Arabiston choʻli
(Arabiston cho‘lidan yoʻnaltirildi)
Arabiston choʻli – Afrikadagi choʻl. Sahroi Kabirning shimoli-sharqiy qismi. Nil daryosi bilan Qizil dengiz oraligʻida. 22° shimoliy kenglikkacha choʻzilib borib, Nubiya choʻliga qoʻshilib ketadi. Yer yuzasi yassitogʻlik. Mutlaq balandligi gʻarbda 50 – 200 m, sharqda 2184 m ga yetadi. Kristall jinslardan tashkil topgan, ustini ohaktosh va Nubiya qizil qumtoshlari qoplagan. Iqlimi issiq. Yogʻin bir necha yillar davomida yogʻmasligi mumkin. Quruq oʻzan, vodiy koʻp. Yer osti suvlariga boy. Oʻsimlik turi kam (asosan akatsiya, yulgʻun, xurmo va boshqa oʻsadi). Aholisining koʻpchiligi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Neft, qalay, fosforit konlari bor.
Arabiston choʻli inglizcha: Arabian Desert, arabcha: ٱلصَّحْرَاء ٱلْعَرَبِيَّة | |
18°16′2″N 42°22′5″E / 18.26722°N 42.36806°E | |
Mamlakatlar | Saudiya Arabistoni Iordaniya Iroq Kuvayt Qatar BAA Ummon Yaman |
Joylashuvi | Osiyo |
Uzunlik | 2 100 km |
Kenglik | 1 100 km |
Maydoni | 2 300 000 km² |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |