Oʻzbekiston 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
2012 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari ham ishtirok etishdi. Jami 13 sport turida 54 nafar sportchi qatnashdi. Ochilish marosimida Oʻzbekiston bayrogʻini bokschi Elshod Rasulov koʻtarib bordi.
Oʻzbekiston Olimpiada oʻyinlarida | ||||
![]() | ||||
XOQ kodi: | UZB | |||
MOQ: | Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | |||
' | ||||
Sportchilar | 54 ta 13 sport turlarida | |||
Bayroqdor | Elshod Rasulov | |||
Medallar Oʻrin: 46 |
Oltin 0 |
Kumush 0 |
Bronza 2 |
Hammasi 2 |
Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki | ||||
1996 • 2000 • 2004 • 2008 • 2012 • 2016 • 2020 • 2024 | ||||
Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtiroki | ||||
1994 • 1998 • 2002 • 2006 • 2010 • 2014 • 2018 • 2022 • 2026 | ||||
Yana qarang | ||||
|
XXX Yozgi Olimpiada oʻyinlarida O’zbekiston Olimpiya jamoasi tarkibida, Eng yosh ishtrokchi Ra'noxon Amanova boʻldi. 1994-yilda 8-martda tugʻilgan. Raʼnoxon 200 metrga kompleks suzish boʻyicha musobaqalarda ishtrok etdi.
- Eng yoshi katta ishtrokchi Guzеl Xubbiеva 1976-yil 2-mayda tugʻilgan. Guzel engil atletika baxslarida, 100 metrga yugurishda ishtrok etdi.[1]
- Artur Taymazov, Guzеl Xubbiеva, Еkatеrina Xilkolar uchun, London Olimpiadasi hisob boʻyicha toʻrtinchi olimpiada boʻldi. 2000-yil Sidnеy, 2004-yil Afina, 2008-yil Pеkinda yurtimiz shaʼnini himoya qilgan bu sportchilar, 2012-yil Londonda ham O’zbekiston shaʼnini himoya qilishdi;
- Ushbu Olimpida oʻyinlarida Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi ilk bor sportning badiiy gimnastika (Ulyana Trofimova) turi boʻyicha, ishtrok etdi;
- Londondagi Olimpida oʻyinlarida Oʻzbekiston Olimpiya jamoasining sport kiyimlari va anjomlari '''ERKE''' brendiga tegishlidir. Ilk marotaba rasmiy ravishda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bilan shartnoma imzolagan ERKE kompaniyasi, bir sportchi uchun 20 xil nomdagi sport kiyimlari va anjomlarini Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi delegatsiyasiga taqdim etdi. '''ERKE''' kompaniyasi – shu bugunga qadar asosan WTA turkumidagi tеnnis musobaqalarining rasmiy hamkori sifatida tanilgan. Xususan Tennis Madrid Open2010 (Ispaniya), ATP Salzburg Open (Gеrmaniya), ATP Stutggart Open & German Open 2010(Gеrmaniya) kabi yirik turnirlarda rasmiy xamkor sifatida ishtrok etgan;
- Ochilish va yopilish marosimidagi liboslar mahalliy “Osiyo ramzi” Oʻzbekiston dizayner va modelerlar Assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etildi;
- XXX Yozgi Olimpiada oʻyinlariga sanoqli kunlar qolganda, Dzudo boʻyicha toʻliq tarkibda qatnashishi kutilayotgan Oʻzbekiston tarkibi bitta sportchiga kamaydi. Abdullo Tangriyеv WADA (World Anti Doping Association– Butunjaxon Anti Doping Assotsatsiyasi) qaroriga binoan Olimpiadada ishtrok etishdan mosuvo boʻldi;
- O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 17-iyul 2012-yildagi PP-1789 sonli Qaroriga asosan XXX Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medallar bilan taqdirlangan sportchilarni mukofotlash quyidagi koʻrinishda boʻldi:
- Oltin medal uchun – 150 000 AQSh dollari;
- Kumish medali uchun – 75 000 AQSh dollari;
- Bronza medali uchun – 50 000 AQSh dollari.
Sovrindorlar
tahrirMedal | Ism | Sport | Musobaqa | Sana |
---|---|---|---|---|
Oltin | Artur Taymazov | Erkin kurash | Erkaklar −120 kg | 11-avgust |
Bronza | Rishod Sobirov | Dzudo | Erkaklar −60 kg | 28-iyul |
Bronza | Abbos Atoyev | Boks | Erkaklar – oʻrta vazn | 11-avgust |
Soslan Tigiyev | Erkin kurash | Erkaklar −74 kg | 10-avgust |
- London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.[2][3]
Ishtrokchilar
tahrirSport turi | Erkaklar | Ayollar | Jami |
---|---|---|---|
Yengil atletika | 4 | 9 | 13 |
Boks | 6 | 0 | 6 |
Kanoe | 1 | 1 | 2 |
Velosport | 2 | 0 | 2 |
Qilichbozlik | 1 | 0 | 1 |
Gimnastika | 0 | 3 | 3 |
Dzudo | 6 | 0 | 6 |
O'q otish | 0 | 1 | 1 |
Suzish | 0 | 2 | 2 |
Taykvondo | 2 | 1 | 3 |
Tennis | 1 | 0 | 1 |
Og'ir atletika | 5 | 1 | 6 |
Erkin kurash | 8 | 0 | 8 |
Jami | 36 | 18 | 54 |
Yengil atletika
tahrir
- Artyom Dyatlov
- Suhrob Xoʻjayev
- Ivan Zaysev
- Rifat Ortiqov[4]
- Natalya Asanova
- Goʻzal Xubbiyeva
- Nadya Dusanova[5]
- Anastasiya Juravlyova
- Aleksandra Kotlyarova
- Svetlana Radzivil[6]
- Yelena Smolyanova
- Anastasiya Svechnikova
- Yulya Tarasova
Oʻzbekistonlik yengil atletikachilar ushbu oʻyinlarda A va B standartlarini bajargan holda Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritganlar:[7][8]
- Qisqartmalar
- Q = Keyinggi bosqich yoʻllanmasi
- q = Pastki oʻrinlardagi eng yaxshi natija sifatida, keyinggi bosqich yoʻllanmasi hal qilingan
- SR = Shaxsiy rekord
- Erkaklar
- Yoʻlak musobaqalari
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Yarim final | Final | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||
Artem Dyatlov | 400 metrga toʻsiqlardan osha yugurish | 51.55 | 7 | Ishtrokini yakunlagan |
- Maydon musobaqalari
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Final | ||
---|---|---|---|---|---|
Masofa | Oʻrin | Masofa | Oʻrin | ||
Suhrob Khodjaev | Bolgʻa uloqtirish | 65.88 | 38 | Ishtrokini yakunlagan | |
Ivan Zaytsev | Nayza uloqtirish | 73.94 | 36 | Ishtrokini yakunlagan |
Athlete | Event | 100 m | LJ | SP | HJ | 400 m | 110H | DT | PV | JT | 1500 m | Final | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Rifat Artikov | Result | 11.37 | 6.41 | 14.11 | 1.93 | 51.91 | 14.74 | 43.53 | 4.40 | 56.62 | 5:09.52 | 7203 | 26 |
Points | 780 | 677 | 735 | 740 | 729 | 881 | 737 | 731 | 687 | 506 |
- Ayollar
Yoʻlak musobaqalari
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Chorak Final | Yarim Final | Final | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||
Nataliya Asanova | Toʻsiqlardan osha yugurish | 58.05 | 7 | n/a | Ishtrokini yakunlagan | ||||
Guzal Khubbiyeva | 100 metrga yugurish | BYE | 11.22 | 4 | Ishtrokini yakunlagan |
- Maydon musobaqalari
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Final | ||
---|---|---|---|---|---|
Masofa | Oʻrin | Masofa | Oʻrin | ||
Nadiya Dusanova | Balandlikka sakrash | 1.85 | =20 | Ishtrokini yakunlagan | |
Anastasiya Juravleva | Uch hadlab sakrash | 13.54 | 29 | Ishtrokini yakunlagan | |
Aleksandra Kotlyarova | 13.55 | 28 | Ishtrokini yakunlagan | ||
Svetlana Radzivil | Balandlikka sakrash | 1.96 | 1 Q | 1.97 | 7 |
Elena Smolyanova | Yadro uloqtirish | 14.43 | 31 | Ishtrokini yakunlagan | |
Anastasiya Svechnikova | Nayza uloqtirish | 51.27 | 35 | Ishtrokini yakunlagan | |
Yuliya Tarasova | Uzoqlikka sakrash | Andoza:NM | — | Ishtrokini yakunlagan |
Boks
tahrir
- Jasurbek Latipov
- Orzubek Shaimov
- Fazliddin Gʻoibnazarov
- Oʻktamjon Raxmonov
- Abbos Atoyev
- Elshod Rasulov
London-2012 Olimpiada bahslarida Oʻzbekiston shaʼnini oltita sportchi himoya qildi. Oltita sportchidan 5 tasi chorak final bahslariga qadar oʻz ishtroklarinin davom ettirishdi. Finaldan oldingi kichik final deb ataladigan chorak final bahslaridan (boisi, ushbu bosqichdan oʻta olgan sportchi albatta olimpiada medalini qoʻlga kiritadi), faqatgina Abbos Atoev yarim finalga chiqib, yakunda bronza medalni qoʻlga kiritdi.[9]
Sportchi | Musobaqa | 1/32 Final | 1/16 Final | Chorak final | Yarim final | Final | |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Oʻrin | ||
Jasurbek Latipov | Juda yengil vazn 51 kg | Ozod etilgan | Hesham Abdelaal Misr G' 21-11 |
Nyambayaryn Tögstsogt Mongoliya M 10-15 |
Ishtrokini yakunlagan | ||
Orzubek Shayimov | Yengilroq vazn 54 kg | Robenílson Vieira Braziliya M 7-13 |
Ishtrokini yakunlagan | ||||
Fazliddin Gaibnazarov | Yengil vazn 60 kg | Yhyacinthe Mewoli Abdon Kamerun G' 11-6 |
Jose Ramirez AQSh G' 15-11 |
Han Soon-Chul Koreya Respublikasi M 13-16 |
Ishtrokini yakunlagan | ||
Uktamjon Rahmonov | Birinchi yarim ogʻi vazn 64 kg | Anderson Rojas Ekvador G' 10-16 |
Yakup Shener Turkiya G' 16-8 |
Roniel Iglesias Kuba M 21-15 |
Ishtrokini yakunlagan | ||
Abbos Atoev | Oʻrta vazn 75 kg | Badreddine Haddioui Marokash G' 11-9 |
Bogdan Juratoni Ruminiya G' 10-12 |
Vijender Singh Hindiston G' 17-13 |
Ryota Murata Yaponiya M 12-13 |
Ishtrokini yakunlagan | Bronza |
Elshod Rasulov | Yarim ogʻir vazn 81 kg | Ozod etilgan | Yahia El-Mekachari Tunis G' 13-6 |
Egor Mekhontsev Rossiya M 15-19 |
Ishtrokini yakunlagan |
- G'=Gʻalaba M=Magʻlubiyat
Eshkak eshish
tahrir
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Yarim Final | Final | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||
Vadim Menkov | C-1 200 metrga kanoeda eshkak eshish | 42.171 | 4 Q | 42.944 | 6 FB | 44.168 | 8 |
C-1 1000 metrga kanoeda eshkak eshish | 4:05.895 | 2 Q | 3:53.257 | 4 FA | 3:49.255 | 4 | |
Yuliya Borzova | K-1 200 metrga kayakda eshkak eshish | 44.872 | 6 Q | 44.426 | 8 | Ishtrokini yakunlagan | |
K-1 500 metrga kayakda eshkak eshish | 2:03.893 | 6 Q | 2:00.584 | 8 | Ishtrokini yakunlagan |
Qisqartmalar: FA = A Final yoʻllanmasi(medal); FB = B Final yoʻllanmasi (medalsiz, 8-16 oʻrinlar uchun)
Velosport
tahrir
Sportchi | Musobaqa | Natija | Oʻrin |
---|---|---|---|
Muradjan Halmuratov | Shosse[10] | Ishtrokini yakunlay olmagan | |
Sergey Lagutin | 5:46:05 | 5 |
Qilichbozlik
tahrir
London-2012 Olimpida bahslarining Qilichbozlik bahslarida Oʻzbekiston sharafini bitta sportchi himoya qildi. Dastlabki bosqichda Ruslan Kudaev Janubiy Koreyalik Park Kyong Duga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va uni 15:9 hisobida magʻlub etdi. Chorak finalda, Ruslan Kudaevning raqibi Silvio Fernandez boʻldi. Venesuelalik shpagachi dastlabki bosqichda qozogʻistonlik kuchli qilichboz Dmitriy Aleksanin magʻlub etgandi. Nimchorak finalda esa Fernandes hamyurtimizga imkon qoldirmadi. Yakuniy hisob – 15:3. Kudaev birinchi marta olimpiadada ishtirok etganini inobatga olganda, debyut yomon chiqmadi.[11]
Sportchi | Musobaqa | 1/32 Final | 1/16 Final | Chorak Final | Yarim Final | Final / Bronza uchun | |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Oʻrin | ||
Ruslan Kudayev | Shpagada yakkama-yakka kurash | Park Kyoung-Doo Koreya Respublikasi G' 15–9 |
Silvio Fernández Venesuela M 3–15 |
Ishtrokini yakunlagan |
Gimnastika
tahrirSport
tahrir- Luiza Galiulina (furosemid topilgani tufayli musobaqadan chetlatilgan [12])
Badiiy
tahrirBadiiy gimnastika boʻyicha yakka tartibdagi koʻpkurash musobaqalarida ishtirok etgan Ulyana Trofimova saralash bosqichi yakuniga koʻra, Toʻrtta yoʻnalish – halqada, koptokda, gurzi va lentada chiqishlarini namoyish etdi. Musobaqalar yakunida, Trofimova umumhisobda hakamlar tomonidan 97.350 bahoga munosib koʻrildi. Bu natijasi bilan Trofimova 24 sportchi orasida 20-oʻrinni egallagan.[13]
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Final | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Halqa | Toʻp | Gurzi | Lenta | Jami | Oʻrin | Xalqa | Toʻp | Gurzi | Lenta | Jami | Oʻrin | ||
Ulyana Trofimova | Yakka tartibdagi koʻpkurash musobaqalari | 24.650 | 24.625 | 23.275 | 24.800 | 97.350 | 20 | Ishtrokini yakunlagan |
Tramplin
tahrirSportchi | Bahs | Saralash | Final | ||
---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||
Yekaterina Xilko | Trampolin | 99.290 | 12 | Ishtrokini yakunlagan |
Dzudo
tahrir
Abdullo Tangriyev kvalifikatsiyadan oʻtgandi, biroq qonida nasha izi topilgani uchun qatnashmaydi.[14]
- Rishod Sobirov [15]
- Mirzohid Farmonov
- Navroʻz Joʻraqobilov
- Yahyo Imomov
- Dilshod Choriyev
- Ramziddin Saidov
Dzudo terma jamoamiz Olimpiya oʻyinlariga 6 kishi bilan yoʻl olgandi. Afsuski, Andrey Shturbabin shogirdlari Londonda bor-yoʻgʻi bitta bronzani qoʻlga kirita oldilar. Vaholanki, Pekin-2008da dzudochilarimiz delegatsiyamiz hisobiga bitta kumush (Abdullo Tangriyev) va bitta bronza (Rishod Sobirov) medalini taqdim etishgandi. Koʻrinib turibdiki, London-2012 bahslarida dzudo terma jamoamizda pasayish kuzatildi va ular oʻziga yuklatilgan vazifani toʻliq bajara olishmadi.[16]
- Erkaklar
Sportchi | Musobaqa | 1/64 Final | 1/32 Final | Nimchorak Final | Chorak Final | Yarim Final | Oʻtish bahsi | Bronza uchun | Final | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Rank | ||
Rishod Sobirov | −60 kg | – | Ludwig Paischer Avstriya G' 0210-0000 |
Javier Guédez Venesuela M 1000-0000 |
Felipe Kitadai Braziliya G' 0100-0001 |
Arsen Galstyan Rossiya M 0000-0011 |
– | Sofiane Milous Fransiya G' 0100-0003 |
Ishtrokini yakunlagan | Bronza |
Mirzahid Farmonov | −66 kg | – | Ahmed Yousef Elkawiseh Liviya G' 1011-0002 |
Cho Jun-Ho Koreya Respublikasi L 0001-0011 |
Ishtrokini yakunlagan | |||||
Navruz Jurakobilov | −73 kg | Sled Dowabobo Rossiya G' 0100-0001 |
Kanada G' 0002-0011 |
Rasul Boqiev Tojikiston M 0001-1001 |
Ishtrokini yakunlagan | |||||
Yakhyo Imamov | −81 kg | – | Kim Jae-Bum Koreya Respublikasi M 0001-0001 YUS |
Ishtrokini yakunlagan | ||||||
Dilshod Choriev | −90 kg | – | Marcus Nyman Shvetsiya G' 0101-0013 |
Tamás Madarász Vengriya G' 1001-0001 |
Tiago Camilo Braziliya M 0002-0001 |
- | Masashi Nishiyama Yaponiya M 0012-0012 YUS |
Ishtrokini yakunlagan | 7 | |
Ramziddin Sayidov | −100 kg | – | Kyle Vashkulat AQSh W 0100-0000 |
Oreidis Despaigne Kuba W 0102-010H |
Naidangiin Tüvshinbayar Mongoliya M 0100-0001 |
– | Elmar Gasimov Ozarbayjon W 1000-0000 |
Dimitri Peters Olmoniya M 0010-0200 |
Ishtrokini yakunlagan | 5 |
Merganlik
tahrir
Sportchi | Musobaqa | Saralash | Final | ||
---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||
Sakina Mamedova | 50 metrdan Miltiqda oʻq otish [18] | 578 | 22 | Ishtrokini yakunlagan | |
10 metrdan Miltiqda oʻq otish [19] | 389 | 49 | Ishtrokini yakunlagan |
Suzish
tahrir
Ushubu Olimpida bahslarida ikki nafar Oʻzbekistonlik sportchi, suzish normativlarini bajargan holda London-2012 bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan:[22][23]
- Ayollar
Sportchi | Musobaqa | Natija | Yarim Final | Final | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||
Ranohon Amanova | 200 metrga kompleks usulda suzish | 2:15.37 | 25 | Ishtrokini yakunlagan | |||
Yulduz Kuchkarova | 200 metrga chalqancha uslubda suzish | 2:18.60 | 37 | Yulduz Kuchkarova |
Taekvondo
tahrir
Sportchi | Musobaqa | 16/1 | Chorak Final | Yarim Final | Oʻtish bahsi | Bronza uchun | Final | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Oʻrin | ||
Dmitriy Kim | −68 kg | Diogo Silva Braziliya M 2-3 SDP |
Ishtrokini yakunlagan | |||||
Akmal Irgashev | +80 kg | Daba Modibo Keita Mali M 4-13 |
Ishtrokini yakunlagan | |||||
Natalya Mamatova | +67 kg | Anne-Caroline Graffe Fransiya M 9-17 |
Ishtrok etmadi | Lee In-Jong Koreya Respublikasi M 1-8 |
Ishtrokini yakunlagan |
Tennis
tahrir
Tennis musobaqalarining birinchi bosqichida dunyoning 16-raketkasi ispaniyalik Fernando Verdaskoga (Londonda 14-tartib raqam ostida) qarshi kortga chiqqan Denis Istomin 1 soatu 35 davom etgan uchrashuvda gʻalaba qozonib keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Birinchi setda 6/4, ikkinchi setda 7/6 (tay-brekda 11/9) hisobida gʻalaba qozongan Istomin keyingi bosqichga yoʻl oldi.[28]
Denis Istomin tennis musobaqasining 1/32 finalida lyuksemburglik Gilles Myullerni magʻlubiyatga uchratib, nimchorak finalga chiqdi. Lyuksemburglik sportchiga qarshi oʻyin juda ogʻir oʻtdi. Hech bir sportchitoʻpni oʻzi oʻyinga kiritgan geymda raqibiga ochko bermadi. Natijada birinchi va ikkinchi setlarda tay-brek oʻynaldi. Dastlabkisida Myuller gʻalaba qozongan boʻlsa (7-4), ikkinchi setda hamyurtimiz gʻalabani qoʻlga kiritdi (7:3). Uchinchi set ham tay-brekk yaqinlashgan paytda Istomin nihoyat brekpoint ishladi va uchinchi setni 7:5 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Setlar boʻyicha esa hisob – 2:1.[29]
Denis Istomin (Oʻzbekiston) va musobaqaning 1-tartib raqamli tennischisi Roger Federer (Shveysariya) oʻrtasidagi nimchorak final bahsi ancha qiziqarli oʻtdi. Kuchli raqibga qattiq qarshilik koʻrsatgan Denis yakunda tajribali raqibiga imkoniyatni boy berdi. Umumiy hisob – 2-0 (7:5, 6:3) [30]
Bahs yakunlangandan soʻng, Jahonning birinchi raketkasi Rojer Federer Oʻzbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istominga qarshi bahs oson boʻlmaganini taʼkidlab oʻtdi.
"Oʻyin oson boʻlmadi. Men bahsni yaxshi boshladim va 3:0 hisobida oldinga chiqib oldim. Keyin esa raqib oʻz oʻyinini topib oldi va men xatolarga yoʻl qoʻya boshladim. U agressiv harakat qila boshladi, toʻplarni yaxshi oʻyinga kiritdi. Keyin esa hisob 5:5, 15-30 paytida yomgʻir tufayli tanaffus yozaga keldi. Bu unchalik yoqimli holat emas", deydi shveysariyalik tennischi.
"Qiyinchilikni engib oʻtganimdan xursandman. Denis yaxshi oʻynadi va u birinchi setda meni magʻlub etishi mumkin edi. Men 2ta setbolni bartaraf etdim. Bu tomonlama menga omad kulib boqdi. Ikkinchi boʻlimda esa xatolardan xulosa chiqargan holda, raqibga tashabbusni qoʻlga kiritish imkonini bermadim", deydi Federer.[31]
Sportchi | Musobaqa | 1/64 | 1/32 | 1/16 | Chorak final | Yarim Final | Final | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Raqib Natija |
Oʻrin | ||
Denis Istomin | Erkaklar yakkalik bahslari | Fernando Verdasco Ispaniya G' 6-4, 7-6(11-9) |
Gilles Müller Lyuksemburg G' 6-7(4-7), 7-6(7-3), 7-5 |
Rojer Federer Shveysariya M 7-5, 6-3 |
Ishtrokini yakunlagan |
Ogʻir atletika
tahrir
- Erkaklar
Sportchi | Musobaqa | Dast koʻtarish | Siltab koʻtarish | Jami | Oʻrin | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Oʻrin | ||||
Ruslan Makarov | −56 kg | Bahslarni davom ettira olmadi | |||||
Bahrom Mendibaev | −69 kg | DNF | — | — | — | DNF | |
Sherzodjon Yusupov | −85 kg | 155 | 13 | 195 | 12 | 350 | 11 |
Ruslan Nurudinov | −105 kg | 184 | =4 | 220 | =3 | 404 | 4 |
Ivan Efremov | 183 | 6 | 218 | =5 | 401 | 5 |
- Ayollar
Sportchi | Musobaqa | Dast koʻtarish | Siltab koʻtarish | Jami | Oʻrin | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Natija | Oʻrin | Natija | Rank | ||||
Marina Sysoyeva | −48 kg | DNF | — | — | — | DNF |
Kurash
tahrir
- Dilshod Mansurov
- Ixtiyor Navroʻzov
- Rashid Qurbonov
- Zaurbek Soxiyev
- Soslan Tigiyev
- Qurbon Qurbonov
- Artur Taymazov
- Elmurod Toshmurodov
- Moʻminjon Abdullayev
- Erkin kurash
Sportchi | Musobaqa | Saralash | 1/16 final | Chorakfinal | Yarim Final | Oʻtish bahsi 1 | Oʻtish bahsi 2 | Final / Bronza uchun | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Oʻrin | ||
Dilshod Mansurov | −55 kg | – | Yang Kyong-Il KXDR G' 1-3 |
Ishtrokini yakinlagan | 14 | ||||
Ikhtiyor Navruzov | −66 kg | – | Otar Tushishvili Gruziya G' 3-1 |
Sushil Kumar Hindiston M 1-3 |
– | – | Ramazan Shahin Turkiya M 1-3 |
Ishtrokini yakinlagan | 9 |
Soslan Tigiyev | −74 kg | – | Olegk Motsalin Gretsiya G' 3-0 |
Sadegh Goudarzi Eron M 0-3 |
– | – | Kiril Terziev Bolgariya G' 3-0 |
Hatos Vengriya G' 3-0 |
|
Zaurbek Sokhiev | −84 kg | Ibragim Aldatov Ukraina M 1-3 |
Ishtrokini yakinlagan | 12 | |||||
Qurbon Qurbonov | −96 kg | – | Jake Varner AQSh M 1-3 |
– | – | Khetag Pliev Kanada G' 3-1 |
Giorgi Gogshelidze Gruziya M 1-3 |
5 | |
Artur Taymazov | −120 kg | – | Nick Matuhin Olmoniya G' 3-0 |
Komeil Ghasemi Eron G' 3-0 |
Tervel Dlagnev AQSh G' 5-0 |
– | Davit Modzmanashvili Gruziya G' 3-0 |
Oltin |
- Yunon-Rum kurashi
Sportchi | Musobaqa | Saralash | 1/16 final | Chorakfinal | Yarim Final | Oʻtish bahsi 1 | Oʻtish bahsi 2 | Final / BM | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqibn Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Raqib Hisob |
Oʻrin | ||
Elmurat Tasmuradov | −55 kg | – | Péter Módos Vengriya M 0-3 |
Ishtrokini yakinlagan | 16 | ||||
Muminjon Abdullaev | −120 kg | – | Dremiel Byers AQSh M 0-3 |
Ishtrokini yakinlagan | 15 |
Manbalar
tahrir- ↑ Лондон 2012. Ўзбекистон Олимпия жамоасига оид қизиқарли фактлар, 2012-10-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-31
- ↑ 2,0 2,1 IOC strips Uzbek wrestler of London bronze
- ↑ Сослан Тигиев расман Олимпиада-2012 медалидан маҳрум қилинди, 2012-12-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-06
- ↑ Рифат Артиков лангарчўпга таяниб сакрашда 4.40 мeтрни забт этди
- ↑ Nadya Dusanova saralashdan oʻta olmadi
- ↑ Svetlana Radzivil final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
- ↑ „iaaf.org – Top Lists“. IAAF. Qaraldi: 4-iyun 2011-yil.
- ↑ IAAF Games of the XXX Olympiad – London 2012 ENTRY STANDARDS (PDF), IAAF, 2012-07-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 4-iyun 2011-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Boks musobaqalari tahlili
- ↑ „Asian Cycling Championships 2011 – Individual Road Race – Men Elite – Final Results“. UCI (19-feb 2010-yil). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2011-yil.
- ↑ Ruslan Kudaev chorak finalga chiqa olmadi
- ↑ Oʻzbekistonlik gimnastikachi Olimpiada oʻyinlaridan vaqtincha chetlatildi, 2012-08-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-30
- ↑ Ulyana Trofimova saralashdan oʻta olmadi
- ↑ Abdulla Tangriyev London Olimpiadasida ishtirok etmaydi (Wayback Machine saytida 2012-07-14 sanasida arxivlangan), kun.uz
- ↑ Rishod Sobirov yarim finalda toʻxtadi
- ↑ Dzyudochilarimizga nima boʻldi?
- ↑ Oʻzbekistonlik Sakina Mamedova oltin medalga umid qilmoqda
- ↑ Sakina Mamedova yotib oʻq otishda 43-oʻrinni oldi
- ↑ Sakina Mamedova final bosqichiga oʻta olmadi
- ↑ Raʼnoxon Omonova saralash bahslaridan oʻta olmadi
- ↑ Yulduz Qoʻchqorova saralashdan oʻta olmadi
- ↑ „Swimming World Rankings“. FINA. 2011-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-01-06 sanasida arxivlangan)
- ↑ FÉDÉRATION INTERNATIONALE DE NATATION – Swimming (PDF), FINA, 2011-07-26da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 8-iyun 2011-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Dmitriy Kim musobaqa bilan xayrlashdi
- ↑ Akmal Ergashev birinchi uchrashuvdayoq yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
- ↑ Natalya Mamatova bronza medali uchun kurashadigan boʻldi
- ↑ Denis Istomin: „Endi Oʻzbekiston qaerdaligini bilishadi“
- ↑ Istomin Fernando Verdaskodan ustun keldi
- ↑ Denis Istomin uchinchi bosqichga chiqdi
- ↑ London-2012. Istomin – Federer 0:2 (5:7, 3:6)
- ↑ Rojer Federer: „Istomin birinchi setda yutishi mumkin edi“
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi
- Vikipediya: Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi
- London 2012. Oʻzbekiston Olimpiya jamoasiga oid qiziqarli faktlar (Wayback Machine saytida 2012-10-26 sanasida arxivlangan)
Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |