Indoneziyada turizm —  Indoneziya iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Indoneziya jahon turizm sanoati boʻyicha 20-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, dunyoda eng tez rivojlanayotgan turizm reytingida toʻqqizinchi, Osiyoda uchinchi va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa yetakchi davlat hisoblanadi[1]. 2018-yilda Denpasar, Jakarta va Batam shaharlari mos ravishda 32,7%, 29,2% va 23,3% ni qayd etib, turizm yoʻnalishida eng tez rivojlanayotgan 10 ta shaharlar roʻyxatiga kiritilgan[2]. 2019-yilda Indoneziyaga 16,1 million xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Bu koʻrsatkich 2018-yilga nisbatan 1,9% ga koʻpdir[3]. Indoneziyaga keladigan turistlarning 5 taligini Singapur, Malayziya, Xitoy, Avstraliya va Yaponiya egallaydi[4].

Raja Ampatdagi Piaynemo karst arxipelagi

Bu Indoneziyaning 2017-yildagi 4,2 indeks ball bilan 136 mamlakat ichida 42-oʻrinni egallaganidan ikki bosqichga yaxshilanishdir[5][6]. Indoneziya juda yaxshi turizm salohiyatiga ega (9-oʻrin). Mamlakat tabiiy va madaniy resurslar boʻyicha ham ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega (17-oʻrin). Biroq, mamlakat infratuzilma indeksi boʻyicha ancha past ball olgan (75-oʻrin), chunki turistik xizmat koʻrsatishning ayrim sohalari rivojlanmagan[7].

Umumiy

tahrir

Tabiat va madaniyat Indoneziya turizmining asosiy tarkibiy qismlaridir. Mamlakatda 17508 ta orollardan tarkib topgan yirik arxipelag mavjud va ulardan 6000 tasida aholi yashaydi[8]. Indoneziyada dunyodagi eng uzun 54176 km uzunlikdagi qirgʻoq chizigʻi mavjud[9]. Balidagi plyajlar, Sharqiy Yavadagi Bromo togʻi, Toba koʻli va Sumatradagi turli milliy bogʻlar mashhur diqqatga sazovor joylardir[10]. Ushbu tabiiy diqqatga sazovor joylar Indoneziyaning tarixi va etnik xilma-xilligini aks ettiruvchi boy madaniy meros hisoblanadi. Mamlakatning turli hududlarida 719 ta til qoʻllanadi[11].

Indoneziyada turizm faoliyati Indoneziya turizm vazirligi tomonidan nazorat qilinadi[12]. Xalqaro turistik kompaniyalari asosan oq qumli plyajlar hamda ochiq osmon ostidagi madaniy obyektlarga investitsiya kiritmoqda. Asosiy investitsiya kiritiladigan manzillar qatoriga, Bali orolidagi plyajlar va mehmonxonalarni misol keltirish mumkin[13].

Statistikalar

tahrir
 
Indoneziyaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlarning soni

Indoneziyaga keladigan TOP 20 turistlarning davlatlari[14]

tahrir
Oʻrin Mamlakat 2019 2018 2017 2016 2015 2014 2013 2012 2011
1   Malayziya 2,980,753 2,503,344 1,238,276 1,225,458 1,431,728 1,418,256 1,380,686 1,269,089 1,173,351
2   Xitoy 2,072,079 2,139,161 1,972,405 1,452,971 1,249,091 1,052,705 858,140 726,088 594,997
3   Singapur 1,934,445 1,768,744 1,512,813 1,472,767 1,594,102 1,559,044 1,432,060 1,324,706 1,324,839
4   Avstraliya 1,386,803 1,301,478 1,188,449 1,198,033 1,090,025 1,145,576 983,911 952,717 933,376
5   Sharqiy Timor 1,178,381 1,762,442 960,026 956,874 921,657 873,258 769,697 719,996 668,139
6   Hindiston 657,300 595,636 485,314 376,802 306,960 267,082 231,266 196,983 181,791
7   Yaponiya 519,623 530,573 538,334 513,297 528,606 505,175 497,399 463,486 423,113
8   AQSh 457,832 387,856 331,132 296,183 269,062 246,397 236,375 217,599 203,205
9   Buyuk Britaniya 397,624 392,112 361,197 328,882 286,806 244,594 236,794 219,726 201,221
10   Janubiy Koreya 388,316 358,885 378,769 343,887 375,586 352,004 351,154 328,989 320,596
11   Fransiya 283,814 287,917 268,989 250,921 208,679 208,537 201,917 184,273 171,736
12   Germaniya 277,653 274,166 260,586 231,694 201,202 184,463 173,470 158,212 149,110
13   Filippin 260,980 217,874 162,726 149,490 267,700 248,182 247,573 236,866 210,029
14   Niderlandiya 215,287 209,978 205,844 195,463 172,371 168,494 161,402 152,749 163,268
15   Tayvan 207,490 208,317 211,489 209,369 223,478 220,328 247,146 217,708 228,922
16   Rossiya 158,943 125,728 110,529 80,514 65,705 88,775 82,863 76,584 78,531
17   Saudiya Arabistoni 157,512 165,912 166,111 186,654 160,696 147,074 150,247 144,584 140,579
18   Yangi Zelandiya 149,010 128,366 106,914 102,776 98,861 94,735 91,144 88,489 87,233
19   Tailand 136,699 124,153 106,510 98,864 93,590 95,195 92,549 93,642 90,167
20   Kanada 103,616 97,908 96,139 94,178 91,437 88,157 85,478 84,369 82,641
Umumiy 16,106,954 15,810,305 14,039,799 11,519,275 10,406,759 9,435,411 8,802,129 8,044,462 7,649,731
Indoneziya turizm statistikasi[15][16][17][18][19]
Yil Xalqaro turistar soni
2000 5,064,217
2001 5,153,620
2002 5,033 400
2003 4,467,021
2004 5,321,165
2005 5,002,101
2006 4,871,351
2007 5,505,759
2008 6,429,027
2009 6,452,259
2010 7,002,944
2011 7,649,731
2012 8,044,462
2013 8,802,129
2014 9,435,411
2015 10,406,759
2016 11,519,275
2017 14,039,799
2018 15,810,305
2019 16,106,954
2020 4,052,923
2021 1,557,530
2022 5,471,277

Indoneziyaning Markaziy statistika agentligi tomonidan belgilangan eng mashhur sayyohlik shaharlari oʻntaligiga Bali, Gʻarbiy Yava, Markaziy Yava, Sharqiy Yava, Jakarta, Shimoliy Sumatra, Lampung, Janubiy Sulavesi, Janubiy Sumatra, Banten va Gʻarbiy Sumatra shaharlari kirgan[20]. Mahalliy sayyohlarning eng koʻp oqimi Ramazon hayitiga toʻgʻri keladi. Bu vaqt ichida transport vositalarida sayyohlardan qoʻshimcha haq olinadi.

2000-yildan beri har yili mamlakatga oʻrtacha 5 million xorijiy sayyoh tashrif buyuradi. Ular kuniga oʻrtacha 100 AQSh dollari sarflaydi. Turistlarning tashrifi o'rtacha 9-12 kunni tashkil qilib, umumiy hisobda Indoneziya bundan 4,6 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oladi[21][22].

2012-yilda Jahon sayohat va turizm kengashi tomonidan berilgan maʼlumotlariga koʻra, turizm Indoneziya YaIMning 8,9 foizini tashkil etdi. Indoneziyadagi barcha aholining qariyb 8% qismi turizm sektorlarida faoliyat olib boradi.[23].

Eko-turizm

tahrir
 
Gʻarbiy Sumatradagi Sianok Kanyoni

Milliy bogʻlari

tahrir
 
Komodo milliy bogʻi

1817-yilda tashkil etilgan Bogor botanika bogʻlari va 1862-yilda tashkil etilgan Cibodas botanika bogʻlari Osiyodagi eng qadimgi botanika bogʻlaridan.

Indoneziyada 54 ta milliy bogʻlar mavjud boʻlib, ulardan 6 tasi jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[24]:

  1. Gunung Leyzer milliy bogʻi[25]
  2. Kerinci Seblat milliy bogʻi[26]
  3. Bukit Barisan Selatan milliy bogʻi[27]
  4. Lorens milliy bogʻi[28]
  5. Komodo milliy bogʻi[29]
  6. Ujung Kulon milliy bogʻi[30]
 
Sumatra orangutani

Sumatra fillari, Sumatra yoʻlbarslari, Sumatra karkidonlari, Yavan karkidonlari va orangutanlar kabi koʻplab mahalliy turlar yoʻqolib ketish xavfi ostida qoʻriqxonalarda saqanmoqda[31]. Sumatra orangutanini Bukit Lavang qoʻrixonasida, Bornean orangutanini esa Kalimantanning markaziy qismidagi Tanjung Puting milliy bogʻida tomosha qilish qilish mumkin. Dunyodagi eng katta gul Raffleziya arnoldi va eng baland gul Titan arumnini Sumatrada topish mumkin[32].

Vulqonlar

tahrir
 
Sharqiy Javadagi Bromo togʻi

Indoneziyaning koʻpgina togʻlar yonbag'rilarida daryolar mavjud. Vulqonli togʻlar xavfli boʻlsa-da, ular asosiy turistik joylarga aylangan. Indoneziyaning ikkinchi eng baland vulqoni sharqdagi Lombok hisoblanadi[33]. Mashhur faol vulqonlar Sharqiy Yava provinsiyasidagi balandligi 2329 metr boʻlgan Bromo togʻi boʻlib, uning krater atrofidagi manzarali vulqon choʻli mavjud[34].

Madaniy turizm

tahrir
 
Bali boy madaniyatga ega, Hindu festivali

Indoneziya aholisi 1300 dan ortiq etnik guruhdan iborat[35]. Indoneziyada turli xil mahalliy anʼanalar saqlanib qolgan. Janubiy Sulavesidagi mahalliy Toraja etnik guruhi garchi aksariyati hozirda nasroniy bo'lsa-da, an'analari animistik ta'sirga uchragan[36].

Indoneziyaning aksariyat yirik shaharlarida davlatga qarashli muzeylar mavjud, ularning aksariyati omma uchun ochiq.

Qadimgi hind va buddist ibodatxonalari

tahrir
 
Borobudur ibodatxonasining yuqori qismi

IV asrdan XV asrgacha hinduizm va buddizm Indoneziya madaniyatini shakllantirgan. VIII asrda Sailendra sulolasi davrida qurilgan yaxshi saqlanib qolgan buddistlar ziyoratgohi Markaziy Javadagi Borobudur ibodatxonasidir[37]. Qoʻngʻiroq shaklidagi jihozlar bilan bezatilgan ulkan tosh Buddaning hikoyalari va taʼlimotlari haqida hikoya qiluvchi barelyeflar bilan bezatilgan[38].

 
Baiturrahmon masjidi

Islom dini Indoneziya madaniyatiga katta hissa qoʻshgan. 2006-yil holatiga koʻra, Indoneziya aholisining 88 foizini musulmonlar tashkil qilgan[39]. Indoneziyaning masjidlariga hamda maqbaralariga tashrif buyuruvchi barcha uchun kiyinish qoidalari joriy qilingan.

 
Mavr, Mugʻal va ispan meʼmorchiligi asosida barpo etilgan Medan Katta masjidi

Indoneziyaning koʻpgina yirik shaharlarida tarixiy va monumental Masjidi Agung (Katta masjid) mavjud boʻlib, ular shaharning diqqatga sazovor joyi va turistik diqqatga sazovor joylariga hisoblanadi[40]. Istiqlol masjidi, Jakarta, Indoneziya milliy masjidlari Jakartaning asosiy diqqatga sazovor joyi va sayyohlik maskani hisoblanadi[41].

Dam olish va shahar turizmi

tahrir

Xarid qilish

tahrir
 
Bandung shahridagi savdo majmuasi

Dunyoga Indoneziya toʻqimachilik va moda mahsulotlarining yaxshi sifati bilan mashhur. Balida koʻplab savdo markazlari mavjud, masalan, Kuta savdo markazi va Galeria nusa dua kabi savdo markazlari.

Koʻngilochar istirohat bogʻlari

tahrir
 
Jakartadagi istirohat bogʻlaridan biri

Attraksionlari mavjud istirohat bogʻlari, indoneziyalik oilalar hordiq chiqarishlari uchun qulay joydir. Dunia fantasi nomli istirohat bogʻi Disneylend uslubida yaratilgan[42].

Gastronomik turizm

tahrir
 
Bali taomlari

Indoneziya boy va xilma-xil oshxona anʼanalariga ega davlatlardan biridir[43]. Indoneziya oshxonasi mintaqaga qarab juda farq qiladi va turli xil anʼanalarga ega[44][44][45][46]. Kokos sutiga boy Minangkabau oshxonasidan tortib, Papua va Ambon oshxonasining Okeaniya dengiz mahsulotlari taomlarigacha Indoneziyaning oshxonasining xilma-xilligini bilish mumkin.

Viza qoidalari

tahrir

Quyidagi 170 ta davlat[47] pasportiga ega turistlar Indoneziyaga 30 kun davomida vizasiz kirishlari va qolishlari mumkin[48][49][50][51].

Quyidagi toʻrtta davlat fuqarolari 20 ta aeroport, 23 ta dengiz portlari va Entikong quruqlik oʻtish chegarasida 35 AQSH dollari toʻlash orqali 30 kunlik muddat ichida viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin[52][53][54][55][56].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Indonesian tourism set to beat Thailand in 5 years“.
  2. Hilda B Alexander. „Denpasar, Jakarta, dan Batam, Top Ten Pertumbuhan Turis Terbesar Dunia“ (26-sentabr 2019-yil).
  3. „Indonesia welcomes 16.1m foreign tourists in 2019, coronavirus clouds tourism outlook“.
  4. „Indonesian tourism set to beat Thailand in 5 years“.
  5. „Ranking“ (inglizcha). Travel and Tourism Competitiveness Report 2017. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  6. „Index Results—The Travel & Tourism Competitiveness Index Ranking 2017“. World Economic Forum. 11-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2017-yil.
  7. „Travel and Tourism Competitiveness Report 2015 – Indonesia“. weforum.org. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  8. „Indonesia“. The World Factbook. CIA (2006). Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  9. „Field Listing – Coastline“. The World Factbook. CIA (2006). 13-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  10. „Top attractions in Indonesia“. TravelPeri. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
  11. „Ethnologue – Languages of the World – Languages of Indonesia“. Lewis, M. Paul (ed.). Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online version (2009). Qaraldi: 19-sentabr 2010-yil.
  12. „Indonesian Ministry of Culture and Tourism“. official website. 2010-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Investment in Bali hotels“. Qaraldi: 4-iyul 2023-yil.
  14. „Arrivals of International Visitor to Indonesia by Nationality, 2011–2014“ (id). Statistics Indonesia (Badan Pusat Statistik). 2015-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  15. „Rata-rata Lama Tinggal Wisatawan Mancanegara Menurut Negara Tempat Tinggal, 2002–2014 (Hari)“ (indonezcha). Statistics Indonesia (Badan Pusat Statistik). 13-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2015-yil.
  16. Harwanto Bimo Pratomo. „Satu tahun, 8 juta wisatawan serbu Indonesia“. merdeka.com (1-fevral 2013-yil). Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
  17. „Visitor Arrivals to Indonesia 2001–2009“. Ministry of Culture and Tourism, Republic of Indonesia (2009). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-sentyabr.
  18. „Number of Foreign Tourist Arrivals to Indonesia by Entrance, 1997–2016“. Statistics Indonesia (Badan Pusat Statistik). 13-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2017-yil.
  19. „Average Length Of Stay By Country Of Residence 2002–2015 (Days)“. Statistics Indonesia (Badan Pusat Statistik). 13-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2017-yil.
  20. „Time for N. Maluku to become tourist destination“. Antaranews.com. Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
  21. Nadya Natahadibrata. „Chinese tourists overtake Australian arrivals“ (2014-yil 3-iyun).
  22. Minister of Culture and Tourism. „Visitor Arrivals to Indonesia by Nationality and Country of Residence Year 2005“. Press-reliz.[sayt ishlamaydi]
  23. Indonesia Travel & Tourism Economic Impact 2013 (Wayback Machine saytida 11-noyabr 2013-yil sanasida arxivlangan). World Travel & Tourism Council. Retrieved 11 November 2013.
  24. „Indonesia's national parks“ (08.004.2022). Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  25. „Gunung Leuser national park“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  26. „Kerince Seblat national park“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  27. „Bukit Barisan national park“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  28. „Lorentz national park“. UNESCO international organisation. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  29. „Komodo national park“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  30. „Ujung Kulon national park“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  31. „Komodo Dragon“. Canadian Museum of Nature. 2006-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 17-sentyabr.
  32. Whitten, Tony „Wallacea“. Biodiversity International. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 17-sentyabr.
  33. „LombokVolocanoe“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  34. „Mount Bromo sunrise in Indonesia“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  35. „Mengulik Data Suku di Indonesia“. Badan Pusat Statistik (18-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 12-fevral 2020-yil.
  36. „The Discourse of Souls in Tana Toraja (Indonesia): Indigenous Notions and Christian Conceptions“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  37. „Borobudur Temple Compounds“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  38. „History of Borobudur Temple“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  39. Meidyatama Suryodiningrat.. „Who are the Indonesian?“. 19-iyul 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2006-yil.
  40. „Agung Demak Masjidi“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  41. „A symbol of Religious Tolerance“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  42. „Trans studio Makassar“. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  43. „World's 50 best foods: Readers' picks – CNN Travel“. CNN Travel. 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
  44. 44,0 44,1 „Epicurina Indonesia“. Epicurina.com. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  45. „Indonesian food – Belindo“. Belindo.com. 2012-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  46. „Indonesian Cuisine“. Diner's Digest. 9-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2010-yil.
  47. Humas „169 Negara Resmi Dibebaskan dari Visa untuk Kunjungan ke Indonesia“. Imigrasi.go.id. 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  48. „President Jokowi signs decree for visa-free facility for 75 countries“. Antaranews.com. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  49. „Warga Dari 75 Negara Ini Bebas Lakukan Kunjungan Wisata Ke Indonesia Tanpa Visa“. Setkab.go.id. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  50. „Kementerian Luar Negeri - Fasilitas Bebas Visa (Untuk Paspor Biasa/Hijau)“. 12-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2015-yil.
  51. „Visa and Health“. Timatic. IATA. 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2015-yil.
  52. „Official Website of Indonesian Embassy in Singapore“. 11-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2009-yil.
  53. „Ditjen Imigrasi RI - Bhumi Pura Wira Wibhawa - M.HH-01.GR.01.06 Tahun 2010“. 13-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2011-yil.
  54. „Immigration Increases Visa-On-Arrival, Passport Fees“. 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  55. „Archived copy“. 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2015-yil.
  56. „Visa on Arrival | Indonesian Embassy“. indonesiskaambassaden.se. 8-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.