Yordam Jamoa Portallar Loyihalar Mukofot Baholash 
Siyosiy Portalga hush kelibsiz
Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi.Siyosat— davlatni boshqarish sanʼati. S. turli ijtimoiysiyosiy intlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaka va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan boglik. Uning moqiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. S. keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashki faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid S, demokratik va avtoritar S. koʻrinishlarini boshkaruvda kuzatish mumkin.

Qadimda S.ga jamiyat va shahardavlat (polis)ni boshqarish toʻgʻrisidagi fan (Platon va Aristotel) sifatida karalgan boʻlsa, hoz. vaktda S. deganda davlatni boshkarishning vazifa va maksadlari hamda bu maksadlarni amalga oshirish uchun mavjud yoki zarur boʻladigan ijtimoiy-siyosiy intlar, jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy S. odamlarning sayovchi, deputat va vazir va sh.k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi.

NATO
NATO, Shimoliy Atlantika alyansi (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha: Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN; oʻzbekcha: Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti) — Yevropa, AQSh hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 28 taga yetgan. Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar orasida tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadi bilan birlashishdi. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yaxlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilib oldilar. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida xavfsizlikni kuchaytirish. NATO hozirgi kunda 28 mamlakat oʻz ichiga olgan tashkilotdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro qonunchilikni ijro etishga masʼul xalqaro tashkilotdir. Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini tashkil etuvchi 30 dan ortiq tashkilotning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasi oʻlaroq amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish, turli xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, taraqqiyotni barqaror etishga yordamlashish va qashshoqlikka qarshi kurashish borasida kundan kun faolroq ish olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari havo va dengiz orqali xavfsiz va samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyish norma va qoidalarini ishlab chiqadi, tetelekommunikatsiyalarni takomillashtirish va talabgorlar hojatini qondirisha koʻmaklashadi, intellektual mulk huquqiga hurmat-eʼtibor bilan yondoshish va radiotoʻlqinlarni tarqatishni tartibga solishga yordamlashadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi va terrorizmga qarshi kurash xalqaro kompaniyasining ham tashabbuskoridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat koʻrsatib qochoqlarga yordam qoʻlini choʻzadi va Minalardan tozalash dastoʻrini amalga oshiradi, ichimlik suvlarining sifatini yaxshilashga yordamlashadi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qarz beradi va moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirishga koʻmaklashadi.
Nursulton Abishevich Nazarboev (6-iyul 1970-yil, Chemolgʻan qishlogʻi, Almati viloyati) — Qozogʻiston Respublikasining birinchi va yagona prezidenti. Nazarboyev 1984-1989 yillarda Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi, 1989-1991 yillarda Qozogʻiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi boʻlib ishlagan. U «Millat lideri» unvoni sohibidir (qozoqcha: Елбасы).

Nursulton Nazarboyev 1940-yil 6-iyulda Almati viloyatining Qaskelen tumanidagi Chemolgʻan qishlogʻida Abish va Aljan Nazarboyevlarning oilasida dunyoga kelgan. Nursulton Nazarboyev Katta juzning shaprashti urugʻiga kiradi. Unga ota-onasi Nursulton deb ism qoʻygan.

Bular haqida bilasizmi
  • Viktor Yanukovichda ayni paytda amaldagi hokimiyat bo‘lmasa ham, u qonuniy prezident bo‘lib qoladi va bu konstitutsiyaga qarshi, hokimiyatni qurolli bosib olishdir. Buni hech kim inkor etolmaydi. Kim bu haqda bahslasha oladi? Lekin nima uchun ular bunday qilishdi? Bu savolga men ham, men bilan telefonda uzoq gaplashgan hamkasblarim ham javob berisholmayapti. Nima uchun qonunga zid harakat bilan shug‘ullanib, mamlakat bugun tushgan ahvolga olib kelish kerak edi? Bu savolga esa javob yo‘q. (Rossiya Prezidenti, Vladimir Putin

«Kapitalistik jamiyatning sinflarga bo'linishi» karikatura, balanddan — pastga:
Dvoryanlar(ya'ni Qirol hisobida) — «Biz sizlarni boshqaramiz»
Ruhoniylar — «Biz sizlarni ahmoq qilamiz»
Armiya — «Biz sizlarni otamiz»
Burjuaziya — «Biz sizlar uchun boramiz»
Ishchilar va Dehqonlar — «Biz hamma uchun ishlaymiz», «Biz hammani boqamiz»
Haftaning eng munozarali bahslari
Ukraina muammolaridan Yanukovichning hasrati.

Bilasizlarmi doʻstlar ular nafaqat meni balki, butun Ukraina xalqini aldashdi va bu men uchun oʻta ayanchli hodisadir.Men va mening safdoshlarimga o‘ldirish bilan tahdid qilishmoqda. Rossiya Federatsiya hukumatidan meni ekstremistlardan himoya qilishini so‘rashga majburman.Mintaqalar partiyasining ko‘pgina a‘zolari xavfsizlik xavotirlari sabab parlament muhokamalarida qatnasholmayotgan, ayrimlari esa jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan va mamlakatni tark etgan bir sharoitda Ukraina Oliy Radasi qabul qilayotgan qarorlar noqonuniydir. (Viktor Yanukovich, Sobiq Ukraina Prezidenti)

Ukraina muammolaridan Putin izohi.

Bizni doim noqonuniy harakatlarda ayblashadi. Lekin men siz o‘zingizning hamma harakatingizni qonuniy deb bilasizmi, deb so‘rasam, ha deyishadi. AQShning Afg‘oniston, Iroq, Liviyadagi harakatlarini eslatib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. (Vladimir Putin, Rossiya Prezidenti)

Oʻtkazilish joyi:
Sana:
Qoʻshimcha Portallar
Kelajakdagi PortallarAndoza:Kelajakdagi Portallar
Oʻzbekcha Vikipediyadagi boshqa portallar
Oldingi uchrashuv: Seuldagi G-20 sammiti (2010)
Britaniya yetakchilari: AQSh yetakchilari