Oʻzbekiston kinosi
Ushbu sahifani O‘zbekiston kinematografiyasi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Oʻzbekiston kinosining tarixini ikkiga boʻlish mumkin: Oʻzbekiston SSR kinosi (1924—1991) va mustaqil Oʻzbekiston kinosi (1991—hozirgi kungacha). Sovet davrida olingan filmlarning koʻpchiligi ham oʻzbek, ham rus tillarida olingan. Ayrimlari boʻlsa faqat oʻzbek yoki faqat rus tilida olingan.
Sovet davrida olingan eng sara filmlar sifatida „Maftuningman“ (1958), „Mahallada duv-duv gap“ (1960) va „Shum Bola“ (1977) kabi filmlar tilga olinadi.
Oʻzbekistonda koʻp film studiyalari bor. Oʻzbekfilm kinostudiyasiga 1925-yil asos solingan. U mamalkatdagi eng katta va eng eski kinostudiyadir.[1]
Oʻzbekiston mustaqil boʻlganidan keyin chiqarilgan juda oz film xalqaro miqyosda shuhrat qozona olgan. Film tanqidchilariga koʻra, zamonaviy oʻzbek filmlarining aksari arzon, past sifatli filmlardir.[2][3] Hozirgi kunda Oʻzbekistonda yuzlagan kino studiya bor va ular yiliga ellikka yaqin film chiqaradi.[2] Film tanqidchilari fikriga koʻra, oʻzbek filmlari soni oshayotgan boʻlsa ham ularning sifati oʻsgani yoʻq. Baʼzilar bu holatni „oʻzbek kinosining Bollivudlashishi“ deb ataydi."[2]
Oʻzbekistonlik rejissorlar
tahrir- Ayub Shahobiddinov
- Ali Hamroyev
- Anvar Toʻrayev
- Boris Konunov
- Eduard Xachaturov
- Elyor Ishmuhamedov
- Eldor Oʻrozboyev
- Gyorgi Yungvald-Khilkevich
- Husayin Erkinov
- Jahongir Qosimov
- Komil Yormatov
- Latif Fayziyev
- Melis Abzalov
- Nabi Gʻaniev
- Rashid Malikov
- Shavkat Karimov
- Shuhrat Abbosov
- Yusuf Razykov
- Yoʻldosh Aʼzamov
- Zulfiqor Musoqov
- Muhammad Ali Iskandarov
Oʻzbekistonlik aktyorlar va aktrisalar
tahrirOʻzbekistonlik muvaffaqiyatli aktyor va aktrisalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Aleksandr Abdulov
- Ali Hamroyev
- Alisher Uzoqov
- Asal Shodiyeva
- Bobur Yoʻldoshev
- Dilnoza Kubayeva
- Ergash Karimov
- Erkin Komilov
- Jamshid Zokirov
- Kaniza
- Lola Yoʻldosheva
- Madina Mumtoz
- Melis Abzalov
- Muhammad Ali Iskandarov
- Murod Rajabov
- Raʼno Shodiyeva
- Rayhon Gʻaniyeva
- Sardor Rahimxon
- Shahzoda
- Shahzoda Matchonova
- Shahzoda Muhammedova
- Shuhrat Abbosov
- Sitora Farmonova
- Tohir Sodiqov
- Ulugʻbek Qodirov
- Ulugʻbek Rahmatullayev
- Umid Iskandarov
- Yoʻldosh Aʼzamov
- Zarina Nizomiddinova
- Ziyoda Qobilova
Oʻzbekistonda chiqarilgan filmlar roʻyxati
tahrirEng yuqori baholangan filmlar qatoriga quyidagi fimlarni kiritish mukin:
- Abdullajon (1991)
- Armon (1986)
- Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984)
- Maftuningman (1958)
- Mahallada duv-duv gap (1960)
- Shum bola (1977)
- Suyunchi (1982)
- Toʻylar muborak (1978)
- Yor-yor (1964)
- Scorpion (2018)
- Maqsad (2018)
- Men Terrorchi Emasman (2021)
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekfilm (rus.), 3rd A. M. Prokhorov: , Moskva: Sovet Ensiklopediyasi, 1974.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Saidazimova, Gulnoza. „Uzbekistan: In All Movie Theaters“ (Russian) (19-mart 2013-yil). Qaraldi: 18-aprel 2013-yil.
- ↑ Musayev, Rashid. „Uzbek Cinema is Reviving“ (Russian) (26-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 18-aprel 2013-yil.