Islom bayrogʻi – Islom xalifaligi, diniy tartib, davlat, fuqarolik jamiyati, harbiy kuch yoki Islom bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tashkilotlarni ifodalovchi bayroq. Islom bayroqlari oʻziga xos tarixga ega boʻlib, turli ranglar, yozuvlar yoki belgilar (oy, yulduz kabi) bilan tasvirlanadi. Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammad davridan boshlab, maʼlum bir bayroqlar anʼanaviy ravishda Islom dini bilan bogʻlangan. Shundan keyin xalifaliklar, zamonaviy davlatlar, konfessiyalar va diniy oqimlar oʻzlarining islom diniga eʼtiqod qilishlarini ifodalovchi bayroqlarni qabul qilganlar.

Islom dinini ifodalovchi bayroq sifatida keng tarqalgan Tavhid bayrogʻi

Tarixi

tahrir

Islom dini ilk davrlarda

tahrir

Islom dini paydo boʻlishidan oldin, islomdan oldingi arab qabilalari va vizantiyaliklar tomonidan ramziy belgi vositasi sifatida turli bannerlardan foydalanilgan. Ilk musulmon armiyasi ham tabiiy ravishda bannerlarni xuddi shu maqsadda ishlatishgan[1]. Ilk islom bayroqlarining dizayni anikonizmga oid diniy koʻrsatmalar tufayli ancha sodda koʻrinishda boʻlgan va ularni yaratishda birmuncha oddiy ranglardan foydalanilgan[2]. Islom dini anʼanalariga koʻra, Quraysh qabilasi bayroqlari qora va oq-qora ranglarda boʻlgan[3]. Yana boshqa manbalarga koʻra, paygʻambar Muhammadning ham oq rangdagi „Yosh burgut“ nomli bayrogʻi (arabcha: العقاب; al-ʿuqāb), shuningdek, turmush oʻrtogʻi Oyshaning bosh kiyimidan qilinganligi aytiladigan qora bayrogʻi boʻlgan[4]. Nisbatan kattaroq boʻlgan ushbu oq bayroq „Burgut bayrogʻi“ (arabcha: الراية العقاب), shuningdek, „Qora bayroq“ (arabcha: الراية السوداء)[3] nomlari bilan tanilgan. Islom dini anʼanalariga koʻra, Muhammad oq bayroqdan musulmonlar armiyasining rahbari sifatida hamda musulmon davlatining ramziy belgisi sifatida foydalangan[5]. Bundan tashqari, taniqli arab harbiy qoʻmondoni Amr ibn al-Os[6] va isyonchi Xavorijiylarning ham qizil bayroqlari boʻlgan[7]. Umuman olganda, ilk musulmon qoʻshinlarining bayroqlari turlicha koʻrinishda boʻlib, ularni yaratishda har xil ranglardan foydalanilgan[1].

Oʻrta asr Islom imperiyasi davrida eng yirik geografik hududda hukmronlik oʻrnatgan Damashq xalifaligi[8] islom dini ramzi sifatida oʻzlariga oq bayroqlarni tanlashgan[9]. Abu Muslim Harakati davrida abbosiylar masihiy arbob Mahdiyning kelishidan darak beruvchi „Sharqdan qora bayroqlar bilan kelayotgan xalq“, degan iboraga asoslangan holda, qora rangni oʻzlariga asos qilib olishgan[10]. Alilar esa Abbosiylardan ajralib turish maqsadida oq rangni[7] tanlaydilar, shuningdek, keyinchalik yashil bayroqlarni ham joriy etadilar[9]. 817-yilda Abbosiylar xalifasi oʻz merosxoʻri sifatida Maʼmun Ali ar-Rizoni tayinlaganda sulola rangini qoradan yashilga oʻzgartirgan. Al-Maʼmun Alini oʻldirib, 819-yilda Bagʻdodga qaytganidan soʻng, xalifalik bayrogʻini yashildan yana qayta qoraga almashtirgan[11]. Abbosiylar esa xalifalik rangi sifatida qora bayroqdan foydalanishda davom etadilar. Ularning xalifalik bayrogʻi oq ipakdan qilingan boʻlib, unga Qur’on yozuvlari tushirilgan boʻlgan. Keyinchalik Abbosiylarga qarama-qarshi ravishda ismoiliylarning Fotimiylar xalifaligi tomonidan oq rang qabul qilingan, bu esa oq va qora ranglarning sunniy va shia mazhablari bilan bogʻlanishini mustahkamlagan. Shuningdek, Almohadlar xalifaligi tomonidan ham aynan shu ranglardan foydalanilgan[12]. Fotimiylar xalifaligi bayrogʻi qizil va sariq ranglarda boʻlib, ayrimlarida sher surati ham tushirilgan[1]. Ilk musulmon hukmdorlar ramziy bayroq sifatida sulolaviy, diniy yoki shaxsiy xususiyatga ega boʻlgan timsollardan foydalanganliklari toʻgʻrisida esa aniq maʼlumotlar mavjud emas[13].

Oʻrta davrlarda

tahrir
 
Tomoshabinlar qoʻllarida yozuvli bayroqlar tutgan holda ot ustida marosimni tomosha qilishmoqda. Al-Vasitiy tomonidan XIII asrda yaratilgan qoʻlyozmadagi Basra al-Haririyning yettinchi maqomadan olingan rasm (BNF ms. arabe 5847).

Fotimiylar xalifaligidan keyin Ayyubiylar va Mamluklar sariq rangdagi bayroqlardan foydalanish anʼanasini saqlab qolishadi. Ayyubiylar asoschisi Salohuddin al-Ayyubiy burgut rasmi tushirilgan sariq bayroqni koʻtarib yurgan. Mamluk sultoni bayroqlari ham sariq rangda boʻlgan, ayrim hollarda ular qizil rangli bayroqlardan ham foydalanganlar[1]. Sharqdagi moʻgʻullar va turkiy sulolalar, jumladan, Hulokuiylar davlati, Oʻgʻuzlar va Saljuqiylar esa oq bayroqni afzal koʻrishgan[1]. XIII asrda yashab ijod qilgan rassom Yahyo ibn Mahmud al-Vositiyning miniatyuralarida koʻrsatilganidek, oʻrta asrlarda turli yozuvlar tushirilgan diniy bayroqlardan foydalanishgan. XIV asrga oid Hayton of Corycus (1243) tomonidan yozilgan "Tatarlar tarixi" asarida mongollar ham, saljuqiylar ham turli harbiy yorliqlardan foydalanganliklari haqida maʼlumotlar berilgan.

Fotimiylar xalifaligidan keyin Ayyubiylar va Mamluklar sariq rangdagi bayroqlardan foydalanish anʼanasini saqlab qolishadi. Ayyubiylar asoschisi Salohuddin al-Ayyubiy burgut rasmi tushirilgan sariq bayroqni koʻtarib yurgan. Mamluk sultoni bayroqlari ham sariq rangda boʻlgan, biroq ayrim hollarda ular qizil rangli bayroqlardan ham foydalanganlar[1]. Sharqdagi moʻgʻullar va turkiy sulolalar, jumladan, Hulokuiylar davlati, Oʻgʻuzlar va Saljuqiylar esa oq bayroqni afzal koʻrishgan[1]. XIII asrda ijod qilgan rassom Yahyo ibn Mahmud al-Vositiyning miniatyuralarida koʻrsatilganidek, oʻrta asrlarda turli yozuvlar tushirilgan diniy bayroqlardan foydalanishgan. XIV asrga oid Hayton of Corycus (1243) tomonidan yozilgan „Tatarlar tarixi“ asarida mongollar ham, saljuqiylar ham turli harbiy yorliqlardan foydalanganliklari haqida maʼlumotlar berilgan.

1574-yildayoq Tunis Usmonlilar hukmronligi ostiga oʻtishidan ancha oldin, XIV asrda yarim oy ramzi Tunisga tegishli boʻlgan bayroqlarda tasvirlangani „Barcha qirolliklarni bilish kitobi“da aytilgan. Madriddagi Ispaniya dengiz floti muzeyida 1613-yilga oid ikkita Usmonli dengiz bayrogʻi saqlanadi. Har ikkala bayroqda ham qaldirgʻoch tasviri mavjud boʻlib, biroq birinchi bayroqda yashil rang, uning yonida oq yarim oy, ikkinchisida esa oq rangli bayroqning chetida ikkita qizil chiziq, yonida esa qizil yarim oy tasvirlangan[14].

Mamluklar oʻz hukmronligi davrida Ikki Muqaddas masjid xodimiga xizmat qilganlar. Bu vaqt mobaynida mamluklar asl yodgorlik hisoblanmish islom dini paygʻambari Muhammad bayrogʻini xoʻjayinlariga olib berishga muvaffaq boʻlishadi. Bayroq keyinchalik Usmonlilar tomonidan qaytarib olinadi, ular bayroqni „olijanob bayroq“ (Sancak-i Şerif) deb atashadi va harbiy yurishlarida aynan shu bayroqdan foydalanishadi. Usmonli tarixchisi Silahdar Findiklili Mehmed Ogʻaning soʻzlariga koʻra bayroqning qora jundan qilinganligidan boshqa maʼlumotlar mavjud emas[1].

Premodern davr

tahrir

Usmonli imperiyasi

tahrir

Jangovor bayroqlar XVI asrda Usmonlilar imperiyasi tomonidan qoʻllanila boshlanadi va asta-sekin oʻzlarining anʼanaviy ramzlari hisoblanmish tugʻ yoki ot dumlarini aynan bayroqlarga almashtira boshlashadi. XVI—XVII asrlardagi jangovor bayroqlarda koʻpincha Ali, Zulfiqorning ikki qirrali qilichi tasvirlangan, biroq bu tasvirlar Gʻarb adabiyotida qaychi sifatida notoʻgʻri talqin qilinadi[16]. Salim I Yovuz (vafoti: 1520) foydalangan Zulfiqor bayrogʻi esa Topkapi saroyi koʻrgazmasida saqlanib kelinadi[17], shuningdek, saroyning turk bayroqlariga bagʻishlangan lavhasida ikkita Zulfiqor bayrogʻi ham tasvirlangan. Bernard Picartning „Cérémonies et coutumes religieuses de tous les peuples du monde“ (1737) kitobining 7-qismi aynan yangicharlar va sipohiylarga bagʻishlanadi.

1844-yilgi Tanzimot va Usmonlilar imperiyasining bayroqlari oʻsha davrdagi Yevropa qoʻshinlari uslubida qayta ishlangan. Usmonli dengiz floti bayrogʻi esa qizil rangga oʻzgartiriladi, chunki xalqaro tashkilotlarning ramziy bayroqlari qizil rangda, diniy tashkilotlarning bayroqlari esa yashil rangda boʻlishi kerak boʻlgan. Islohotlar natijasida barcha sultonliklar, posholiklar, beyliklar va amirliklar tugatilganligi sababli, ushbu tuzilmalar tomonidan qoʻllaniladigan barcha turdagi bayroqlarni yagona davlat bayrogʻi bilan almashtirish maqsadida yangi bayroq ishlab chiqiladi. Natijada zamonaviy turk bayrogʻining kashshofi boʻlgan yarim oy va yulduz tasvirlangan qizil va oq bayroq yaratiladi. Oddiy qizil bayroq barcha Usmonli fuqarolari uchun fuqarolik belgisi sifatida joriy etiladi.

Boburiylar davlati

tahrir
 
Oltin quyoshli yashil bayroq koʻtarib yurgan fil ustidagi bayroqdor

Boburiylar davlatida bir qator imperator bayroqlari va ramzlari mavjud boʻlgan. Ularning asosiy imperatorlik ramzi alam (Alam; علم) hisoblangan. Ular dastlab yashil mox koʻrinishida boʻlib[18], sher va quyosh (Shir-u-khurshid; شیر و خورشید) bayroq koʻtaruvchisiga qaragan holda tasvirlangan[19]. Boburiylar davlati alamdan Amir Temur davridan boshlab foydalana boshlagan[20]. Imperator bayrogʻi, asosan, taxtning oʻng tomonida, shuningdek, imperator qarorgohiga kiraverishda, harbiy yurishlar paytida esa imperatorning old tomonida hilpirab turgan[20].

Ayn-i-Akbariyning yozishicha, Akbar Jaloliddin Muhammad hukmronligi davrida imperator har safar ot minganda, beshtadan kam boʻlmagan alamlar hamda qur (bayroqlar va boshqa nishonlar toʻplami) qirmizi mato qoplarga oʻralgan holda olib yurilgan. Ulardan bayram kunlarida va janglarda foydalanilgan[21]. Jahongir davrida yashagan Thomas Roe ruhoniysi Edward Terry oʻzining „Sharqiy Hindistonga sayohat“ (1655) asarida hukmdorlik bayrogʻining shoyidan tayyorlanganligini, unda quyoshning bir qismiga soya solib turuvchi choʻkkalagan arslon tasviri tushirilganligini, shuningdek, imperator har safar biror joyga sayohat uyushtirganda, filga mingan holda ushbu bayroqni koʻtarib yurganligini yozadi[22][23].

Fors imperiyalari

tahrir

Safaviylar hukmronligining (1501–1736) dastlabki ikki podshohi davrida, har xil alam va bayroqlardan foydalanilgan. Birinchi Safaviy shohi Shoh Ismoil Safaviy oltin toʻlin oy tasvirlangan yashil bayroqdan foydalangan boʻlsa, 1524-yilda Tahmosb I ushbu ramziy bayroqni qoʻy va quyosh timsoli tushirilgan boshqa bir ramziy bayroqqa almashtirgan. Ushbu bayroqdan 1576-yilgacha foydalanilgan boʻlib, aynan shu yili Ismoil II oltin bilan tasvirlangan ilk „Arslon va quyosh“ timsolini qabul qilgan. Ismoil II tomonidan joriy etilgan bu ramziy bayroqdan Safaviylar davrining oxiriga qadar foydalanilgan. Oʻsha davrda arslon va quyosh jamiyatning ikki ustuni: davlat va islom dinini bildirgan.

Afshorlar sulolasida (1736–1796) ikkita qirollik bayrogʻi ikki xil koʻrinishda boʻlgan: birinchi bayroq – qizil, oq, koʻk rangli, ikkinchisi – qizil, koʻk, oq va sariq chiziqli. Hukmdor Nodirshoh ham oʻz shaxsiy bayrogʻiga ega boʻlgan. Bayroq sariq rangda boʻlib, hoshiyasi qizil, markaziga sher va quyosh tasviri tushirilgan. Ushbu uchala bayroq ham uchburchak shaklida boʻlgan[24][25]. Nodirshoh davlat ramzi hisoblanmish bu bayroqda yashil rangdan foydalanishdan qochgan, chunki yashil rang shialik va Safaviylar sulolasi bilan bogʻliq boʻlgan[26].

Zamonaviy tarix

tahrir

Mahdiyya bayroqlari

tahrir
 
Sudandagi Mahdiy harakati bayrogʻi, XIX asr oxiri

Muhammad Ahmad 1881-yilda oʻzini al-Mahdiy al-Muntazar (toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi, Muhammad paygʻambarning vorisi) deb eʼlon qiladi. U umrining soʻngiga qadar (vafoti: 1885-yil) Sudandagi Usmonli–Misr hukmronligiga qarshi islom inqilobiga rahbarlik qiladi[27]. Mahdiylar urushi davrida al-Mahdiyning izdoshlari („Ansar“ yoki „yordamchilar“) soʻfiy diniy tariqatlar tarafdorlari tomonidan ibodatda ishlatiladigan anʼanaviy bayroqlardan harbiy maqsadlarda foydalana boshlaydilar[28]. Soʻfiylar bayroqlariga, odatda, shahodat kalimasi tushirilgan[28]. Ushbu bayroqlar Mahdiy harakati armiyasining uchta asosiy boʻlinmasiga mos ravishda qora, yashil va qizil ranglarda boʻlgan.

Yulduz va yarim oy

tahrir

XX asrning oʻrtalariga kelib, yulduz va yarim oy timsoli Usmonli imperiyasining davomchilari hisoblanmish bir qator davlatlar, jumladan Jazoir, Ozarbayjon, Mavritaniya, Tunis, Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Liviya tomonidan ishlatilgan. Keyinchalik yarim oy va yulduz tasviri Markaziy Osiyo mamlakatlarida, jumladan, Turkmaniston va Oʻzbekiston bayroqlarida ham qoʻllanila boshlanadi. Pokiston bayrogʻidagi yarim oy va yulduz tasviri „taraqqiyot va yorugʻlik“ ramzi hisoblanadi (yashil rang esa Islom dinini ifodalaydi). Ushbu bayroqlardagi yarim oy va yulduz diniy ramziy maʼnoga ega emas[29]. 1970-yillarga kelib, bu timsollar Arab Islom Respublikasi (1974) va Qora Musulmonlar (1973) tomonidan ham qabul qilinadi[30].

Pan-Arab bayrogʻi va ranglari

tahrir

Pan-Arab ranglari birinchi marta 1916-yilda arab qoʻzgʻoloni bayrogʻida tasvirlangan. Garchi ular arab millatchiligini ifodalasa-da, bayroq ranglari aynan islom dini bilan bogʻliq hisoblanadi. Mahdiy Abdulhodiy oʻziing „Arab bayrogʻining evolyutsiyasi“ kitobida (1986) qora rang paygʻambar Muhammadning qora bayrogʻi, Rashidun va Abbosiylar xalifaligi, oq Damashq xalifaligi, yashil Fotimiylar xalifaligi, qizil esa Xavorijiylar bayroqlarini anglatishini yozadi. 1917-yilda Makka sharifi, arab qoʻzgʻoloni yetakchisi Husayn bin Ali oʻzining oddiy qizil bayrogʻini gorizontal chiziqli qora, yashil va oq rangdagi qizil uchburchakli bayroq bilan almashtiradi. Bu esa yangi Pan-Arab bayrogʻining qabul qilinishiga sabab boʻladi. Shunda soʻng, koʻplab arab davlatlari mustaqillikka erishgach, yoki ularning siyosiy rejimi oʻzgarganidan keyin, Hijoz qoʻzgʻoloni bayrogʻini aks ettirish maqsadida ushbu ranglar kombinatsiyasidan foydalanganlar. Bunday uslubdagi bayroqlarga Iroq, Suriya, Yaman, Misr, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Falastin milliy maʼmuriyati, Jazoir va Sudanning hozirgi bayroqlari hamda Iroq va Liviyaning sobiq bayroqlari kiradi.

Zamonaviy bayroqlar

tahrir

Islomiy davlatlar

tahrir

Ruhulloh Xumayniy kabi boshqa islom inqilobchilarini ilhomlantirgan pokistonlik musulmon ilohiyot olimi Abul Aʼlo Mavdudiy Islom davlatining zamonaviy konseptualizatsiyasi – „Jamoati islomiy“ siyosiy partiyasiga asos solgan (1903–1979). Xalqaro miqyosda umumiy 6 ta mamlakat islom davlati sifatida tan olinadi, bular: Saudiya Arabistoni (1932-yilda vahhobiylarning salafiy davlatlaridan tashkil topgan), Pokiston (1947-yildan), Mavritaniya (1958-yildan), Eron (1979-yildan), Yaman (1991-yildan). Arab dunyosining aksariyat mamlakatlari islom dinini oʻzlarining davlat dini etib belgilaydilar. Ushbu mamlakatlarning aksariyati ularning islomga eʼtiqod qilishlarini anglatuvchi ramziy milliy bayroqlarga ega. Bundan tashqari, Iroq va Suriyaning ayrim qismlarini nazorat qiluvchi Iroq va Shom Islom Davlati, Afgʻoniston Islom Amirligining tan olinmagan hukumati, Somali va Nigeriyaning Al-Shabab va Boko Haram boshqarayotgan qismlari kabi tan olinmagan jihodchi de-fakto davlatlar mavjud boʻlib, ular mos ravishda jihodchilar bayroqlaridan foydalanishadi.

Ayrim musulmon davlatlar Saudiya Arabistoni kabi kalimai shahodat yozilgan yoki 1979-yilgi Eron Islom Respublikasi nayrogʻidagi kabi Alloh yozuvi tushirilgan bayroqlardan foydalanadi. Iroq davlati 1991-yildan buyon pan-Arab ranglaridagi takbir yozuvi tushirilgan (1921-yildan) bayroqlardan foydalanadi. Shahodat kalimasini bayroqlarga tushirish amaliyoti vahhobiylar diniy harakati tomonidan XVIII asrlarda qoʻllanila boshlangan[32]. 1902-yilda Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud Saudiya Arabistoni Qirolligining boʻlajak asoschisi Ibn Saud ushbu bayroqqa qoʻshimcha ravishda qilich tasvirini tushiradi[32]. Saudiya Arabistonining hozirgi bayrogʻi 1902-yilda qabul qilingan Najd va Hasa Amirligi bayrogʻiga asoslangan. 1933-yilda Sharqiy Turkiston Respublikasi ushbu bayroqdan davlat ramzi sifatida foydalangan boʻlsa, 1997-yilda Tolibon uni Afgʻoniston davlat bayrogʻi sifatida qabul qilgan.

Denominatsion bayroqlar

tahrir
 
Eronning muharram oyi motamida osilgan bayroqlar

Islom dinini ifoda etuvchi yagona umumiy bayroq mavjud boʻlmasa-da, baʼzi islomiy mazhab tarmoqlari va tasavvuf vakillari oʻzlarining ramziy belgilari sifatida muayyan bayroqlardan foydalanishadi. Islomiy tarmoqlar orasida shialik mazhabi vakillari – ismoiliylarning Nizoriy boʻlimi soʻnggi paygʻambar Muhammadning bayrogʻi va Alining ridosini ifodalovchi yashil rangli bayroqdan, shuningdek, qon va olov maʼnosini bildiruvchi qizil tasmadan foydalanishadi. Ushbu bayroq rasmiy ravishda 1986-yilda yangi konstitutsiyaning bir qismi sifatida Ogʻa Xon IV tomonidan qabul qilingan boʻlib, ismoiliy musulmonlarning bayram kunlarida jamoat boʻlib namoz oʻqiladigan joylarda hilpirab turadi[35]. Bundan tashqari, Ahmadiya harakati ilk marotaba 1939-yilda qora va oq rangdagi rasmiy bayroqdan (Livaa-i Ahmadiya) foydalana boshlagan[36]. Ahmadiya xalifaligining toʻrtinchi xalifasi Mirzo Tohir Ahmad qora va oq ranglarning ramziy maʼnosini vahiy va paygʻambarlik tushunchasi bilan izohlagan[37]. „Qora musulmonlar“ nomli musulmon afroamerikalik diniy harakati esa umumbashariy tinchlik va totuvlik ramzi sifatida „Islom bayrogʻi“ deb nomlanuvchi rasmiy bayroqdan foydalanishadi[38].

Shia mazhabiga eʼtiqod qiluvchi musulmonlarning urf-odatlariga koʻra bayroqlar motam marosimlarining muhim bir qismi hisoblanadi. Musulmonlar Alam Gardani deb nomlanuvchi motam marosimi davomida oʻzlarining ramziy bayroqlari yoki bannerlarini aylanib chiqishadi. Motam tutuvchilar bayroqlardan marosimning boshlanishi va tugashini bildirish maqsadida ham foydalanadilar. Barcha bayroqlarning oʻz qoʻriqchilari boʻlib, ramziy ahamiyatga ega boʻlgan ushbu bayroqlar avloddan-avlodga oʻtib keladi[39].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Hathaway 2003.
  2. Flag. Britannica. Retrieved February 15, 2019.
  3. 3,0 3,1 Hinds 1996.
  4. Nicolle 1993.
  5. The Islamic Imagery Project The Combating Terrorism Center Retrieved 27 May 2023
  6. Nour, "L’Histoire du croissant, " p. 66/295. See also Ibn Khaldun, Muqaddimah, pp. 214–15.
  7. 7,0 7,1 Wellhausen 1927.
  8. Nardo, Don. The Islamic Empire, 12 September 2011. ISBN 9781420508024. 
  9. 9,0 9,1 "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search. 
  10. Muhammad b. Yazid b. Maja (d. 887), Sunan, ed. Muhammad Fu˘ad ˜Abd al-Baqi, 2 vols. (Cairo: Halabi, 1372/1952), vol. 2: 1366–67; ˜Ala al-Din ˜Ali b. Husam al-Din al-Muttaqi (1477–1567), Kanz al-˜ummål, 8 parts (Hyderabad: Da˘irat al-Ma˜arif, 1312/1894–95), part 3: 203; part 4: 38, 39, 45, 53
  11. Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Third, Oxford and New York: Routledge, 2016. ISBN 978-1-138-78761-2. 
  12. Amira K. Bennison. Almoravid and Almohad Empires. Edinburgh University Press, 2016 — 101-bet. ISBN 978-0-7486-4682-1.  Pascal Buresi, Hicham El Aallaoui. Governing the Empire Provincial Administration in the Almohad Caliphate (1224-1269). BRILL, 2012 — 76-bet. ISBN 978-90-04-23333-1.  Amira K. Bennison, Alison L. Gascoigne. Cities in the Pre-Modern Islamic World The Urban Impact of Religion, State and Society. Routledge, 2007 — 88-bet. ISBN 978-1-134-09650-3. 
  13. Grabar 2005.
  14. Nozomi Karyasu & António Martins, 8 October 2006 on Flags of the World.
  15. Hrbek 1997, ss. 34–43.
  16. e.g. Jaques Nicolas Bellin, Tableau des Pavillons de le nations que aborent à la mer (1756).
  17. „Ottoman Empire: Flags and coats of arms shown in the Topkapi Museum (Istanbul)“. www.crwflags.com.
  18. „Zoomify image: A panorama in 12 folds showing the procession of the Emperor Bahadur Shah to celebrate the feast of the 'Id. f. 59v-A“. Bl.uk (2003-yil 30-noyabr). 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  19. „Alam – The Flag of the Mughals“. Khadi Dyers & Printers. — „primarily moss green and some flags were scarlet. Against a green field it displayed a rising sun, partially eclipsed by a body of a couching lion facing the hoist“. 2010-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-fevral.
  20. 20,0 20,1 Singh, K.V.. Our National Flag. New Delhi: Publication Division, Ministry of Information & Broadcasting, Government of India, 1991 — 14-bet. 
  21. Blochmann, H. (tr.) (1927, reprint 1993). The Ain-I Akbari by Abu’l-Fazl Allami, Vol. I, Calcutta: The Asiatic Society, p.52
  22. Foster, William (ed.) (1921) Early Travels in India, 1583–1619, London: Oxford University Press, p. 306
  23. Terry, Edward. A Voyage to East-India. London: J. Wilkie [1655], 1777 — 347-bet. 
  24. „Flags of the World: Persia (Iran) from XVI to XVIIIth century“. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
  25. „The Lion and Sun Motif of Iran: A brief Analysis“. Qaraldi: 2010-yil 12-noyabr.
  26. „Encyclopædia Iranica: FLAGS i. Of Persia“. Qaraldi: 2010-yil 12-noyabr.
  27. Mahdi Flag. National Portrait Gallery. Retrieved December 19, 2020.
  28. 28,0 28,1 Flags of the Mahdiyya. Making African Connections. Retrieved December 19, 2020.
  29. The symbolism of the star and crescent in the flag of the Kingdom of Libya (1951–1969) was explained in an English language booklet, The Libyan Flag & The National Anthem, issued by the Ministry of Information and Guidance of the Kingdom of Libya (year unknown, cited after Jos Poels at FOTW, 1997) as follows: „The crescent is symbolic of the beginning of the lunar month according to the Muslim calendar. It brings back to our minds the story of the Hijra (migration) of our Prophet Mohammed from his home in order to spread Islam and teach the principles of right and virtue. The Star represents our smiling hope, the beauty of aim and object and the light of our belief in God, in our country, its dignity and honour which illuminate our way and puts an end to darkness.“
  30. Edward E. Curtis, Black Muslim religion in the Nation of Islam, 1960–1975 (2006), p. 157.
  31. Pan-Arab Colours, crwflags.com; Mahdi Abdul-Hadi, The Great Arab Revolt (Wayback Machine saytida 2014-05-05 sanasida arxivlangan), passia.org
  32. 32,0 32,1 Firefly Guide to Flags of the World. Firefly Books, 2003 — 165-bet. ISBN 978-1552978139. Qaraldi: 2012-yil 12-sentyabr. 
  33. „Islamic world“. www.nationsonline.org. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  34. Engber, Daniel „Why do Muslims say, "God is great?"“ (en). Slate Magazine (2006-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  35. Ismaili flag & New Ismaili Constitution of 1986. Ismaili. Retrieved February 16, 2019.
  36. „A Brief History of Ahmadiyya Movement In Islam“. Alislam.org (1939-yil 28-dekabr). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-mart.
  37. „Question: Why do Muslims use black flags if the color black is associated with death and mourning?“. Askislam.org (1984-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 23-mart. •
  38. Brief history on origin of the Nation of Islam. Nation of Islam. Retrieved February 16, 2019.
  39. Muharram mourning traditions in different lands – 31. Parstoday. Retrieved February 16, 2019.

Bibliografiya

tahrir

Havolalar

tahrir