Buxoro (futbol klubi)
Buxoro — 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni — Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.
Nurafshon[1] | |||
Toʻliq nomi | Buxoro professional futbol klubi | ||
Laqabi | Buxoroliklar Amir klubi Cho‘l jangchilari Koʻhna shaharliklar | ||
Asos solingan | 1989-yili | ||
Stadion | Buxoro Sport Majmuasi | ||
Stadion hajmi | 21 000 | ||
Prezidenti | Ali Orziyev | ||
Direktori | Usmon Toshev | ||
Murabbiyi | Ulugʻbek Baqoyev | ||
Vebsayt | http://www.pfcbuxoro.com/ | ||
Musobaqasi | Oliy liga | ||
2023 | Superligada 14-o‘rin | ||
|
Tarixi
tahrirJamoa nomlari tarixi
tahrir- 1989—1996 „Nurafshon“
- 1997—2021 „Buxoro“
- 2021— 2022 „Nurafshon“
- 2022 — h.v. „Buxoro“
1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion — Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi — Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.
Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi — „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.
Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.
2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.
2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.
2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻlib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi nomini olgan.
2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, „Proliga“ga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi o'zgartirildi[2]. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi[3][4]. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.[5][6]
Mahalliy tarix
tahrirMavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Bosh murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Pozitsiya | Oʻyin | Yutuq | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar |
Qaytarilgan gollar |
P | Ism | Liga | |||
1991 | SSL | 4th | 42 | 20 | 9 | 13 | 72 | 45 | 49 | Valeriy Chervyakov | 11 | Stanislav Kaminskiy | |
1992 | 1st | 4th | 32 | 20 | 7 | 5 | 59 | 23 | 47 | R32 | Yuriy Ageyev | 15 | Stanislav Kaminskiy |
1993 | 1st | 5th | 30 | 15 | 5 | 10 | 46 | 32 | 35 | R32 | Mihail Fomin | 9 | Boris Lavrov |
1994 | 1st | 2nd | 30 | 20 | 4 | 6 | 63 | 31 | 44 | Quarter-final | Olim Tillayev | 19 | Aleksandr Ivankov |
1995 | 1st | 5th | 30 | 13 | 1 | 16 | 39 | 26 | 40 | Quarter-final | Yuriy Ageyev | 12 | Mustafa Belyalov |
1996 | 1st | 5th | 30 | 15 | 5 | 10 | 52 | 39 | 50 | Quarter-final | Rustam Asqarov | 12 | Islom Ahmedov |
1997 | 1st | 7th | 34 | 16 | 5 | 13 | 57 | 55 | 53 | Quarter-final | Rustam Asqarov | 14 | Stanislav Kaminskiy |
1998 | 1st | 6th | 30 | 13 | 4 | 13 | 51 | 50 | 43 | Quarter-final | Vyacheslav Koloda | 10 | Stanislav Kaminskiy |
1999 | 1st | 9th | 30 | 10 | 7 | 13 | 44 | 50 | 37 | - | Nikolay Sergiyenko | 8 | Hakim Fuzaylov |
2000 | 1st | 6th | 38 | 20 | 5 | 13 | 73 | 60 | 65 | R32 | Ulugʻbek Baqoyev | 21 | Usmon Toshev |
2001 | 1st | 8th | 34 | 15 | 3 | 16 | 57 | 58 | 48 | Semi-final | Ilhom Umarov | 14 | Usmon Toshev |
2002 | 1st | 7th | 30 | 12 | 5 | 13 | 37 | 53 | 41 | R16 | Eldor Qosimov | 12 | Usmon Toshev |
2003 | 1st | 12th | 30 | 10 | 2 | 18 | 48 | 56 | 32 | Quarter-final | Ilyos Qurbonov | 13 | Usmon Toshev |
2004 | 1st | 7th | 26 | 10 | 3 | 13 | 31 | 45 | 30[lower-alpha 1] | Chorak final | Muhammad Inogamov | 8 | Usmon Toshev |
2005 | 1st | 12th | 26 | 9 | 2 | 15 | 37 | 59 | 29 | Yarim final | Alisher Xoliqov | 6 | Usmon Toshev |
2006 | 1st | 11th | 30 | 9 | 7 | 14 | 35 | 34 | 34 | Chorak final | Alisher Xoliqov | 9 | Usmon Toshev |
2007 | 1st | 9th | 30 | 11 | 3 | 16 | 29 | 43 | 36 | 1/8 final | Anvar Rajabov | 8 | Usmon Toshev |
2008 | 1st | 15th | 30 | 7 | 5 | 18 | 25 | 44 | 26 | Quarter-final | Lochinbek Soliyev | 8 | Usmon Toshev |
2009 | 1st | 15th | 30 | 6 | 6 | 18 | 40 | 59 | 24 | Chorak final | Lochinbek Soliyev | 15 | Rauf Inileyev |
2010 | 2nd | 1st | 30 | 24 | 2 | 4 | 71 | 21 | 74 | R32 | Abdulatif Joʻrayev | 27 | Rauf Inileyev |
2011 | 1st | 9th | 26 | 8 | 7 | 11 | 23 | 38 | 31 | R32 | Suhrob Neʼmatov | 7 | Gennadiy Kochnev |
2012 | 1st | 7th | 26 | 10 | 5 | 11 | 24 | 31 | 35 | Semi-final | Vohid Shodiyev | 5 | Jamshid Saidov |
2013 | 1st | 6th | 26 | 10 | 3 | 13 | 33 | 44 | 33 | R16 | Vohid Shodiyev | 12 | Toshmurod Ogʻamurodov |
2014 | 1st | 12th | 26 | 6 | 7 | 13 | 22 | 42 | 25 | R32 | Suhrob Neʼmatov | 3 | Edgar Gess
Said Seyidov (interim) |
2015 | 1st | 14th | 30 | 7 | 5 | 18 | 31 | 53 | 26 | R16 | Aziz Ibragimov | 6 | Aleksandr Mochinov
Shuhrat Fayziyev (interim) |
2016 | 1st | 4th | 30 | 17 | 7 | 6 | 42 | 27 | 58 | Semi-final | Aziz Ibragimov | 10 | Jamshid Saidov |
2017 | 1st | 6th | 30 | 13 | 7 | 10 | 42 | 20 | 46 | Quarter-final | Ivan Nagayev | 10 | Ulugʻbek Baqoyev |
2018 | 1st | 6th | 20 | 3 | 1 | 16 | 14 | 41 | 10 | R32 | Arslonmurat Amanov | 5 | Ulugʻbek Baqoyev |
2019 | 1st | 12th | 26 | 5 | 9 | 12 | 18 | 37 | 24 | R32 | Doston Ibragimov | 3 | Baxtiyor Ashurmatov |
2020[7] | 1st | 15th | 26 | 1 | 11 | 14 | 19 | 50 | 14 | R16 | Izzatilla Abdullayev | 3 | Muhsin Muhamadiyev |
2021 | 2 | Davron Isoqov | 9 | ||||||||||
2022[8] | 2 | 2-oʻrin | 26 | 14 | 8 | 4 | 46 | 26 | 50 | Guruh bosqichi | Roʻzimboy Axmedov | Hakim Fuzaylov | |
2023 | 1st | 14 | 26 | 4 | 3 | 19 | 12 | 35 | 15 | Guruh bosqichi | Aleksandar Stanisavljević | 2 | Hakim Fuzaylov |
- ↑ Musoboqada ishtirok etish badal toʻlovlarini toʻlamaganlik uchun musoboqani -3 ochko bilan boshlagan
Stadion
tahrir„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi "Buxoro Arena" (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.
Stadion 22 700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ Oʻzbekiston chempionatining eng koʻp tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir oʻyinida stadion muxlislar bilan toʻlib ketadi.
Ayollar jamoasi
tahrirYutuqlar
tahrirOʻzbekiston chempionati
SSSR chempionati
Jamoa tarkibi
tahrir- 2024-yil 13-mart[9]
|
|
U21
tahrirU19
tahrirMurabbiylar shtabi
tahrir2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.
- Ulugʻbek Baqoyev — Bosh murabbiy
- Mihail Eramchuk — Yordamchi Murabbiy
- Viktor Karpenko — Yordamchi Murabbiy
- Igor Mixaylov — Darvozabonlar murabbiyi
Boshqaruvl tarixi
tahrirYillar | Murabbiy |
---|---|
1989 | ma‘lumot yoʻq |
1990 | Oleg Bugayev |
1991—1992 | Stanislav Kaminskiy |
1993 | Boris Lavrov |
1994 | Aleksandr Ivankov |
1995 | Mustafo Belyalov |
1996 | Islom Axmedov |
1997 | Igor Plyugin |
1997—1998 | Stanislav Kaminskiy |
1998—1999 | Hakim Fuzaylov |
2000—2008 | Usmon Toshev |
2008 | Yuriy Ageyev |
2009 | Rauf Inileyev |
2010 — 2011 | Gennadiy Kochnev |
2011 — 2012 | Jamshid Saidov |
2012 | Vladimir Utkin |
2012 — 2013 | Toshmurod Ogʻamurodov[10] |
2014 | / Edgar Gess |
2014 | Said Seyidov |
2015 | Aleksandr Mochinov |
2015 | Shuhrat Fayziyev |
2015 — 2017 | Jamshid Saidov |
2017 — 2018 | Ulugʻbek Baqoyev[11] |
2018 | Shuhrat Fayziyev[12] |
2018 — 2019 | Baxtiyor Ashurmatov[13][14] |
2019 | Mirislom Hasanov (vaqtincha)[15] |
2019 — 2020 | Muhsin Muhammadiyev[16][17][18][19] |
2020 — 2021 | Jamshid Saidov[20] |
2021 | Davron Fayziyev[21][22] |
2021 | Anvar Berdiyev[23][22][24][25] |
2021 | Mirislom Hasanov (vaqtincha)[26] |
2021 | Usmon Toshev[27] |
2021 | Mirislom Hasanov (vaqtincha) |
2022 — 2023 | Hakim Fuzaylov[28] |
2023 — h.v. | Ulugʻbek Baqoyev[29] |
Mashhur futbolchilar
tahrir- Valeriy Gorbach
- Aleksandr Tynyanov
- Gennadiy Sharipov
- Usmon Toshev
- Mustafo Belyalov
- Ulugʻbek Baqoyev
- Vagiz Galiulin
- Viktor Karpenko
- Gennadiy Sharipov
- Vladimir Shishelov
- Vohid Shodiyev
- Aziz Ibragimov
- Shavkat Mullajonov
- Shavkat Salomov
- Otabek Shukurov
- Bahodir Nasimov
- Alisher Xoliqov
- Vyacheslav Ponomaryov
- Igor Ivanov
- Igor Kichigin
- Jasur Hasanov
- Bahodir Pardayev
- Islom Inomov
- Anvar Rajabov
- Salamat Qutiboyev
- Sardor Qobuljonov
- Oleg Sinelobov
- Eldar Qosimov
- Ildar Magdeev
- Aleksandr Lobanov
- Timur Sultonov
- Nikolay Sergiyenko
- Rinat Sayfulin
- Alisher Ahmedov
- Yuriy Ageyev
- Olim Tillayev
- Sadriddin Ishmirzayev
- Ramil Bekulov
- Azim Xodjiyev
- Mixail Fomin
- Rustam Asqarov
- Valeriy Chervyakov
- Shuhrat Fayziyev
- Sobiq SSSR davlatlari
- Muhsin Muhammadiyev
- Baxtiyar Xojaahmedov
- Arslanmurat Amanov
- Arsen Tlexugov
- Giorgiy Kvesishvili
- Nikolay Kashentsev
- Grigoriy Melikov
- Aleksey Abdulxoliqov
- / Andrey Podolyanchik
- Aleksandr Tarasenko
- Vladimir Kilikevich
- Vladimir Baenko
- Oleg Mochulyak
- Yuriy Rijko
- Pavels Leus
- Artūras Fomenka
- Tadas Grajyunas
- Yevropa
- Osiyo
- Afrika
Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar
tahrir„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.
„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.
„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.
Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.
„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ — markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ — Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ — 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi — amir sharafiga.
Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda
tahrirTurnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.
Turnir Ishtirokchi
Osiyo Kubogi — 2019 — Arslonmurod Amanov
Manbalar
tahrir- ↑ „PFK Nurafshon - Soccer - Team Profile - Results, fixtures, squad, statistics - Global Sports Archive“. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
- ↑ „"Бухоро" жамоаси логотипи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ FK „Nurafshon“ — vk.com, 13-iyulya 2021
- ↑ „"Бухоро" клубининг номи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Про лига. Мавсум якунланди: "Бухоро" Суперлигага чиқди, "Турон" ўтиш ўйинида "Локо" билан ўйнайди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
- ↑ „"Бухоро"нинг "Бунёдкор" устидан қозонилган ягона ғалабаси ёдингиздами?“. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
- ↑ „"Бухоро" 11 йилдан кейин илк бор қуйи лигага тушиб кетди, "Андижон" плей-оффда ўйнайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Про лигада икки йилда икки хил натижа қайд этган "Бухоро" яна Суперлигага қайтди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Buxoro jamoasi tarkibi (2024-yil 13-mart xolatiga koʻra)“. 2024-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-mart.
- ↑ „Т.Агамуродов «Бухоро» бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Бақоев "Бухоро"дан кетаётганини маълум қилди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Расмий хабар. "Бухоро"га янги бош мураббий тайинланди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Breaking news. Бахтиёр Ашурматов -"Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Расман: Суперлигада истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Мирислом Ҳасанов: “Бахтиёр Ашурматовдан кейин жамоани қабул қилиб олиш қийин бўлмади”“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Расмий хабар. Муҳсин Муҳаммадиев - "Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „"Бухоро"га "Рубин" клубининг собиқ спорт директори бош мураббий бўлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „2020 йилда "Бухоро"ни ким бошқариши маълум“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Муҳсин Муҳаммадиев «Бухоро» жамоаси бош мураббийилигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Жамшид Саидов "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Расман: Даврон Файзиев "Бухоро" бош мураббийига айланди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ 22,0 22,1 „Даврон Файзиев "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигидан кетди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Расман: Анвар Бердиев "Бухоро"да иш бошлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „“Бухоро”да ички муҳит қандай? Жамоа ўйинида ўзгариш кўрамизми? Мирислом Ҳасанов билан суҳбат“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Усмон Тошев "Бухоро"га қайтди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „"Динамо"ни Суперлигага олиб чиққан мураббий энди "Бухоро"да ишлайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Расман. Улуғбек Бақоев “Бухоро” жамоаси бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Ofitsialniy sayt futbolnogo kluba „Buxara“(oʻzb.)(rus.)(ingl.)
- Informatsiya o klube na sayte transfermarkt
- Informatsiya o klube na sayte wildstst.ru
- Informatsiya o klube na sayte weltfussballarchiv.com (Wayback Machine saytida 18-dekabr 2012-yil sanasida arxivlangan)
- Informatsiya o klube na sayte footballfacts.ru