Muhammad Shayboniy

davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri
(Sulton Muhammad Shayboniyxondan yoʻnaltirildi)

Muhammad Shayboniy (Shayboniyxon) (1451-yil, Oʻzbek xonligi — 1510-yil 12-dekabr, Marv) — davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri. Hazrati imom uz-Zamon xalifat ur-Rahmon (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini oʻrnatgan.

Muhammad Shayboniy
Muhammad Shayboniy

Muhammad Shayboniyning portreti
Kamoliddin Behzod
1-Buxoro xoni
Mansab davri
1500-yil – 2-dekabr 1510-yil
Oʻtmishdoshi Yoʻq
Vorisi Suyunchxoʻjaxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Abulfath Muhammad Shayboniy

1451-yil
Oʻzbek xonligi (Dashti qipchoq)
Vafoti 2-dekabr 1510-yil
Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻi (Xuroson)
Oʻlim sababi Marv jangi
Fuqaroligi Oʻzbek xonligiBuxoro xonligi
Turmush oʻrtogʻi Xonzoda begim
Mehr Nigor xonim
Bolalari Muhammad Temur sulton
Xurramshoh sulton
Suyunch Muhammad sulton
Shohrubonu
Ota-onasi
  • Shohbudogʻ sulton
  • Oq Qoʻzi biyim
Taʼlim Buxoro madrasalari

Uning haqiqiy ismi V. V. Bartoldning fikriga koʻra — Shohbaxt Muhammad[1], boshqa: R. G. Mukminova, V. P. Yudin va Edvard Allworth kabi tadqiqotchilar fikrlariga koʻra esa[2][3][4] — Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan. Shayboniy — sheʼriy taxallusidir[1]. По данным современника Шейбани-хана — Мулла Шади, и востоковедов: В. П. Юдина, Р. Г. Мукминовой Шейбани-хан также носил поэтическое прозвище — Шахбахт (королевское счастье)[2][5]. Shayboniyxonning zamondoshi — Mulla Shodiy va sharqshunos olimlar: V. P. Yudin, R. G. Mukminovalarning yozishicha, Shohbaxt (shoh baxti) ham Shayboniyxonning sheʼriy taxallusi bo‘lgan. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasida yozilishicha, Shaxbaxt taxallusi unga Abulxayrxon tomonidan berilgan. U asos solgan sulola tarixda Shayboniylar nomi bilan tanilgan, ammo bu sulola vakillaridan hech biri Muhammad Shayboniy avlodi bo‘lmagan[6].

Tarjimai holi

tahrir

Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayrxonning (1428—1468) oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻ boʻlgan. Shayboniyxonning onasining ismi Oq Qoʻzi biyim boʻlgan[7].

Tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shohbudog‘ sulton to‘ng‘ich o‘g‘liga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qo‘ygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlgan[8].

Manbalarga ko‘ra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻg‘lon, Abduloʻg‘lon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimo‘g‘lon, Ibrohimo‘g‘lon oʻgʻli Davlatshayx o‘g‘lon, Davlatshayxo‘g‘lon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan[3].

Qizig‘i shundaki, „Tavorixi Guzidayi Nusratnoma“ da Shayboniyxon Mingtemur bobosining xotini Ismoil Somoniy avlodidan bo‘lgan Jandibekning qizi ekanligi qayd etilgan[9].

Shayboniyxonning otasi Shohbudog‘xon o‘qimishli odam bo‘lib, uning buyrug‘i bilan fors tilidagi asarlarni turkiy tilga tarjima qildirgan[10].

Hokimiyatga kelishi

tahrir

Muhammad Shayboniy Oʻzbek xonligi hukmdori Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi Sulton Muhammad bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnahrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan.

 
Shayboniyxon tomonidan Buxoroda zarb qilingan tanga, 1510-yil

Vafoti

tahrir
 
Shayboniyxon qabrtoshi, 1510-yil, Sankt Peterburg, Ermitaj

1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 70 ming kishilik askari bilan Muhammad Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va xonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Keyinchalik Shayboniylar daxmasi deb nomlangan.

Shayboniyxon unvonlari va uning diniy siyosati

tahrir

Shayboniyxon chiqargan tangalarda u olgan unvonlar: „Eng buyuk sulton, rahmdil [Allohning] podshohi, din himoyachisi“; „Oʻz davrining imomi, rahmdil [Allohning] hokimi Abulfath“. Yozuvlar har-xil boʻlib, ikkinchisida ancha aniqroq, teokratik fikr ifodalangan va sarlavhada Shayboniyxon oʻz davrining imomi“ ekanligi taʼkidlangan[11].

Shayboniyxon eroniylar va turkiylarni milliy asosda ajratmagan, balki paygʻambarning „hamma musulmonlar birodardir“ degan hadislariga amal qilgan[12].

Nufuzli diniy arboblardan biri, asli yamanlik amir Sayyid Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy al-Hadramautiy (Mir-i Arab nomi bilan mashhur) Shayboniyxonning homiyligidan panoh topgan, devon majlislarida doimiy ishtirok etgan va uning yurishlarida xonga hamrohlik qilgan[13].

Muhammad Shayboniy 1501-1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. U saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Uning oʻzi oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa Oʻzbekiston milliy universiteti Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. Muhammad Shayboniy haqida Tarixi guzida, Binoiyning Shayboniynoma, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Muhammad Solihning Shayboniynoma va Boburning Boburnoma asarlarida maʼlumotlar bor.

Hukmdor shoirning ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F. Koʻprulu, Y. Ekman, O. Akbiyik, Y. Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E. Axmadxoʻjaev va I. Bekjon uning Bahrul-hudo nomli qasidasini topishdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Istoriya Uzbekistana, T.3. Tashkent, 1993.
  • Bartold V. V., Sochineniya, T2 (chast 2), M., 1964.
  • Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
  • ERASLAN Kemal (1991), Şibânî Han’ın ʹBahru’l-Hüdâʹ Adlı Eseri. Türk Kültürü Araştırmaları Muharrem Ergin’e Armağan, Yıl: XXVIII/1-2, s.103-177
  • KARASOY, Yakup (1998), Şiban Han Dîvânı (İnceleme-Metin-Dizin-Tıpkıbasım), Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları
  • Malikov A.M., Torlanbayeva K.U. Nekotoryye osobennosti kul'turnoy identichnosti Sheybani-khana i monumental'noye stroitel'stvo v Samarkande v nachale XVI veka // Zolotoordynskoye obozreniye. 2022. T. 10, № 2. S. 391–413.
  • Mukminova R. G., K istorii agrarnykh otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam «Vakf-name». Tashkent. Nauka. 1966
  • Norik B.V. Rol' shibanidskikh pravitely v literaturnoy zhizni Maverannakhra XVI v. // Rakhmat-name: Sb. statey k 70-letiyu R. R. Rakhimova. SPb.: MAE RAN, 2008. S. 226–267.
  • Semyonov A. A. K voprosu o proiskhozhdenii i sostave uzbekov Sheybani-khana // Trudy akademii nauk Tadzhikskoy SSR. Tom XII. 1953. — C.3-37
  • Semyonov A. A. Sheybani-khan i zavoyevaniye im imperii Timuridov //Materialy po istorii tadzhikov i uzbekov Sredney Azii. Trudy AN Tad SSR, XII, vyp. I.- Stalinabad, 1954.
  • Fitrat A.. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
  • A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 ЭСБЕ:Шейбани 1903, s. 371-373.
  2. 2,0 2,1 Allworth E., The modern Uzbeks. from the fourteenth century to the present. Stanford: Hoover institution press, 1990. p. 47
  3. 3,0 3,1 Материалы по истории казахских ханств XV—XVIII веков. (Извлечения из персидских и тюркских сочинений). Алма-Ата: Наука. 1969. С. 390
  4. Р. Г. Мукминова, К истории аграрных отношений в Узбекистане XVI в. По материалам «Вакф-наме». Ташкент: Наука. 1966. С. 227
  5. Материалы по истории казахских ханств XV—XVIII веков. (Извлечения из персидских и тюркских сочинений). Алма-Ата: Наука. 1969. С. 54
  6. Биографический словарь:Шейбани (Шах-Бахт Мухаммед) 2000.
  7. „КАМАЛ-АД-ДИН АЛИ БИНАИ->ШАЙБАНИ-НАМЕ->ТЕКСТ“. 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-sentyabr.
  8. Материалы по истории казахских ханств XV—XVIII веков. (Извлечения из персидских и тюркских сочинений). Алма-Ата: Наука. 1969. С. 97
  9. Материалы по истории казахских ханств XV—XVIII веков. (Извлечения из персидских и тюркских сочинений). Алма-Ата, 1969. С. 35
  10. История Казахстана в персидских источниках. Т.5. Алматы: Дайк-Пресс, 2007. С. 376
  11. Давидович Е. А. Денежная реформа 913/1507-914/1509. Мухаммед-Шейбани-Хана (опит комплексного источникаведения)// "Восточное историческое источниковедение и специальные исторические дисциплины", М., 1989
  12. А. А. СЕМЁНОВ К ВОПРОСАМ О ПРОИСХОЖДЕНИИ И СОСТАВЕ ​​УЗБЕКОВ ШЕБАНИ-ХАНА // МАТЕРИАЛЫ ПО ИСТОРИИ ТАДЖИКОВ И УЗБЕКОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ ВИПУСК И С., 1954, с.70
  13. Фазлаллах ибн Рузбихан Исфахани. Миксман-наме-йи Бухара ("Записки букарского гостя"). Перевод Р. П. Джалиловой. М.: Наука, 1976. С. 78-79.