Koʻk gumbaz masjidi (meʼmoriy yodgorlik)

Koʻk gumbaz masjidi — Shahrisabzda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Inshoot 1434—1435-yillar oraligʻida Ulugʻbek Mirzo tomonidan otasi Shoxrux Mirzoga atab qurdirgan[1].

Jomʼe masjid
Koʻk gumbaz masjidi (meʼmoriy yodgorlik)
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Shahrisabz
Joylashuvi Qoʻshxovuz MFY
Masjid turi Jomʼe masjid
Asoschi Mirzo Ulugʻbek
Binokorlik 1434-yil1435-yil
Umumiy maydoni 12.60 x 12.61 metr
Gumbazlar soni 1 ta
Gumbazlar soni 1 ta
Holati taʼmirlangan

Majid peshtoqlaridagi ravogʻida temuriyzodalarning nomlari va qurilish vaqti bitilgan tarixiy yozuvlar saqlanib qolgan[2].

Joylashuvi

tahrir

Koʻk gumbaz masjidi Dorut Tilovat (Shahrisabz shahrining janubida, „Chorsu“ savdo majmuasi yaqinida joy olgan) ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid hisoblanadi. U Gumbazi sayidon maqbarasi va Shamsuddin Kulol maqbarasining qarama-qarshi tomonida bunyod etilgan.

Mazkur masjid Dorut Tilovat majmuasi tarkibidagi asosiy yodgorlik sanaladi.

Nomlanishi

tahrir

Jom’e masjidi koʻk koshinlar bilan qoplangan katta gumbazga ega. Masjidning nomi ham shundan kelib chiqqan.

Tuzilishi

tahrir

Koʻk gumbaz masjidi tuzilishi kvadratsimon boʻlib, umumiy maydoni 12.50 x 12.61 metrga teng. Masjid bagʻallariga zalvorini tashlagan koʻk koshinli gumbaz bilan qoplangan. Inshootning toʻrt tomoni chuqur rovoqlar bilan jihozlangan[3].

Masjid peshtoqining oʻng va chap tomonidagi ustunlari, boloxonasi buzilib ketgan. Binoga sharqdan peshtoq (ravogʻining kengligi 10 metrga teng) orqali kiriladi. Peshtogʻida serjilo handasiy bezaklar koʻp ishlatilgan. Binoning bosh peshtoqida va interyerida koshinlar bittalab terib chiqilgan. Arab yozuvlari yozilgan har xil turlardagi anʼanaviy naqshlar bilan bezaklanfgan. Ustunlarida, asosiy ravoq va qanoslarida guldor sopollardan foydalanilgan. Masjid xonaqohining umumiy maydoni 12,7 x 12,7 metrni tashkil etib, tashqi poygumbazida sirkor moviy, koʻk va oq rangli bezaklar bilan jilolangan. Ular orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan. Xonaqohning ichki qismidagi 8 ta mayda ravoqchalar romb shaklidagi qalqonsimon bagʻallar bilan oʻzaro birlashtirilgan va ravoq shaklidagi oʻn oltita tayanchiqqa tayantirilgan. Gʻishtin devor burchaklarida barpo etilgan 4 ta aylanma zina orqali ayvon tomiga chiqiish mumkin boʻlgan. Ayvonning yon taxmonlariga keng ravoq orqali oʻtilgan. Hozir ularning barchasi berkitib qoʻyilgan.

Gumbazdagi bitiklar

tahrir

Masjid gumbazining gardishiga mozaik gʻishtin koshinlar terilgan boʻlib, unda kufiy xatida yozilgan bitiklar mavjud. Gardishning oʻrta qismida Qur’oni Karimning „Fath“ surasining 1—3-oyatlari sariq fonga oq rangdagi yirik-yirik harflar bilan yozilgan. masjid gumbazostida esa koʻk fonda mayda harflar bilan Qur’on Karimning „Jum’a surasi“ matni bitilgan. Bu qism keyinchalik taʼmirlangan.

Peshtoqdagi bitiklar

tahrir

Toksimon peshtoqlarida ham kufiy bannoiy xatida yozilgan bitiklar mavjud boʻlib, u yerda: „Alloh ulugʻdir“ jumlasi qaya-qayta yozilgan. Shu bilan birgalikda, Qur’oni karimning Baqara surasi 127—128-oyatlari suls yozuvida koʻk fonga yozilgan. Bu bitiklar 1995-yilda boʻlgan taʼmirlash vaqtida qayta tiklangan.

Qayta taʼmirlanishi

tahrir

Koʻk gumbaz masjidi bir necha bor taʼmirlangan. Jumladan, 1970-yillarda hamda Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan 19951996-yillarda qayta taʼmirlangan[4]. 1975-yilda va 19921999-yillarda amalga oshirilgan sifatsiz taʼmirlash oqibatida ayrim bitiklarga ziyon yetgan. Natijada esa masjidning asl qiyofasining yoʻqolishiga sabab boʻlgan[5].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Ko‘k gumbaz masjidi“. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 245-257-bet. ISBN 978-9943-4510-6-3. 
  4. „Koʻk gumbaz masjidi (meʼmoriy yodgorlik)“ OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Hafizi tanish ibn Mir Muhammad Buxari.. Sharif-namayi shaxi. (Faksimile nusxasi)., 1983-yil — 78-bet.