Xorazm xalq sho‘rolar jumhuriyati
Xorazm xalq shoʻrolar jumhuriyati — (1920-1924) Xiva xonligi oʻrnidagi mustaqil hukumat.[1]
Tarix
tahrir1920-yil 26-30-aprel kunlari Xivada Butunxorazm vakillarining birinchi qurultoyi boʻldi va qurultoy yakunida Xorazm Xalq Shoʻrolar Jumhuriyati tuzilganligi eʼlon qilindi. Jumhuriyatning qabul qilingan birinchi konstitutsiyasida davlatning eng muhim ishlarini hal qilish oliy hokimyat organi boʻlgan Umumxorazm xalq vakillari qurultoyiga tegishli deb belgilandi. Ijroiya organi sifatida 15 aʼzodan iborat Xalq Nozirlari kengashi ham tasdiqlandi. Xorazm Jumhuriyati maʼmuriy jihatdan 22 ta tumanga boʻlindi (sobiq Xiva xonligi hududlari). 1924-yil Xorazm SSR tuzildi va koʻp oʻtmasdan Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatildi.
Manbalar
tahrir- ↑ Xorazm xalq shoʻrolar jumhuriyati. Shosh.uz