Rahmatullo Zoirov
Rahmatullo Hamidovich Zoyirov (tojikcha: Раҳматулло Ҳамидович Зойиров, 1957-yil, 16-mart, Bogʻiston, Boʻstonliq tumani, OʻzSSR) – tojik siyosatchisi va huquq faoli, huquqshunos olim, dotsent, huquq fanlari nomzodi, poliglot, dissident va muxolifatchi. 2002-yil dekabridan muxolifatdagi Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi asoschisi va rahbari.
Rahmatullo Hamidovich Zoyirov tojikcha: Раҳматулло Ҳамидович Зойиров | |
---|---|
Tavalludi |
1957-yil 16-mart Bogʻiston, Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR[1] |
Vafoti | 18-may 2024 |
Fuqaroligi | SSSR → Tojikiston |
Sohasi | siyosatchisi, huquq faoli, huquqshunos olim |
Taʼlimi | F. E. Dzerjinskiy nomidagi Xarkov yuridik instituti |
Mukofotlari | |
Dini | Islom (Hanafiylik) |
Tarjimai holi
tahrirRahmatullo Zoyirov 1957-yil 16-mart kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani Chorboq suv ombori yaqinida Bogʻiston qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi – Anduhamid Zoyirov mashhur meʼmor va quruvchi boʻlgan. 1975-yilda oʻzining qishlogʻidagi oʻrta maktabni tamomlagan. Maktab davrida maktab komsomoli kotibi, tuman komsomol byurosi aʼzosi boʻlgan. Harbiy xizmatni 1977—1979-yillarda Sovet Armiyasi safida Sharqiy Germaniyada oʻtagan va katta serjant unvonini olgan. Armiyada xizmat qilayotganida komsomol komiteti kotiblaridan biri hamda KPSS aʼzoligiga nomzod boʻlgan. Harbiy xizmat davomida oʻzining birinchi medallarini – „Gvardiya“ koʻkrak nishoni hamda „Sovet armiyasi aʼlochisi“ koʻkrak nishonini olgan. Armiyadan qaytgach, mehnat faoliyatini OʻzSSR Toshkent viloyati Orjonikidze tumanida partiya xodimi sifatida boshlagan[2].
1979—1983-yillarda Ukraina SSRdagi Xarkov yuridik institutida oʻqigan. 1980-yil KPSS aʼzoligiga qabul qilingan va partiya maktabida oʻqish davomida AQShning ikkita maktabida yurisprudensiya boʻyicha KPSSning namunali aʼzosi sifatida qisqa muddatli amaliyot oʻtagan. Uning soʻzlariga koʻra, aynan AQShda boʻlgani va u yerdagi hayotni oʻz koʻzi bilan koʻrgani dunyoqarashini demokratiya va kapitalizm tomon tubdan oʻzgartirgan. Yurisprudensiya boʻyicha ilmiy ishlarini 1982-yildan nashr eta boshlagan. Kiyevdagi Huquq akademiyasi aspiranturasini tamomlagan. Bir qancha vaqt Xarkovdagi F. E. Dzerjinskiy nomidagi Xarkov yuridik institutining (hozirgi Yaroslav mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti) nashriyotida muharrir boʻlib ishlagan. 1986—1988-yillarda KPSS qoshidagi Marksizm—leninizm universitetining Xabarovsk boʻlimida tahsil olgan. 1988-yilda, „qayta qurish“ yillarida u Uzoq Sharq dissidentlari bilan yaqin aloqada boʻlgan Birobidjandagi (Yahudiylar muxtor viloyati) siyosiy munozaralar klubining asoschilaridan biriga aylangan. Ayni yilda Tojik SSRga qaytib keldi va Dushanbeda ushbu klubning muqobili yaratdi, klub Tojik SSR tarixidagi birinchi nohukumat tashkilot boʻldi[2]. 1989-yilda Huquqiy taʼlim milliy markazini (2000-yildan „Tojikiston yuridik konsorsiumi“ NT) tashkil qildi[3].
1989-yilda Tojikiston SSR Oliy Kengashiga boʻlib oʻtgan saylovda qatnashib, oʻzining universiteti jamoasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan, ammo „Rastoxez“ milliy demokratik harakati yetakchilaridan biri Mirbobo Mirrahimovga yutqazib qoʻygan[4].
1990-yillarda u Tojikistonning boshqa mamlakatlardagi turli saylovlar, jumladan 1994 va 1998-yillardagi AQSh Kongressi saylovlari, 1996-yilgi Rossiya prezidenti saylovlari va 1999-yilgi Rossiya parlamenti saylovlari uchun kuzatuvchi missiyalariga rahbarlik qilgan. Tojikiston fuqarolar urushi davrida nisbatan betaraflikni saqlagan, ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida va xalqaro uchrashuvlardagi chiqishlarida doimiy ravishda mamlakat tinchligini targʻib qilgan. 1993—1997-yillarda Tojikiston fanlar akademiyasi xalqaro huquq kafedrasi mudiri, 1998—1999-yillarda Tojikiston Davlat pedagogika universiteti huquqshunoslik kafedrasi mudiri boʻlgan. 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida u koʻplab sobiq Sovet Ittifoqi respublikalariga, xususan, Ukrainaga tez-tez borib, mahalliy universitetlarda huquq va yurisprudensiya fanidan maʼruzalar oʻqigan[2].
1998-yilda u „Adolat va taraqqiyot“ partiyasini tuzdi va unga rahbarlik qildi, keyinchalik partiya Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi deb nomlandi va hozirgacha unga yetakchilik qilmoqda[2][5][6].
2001—2003-yillarda Rahmatillo Zoyirov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonovning huquqiy masalalar va xalqaro siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimida ishladi. 2002-yilda Tojikiston prezidentining farmoni bilan unga ikkinchi darajali davlat adliya maslahatchisi unvoni va adliya general-leytenanti unvoni berildi. 2003-yilgi konstitutsiyaviy referendumdan soʻng u referendum mavzulari boʻyicha kelishmovchiliklari sababli barcha lavozimlaridan ozod etildi[2].
Hozirda SDPT raisi va Tojikiston yuridik konsorsiumi raisi[3].
Siyosatchining oʻziga koʻra, 2013-yildan 2018-yilgacha u siyosiy faoliyati uchun 11 marta jismoniy hujumga uchragan[4]
Ilmiy faoliyati
tahrirRahmatillo Zoirov taniqli huquqshunos olim, huquq fanlari nomzodi, huquqshunoslik, konstitutsiyaviy, jinoiy va xalqaro huquq, siyosatshunoslik, iqtisod, tilshunoslik va Tojikiston tarixiga oid 270 dan ortiq ilmiy ishlar, maqola va monografiyalar, 30 dan ortiq kitob va risolalar muallifi. Tojikiston tarixi, fors-tojik adabiyoti va fiqh ilmida sheʼriyat va falsafaga oid maqolalar muallifi. Ilmiy faoliyatdan tashqari, u bir qator postsovet mamlakatlarida 20 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanadi. Uning ishtirokida huquqshunoslik sohasida Tojikiston Respublikasining 30 dan ortiq qonunlari ishlab chiqilgan[2].
Shaxsiy hayoti va qiziqishlari
tahrirRahmatillo Zoirov oilali, ikki farzandi va bir necha nevaralari bor. U ona tili – tojik tilidan tashqari toʻqqiz tilda – rus, ingliz, nemis, fransuz, ukrain, oʻzbek, turk, fors va dariy tillarida soʻzlashadi. Yoshligidan sport bilan muntazam shugʻullanadi, futbolga qiziqadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Baʼzi manbalarda uning tugʻilgan joyi Qozogʻiston SSR Janubiy Qozogʻiston viloyati Boʻstandiq tumani deb notoʻgʻri koʻrsatilgan, vaholangki 1956-yil 13-fevralda – Rahmatillo Zoyirov tugʻilishidan bir yil avval Boʻstandiq tumani Oʻzbekiston SSR tarkibiga oʻtkazib, nomi Boʻstonliq tumani deb oʻzgartirilgan
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Зойиров Рахматилло Хамидович“ (ru). «ЦентрАзия». Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ 3,0 3,1 „Организация - Таджикский юридический консорциум“ (ru). consortiumtj.wordpress.com. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ 4,0 4,1 „Юбилей Рахматилло Зоирова – «Дон Кихота» таджикской политики“ (ru). Akhbor-Rus.com (2018-yil 16-mart). Qaraldi: 2020-yil 16-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Рахматилло Хамидович Зойиров“. Досье политиков и общественных деятелей, живущих в странах Центральной Азии, либо связанных с регионом (ru). StanRadar. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ Хурсанд Хуррамов, Муллораджаб Юсуфзода, Мумин Ахмади. „СДПТ не доверяет выборам, но не прочь попасть в парламент“ (ru). Ozodlik radiosi tojik xizmati (2020-yil 24-yanvar). 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
Havolalar
tahrir- „Зойиров, Рахматилло Хамидович“ (ru). «ЦентрАзия». Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- „«Разговор с Рахматилло Зойировым» – Ответы“ (ru). TJKNews.com (2011-yil 3-fevral). 2011-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.