezda Ibn Bayhasni mag‘lub etgan, so‘ng janubga yurib, Ramla yaqinida Mubarqa qo‘shinlari bilan to‘qnashgan. Jang hukumat armiyasining hal qiluvchi g‘alabasi bo‘lgan. Mubarqa asir olinib, Samarraga olib kelingan. Samarrada qamoqqa tashlanganidan keyin u haqda hech qaysi manbada eslatilmagan[6][22][24].

Vosiq taxtga kelgach, Xolid ibn Yazid ash-Shayboniyni notinch Armaniston viloyatiga noib etib tayinlagan. Katta qoʻshin boshligʻi boʻlgan Xolid Kavakert jangida mahalliy musulmon va nasroniy shahzodalar qarshiligini bartaraf etgan. Ko‘p o‘tmay Xolid vafot etgan. Uning o‘rniga tayinlangan o‘g‘li Muhammad ash-Shayboniy otasining ishlarini davom ettirgan[6][25].

845-yil bahorida yana bir qabila qoʻzgʻolon koʻtargan. Mahalliy qabila Banu Sulaym Madina atrofida Banu Kinana va Bahila qabilalari bilan toʻqnash kelishi natijasida 845-yil fevral/mart oylarida qonli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. Mahalliy noib Solih ibn Ali ularga qarshi muntazam qoʻshinlar hamda Madina fuqarolaridan iborat qoʻshin yubordi, ammo sulaymlar gʻalaba qozonib, ikki muqaddas shahar atrofini talon-taroj qilishga kirishdilar. Natijada, may oyida Vosiq turkiy lashkarboshilaridan biri Bugʻa al-Kabirga qoʻzgʻolonni bostirishni topshirgan. Bugʻa shokiriy, turkiy va magʻariba qoʻriqchi boʻlinmalarining professional qoʻshinlari hamrohligida Sulaymni yengib, taslim boʻlishga majbur qilgan. Kuz boshida Banu Hilolni ham bo‘ysunishga majbur qilgan[6][26]. Bugʻa qoʻshinlari Madinada jami 1300 ga yaqin asir oldilar. Asirlar qochishga harakat qilishgan, ammo mediniyaliklar bunga toʻsqinlik qilishgan va asirlarning aksariyati bu jarayonda halok boʻlgan. Bu orada Bug‘a fursatdan foydalanib, mintaqaning boshqa badaviy qabilalarini qo‘rqitib, Banu Fazara va Banu Murra qabilalariga qarshi yurish qilgan. Koʻpchilik qabilalar bo‘ysungan, boshqalari Balqaga qochib ketishgan. Keyin Bugʻa Banu Kilabni boʻysundirib, 846-yil may oyida ulardan 1300 nafarga yaqinini Madinaga asir qilib olib ketgan[6][27].

845/6-yillarda Diyor Rabiyada Muhammad ibn Abdulloh at-Saʼlabiy (yoki Muhammad ibn Amr) davrida kichik xorijiylar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtgan, ammo Mosul hokimi osonlikcha bostirgan[6][28]. Xuddi shu yili general Vosif Isfahon, Jibal va Forsdagi notinch kurd qabilalarini bostirgan[6][29].

Vosiq 846-yil sentyabrida Yamamadagi Banu Numayr qabilalarining vayronagarchiliklarini to‘xtatish uchun Bug‘a al-Kabirni yuborgan. 847-yil 4-fevralda Bugʻa Batn as-Sirrning sugʻoriladigan yerida 3000 nafarga yaqin numayriylarga qarshi katta jang olib borgan. Avvaliga Bugʻa qoʻshini kuchli bosimga uchrab, deyarli parchalanib ketgan. Keyin Numayriylarning otliqlariga qarshi joʻnatilgan bir qancha qoʻshinlar qaytib kelib, Bugʻaga hujum qilgan qoʻshinlarga qarshi jangda ularni butunlay tor-mor qilgan. Bir manbaga koʻra, 1500 tagacha Numayriylar oʻldirilgan. Bugʻa bir necha oy davomida mintaqani tinchlantirish, boʻysunganlar uchun xavfsiz harakatlanish varaqalari tarqatish va qolganlarni taʼqib qilish bilan shugʻullangach, 847-yil iyun/iyul oylarida Basraga qaytib kelgan. Oʻzi bilan turli qabilalardan boʻlgan 2200 nafardan ortiq badaviylarni asir qilib olib kelgan[6][30].

Moʻtazilizm va Xuzoiyning muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishi

tahrir
 
Moʻtazila mihnasi va u bilan bogʻliq voqealar xaritasi.

Vosiq otasi kabi ashaddiy moʻtazila tarafdori boʻlgan. Manbalarda xalifa bosh qozi Ibn Abu Duvodning kuchli taʼsirida boʻlgani aytilgan[31]. Shuningdek, otasi kabi Aliylar bilan yaxshi munosabatda boʻlgan[3][20]. Vosiq xalifaligining uchinchi yilida inkvizitsiyani (mihna) qayta jonlantirib, amaldorlarni Qurʼonning yaratilgani haqidagi bahsli mavzu boʻyicha soʻroq qilish uchun huquqshunoslarni jalb qilgan[32]. Vosiq moʻtaziliylarning Qurʼon ilohiy emas, balki yaratilgani haqidagi qarashlarini qoʻllab-quvvatladi. Shuning uchun oʻzgaruvchan sharoitlarga koʻra talqin qilish Xudo tomonidan boshqariladigan imom (yaʼni xalifa) vakolatini qabul qildi[33]. Hatto 845-yilda Vizantiya imperiyasi bilan boʻlib oʻtgan mahbuslar almashinuvi paytida ham, ozod qilingan musulmon mahbuslarning mavzu boʻyicha fikrlari soʻralgan, qoniqarsiz javob berganlar esa asirlikda qoldirilgan[32][34]. Shu tariqa moʻtazila taʼlimotiga qarshi chiqqan hanbaliy fiqh mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal oʻz taʼlimotini toʻxtatishga majbur boʻlib, faqat Vosiq vafotidan soʻnggina faoliyatini qayta boshlagan[32].

846-yilda Abbosiylar inqilobining asl missionerlaridan birining avlodi bo‘lgan taniqli shaxs Ahmad ibn Nasr ibn Molik al-Xuzoiy Bag‘dodda Vosiqni, uning turkiy qo‘mondonlarini ag‘darish va moʻtazila taʼlimotini bartaraf etish uchun fitna uyushtirdi[35][36]. Uning tarafdorlari odamlarga pul tarqatishgan va qoʻzgʻolon sanasi 846-yil 4-apreldan 5-aprelga oʻtar kechasiga belgilangan. Biroq, Tabariyning maʼlumotlariga ko‘ra, qoʻzgʻalish ishorasi sifatida nog‘ora chalishi kerak bo‘lganlar mast bo‘lib, bir kun oldin nogʻorani qilishgan va bunga hech qanday javob bo‘lmagan[36][37]. Xatib al-Bagʻdodiyning xabariga koʻra esa bir xabarchi fitna haqida rasmiylarni ogohlantirgan[35]. Shahar noibi boʻlgan Isʼhoq shaharda yoʻqligida noiblik qilib turgan shahar hokimi o‘rinbosari Muhammad ibn Ibrohim voqea haqida surishtirib, fitna fosh bo‘lgan. Al-Xuzoiy va uning tarafdorlari hibsga olinib, Samarrada Vosiq huzuriga keltirilgan[38].

Xalifa al-Xuzoiyni ochiqchasiga soʻroq qilgan. Biroq, soʻroq davomida isyon haqida emas, koʻproq Qurʼonning yaratilgani haqidagi jiddiy ilohiyot masalasida savollar berilgan. Ahmadning javoblari Vosiqni shunchalik g‘azablantirganki, xalifa islomgacha bo‘lgan davrning mashhur qilichi as-Samsamani olib, turklar Bug‘a ash-Sharabiy va Simo ad-Dimashqiy bilan birgalik Ahmadni qatl qilishda shaxsan ishtirok etgan. Ahmadning jasadi Bagʻdoddagi Bobak gibbeti yonida ommaga namoyish qilingan, uning yigirma nafar tarafdorlari esa qamoqqa tashlangan[39][40][41].

Oʻsha yili Samarradagi davlat xazinasida (baytulmol) oʻgʻrilik sodir boʻldi. O‘g‘rilar kirganda xazinada 42 000 kumush dirham va oz miqdordagi tilla dinor mavjud boʻlgan. Sohib ash-shurta (qo‘riqlash xizmati boshlig‘i) va Itaxning xizmatchisi Yazid al-Hulvaniy oʻgʻrilarni ta’qib qilib, tutib olgan[42]. Tyornerning taʼkidlashicha, bu holat keyingi oʻn yilliklarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan inqiroz haqida dalil boʻlishi. Yaʼni, hatto bosh saroyda ham xavfsizlik sust darajada edi va oʻgʻrilarning oʻljasiga asoslanganda oʻsha paytda xazina deyarli boʻsh boʻlishi mumkin[43].

Vizantiya imperiyasi bilan urush

tahrir
 
Vizantiya Kichik Osiyosi va Arab—Vizantiya chegara hududi xaritasi. tax. 842-yil

838-yilda Muʼtasim Abbosiylar xalifaligining azaliy dushmani Vizantiya imperiyasi ustidan mashhur Amorion yurishi bilan yirik gʻalabaga erishgan[44]. Bu muvaffaqiyat uzoq davom etmagan va keyingi urushlar odatdagi kichik yurishlar va chegara boʻylab bosqinlarga aylanib qolgan. Vizantiya manbalariga koʻra, Muʼtasim 842-yil, vafot etgan vaqtda yana bir keng koʻlamli bosqinga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. Biroq, xalifa Konstantinopolga hujum qilish uchun tayyorlagan buyuk flot bir necha oydan soʻng Chelidoniya burnidagi boʻronda vayron boʻlgan[45]. Bu voqea haqida musulmon manbalarida maʼlumot berilmagan[32].

Muʼtasim vafotidan soʻng, Vizantiya regenti Feoktist Abbosiylar vassali boʻlgan Krit amirligini qayta egallashga harakat qildi, ammo bu yurish falokat bilan yakunlangan[46]. 844-yilda chegaradagi Qaliqala va Tarsus amirliklaridan Abu Said va ehtimol Malatya amiri Umar al-Aqta boshchiligidagi qoʻshin Vizantiya Kichik Osiyosiga bostirib kirib, Bosfor boʻgʻozi qirgʻoqlarigacha yetib borgan. Keyin musulmonlar Mauropotamos jangida Feoktistni magʻlub etishgan. Bu gʻalabaga yuqori martabali Vizantiya zobitlarining jang maydonidan qochib ketishgani yordam bergan[47]. Taxminan shu vaqtda Vizantiyada bidʼatchi sifatida taʼqib qilingan Paulikiyaliklar oʻz yetakchilari Karbeas boshchiligida arablar tomonga oʻtib ketishgan. Ular Abbosiy—Vizantiya chegarasida, markazi Tefrike qalʼasida joylashgan kichik bir knyazlikka asos solgan. Shundan soʻng arablarning Vizantiya hududiga hujumlarida ishtirok eta boshlashgan[48][49].

845-yilda Vizantiya elchilari mahbuslarni almashish boʻyicha muzokaralar olib borish uchun xalifalik saroyiga kelgan. Almashuv oʻsha yilning sentyabr oyida Yazaman al-Xadim homiyligida boʻlib oʻtib, 3500—4600 nafar musulmonlar ozod qilingan[50][51]. Biroq, oʻsha yilning mart oyida Amorionda asirga olingan 42 zobit Islomni qabul qilishdan bosh tortgach, keyin Samarrada qatl etilgan edi[52][53]. Ayirboshlash uchun tuzilgan sulh muddati tugagach, Abbosiylarning Tarsusdagi noibi Ahmad ibn Said ibn Salm 7000 kishi bilan qishki bosqinga boshchilik qilgan. Bu yurish halokatli tarzda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 500 kishi sovuq yoki choʻkib ketish natijasida oʻlgan va 200 kishi asirga tushgan[54][55]. Shundan soʻng arab—Vizantiya chegarasida olti yil davomida tinchlik kuzatilgan[55]. Faqat gʻarbda Abbosiylarning Agʻlobiy vassallari Vizantiya Sitsiliyasini asta-sekin bosib olishni davom ettirib, Messina (842/43), Modika (845) va Lentinini (846) qoʻlga kiritdi[56]. 845/46-yilda Agʻlobiylar Italiyaning Neapol shahri yaqinidagi Misenoni egallab olib, keyingi yili ularning kemalari Tibr daryosida paydo boʻlgan hamda Rim atrofiga bostirib kirgan[57].

Oʻlimi va vorislik masalasi

tahrir
 
Xalifa Vosiqning oʻlimi. Tarixi Alfidan Boburiylar miniatyurasi (1594)

Vosiq 847-yil 10-avgustda[32] shish tufayli, ehtimol, jigar shikastlanishi yoki diabet tufayli, davolanish uchun pechda oʻtirganda vafot etgan[40][58]. Oʻsha vaqtda uning yoshi 32, 34 yoki 36 boʻlib, islomiy yil hisobida turlicha berilgan[3]. U Samarradagi oʻzi qurdirgan[13] Horuniy saroyiga dafn etilgan[32].

Vosiq kutilmaganda vafot etgani sababli merosxoʻrlik masalasi ochiq qolgan[40]. Xalifa davriga yaqin zamondosh tarixchi Yaʼqubiy hech boʻlmaganda merosxoʻrning ismi aytilgani va unga sodiqlik qasamyodi qabul qilingani haqida maʼlumot bergan[59]. Binobarin, yetakchi amaldorlar, vazir Ibn az-Zayyat, bosh qozi Ahmad ibn Abi Duvod, turkiy sarkardalar Itax va Vosif hamda yana bir qancha kishilar xalifalikka vorisni aniqlash uchun yigʻilishgan. Ibn az-Zayyat dastlab Vosiqning oʻgʻli Muhammad (boʻlajak xalifa Muhtadiy) nomzodini taklif qilgan, lekin yoshligi tufayli qabul qilinmay, oʻrniga kengash Vosiqning 26 yoshli oʻgay ukasi Ja’farni tanlagach, u Mutavakkil nomi bilan xalifa boʻlgan[60][61].

Bu tanlovni tarixchilar kuchsiz va muloyim hukmdorni taxtga chiqarish uchun fitna boʻlgan deb hisoblashadi. Ayni paytda Vosiq davridagi kabi amaldorlar kabineti ishlashni davom ettirgan[59][62]. Ularning noʻnoqligi tezda isbotlandi. Mutavakkil tezda Ibn az-Zayyat va Itaxni yoʻq qilishga va oʻz hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilgan[63].

Siyosiy baho va merosi

tahrir

Vosiq muqaddas Makka va Madina shaharlarining kambagʻallariga saxiylik qilgani[3] va dengiz savdosi uchun soliqlarni kamaytirgani haqida xabar berilgan[32]. Shuncha qilganiga qaramay, xalifa hech qanday mashhurlikka erishmaganga oʻxshaydi[3]. Uning fe’l-atvori haqidagi maʼlumotlar xalifaning beozorlik va saroy hayoti zavq-shavqlariga berilib ketgan[32], mast bo‘lib, uxlab qoladigan darajada ekanligini ko‘rsatadi[64]. Vosiq mohir shoir edi. Uning boshqa Abbosiy xalifalarga nisbatan koʻproq sheʼrlari saqlanib qolgan. Shuningdek, mohir bastakor boʻlib, udni yaxshi chala olgan[32]. Shuningdek, xalifa shoir, xonanda va sozandalarga homiylik qilib, ularni saroyga taklif qilgan[32]. Sozanda Isʼhoq al-Mavsiliy, qoʻshiqchi Muxariq va al-Xoli (soʻzma-soʻz'Buzuq') taxallusi bilan mashhur shoir Dahhok al-Bahiliyga alohida mehr koʻrsatgan[3][32].

Ushbu tasavvurlardan farqli oʻlaroq, 10-asr tarixchisi Masʼudiy Vosiqni „ilmiy oʻrganishga qiziquvchan va tabiblar oʻrtasida bahslar uyushtiradigan“ sifatida tasvirlagan[1]. Uning hukmronligi davrida yunon-arabcha tarjima harakati gullab-yashnashda davom etgan. Manbalar Vosiqning oʻziga xos „intellektual qiziqishini“ koʻrsatadigan baʼzi maʼlumotlar, ayniqsa uning diniy maʼlumotlarini yoqib yuborishi mumkin boʻlgan muammolar haqida aytib oʻtgan. Xalifa „Zulqarnayn devori“ buzilganini tushida koʻrgan va rasmiy kanser Sallam at-Tarjumanni mintaqaga safarga joʻnatgan. Bu voqea Oʻrta Osiyodagi turkiy koʻchmanchilar orasida aholining katta siljishiga sabab boʻlgan qirgʻiz turklarining harakatlari haqidagi xabarlar natijasi boʻlishi mumkin. Xuddi shunday, Ibn Hurdodbehning yozishicha, xalifa astronom al-Xorazmiyni Efesning yetti uyquchisi haqidagi afsonani o‘rganish uchun Vizantiyaga yuborgan[3][65].

Vosiq manbalarda kam maʼlumot berilgan Abbosiy xalifalaridan biri hisoblanadi. Tarixchi Xyu Kennedining ta’kidlashicha, „davrning boshqa hech bir xalifasi o‘z davri tarixida bunchalik kam iz qoldirmagan va uning shaxsiyati haqida aniq taassurot hosil qilib bo‘lmaydi“[66]. Islom entsiklopediyasida esa „Vosiq buyuk hukmdorga xos sovgʻalar ulashmas edi va qisqa hukmronligi ajoyib voqealar bilan ajralib turmagan“, deya maʼlumot berilgan[3]. Xalifaning noaniq ekani Uilyam Bekfordga oʻzining 18-asrdagi klassik gotik fantastik romani Vatekda Vosiqning oʻta badiiylashtirilgan talqinini taqdim etish imkonini bergan. Mazkur asar haqida Kennedi „Iblis/Shaytonning oʻzi qoʻriqlagan qadimiy hukmdorlarning yoʻqolgan xazinasini izlash, shafqatsizlik, tarqatish va topish haqidagi fantastik ertak“ deb taʼriflagan[8].

Oilasi

tahrir

Vosiqning bir nechta kanizaklari boʻlgan. Ulardan eng mashhuri Ummu Muhammad nomi bilan mashhur Qurb boʻlgan. 833-yilda u Vosiqning katta oʻgʻli Muhammad, boʻlajak xalifa Muhtadiyni dunyoga keltirgan[67]. Yana bir maʼlum va mashhur kanizak Farida edi. U musiqachi boʻlib, Vosiqning sevimlisi boʻlgan. Vosiq vafot etgach, xonanda Amr ibn Banah ushbu kanizakni xalifa Mutavakkilga taqdim etgan. Xalifa unga uylangan va sevimli kanizaklaridan biriga aylangan[68].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Turner 2013, s. 219.
  2. Kraemer 1989, ss. 52–53.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 Zetterstéen, Bosworth & van Donzel 2002, s. 178.
  4. Kraemer 1989, s. 53.
  5. Kennedy 2004, ss. 156–157.
  6. 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 Kan 2012, s. 548.
  7. Kraemer 1989, s. 52 (esp. note 195).
  8. 8,0 8,1 8,2 Kennedy 2006, s. 231.
  9. Turner 2013, s. 220.
  10. Kraemer 1989, s. 4.
  11. Kan 2012, ss. 548–549.
  12. Turner 2013, ss. 220–221.
  13. 13,0 13,1 13,2 Turner 2013, s. 221.
  14. Gordon 2001, s. 79.
  15. Kraemer 1989, s. 5.
  16. Kennedy 2004, s. 159.
  17. Gordon 2001, ss. 18, 79.
  18. Turner 2013, ss. 221–222.
  19. Kraemer 1989, ss. xii, 8–16.
  20. 20,0 20,1 Turner 2013, s. 222.
  21. Kraemer 1989, s. xii.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 Eisenstein 1993, s. 279.
  23. Bosworth 1991, ss. 203–206.
  24. Bosworth 1991, ss. 204–206.
  25. Ter-Ghewondyan 1976, ss. 27, 39–40.
  26. Kraemer 1989, ss. 17–21.
  27. Kraemer 1989, ss. 22–26.
  28. Kraemer 1989, s. 37.
  29. Kraemer 1989, ss. 37–38.
  30. Kraemer 1989, ss. 45–51.
  31. Kraemer 1989, s. 28 (note 94).
  32. 32,00 32,01 32,02 32,03 32,04 32,05 32,06 32,07 32,08 32,09 32,10 Kan 2012, s. 549.
  33. Kennedy 2004, ss. 161–162.
  34. Kraemer 1989, ss. 39–40.
  35. 35,0 35,1 Turner 2013, s. 224.
  36. 36,0 36,1 Kennedy 2006, ss. 231–232.
  37. Kraemer 1989, ss. 26–29.
  38. Kraemer 1989, ss. 29–31.
  39. Kraemer 1989, ss. 31–35.
  40. 40,0 40,1 40,2 Kennedy 2006, s. 232.
  41. Turner 2013, ss. 224–228.
  42. Kraemer 1989, ss. 36–37.
  43. Turner 2013, s. 225 (note 57).
  44. Vasiliev 1935, ss. 137–173.
  45. Vasiliev 1935, ss. 175–176, 192–193.
  46. Vasiliev 1935, ss. 194–195.
  47. Vasiliev 1935, ss. 195–198, 399–404.
  48. PmbZ, al-Wāṯiq (#8593).
  49. Vasiliev 1935, ss. 230–233.
  50. Kraemer 1989, ss. 22, 39–43.
  51. Vasiliev 1935, ss. 198–204.
  52. Turner 2013, s. 223.
  53. PmbZ, Anonymi (42) (#10542); al-Wāṯiq (#8593).
  54. Kraemer 1989, ss. 43–44.
  55. 55,0 55,1 Vasiliev 1935, s. 204.
  56. Vasiliev 1935, ss. 204–207.
  57. Vasiliev 1935, ss. 210–211.
  58. Turner 2013, ss. 228–229.
  59. 59,0 59,1 Turner 2013, s. 229.
  60. Kennedy 2006, ss. 232–233.
  61. Kraemer 1989, s. 68.
  62. Kennedy 2006, s. 234.
  63. Kennedy 2006, ss. 234–239.
  64. Turner 2013, ss. 219–220.
  65. Turner 2013, ss. 222–223.
  66. Kennedy 2004, s. 166.
  67. Kennedy 2006, s. 173.
  68. Ibn al-Sāʿī 2017, s. 53.

Adabiyotlar

tahrir
Vosiq
Tavalludi: 812 Vafoti: 847
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Abbosiylar xalifaligi xalifasi
842-yil 5-yanvar — 847-yil 10-avgust
Keyingisi