Amir al-haj (Arabcha: أمير الحج, romanizatsiya: amīr al-ḥajj, tarjimasi „ziyorat qoʻmondoni“ yoki Arabcha: أمير الحلج, romanizatsiya: amīr al-ḥājj, tarjimasi „ziyorat qoʻmondoni“[1] koʻplik: Arabcha: أمراء الحج, romanizatsiya: umarāʾ al-ḥaj[2]) 7-asrdan 20-asrgacha musulmon imperiyalarida yillik Haj karvoni qoʻmondonligi uchun berilgan lavozim va unvon. Abbosiylar davridan beri ikkita asosiy karvon boʻlib, biri Damashqdan, ikkinchisi Qohiradan joʻnagan[1]. Yillik ikki karvonning har biriga amir al-haj tayinlangan boʻlib, uning asosiy vazifasi karvon uchun mablagʻ va zarur narsalarni taʼminlash hamda karvonni Hijozdagi musulmonlarning muqaddas Makka va Madina shaharlariga choʻl yoʻli boʻylab himoya qilib borishdan iborat boʻlgan[3][4].

Makkadan Madinaga Haj karvonini boshlab borayotgan Misr amir al-hajining tasviri. Anis al-Hujjaj (Hojining hamrohi) qoʻlyozmasidan tax. 1677 —  1680

Lavozimning ahamiyati

tahrir

Tarixchi Tomas Filippning ta’kidlashicha, „amir al-haj mansabi nihoyatda muhim bo‘lgan“. Lavozim egasiga katta siyosiy ta’sir va diniy obroʻ-e’tibor keltirgan[5]. Islomda haj ziyoratining ahamiyati e’tiborga olinsa, karvon va undagi hojilarni himoya qilish musulmon hukmdorlar uchun ustuvor vazifa bo‘lgan. Karvonning notoʻgʻri boshqarilgani yoki badaviy bosqinchilarning ziyoratchilarga yetkazgan zarari koʻpincha ziyoratdan qaytib kelgan hojilar orqali maʼlum boʻlgan. Musulmon dunyosi rahbari yoki bu lavozimga intilgan hukmdordan haj xavfsizligini taʼminlash talab qilingan va uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi hukmdorning obroʻ-eʼtiborida sezilarli darajada aks etgan[6]. Shunday qilib, „iqtidorli va muvaffaqiyatli haj qoʻmondonlari hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan“[3]. Usmoniylar davrida muvaffaqiyatli umaro al-Hajning ahamiyati lavozim egalarining boshqa joylarda sodir etgan suisteʼmolliklari uchun Usmonli hukumati tomonidan jazo choralaridan himoya qilgan[3].

Vazifalari

tahrir

Haj karvoni uchun asosiy xavf badaviylarning bosqinlari edi. Amir al-haj mahalliy badaviylar hujumiga uchragan taqdirda karvonni himoya qilish uchun harbiy kuchlarga buyruq bergan yoki karvon Hijozdagi musulmonlarning muqaddas shaharlariga boradigan yoʻldagi turli badaviy qabilalariga pul toʻlagan[4]. Taʼminot (suv va oziq-ovqat) va transport (tuyalar) xarid qilish hamda hajni moliyalashtirish uchun mablagʻ bilan taʼminlash ham amir al-hajning zimmasida boʻlgan. Mablagʻlar asosan viloyat daromadlarining Haj uchun maxsus ajratilgan daromadlaridan tushgan[3]. Baʼzi mablagʻlar turli Mamluk va Usmonli sultonlari tomonidan tashkil etilgan yirik vaqflardan kelgan. Mazkur vaqflar asosan Makka va Madina shaharlariga kelayotgan ziyoratchilarni joylashtirish uchun suv va taʼminot mavjudligini taʼminlashga moʻljallangan. Qohira qoʻmondoni kisva, har yili Makkadagi Kaʼba ustiga yopiladigan qora mato, uchun masʼul edi[7].

Singer va Filippning fikricha, amir al-haj logistika imkoniyatlari va harbiy mahoratga ega boʻlishi kerak edi. Karvon uchun taʼminot va xavfsiz transportni taʼminlash uchun amir al-haj koʻpincha turli Usmonli amaldorlar va mahalliy jamoat rahbarlari bilan aloqa tarmogʻini saqlab turgan[3]. amir al-haj oʻzi bilan bir qator amaldorlar, jumladan tartibni saqlash uchun qoʻshimcha mamluk qoʻmondonlari va imomlar, muazzinlar, qozilar kabi diniy amaldorlarni olib yurgan. Ularning barchasi odatda maʼlumotli arablar boʻlgan. Boshqa amaldorlar orasida sahro bo‘yicha arab yo‘lboshchilari, shifokorlar, ziyorat vaqtida vafot etgan ziyoratchilarning ichki ishlari bo‘yicha mas’ul xodim va moliyaviy operatsiyalarni nazorat qiluvchi muhtasib kabilar ham boʻlgan[7].

Tarixi

tahrir
 
Yahyo ibn Mahmud al-Vositiyning arabcha qoʻlyozmasidan. 1237-yilda Levantdan Makkaga ketayotgan haj karvoni tasviri.

Musulmon anʼanalariga koʻra, birinchi Haj karvoni Islom paygʻambari Muhammad davrida uyushtirilgan. Muhammad 630-yilda (hijriy 9-yil) Abu Bakrga Madinadan Makkaga 300 ziyoratchini olib borishni buyurgan[1]. Musulmonlarning fathlari bilan kengayib borgan musulmon dunyosining barcha burchaklaridan koʻp sonli ziyoratchilar hajga bora boshlagan. Abbosiylar davrida Damashq va Qohiradan har yili davlat homiylik qiladigan karvonlar yoʻlga chiqish anʼanasi boshlangan. Odatda davlat karvoniga uzoq viloyatlardan kelgan ziyoratchilar karvonlari qoʻshilgan[1]. Uchinchi asosiy yoʻnalish Kufa boʻlib, u yerda Iroq, Eron va Oʻrta Osiyodan ziyoratchilar toʻplangan. Damashqda Levant va keyinroq Onadoʻlidan ziyoratchilar toʻplangan. Qohirada esa Misr, Afrika, Magʻrib va Andalusdan (Ispaniya) ziyoratchilar toʻplangan[8].

Ilk abbosiylar davrida ziyoratning ramziy ahamiyatiga katta ahamiyat berishgan va Abbosiylar hukmronligining birinchi asrida karvonlarni boshqarish uchun odatda hukmron sulola vakillari saylangan. Xalifa Horun ar-Rashid (h. 786–809) karvonga bir necha marta shaxsan rahbarlik qilgan[1]. amir al-haj idorasi aniq qachon tashkil etilgani nomaʼlum, ammo ehtimol 978-yilda Misr Fotimiylari xalifasi Aziz (h. 975–996) Badis ibn Ziriyni bu lavozimga tayinlaganida boʻlishi mumkin. Kufa karvoni uchun birinchi amir al-haj, saljuqiylar sultoni Muhammad II 1157-yilda tayinlagan saljuqiy amiri Qaymaz boʻlsa kerak. Damashq karvoni uchun birinchi ehtimoliy amir al-haj 1187-yilda Quddus salibchilardan qaytarib olingandan keyin Ayyubiylar sultoni Salohiddin tomonidan tayinlangan Tugʻtakin ibn Ayyub boʻlgan[8].

1258-yilda Abbosiylar xalifaligi va poytaxt Bagʻdodning Moʻgʻullar davlati tomonidan yoʻq qilinishi bilan Damashq va Qohiraning Haj karvoni uchun yigʻilish va joʻnash nuqtalari sifatidagi roli pasayib ketgan. Oradan ikki yil oʻtgach, Mamluk sultonligi tashkil etilgan. Oʻshandan keyin Damashq Levant, Onadoʻli, Mesopotamiya va Forsdan kelgan ziyoratchilar uchun asosiy yigʻilish nuqtasi boʻlib qolgan, Qohira esa Nil vodiysi, Shimoliy Afrika va Sahroi Kabirdan kelgan ziyoratchilar uchun yigʻilish nuqtasi boʻlgan[9]. Tarixchi Jeyn Xeteueyning yozishicha, amir al-haj mamluklar davrida o‘zining „klassik“ darajasiga koʻtarilgan[1]. Biroq, lavozimning ahamiyatiga qaramay, mamluklar karvonlarni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan oʻrta darajadagi mansabdor amaldorlarni, odatda amir mia muqaddam alf (ming askar qoʻmondoni[10], tanlashgan[1].

Mamluklar davrida asosiy ziyorat karvoni Qohiradan joʻnab ketgan. Karvonning amir al-hajini har doim sulton tayinlagan. Damashq amir al-hajini sulton yoki uning Suriyadagi noibi tayinlagan. Damashq qoʻmondoni odatda Karin qoʻmondoniga boʻysungan. Ushbu qoʻmondon odatda Makka shariflari, hozirgi Iroq yoki Yamandagi karvon qoʻmondonlari bilan uchrashuvlar hamda janjallarda neytral yoki yordamchi rol oʻynagan[7]. Kisva, yaʼni Kaʼbaning tantanali yopinchigʻi Misrda toʻqilgani sababli, uni Qohira karvoni keltirgan. Damashq karvoni esa Madinadagi Muhammad qabri uchun mos yopinchiqni keltirgan[1]. Bir necha Mamluk sultonlarining oʻzlari ziyoratga borganlar, lekin ularning karvonda ramziy borligi musiqachilar hamrohlik qiladigan mahmal (palanquin) bilan ifodalangan[1].

Usmoniylar davri

tahrir
 
Misr qurolli soqchilari qurshovida Qohiradan Makkaga olib ketilayotgan kisva. 1911-yil

Usmonlilar imperiyasi 1517-yilda Mamluklar hududlari ustidan nazoratni qoʻlga kiritgach, amir al-hajning faoliyati saqlanib qolgan. Usmonli sultoni mansabdorni ushbu lavozimga tayinlagan keyingi yildan tashqari 16-asrning katta qismida Qohiradan kelgan amir al-haj cherkas mamluklari orasidan tanlangan, vaqti-vaqti bilan muhim arab shayxlari yoki yuqori martabali bosniyalik yoki turk amaldorlarni tayinlash amaliyoti davom etgan[10]. Shundan soʻng, 18-asr boshlarigacha Qohira karvoni uchun qoʻmondonlar Konstantinopoldan kelgan davr boʻlib, Misr mamluklari yana bir bor bu lavozimga tayinlangan maʼqul shaxslarga aylangan[11].

16-asrda Damashqdan karvonga tayinlangan amir al-haj 100 sipohiy, Damashq Eyaletida (Damashq viloyati) fieflariga ega boʻlgan professional qoʻshin va Damashq garnizonining yanicharlariga qoʻmondonlik qilgan. Damashq uchun birinchi amir al-haj viloyatning sobiq Mamluk noibi, Usmonli hokimi Janbirdi al-Gʻazzoliy edi. 1571-yilgacha Damashq umara al-hajligi uchun Damashqning yuqori martabali mamluklari nomzod boʻlgan. Keyinchalik Gʻazza, Ajlun, Nablus va Karak kabi kichik shahar va qishloqlardan mamluklar va mahalliy rahbarlar karvonni muvaffaqiyat bilan boshqarganlar[12].

1708-yilda Usmonli imperiya hukumati Damashq voliysi (gubernatori) amir al-haj vazifasini bajaradigan yangi siyosatni qabul qilgan[12][13]. Siyosatdagi mazkur oʻzgarish bilan Damashq qoʻmondonining mavqei ham koʻtarilgan. Uning martabasi Karin qoʻmondoni, karvon bilan sayohat qilgan har qanday Usmonli amaldorlari, Jiddadagi Hijozning Usmonli noibi va Makka shariflaridan ustun boʻlgan[12]. Damashqdagi arab al-Azm oilasi karvonga qoʻmondonlik qilishda qisman muvaffaqiyat qozonganlari tufayli uzoq vaqt Damashq hokimi boʻlib qola olgan[14].

Vahhobiylar 19-asr boshlarida Hijozni birinchi marta nazoratga olganlarida, ular mahmal va musiqachilar olib yurishni taqiqlagan. 1811-yilda Muhammad Ali hududni qoʻlga olgach, ular qayta tiklangan. Saudiylar 1925-yilda Hijozni qaytarib olishgach esa taqiq yana qo‘llangan[1]. Damashq gubernatorlari ega boʻlgan amir al-haj idorasining eksklyuzivligi 19-asr oʻrtalarida, Usmonlilar Suriya ustidan nazoratni Muhammad Alining Misr qoʻshinlaridan qaytarib olishlari bilan tugagan. Bu vaqt ichida badaviy bosqinchilarning xavfsizlikka tahdidi ham kamaygan. Oʻshandan boshlab amir al-haj Damashqlik taniqli kishi egallab oladigan faxriy idoraga aylangan[14]. 1911-yilda Usmonlilar Misr ustidan nominal hokimiyatni yoʻqotgach, Misr sultoni har yili farmon bilan amir al-hajni tayinlay boshlagan. Biroq, bu paytga kelib, mamlakatda sodir boʻlayotgan radikal siyosiy oʻzgarishlar sharoitida bu idoraning ahamiyati sezilarli darajada pasayib ketgan[15].

Birinchi jahon urushidan keyin Usmonli imperiyasining parchalanishi Damashq amir al-hajining tugatilganidan darak bergan. Qohira karvoni 1952-yilda qulaguniga qadar Misrdagi Muhammad Ali sulolasi karvonga amir al-haj tayinlashda davom etgan. Vakillik yangi respublika hukumati davrida ikki yil davom ettirilib, nihoyat tugatilgan[1].

Ilk Islom davrida haj rahbarlari roʻyxati

tahrir

Umaviy va Abbosiy xalifalari davrida hajga rahbarlik qilish asosan xalifaning qarindoshlariga topshirilgan.

Umaviylar davri (661—750)

tahrir

Abbosiylar davri

tahrir

Usmoniy umaro al-hajlari roʻyxati

tahrir

Qohira karvon qoʻmondonlari

tahrir

Damashq karvon qoʻmondonlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hathaway 2015.
  2. Philipp 1998, s. 102.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Singer 2002, s. 141.
  4. 4,0 4,1 Al-Damurdashi 1991, s. 20.
  5. Philipp 1998, s. 101.
  6. Singer 2002, s. 142.
  7. 7,0 7,1 7,2 Dunn 1986, s. 66.
  8. 8,0 8,1 Sato 2014, s. 134.
  9. Peters 1994, s. 164.
  10. 10,0 10,1 Philipp 1998, ss. 102–104.
  11. Peters 1994, s. 167.
  12. 12,0 12,1 12,2 Peters 1994, s. 148.
  13. Burns 2005, ss. 237–238.
  14. 14,0 14,1 Masters 2009, s. 40.
  15. Rizk, Labib (2011-07-04), „A Diwan of contemporary life“, Al-Ahram Weekly, Al-Ahram, 2013-10-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-07-08
  16. Williams 1985, s. 123.
  17. Yarshater 1985–2007, v. 36: pp. 157, 161, 162; Al-Mas'udi 1877, s. 74 (calling him Ibn Burayh); Ibn Hazm 1982, s. 34.
  18. Philipp, 1998, p. 14
  19. 19,0 19,1 19,2 Damurdashi, 1991, pp. 28-29.
  20. Damurdashi, 1991, p. 30
  21. Damurdashi,1991, pp. 61; 112
  22. Philipp, Thomas. ʻAjāʾib Al-Āthār Fī ʾl-Tarājim Waʾl-Akhbār: Guide. Franz Steiner Verlag, 1994. ISBN 9783515057561. 
  23. Damurdashi, 1991, p. 146.
  24. Damurdashi, 1991, p. 227
  25. 25,0 25,1 Damurdashi, 1991, pp. 227-228.
  26. Damurdashi, 1991, p. 266
  27. Damurdashi, 1991, p. 270
  28. Damurdashi, 1991, p. 271
  29. Damurdashi, 1991, p. 303
  30. Damurdashi, 1991, p. 314
  31. Damurdashi, 1991, p. 320
  32. Damurdashi, 1991, p. 342
  33. Philipp, 1998, p. 124
  34. Philipp, 1998, p. 119
  35. Creighton, 2012, p. 133
  36. Anderson, 1998, p. 89
  37. 37,0 37,1 37,2 37,3 37,4 37,5 37,6 37,7 Bakhit, 1982, p. 108, note 104.
  38. 38,0 38,1 38,2 Barbir, pp. 45–46.
  39. 39,0 39,1 39,2 Bakhit, 1982, p. 109.
  40. 40,0 40,1 40,2 40,3 Ze'evi, 1996, pp. 43-44
  41. Ottoman Jerusalem: The Living City, 1517-1917, Part 1. Altajir World of Islam Trus, 2000 — 27-bet. ISBN 9781901435030. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr. 
  42. 42,0 42,1 42,2 42,3 42,4 42,5 42,6 Barbir 1980, pp. 46–49

Adabiyotlar

tahrir