Yunusxon maqbarasi (Xiva)
Yunusxon maqbarasi – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara 1559-yilda bunyod etilgan. Bugungi kunda madrasa „Ichan qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 13-uyda; Ichan qalʼa tarkibida, Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida joylashgan.
Madrasa | |
Yunusxon maqbarasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Xorazm viloyati |
Shahar | Xiva |
Manzil | Ichan qalʼa MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 13-uy |
Mulkdor | Davlat mulki. „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Asosiy sana: | |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Qurilish materiali | pishiq gʻisht |
Yunusxon maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].
Tarixi
tahrirXiva shahrida XIV asrning ikkinchi yarmida, 1558—159-yillarda bunyod etilgan Yunusxon maqbarasi 1556—1557-yillarda Xiva xonligini boshqargan hukmdor Yunusxonga atab qurilgan. U Xoʻjash mahram madrasasining janubida va mashhur Pahlavon Mahmud maqbarasining orqa – shimol tomonida joylashgan boʻlib, ushbu majmuaning bir qismi hisoblanadi. Yunusxon bu maqbara xonalaridan biriga dafn etilgan. Biroq, maqbaradagi ikkinchi qabrga kim dafn qilingani maʼlum emas[3].
Yunusxon maqbarasi „Ichan qalʼa“ kompleksi tarkibiga kiradi[4].
Qurilish uslubi
tahrirMaqbara toʻrtburchak shakldagi tarhli, umumiy maydoni 7x13,5 m ni tashkil etadi. U baland peshtoqli va ikki gumbazli imorat, goʻrxona va ziyoratxona (4,5x4,5 m)dan iborat. Xonalari bir-biridan ravoqlar yordamida ajratilgan. Ichki devorlariga yassi va keng hajmli ravoqlar ishlangan. Ziyoratxona orqali daxmali goʻrxonaga kiriladi. Xonalar charxi gumbazlar bilan yopilgan. Ichki devorlarining gumbaz osti bagʻali, ravoqlarining gʻishtlari mavj usulida terilgan. Maqbara oddiy pishiq gʻishtlardan qurilgan boʻlib, unga hech qanday bezak berilmagan[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Xiva - Yunusxon maqbarasi“. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Yunusxon maqbarasi“. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil