Afgʻonistonda Ahmadiya taʼlimoti
Afgʻoniston Islom Amirligi امارت اسلامی افغانستان īmārat-e Eslāmī-ye Afġānistān (forscha) د افغانستان اسلامي امارت Da Afġānistān Islāmī īmārat (pushtuncha) | |
---|---|
Shior: lā ʾilāha ʾillà l-Lāh, Muḥammadun rasūlu l-Lāh (Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad uning rasulidir) | |
Madhiya: Afgʻoniston Madhiyasi | |
Poytaxt | Kobul (shahar) |
Eng katta shahar | [[Kobul (shahar)]], [[Qandahor (shahar)]] |
Rasmiy til(lar) | dariy, pushtu 9 viloyatda rasmiy o'zbek tili |
Hukumat |
Amirlik Islomiy davlatlar |
Haybatulloh Oxundzoda | |
Muhammad Yoqub | |
Mustaqillik (- Birinchi Afgʻon Davlati 1747-yil oktabrda - Mustaqil (Birlashgan Qirollikdan) 1919-yil 19-avgustda) | |
Maydon | |
• Butun |
652,864[1] km2 km2 (41-oʻrin) |
• Suv (%) |
ahamiyatsiz |
Aholi | |
• 2019-yilgi roʻyxat |
32,225,560[2] (43-oʻrin) |
• Zichlik | 46/km2/km2 |
YIM (XQT) | 2018-yil roʻyxati |
• Butun |
$72,911 milliard |
• Jon boshiga |
$2,024 |
Pul birligi | afgʻoni (AFN) |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:30 |
• Yoz (DST) |
UTC+6 |
Qisqartma | AF |
Telefon prefiksi | 93 |
Internet domeni | .af |
Ahmadiya Afgʻonistondagi Londondagi xalifaning boshchiligida islomiy jamoadir. Islomdagi Ahmadiya harakati va hozirgi Afgʻoniston chegaralaridagi pushtun xalqi bilan eng birinchi aloqa Mirzo Gʻulom Ahmadning hayotligida sodir boʻlgan. Ahmad tomonidan boshlangan harakat boshqa musulmon guruhlari, jumladan Afgʻonistondagilar tomonidan dindan qaytganlik sifatida koʻrilgan va shunga koʻra, Ahmad vaʼda qilingan Mahdiy deb daʼvo qilganidan atigi oʻn ikki yil oʻtib, Ahmad musulmonlaridan ikki nafari Kobulda toshboʻron qilinib oʻldirilgan. Shu taqlid qotilliklar 1925-yilgacha davom etdi. 1924—1925-yillarda amir Omonullaxon davrida Ahmadiya eʼtiqodiga aloqadorlik oʻlim jazosiga aylandi va bu taʼlimotni qabul qilganlar majburan qaytarildi.[3]
Tarixi
tahrirAfgʻonistondagi harakat tarixi ikki ilk dinga kirganlar, yaʼni Sayid Abdul Latif va Abdur Rahmonning harakatlaridan boshlanadi. Xost viloyatidan boʻlgan Sayid Abdul Latif 19-asr oxiri va 20-asr boshlari oraligʻida Afgʻoniston amirlaridan Abdurrahmonxon va Habibullaxonning qirollik maslahatchisi boʻlgan. Latif Xost viloyatining sobiq gubernatori Sardor Shireendil Xon bilan birga 1893-yilda Britaniya Hindistoni bilan Durand chizigʻi kelishuvi boʻyicha muzokaralar chogʻida Abdurrahmonxonning vakili boʻlgan[4][5]. 1901-yilda u Ahmadiya harakatining asoschisi Mirzo Gʻulom Ahmadning baʼzi kitoblarini oʻqib, Ahmadiy (ushbu taʼlimot (harakat ham deb ataladi)ni qabul qilganlarni ahmadiy deyishadi) boʻldi. Latif Afgʻoniston diniy ruhoniylarining aʼzosi edi. Binobarin, u oʻzining eng yirik izdoshlaridan biri Abdurrahmonni Ahmadiya harakati asoschisi haqida koʻproq bilish uchun Hindistonning Qodiyon shahriga yubordi.[6] Qodiyonlik Ahmad bilan bir qancha suhbatlardan soʻng Rahmonning oʻzi ham Ahmadiy boʻldi. U oʻzining yangi eʼtiqodini yetkazishga ishtiyoq bilan Latifga qaytish oʻrniga Afgʻoniston amiri qarorgohi boʻlgan Kobulga yoʻl oldi. U yerda diniy ulamolar amirni Rahmonni oʻlimga hukm qilishga ruxsat berishga koʻndirishdi.[6] Hibsga olinganidan keyin Rahmon 1901-yil 20-iyunda[6] boʻgʻib oʻldirilgan.[7]
1902-yilda Latif amir Habibullohxondan hozirgi Saudiya Arabistonida Makkaga islomiy ziyorat qilish uchun borishga ruxsat soʻradi. Amir Latifning iltimosini inobatga olib, unga yoʻl harajatlari uchun qoplama taqdim etdi. Latif 1902-yilning oktabrida bir qancha shogirdlari hamrohligida Lahorga yetib keldi. U yetib kelganida, Arabiston yarim orolining koʻp qismini nazorat qilgan Usmonlilar mamlakatda tarqalgan vabo tufayli Makkaga Britaniya Hindistonidan sayohat qilishlariga cheklovlar qoʻyganligini bildi. Shuning uchun Latif Mirzo Gʻulom Ahmad bilan uchrashish uchun Qodiyonga borishga qaror qildi. Bir necha oyni oʻtkazgandan soʻng, u Kobulga qaytib keldi va Ahmadiya harakatiga sodiqligini oshkora eʼlon qildi. U Qadiyonda boʻlgan davrida Ahmadga bay’at bergan edi.[8] Amir diniy ulamolarning buyrugʻiga koʻra, uni Afgʻonistonda oʻlim jazosi boʻlgan murtadlikda aybladi. Latif 1903-yil 14-iyulda ommaviy qatl qilinishidan oldin bir necha hafta qamoqqa tashlangan. U oʻz qarashlaridan voz kechishni istamay, qamoq va sud davrida boshqalarni Ahmadiya talqinlariga bir necha bor ishontirishga uringan.[9]
№ | Viloyat | dariy/pushtu tilida | ISO 3166-2 | Maʼmuriy markazi | Aholisi, (2016 — 2017) kishi |
Maydoni, km² |
Zichligi, kishi/km² | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Badaxshon | Badakhshān | بدخشان | BDS | Fayzobod | Fayẕābād / Fayẕābād | 966 789 | 44 059 | 20,08 |
2 | Badgʻis | Bādghīs | بادﻏﻴﺲ | BDG | Qal’ayi Nav | Qala i Naw | 504 185 | 20 591 | 25,36 |
3 | Bagʻlon | Baghlān | بغلان | BGL | Puli Xumri | Pol-e Khomrī | 926 969 | 21 118 | 38,81 |
4 | Balx | Balkh | بلخ | BAL | Mozori Sharif | Mazār-e Sharīf | 1 353 656 | 17 249 | 68,50 |
5 | Bomiyon | Bāmiyān | بامیان | BAM | Bomiyon | Bāmīān | 454 643 | 14 175 | 29,01 |
6 | Daykundi | Dāykondī | ﺩﺍﻳﻜﻨﺪﻱ | DAY | Nili | Nīlī | 468 178 | 8 088 | 50,69 |
7 | Farah | Farāh | فراه | FRA | Farah (shahar) | Farāh | 515 973 | 48 471 | 10,07 |
8 | Faryob | Fāryāb | فارياب | FYB | Maymana | Meymaneh | 1 013 535 | 20 293 | 47,02 |
9 | Gur | Ghowr | غور | GHO | Chag'charon | Chaghcharān | 701 653 | 36 479 | 18,65 |
10 | Helmand | Helmand | هلمند | HEL | Lashkargoh | Lashkar Gāh | 942 037 | 58 584 | 14,67 |
11 | Hirot | Herāt | هرات | HER | Hirot | Herāt | 1 928 737 | 54 778 | 32,76 |
12 | Juzjon | Jowzjān | جوزجان | JOW | Shibirgʻon | Sheberghān | 549 900 | 11 798 | 40,39 |
13 | Kapisa | Kāpīsā | کاپیسا | KAP | Mahmud-i Raqi | Mahmūd-e-Rāqī | 448 245 | 1 842 | 217,64 |
14 | Kobul | Kābul | کابل | KAB | Kobul | Kābul | 3 839 580 | 4 462 | 790,68 |
15 | Kunar | Konar / Kunar | کُنَر / کونر | KNR | Asadobod | Asadābād | 458 130 | 4 942 | 84,44 |
16 | Lagʻmon | Laghmān | لغمان | LAG | Mehtarlam | Mehtarlām | 452 942 | 3 843 | 114,75 |
17 | Luvgar | Lowgar | لوګر | LOG | Pulialam | Pol-e 'Alam | 398 535 | 3 880 | 105,64 |
18 | Nangarhor | Nangarhār | ننگرهار | NAN | Jalolobod | Jalālābād | 1 545 448 | 7 727 | 196,72 |
19 | Nimroʻz | Nīmrūz | نیمروز | NIM | Zaranj | Zaranj | 167 873 | 41 005 | 3,78 |
20 | Nuriston | Nūrestān | نورستان | NUR | Parun | Parun | 150 391 | 9 225 | 14,31 |
21 | Paktika | Paktīkā | پکتیکا | PKA | Sharan | Sharan | 448 843 | 19 482 | 22,53 |
22 | Paktiya | Paktīā | لویه پکتیا | PIA | Gardiz | Gardīz | 561 200 | 6 432 | 85,57 |
23 | Panjsher | Panjshīr | پنج شیر | PAN | Bazarak | Bāzārak | 156 001 | 3 610 | 40,00 |
24 | Parvon | Parvān | پروان | PAR | Chorikor | Chārīkār | 675 975 | 5 974 | 105,37 |
25 | Qandahor | Kandahār | قندھار | KAN | Qandahor | Kandahār | 1 252 786 | 54 022 | 19,81 |
26 | Qunduz | Kondōz / Kunduz | كندوز | KDZ | Qunduz shahar | Kondōz | 1 029 473 | 8 040 | 121,67 |
27 | Samangan | Samangān | سمنگان | SAM | Samangan | Āybak | 394 887 | 11 262 | 30,64 |
28 | Saripul | Sar-e Pol | سر پل | SAR | Saripul | Sar-e Pol | 569 046 | 15 999 | 32,16 |
29 | Toxar | Takhār | تخار | TAK | Talukan | Tāloqān | 1 000 939 | 12 333 | 75,41 |
30 | Vardak | Vardak | وردک | WAR | Maydonshahr | Meydān Shahr | 606 077 | 8 938 | 65,09 |
31 | Xost | Khowst / Khost | خوست | KHO | Xost | Khowst | 584 075 | 4 152 | 131,45 |
32 | Zobul | Zābol | زابل | ZAB | Qalat | Qalāt | 309 192 | 17 343 | 18,46 |
33 | Oʻruzgon | Orūzgān | اروزگان | URU | Tarinkot | Tarīn Kowt | 356 354 | 22 696 | 15,09 |
34 | Gʻazni | Ghaznī | غزنى | GHA | Gʻazni | Ghaznī | 1 249 736 | 22 915 | 47,65 |
Jami | 651 745 27 651 745 | 645 807 | 36,98 |
1920-yillarning oʻrtalariga kelib, toʻqqiz nafar afgʻon Ahmadiy oʻz eʼtiqodlari uchun Kobulda toshboʻron qilingan.[10] Ularning barchasi Ahmadiya Musulmon Jamoasi tarixiga eʼtiqodlari uchun oʻldirilgan birinchi oʻn nafar Ahmadiylar qatoriga kirgan, oʻninchisi 1935-yil yanvarida Iroqning Bagʻdod shahrida oʻldirilgan Shayx Ahmad Furqoniydir.[7] 1925-yilga kelib, Afgʻonistonda Ahmadiya eʼtiqodini qabul qilgan har bir kishi uchun oʻlim jazosini belgilovchi jinoyat kodeksi joriy etildi.[10]
Bashoratlar
tahrirMirzo Gʻulom Ahmad Latifning oʻlimidan yigirma yil avval oʻzi olgan arabcha vahiyga asoslanib, oʻzining ikki dindor izdoshi qatl qilinishini bashorat qilganini daʼvo qilgan.[11] Bu quyidagicha talqin qiliadi: „Ikki echki soʻyiladi va bu qotillik boʻlgan yer yuzida oʻlimdan qochib qutiladigan hech kim yoʻq“. U buni oʻzining ikki izdoshi halok boʻlishini va natijada ular oʻldirilishi kerak boʻlgan mamlakatni umumiy vayronagarchilikka olib kelishini anglatardi. Ahmad qotillikni qoralab, "Ikki shahidlik qissasi" kitobida shunday yozadi: "Ey Kobul diyori! Oʻz zaminingda sodir etilgan mudhish jinoyatga guvohsan. Ey badbaxt yurt! Bu eng dahshatli jinoyatga sahna boʻlganing uchun Allohning nazdida hukm qilinding". 1906-yilda Ahmad oʻzining yana uchta izdoshining shahid boʻlishini bashorat qilganiga ishoniladi, chunki u arabcha „Uchta echki soʻyiladi“ qabilidagi vahiy olgan. Ahmadiy sharhlovchilariga koʻra, bu vahiy 1924—1925-yillarda Afgʻonistondagi Ahmadiya aʼzolarining yetakchi diniy arboblari boʻlgan Moulvi Naymatulloh Xon, Moulvi Abdul Halim va Qori Nur Alining oʻldirilishiga ishora qilgan.[12] Ahmadiy musulmonlar 1922-yilda oʻsha paytdagi amir Omonullaxonni oʻz xalqiga diniy erkinlik bergani uchun tabriklaganiga qaramay, qotilliklar sodir boʻldi.[13]
Yana qarang
tahrir- Afgʻonistonda Islom
Manbalar
tahrir- ↑ Central Statistics Organization of Afghanistan (Wayback Machine saytida 2014-06-24 sanasida arxivlangan): Statistical Yearbook 2012-2013 (Wayback Machine saytida 2014-01-17 sanasida arxivlangan): Area and administrative Population (Wayback Machine saytida 2015-09-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ Department of Economic and Social Affairs Population Division (2009). «World Population Prospects, Table A.1» (.PDF) (United Nations).
- ↑ Vincent Littrell. [Islam: Ahmadiyya]. World Association of International Studies, February 17, 2006
- ↑ Alikuzai, Hamid Wahed. A Concise History of Afghanistan in 25 Volumes. Tafford publishing, October 2013 — 720-bet. ISBN 9781490714462.
- ↑ Hadi, Hamid. Afghanistan's Experiences: The History of the Most Horrifying Events Involving Politics, Religion, and Terrorism. AuthorHouse, 31-mart 2016-yil. ISBN 9781524600068.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Valentine, Simon Ross. Islam and the Ahmadiyya Jama'at: History, Belief, Practice. Columbia University Press, 2008 — 70-bet. ISBN 9781850659167.
- ↑ 7,0 7,1 „List of Martyres“. ThePersecution.org. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "List" defined multiple times with different content - ↑ Khan, Adil Hussain. From Sufism to Ahmadiyya: A Muslim Minority Movement in South Asia. Indiana University Press, 6-aprel 2015-yil — 130-bet. ISBN 9780253015297.
- ↑ Khan, Adil Hussain. From Sufism to Ahmadiyya: A Muslim Minority Movement in South Asia. Indiana University Press, 6-aprel 2015-yil — 131-bet. ISBN 9780253015297.
- ↑ 10,0 10,1 Khan, Adil Hussain. From Sufism to Ahmadiyya: A Muslim Minority Movement in South Asia. Indiana University Press, 6-aprel 2015-yil — 133-bet. ISBN 9780253015297.
- ↑ Ahmad, Mirza Ghulam. Tadhkirah. Islam International Publications — 110-bet.
- ↑ Ahmad, Mirza Ghulam. Tadhkirah. Islam International Publications — 781-bet.
- ↑ Germain, Eric (2007). „Southern Hemisphere Diasporic Communities in the Building of an International Muslim Public Opinion at the Turn of the Twentieth Century“. Comparative Studies of South Asia, Africa and the Middle East. 27-jild, № 1. 135-bet. doi:10.1215/1089201x-2006-048.