Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Chili sharafini himoya qiladi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Chili futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va CONMEBOL aʼzosi hisoblanadi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991, 1995 va 2011-yillarda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqishga yaqin keldi va nihoyat, 2019-yilda birinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqdi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan bir qatorda Copa America Femenina saralash bosqichida doimo saralanib oʻtgan ikki jamoadan biri hisoblanadi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinlarini, asosan, anʼanaviy raqibi boʻlgan Argentina ayollar milliy terma jamaosiga qarshi oʻtkazadi. Hozirda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasini Jose Letelier boshqaradi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasiga darvozabon Christiane Endler sardorlik qiladi.
Janubiy Amerikaning koʻplab davlatlari singari Chilida ham ayollar futboli ham erkaklar futbolining soyasida qolmoqda. Hozircha Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qaysidir oʻyinda gʻlaba qozongan uchta ispan tilida soʻzlashuvchi davlatdan biri hisoblanadi.
Futbol boʻyicha Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan.
Tarixi
tahrirChili ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya va Venesuela terma jamoalari bilan bir qatorda 1991-yilda ilk marotaba oʻtkazilgan Amerika kubogining birinchi ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk turnirda mezbon Braziliya terma jamoasiga 1:6 hisobida magʻlub boʻldi va Venesuela ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va natijasda 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Keyinchalik Chili ayollar milliy futbol terma jamoasida samaradorlikning pasayishi davriga kirdi, yaʼni Amerika kubogida faqat 1995 va 2010-yillarda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan soʻng, Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yil may oyida Peruga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 12:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2018-yilgi Copa America Femenina kubogi turniriga mezbonlik qilish Chiliga nasib qildi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinlariga muxlislar tashrifi deyarli toʻla boʻlgan holda jamoa ushbu tunirda ikkinchi oʻringa egalladi. Bu esa Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi FIFA Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishini kafolatladi[1][2].
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogining F guruhiga tushdi. Guruhda ikkita juda kuchli ayollar terma jamoasi: Jahon chempionlari: AQSh va Shvetsiya ayollar terma jamoalari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi raqibi va 2015-yilgi turnir debyutanti Tailand ayollar terma jamoalari bor edi. Mutlaqo qiyin guruhga tushib qolgan Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Shvetsiya va AQSh ayollar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda dadil oʻyin koʻrsatdi, ammo bir ochko ham qoʻlga kirita olmadi: Shvetsiyaga 0:2 va AQShga 0:3 hisobida yutqazdi[3][4]. Biroq, Chilining soʻnggi oʻyini Tailand ayollar terma jamoasiga qarshi muhim uchrashuv boʻldi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining jangovar ruhi avvalroq AQSh va Shvetsiyaga ikkita halokatli magʻlubiyatdan keyin yana-da tushgan edi. Shunga qaramay Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Tailand ustidan 2:0 hisobidagi tarixiy gʻalaba qozondi. Ammo Fransiska Laraning soʻnggi daqiqalarda penaltidan gol oʻtkazib yuborishi Chili ayollar milliy futbol terma jamoasini Nigeriya ayollar terma jamoasi bilan toʻplar farqi pastligi sababli Jahon chempionatidan chiqarib yubordi[5].
Keyin Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdu, lekin guruh bosqichining oʻzidan turnirni tark etishdi[6][7].
Jamoa tasviri
tahrirJamoaning laqabi
tahrirChili ayollar milliy futbol terma jamoasi „La Roja Femenina (Ayol Qizil)“ nomi bilan tanilgan.
Jamoaning uy stadioni
tahrirChili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Estadio Nacional Julio Martines Pradanos stadionida oʻtkazadi.
Jamoa homiylari
tahrir- Coca-Cola / Powerade
- Sodimac
- Serveza Cristal
- PF Alimentos
- Gillette
- Ariel
- Santander
- Arauko
- Claro
- Unimark
- Marca Chili
- Betsson
- Rappi
- LATAM
- DirecTV Sports (Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining 2022-yil aprel oyidagi oʻrtoqlik oʻyinlarini translyatsiya qilgan telekoʻrsatuvi)
- Chilevision / TNT Sports Chile (Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining saralash va oʻrtoqlik oʻyinlarini translyatsiya qilgan telekoʻrsatuvi)
- Televisión Nacional de Chile (2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻyinlarini translyatsiya qilgan telekoʻrsatuvi)
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi
tahrir2022-yil 27-iyulga koʻra Quyida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
- Ushbu roʻyxatni tuzishda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[8].
Raqib terma jamoalar | Ilk uchrashuv | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | Konfederatsiyasi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Argentina | 1995 | 18 | 6 | 4 | 8 | 22 | 32 | −10 | CONMEBOL |
Avstraliya | 2018 | 4 | 1 | 0 | 3 | 5 | 11 | −6 | AFC |
Boliviya | 1995 | 6 | 5 | 0 | 1 | 25 | 7 | +18 | CONMEBOL |
Braziliya | 1991 | 14 | 0 | 1 | 13 | 5 | 51 | −46 | CONMEBOL |
Kamerun | 2021 | 2 | 1 | 1 | 0 | 2 | 1 | +1 | CAF |
Kanada | 2013 | 2 | 1 | 0 | 1 | 2 | 3 | 0 | CONCACAF |
Xitoy | 2009 | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 | 2 | −1 | AFC |
Kolumbiya | 1998 | 14 | 2 | 6 | 6 | 10 | 21 | −11 | CONMEBOL |
Kosta Rika | 2018 | 3 | 2 | 1 | 0 | 7 | 2 | 0 | CONCACAF |
Daniya | 2010 | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 6 | −5 | UEFA |
Ekvador | 1995 | 6 | 4 | 1 | 1 | 12 | 8 | 4 | CONMEBOL |
Fransiya | 2017 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | −1 | UEFA |
Germaniya | 2019 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 2 | −2 | UEFA |
Gana | 2020 | 1 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | CAF |
Buyuk Britaniya | 2021 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | −2 | UEFA |
Vengriya | 1994 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | −4 | UEFA |
Hindiston | 1994 | 2 | 2 | 0 | 0 | 5 | 1 | +4 | AFC |
Italiya | 2011 | 3 | 0 | 0 | 3 | 3 | 11 | −8 | UEFA |
Yamayka | 2019 | 2 | 0 | 0 | 2 | 2 | 4 | −2 | CONCACAF |
Yaponiya | 2010 | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 | 2 | −1 | AFC |
Keniya | 2020 | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 0 | 5 | CAF |
Meksika | 2009 | 4 | 0 | 1 | 3 | 0 | 11 | −11 | CONCACAF |
Niderlandiya | 2019 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | −7 | UEFA |
Shimoliy Irlandiya | 2020 | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 0 | 5 | UEFA |
Paragvay | 2014 | 3 | 0 | 1 | 2 | 5 | 7 | −2 | CONMEBOL |
Peru | 1998 | 5 | 3 | 0 | 2 | 21 | 4 | +17 | CONMEBOL |
Portugaliya | 2011 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | UEFA |
Ruminiya | 2011 | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 | 3 | −2 | UEFA |
Rossiya | 1994 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | −2 | UEFA |
Shotlandiya | 2013 | 2 | 1 | 1 | 0 | 5 | 4 | +1 | UEFA |
Slovakiya | 2021 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | −1 | UEFA |
Janubiy Afrika | 2018 | 2 | 1 | 1 | 0 | 4 | 3 | +1 | CAF |
Shvetsiya | 2019 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | −2 | UEFA |
Tailand | 2019 | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | +2 | AFC |
Trinidad va Tobago | 2011 | 1 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | +3 | CONCACAF |
AQSh | 2018 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 10 | −10 | CONCACAF |
Urugvay | 2006 | 8 | 5 | 2 | 1 | 14 | 7 | +7 | CONMEBOL |
Oʻzbekiston | 1994 | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 0 | +5 | AFC |
Venesuela | 1991 | 6 | 3 | 1 | 2 | 8 | 4 | +4 | CONMEBOL |
Uels | 2011 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 2 | −1 | UEFA |
Zambia | 2020 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 2 | −1 | CAF |
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
tahrirHozirgi murabbiylar shtabi
tahrirLavozimi | Ismi | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Xose Letelier |
Bosh murabbiylar tarixi
tahrir2020-yil 15-dekabr holatiga koʻra
Ismi | Murabbiylik davri | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Gʻalaba qozonish koʻrsatkichi
% |
---|---|---|---|---|---|---|
Xose Letelier | 2015-hozirga qadart | 0 | 0 | 0 | 0 | 00,0 % |
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
tahrirHozirgi tarkib
tahrir2022-yilning 24-27-oktabr kunlari oʻtkazilgan mashgʻulotlarda quyidagi futbolchilar Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[9].
2022-yil 10-oktabr holatiga koʻra
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining mashhur futbolchilaritahrir
Jamoa sardoritahrirBoshqa tarkibtahrir
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekrodlaritahrirEng koʻp maydonga tushgan futbolchitahrir
Eng yaxshi toʻpurartahrir
Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlaritahrirMintaqaviytahrirBoshqa turnirlardatahrir
Yoshlar jamoalaritahrir15 yoshgacha Chili ayollar futbol terma jamoasitahrirXalqaro musobaqalarda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalaritahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatitahrir
Olimpiada oʻyinlaritahrir
CONMEBOL Copa America Femeninatahrir
Panamerika oʻyinlaritahrir
Janubiy Amerika oʻyinlaritahrir
Yana qarangtahrirManbalartahrir
Havolalartahrir |