Oʻzbekiston kinosining tarixini ikkiga boʻlish mumkin: Oʻzbekiston SSR kinosi (1924—1991) va mustaqil Oʻzbekiston kinosi (1991—hozirgi kungacha). Sovet davrida olingan filmlarning koʻpchiligi ham oʻzbek, ham rus tillarida olingan. Ayrimlari boʻlsa faqat oʻzbek yoki faqat rus tilida olingan.

Sovet davrida olingan eng sara filmlar sifatida „Maftuningman“ (1958), „Mahallada duv-duv gap“ (1960) va „Shum Bola“ (1977) kabi filmlar tilga olinadi.

Oʻzbekistonda koʻp film studiyalari bor. Oʻzbekfilm kinostudiyasiga 1925-yil asos solingan. U mamalkatdagi eng katta va eng eski kinostudiyadir.[1]

Oʻzbekiston mustaqil boʻlganidan keyin chiqarilgan juda oz film xalqaro miqyosda shuhrat qozona olgan. Film tanqidchilariga koʻra, zamonaviy oʻzbek filmlarining aksari arzon, past sifatli filmlardir.[2][3] Hozirgi kunda Oʻzbekistonda yuzlagan kino studiya bor va ular yiliga ellikka yaqin film chiqaradi.[2] Film tanqidchilari fikriga koʻra, oʻzbek filmlari soni oshayotgan boʻlsa ham ularning sifati oʻsgani yoʻq. Baʼzilar bu holatni „oʻzbek kinosining Bollivudlashishi“ deb ataydi."[2]

Oʻzbekistonlik rejissorlar

tahrir

Oʻzbekistonlik aktyorlar va aktrisalar

tahrir

Oʻzbekistonlik muvaffaqiyatli aktyor va aktrisalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Oʻzbekistonda chiqarilgan filmlar roʻyxati

tahrir

Eng yuqori baholangan filmlar qatoriga quyidagi fimlarni kiritish mukin:

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekfilm (rus.), 3rd A. M. Prokhorov: , Moskva: Sovet Ensiklopediyasi, 1974. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Saidazimova, Gulnoza. „Uzbekistan: In All Movie Theaters“ (Russian) (19-mart 2013-yil). Qaraldi: 18-aprel 2013-yil.
  3. Musayev, Rashid. „Uzbek Cinema is Reviving“ (Russian) (26-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 18-aprel 2013-yil.