Nigʻmatilla Yoʻldoshev

Oʻzbekistonlik huquqshunos va siyosatchi
(Nigmatulla Yuldashevdan yoʻnaltirildi)

Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan), 2019-yildan Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti[1], 20152019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin, 2016-yil 2-sentabrdan 8-sentabrgacha — Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi[2], 2011—2015-yillarda Adliya vaziri.

Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich
Йўлдошев Ниғматилла Тўлқинович
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Mansab davri
2019-yil 20-iyundan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Otabek Murodov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati raisi
Mansab davri
2015-yil 26-yanvardan – 2019-yil 20-iyungacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ilgizar Sobirov
Vorisi Tanzila Norboyeva
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti v.v.b.
Mansab davri
2016-yil 2-sentabrdan – 8-sentabrgacha
Oʻtmishdoshi Islom Karimov
Vorisi Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Mansab davri
2011-yildan – 2015-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshan Muhiddinov
Vorisi Muzrob Ikromov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi departamenti boshlig'i
Mansab davri
2006-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Poʻlat Bobojonov
Vorisi Zohid Dusanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-dekabr 1962-yil (1962-12-05) (61 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni
Unvoni 3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Biografiyasi

tahrir

Maʼlumoti — oliy, 1985-yilda Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1985—1986 — Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi.

1986—1991 — Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining tergovchisi.

1991—1992 — Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasining tergovchisi.

1992—1995 — Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi.

1995—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.

1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi boshligʻi.

2000—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash inspeksiyasining boshligʻi.

2003—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.

2006—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.

2008—2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.

2011—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[3].

2015-yil 20-yanvarda Senat aʼzoligiga Prezident tomonidan tayinlandi[4]. 23-yanvar kuni Senat raisi etib saylandi.

2019-yil 20-iyunda Senat aʼzoligidan olindi[5].

2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8-sentyabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini eʼlon qildi.

2019-yil 20-iyundan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori[6].

2019-yil 7-oktyabrdan — Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasiga rais etib saylandi
  2. Nigmatilla Yuldashev budet vrio prezidenta
  3. „Vazir va oʻrinbosarlar“. 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
  4. О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2015-01-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-23
  5. Prezident Senatda yangi qoʻmita tashkil etishni taklif etdi
  6. https://m.kun.uz/news/2019/06/21/prezident-otabek-murodov-haqida-men-unga-ishonch-bildirgandim