Moʻgʻullarning Xurosonni zabt etishi 1220—1221-yillarda, Moʻgʻullar Xorazm imperiyasini bosib olishi davrida sodir boʻlgan. Moʻgʻullar imperiyasi Samarqand va Buxoroning yirik shaharlarini egallab olganidan soʻng Xorazm imperiyasi parchalanib ketgach, Shoh Muhammad II qoʻshin toʻplash umidida gʻarbga qarab qochadi. Chingizxon oʻzining ikki yetakchi sarkardasi Subutay va Jebega shohni taʼqib qilishni va Xorazmliklar kuchlarining qayta tiklanishiga yoʻl qoʻymaslikni buyurdi. Bu orada u har qanday qarshilikni bostirish uchun kenja oʻgʻli Tuluni janubga yubordi.[1]

Xurosonga moʻgʻul bosqini
Mausoleum_of_Sultan_Sanjar_with_Camel_(42400295421).jpg
Sanalar 1220—1221-yillar
Urush yeri Xuroson (hozirgi Turkmaniston, Eron va Afgʻoniston hududlari)
Natija Moʻgʻullar gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Xuroson hududlari moʻgʻullar tomonidan egallandi
Raqiblar
Moʻgʻullar davlati Xorazmshohlar davlati
Qoʻmondonlar
Tulu
Chingizxon
Subutoy
Jaloliddin
Kuchlar
90 000 - 175 000 70 000 - 100 000
  • qoʻshimcha 100 000 ming atrofida shahar mirshablari

Xuroson hududi Ipak yoʻlidagi Marv, Nishopur va Hirot kabi dunyoning eng yirik va eng boy shaharlaridan iborat edi. Tulu muntazam ravishda ularni qamal qildi, boyliklarini talon-toroj qildi va aholisini qatl qildi. Garchi zamonaviy tarixchilar oʻrta asr yilnomachilarining raqamlarini boʻrttirib koʻrsatsalar-da (bir hisobda faqat Nishopurda 2,4 million odam oʻldirilgan), yuzaga kelgan ocharchilik eʼtiborga olinsa, halok boʻlganlar sonini millionlar tashkil etishi mumkin boʻladi. Harbiy kampaniya, shubhasiz, insoniyat tarixidagi eng qonli kampaniyalardan biri edi.[2]

Bu orada, Subutoy va Jebe Shohni Kaspiy dengizidagi Ashuro oroliga qadar taʼqib qilishdi. Shoh ushbu orolda vafot etgan. Ikki general xonning ruxsati bilan Kaspiy dengizi boʻylab uch yil davom etadigan harbiy ekspeditsiyaga yoʻl oldi. Biroq, Shohning oʻgʻli Jaloliddin Tulu qoʻshinlarini yorib oʻtib, Gʻazni yaqinida katta qoʻshin toʻplashga muvaffaq boʻldi. U 1221-yil kuzida Parvon jangida Shiki Xutuxuga moʻgʻullarning birinchi yirik magʻlubiyatlaridan birini taqdim etdi. Ammo Jaloliddin keyinchalik Chingizxonning oʻzi tomonidan magʻlubiyatga uchratildi.

Kampaniya

tahrir

Chingizxon 150 000 dan 200 000 gacha askardan iborat malakali, intizomli, jangovar armiya bilan Xurosonga bostirib kirdi.[3] Qoʻshinlar asosan moʻgʻullar va boshqa ittifoqdosh qabilalardan iborat boʻlib, ular oʻzlarining urush usullarini yaxshi oʻzlashtirgan edilar.[4][5]  Shuningdek, qamaldagi shaharlarga zamonaviy qamal texnikalari bilan hujum qilish uchun xitoylik qamal muhandislari korpusi ham mavjud edi.[5] Chingizxon Shoh Olovuddin Muhammad IIdan Oʻtror hokimi Gʻoyirxon Inolchiqni 1218-yilda moʻgʻul savdo karvonini qirib yuborgani uchun jazolashni soʻragan edi. Shoh soʻrovni bajarmasdan, moʻgʻul elchilarini oʻldirib, urushni boshlab yubordi.[5][4][6] Chingizxon xarizmatik, aqlli va tajribali rahbar edi. Uning oʻgʻillari Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va Tulu ham malakali sarkardalar boʻlgan. Shuningdek, uning xizmatida moslashuvchan va innovatsion taktikalarni qoʻllashda mohir Jebe va Subutoy kabi mohir sarkardalar ham xizmat qilgan.[7][5]

Xorazmshoh 200 000 dan 400 000 kishigacha boʻlgan yollanma qoʻshinni safarbar eta olgan boʻlishi mumkin.[8][7] Lekin uning turk askarlari intizomsiz edi, armiyada turklar, eronliklar, arablar va afgʻonlar orasida birlik yoʻq edi.[3] Shohning qangʻli turk qoʻshinlari va qoʻmondonlariga nisbatan ishonchsizligi ham mavjud edi.[3][4] Bu omillar shohning faqatgina qulay sharoitlarda son jihatidan ustunlik bilan jang qila olishini anglatadi. Xorazmshoh mustahkamlangan shaharlarga asoslangan chuqur mudofaa strategiyasini qabul qildi.[9][3][7][6] Muhammad Xorazmshoh moʻgʻullarning qamal qilishdagi tajribasizligiga ishonib, oʻzining faxriy askarlarini turli shaharlarda, jumladan, Oʻtror, Buxoro, Banokat va Samarqanddagi garnizonlarga joylashtirdi.[7] Xorazmshoh moʻgullarning hududni yaxshi bilmasliklari hujum qilish imkoniyatlarini cheklab qoʻyishiga ham ishongan edi. U Kalif yaqinida, Amudaryo qirgʻogʻida yangi qoʻshin toʻplashni[10] soʻng Movarounnahrda moʻgʻullarga zarba berish yoki moʻgʻullarning daryodan oʻtishiga toʻsqinlik qilib, Amudaryo toʻsigʻini himoya qilishni, agar reja oʻxshamasa Gʻazniga, soʻngra Hindistonga chekinishni rejalashtirgan edi.[6]

Chingizxon 1219-yil sentyabrida butun qoʻshini bilan Oʻtrorga hujum qildi. Keyin u Joʻji boshchiligidagi guruhni Sirdaryo qirgʻogʻiga yubordi, boshqa guruh Banokatga hujum qilish uchun yuborildi. Chingizxon va Tulu Oʻtror qamalini davom ettirish uchun Chigʻatoy va Oʻqtoyni qoldirib, Qizilqum choʻlini kesib oʻtib, 1220-yil fevralida Buxoro va 1220-yil martida Samarqandga[5] hujum qilishdi. Shoh yuborgan yordam qoʻshinlarini magʻlub etgandan keyin ikkala shahar ham egallandi.[7] Banokat ham bosib olindi, 1220-yil aprelida Oʻtror quladi, Banokat va Oʻtrordagi moʻgʻul qoʻshinlari Nasaf yaqinida Chingizxonga qoʻshildi. 1220-yil yozini qoʻshin va otlarga dam berib oʻtkazdi.[6] Joʻji 1220-yil apreligacha Sirdaryo boʻyidagi barcha shaharlarni, jumladan Sigʻnoq va Jandni egallab soʻng Qipchoq dashtlarida qarorgoh qurdi.[3]Chingizxon Shohni tutish uchun Jebe, Subutay va uning kuyovi Togʻachar boshchiligidagi 30-40 ming kishilik moʻgʻul qoʻshinini yubordi.[4][7]

Movarounnahrning tezda qulashi shoh strategiyasini barbod qildi va Amudaryo yaqinidagi Jebe va Subutoy haqidagi xabarlar shohni asabiylashtiriub, Jaloliddin bilan birga gʻarbga chekinishni boshladi.[7] Shoh Nishopurda bir muddat toʻxtab qoldi.[6] Moʻgʻullarning Amudariyadan oʻtgani haqidagi xabarni eshitgach, shoh Fors boʻylab harakatlandi. Soʻngra Bagʻdodga borishga harakat qilib, moʻgʻullardan qochib qutulgach, yana Forsga qaytib keladi va oxir-oqibat Kaspiy dengizidagi Ashuro orolida boshpana topib, shu yerda 1220-yil dekabr oyida vafot etdi. U Jaloliddinni oʻz vorisi etib tayinladi.[4] Shohni taʼqib qilayotgan moʻgʻul qoʻshini Forsning bir qancha shaharlarini, jumladan Tus, Qazvin va Ardabilni talon-toroj qilib,[11][6]Mugʻon dashtlarida qishlagan edi.[6]

Chingizxon 1220-yilning kuzida Termizga bostirib kirdi, soʻng sharqqa Tojikistondagi Vakash daryosining yuqori oqimiga yoʻl oldi.[6]Badaxshon viloyatini boʻysundirib,[11]Sil-Sarayda qishladi.[3] Joʻji shimoldan oldinga, Chigʻatoy va Oʻqtoy esa Amudaryo boʻylab Gurganj tomon yurishdi.[3] Moʻgʻul otryadlari Amudaryo janubidagi Nusrat Koh[12] qalʼalariga bosqin uyushtirdi va Valx qalʼasini (ehtimol Zuhak)[13] qamal qildi.[12] Moʻgʻullar Qora Qum choʻli boʻylab qochqinlarning qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va Gʻazni tomon harakatlanish uchun patrul guruhlari tashkil qilgan edi.[5]

Sulton otasi vafotidan keyin oroldan Gurganjga yetib kelgan edi. Shahar amaldorlari uning ukasi Oʻzloqshohni sulton sifatida tanladilar.[4] Sulton oʻz hayotiga qarshi fitna haqida xabar topib, 300 otliq askar bilan Qoraqum choʻlidan oʻtib, Nasa[7] yaqinida moʻgʻul otryadini magʻlub etdi. Nishopurga borib, u yerda qoʻshin toʻplamoqchi boʻldi.[4] Moʻgʻullar shaharga yaqinlashganda u oʻz tarafdorlari bilan Nishopurni tark etdi.[11] Moʻgʻullar Kuhiston boʻylab sultonni quvib oʻtishdi, u Bostga yetib borish uchun oʻz taʼqibchilaridan oʻzib ketishga muvaffaq boʻldi.[6] Bu yerda amakisi Amin Malik boshchiligidagi 10 000 turk qoʻshini unga qoʻshildi va Sulton uch kunlik jangdan soʻng Qanhahordan moʻgʻul qoʻshinini haydab, Gʻazniga yetib keldi.[4][14][15].

1220-yilda Gʻaznida siyosiy tartibsizliklar boʻldi. Amin Malik Seiston va Gʻaznida qarshilik koʻrsatishga uringan edi. Biroq Gʻaznini egallab olgan Peshovar hokimi Ixtiyoruddin Muhammad Kharpost turklar va afgʻonlar birga yashay olmasligini aytib, Amin Malik bilan moʻgʻullarga qarshi hamkorlik qilishdan ochiqchasiga bosh tortdi.[3] Ixtiyoruddin Muhammad Xor-Post Xorazmshoh tarafdorlari tomonidan oʻldirilgan. Ular esa oʻz navbatida afgʻon rasmiylari tomonidan oʻldirilgan. Jaloliddin yetib kelganida, shahar oʻzining sodiq qoʻshinlari qoʻliga oʻtgan edi.[12][3]  Amin Malikning 30 ming qangʻli turk qoʻshinidan tashqari Jaloliddinga Gʻuriylar, Afgʻonlar, Qurloq, Xaloj va Turkmanlar ham qoʻshildi.[6][3] Shu bilan uning qoʻshini 60-70 ming kishidan iborat yaxshi jihozlangan, qatʼiy birlashgan armiyaga aylandi.[6]

Jaloliddin 1221-yil bahorida Gurganjdan Gʻazniga yoʻl olib, 1221-yil yozini oʻz qoʻshinlarini yigʻish bilan oʻtkazayotganda, moʻgʻullar toʻrt[6] yoki etti oylik qamaldan soʻng qulagan Gurganj qamalini boshlagan edi.[6] Shundan soʻng Tulu, Chigʻatoy va Oʻqtoy qoʻshinlari Nursat Koʻhni qoʻlga olish uchun yana toʻrt oy vaqt sarflagan Chingizxonga qoʻshildi.[6] Tulu bu vaqtga kelib Xurosonni zabt etishni tugatgan edi. U 1221-yil 25-fevralda Marvni talon-toroj qildi, 1221-yil 10-aprelda Nishopurni vayron qildi va Chingizxonga qoʻshilishdan oldin ularni taslim boʻlishga majbur qildi.[11][6]

Sulton Jaloliddin 1221-yil kuzida shimolga yurish qildi. Bahorda Jaloliddin shimolga, Parvonga koʻchib oʻtdi. Soʻngra Charikar shimolidagi Vaylan Kotal qalʼasini qamal qilgan moʻgʻul qoʻshiniga hujum qildi.[14][15] Bunga javoban Chingizxon Shiki Xutuxu boshchiligidagi 30 000 kishilik qoʻshinni sultonga qarshi kurash uchun yubordi.[4] Sulton Jaloliddin bu qoʻshinni Parvon jangida magʻlub qildi.[5][16][14] Jangdan keyin oʻlja boʻlinishi boʻyicha nizo tufayli afgʻon kontingenti ajralib chiqib ketdi. Turklar yetakchisi va Sultonning qaynotasi Amin Malik afgʻonlar boshligʻi Sayfiddin Agʻroqni qamchi bilan urdi. Sulton Jaloliddin Amin Malikni jazolashdan bosh tortdi.[17] Agʻroq esa Sultonga malomat qilib, Xaloj, afgʻon va qangʻli qoʻshinlarining bir qismi bilan tunda qarorgohni tark etdi.[6][18] Shiki Xutuxu omon qoldi va Chingizxonga qoʻshilish uchun qochib ketdi. Moʻgʻullar magʻlubiyati haqida xabar tarqalgach, Xurosonda isyon koʻtarildi.

Manbalar

tahrir
  1. Dictionary of Wars, by George C. Kohn, p.55.
  2. Chalind, Gérard „Chapter 7: The Mongol Empire“, . A Global History of War: From Assyria to the Twenty-First Century, First, University of California Press, 2014 — 144–145-bet. 
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 Barthold, Vasily. Turkestan Down to the Mongol Invasion, Third, Gibb Memorial Trust [1900], 1968. OCLC 4523164. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 Buniyatov, Z. M.. {{{title}}}. Moscow: Nauka [1986], 2015. ISBN 978-9943-357-21-1. 
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Tanner, Stephen. Afghanistan: A Military History from Alexander The Great to the Fall of The Taliban. DA CAPO Press, 2002. ISBN 0-306-81233-9. 
  6. 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 6,13 6,14 6,15 The Cambridge History of Iran, Volume 5 J. A. Boyle: . Cambridge University Press, 1968. ISBN 978-0-521-06936-6. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 7,7 McLynn, Frank. Genghis Khan: His Conquests, His Empire, His Legacy. Hachette Books, 2015. OCLC 1285130526. 
  8. Peers, Chris. Genghis Khan and The Mongol War Machine. Pen & Sword Books Ltd. Great Britain, 2007 — 127-bet. ISBN 978-1-78340-056-0. 
  9. Grousset, Rene. The Empire of The Steppes: A History of Central Asia. Rutgers University Press, 2005 — 238-bet. ISBN 0-8135-0627-1. 
  10. Bregel, Yuri. A Historical Atlas of Central Asia. Brill, Boston, 2003 — 36-bet. OCLC 938109618. 
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Juvaini, Ata-Malik. Tarikh-i Jahangushay (Persian), c. 1260. 
  12. 12,0 12,1 12,2 The Indian Antiquary A Journal of Oriental research Fleet, John F.: , 1885. 
  13. Minhaj ud-Din, Abu Umar I Usman. Tabakath I Nasiri. Gilbert & Rivington, 1881 — 125-30-bet. 
  14. 14,0 14,1 14,2 A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle, Vol. I, ed. Spencer C. Tucker, (ABC-CLIO, 2010), 273.
  15. 15,0 15,1 Sverdrup, Carl. The Mongol Conquests The Military Operations of Genghis Khan and Sübe'etei. West Midlands: Helion & Company Limited, 2017 — 29, 163, 168-bet. ISBN 978-1-910777-71-8. 
  16. Howorth, Henry Hoyle. History of The Mongols from the 9th to the 19th Century Part I. Burt Franklin, New York, 1876 — 89-bet. 
  17. Elliot, Henry M.. History of India As Told By Its Own Historians. Trübner & Co. London, 1869. 
  18. Al-Athir, Ibn (1231). The Chronicle of Ibn al-Athir for the Crusading Period from al-Kamil fi'I-Ta'rikh. Translated by D. S. Richards. Part 3. London and New York. Routledge Taylor & Francis Group. P. 229 ISBN 9780754640790