Portal:Tibbiyot
Tibbiyot
Tibbiyot, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiy biologik, klinik, tibbiy ijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiy biologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini oʻrganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. (Davomi...)
Tanlangan maqola -
Подагра | |
---|---|
KXK-10 | M10 |
KXK-9 | 274.0 274.1 274.8 274.9 |
OMIM | 138900 300323 |
eMedicine | emerg/221 med/924 med/1112 oph/506 orthoped/124 radio/313 |
Podagra (qadimgi yunoncha soʻz boʻlib – oyoq tuzogʻi; pjos turkumidan – oyoq va ἄgra – ovlash) [1] – metabolik kasallik boʻlib, organizmdagi turli shakldagi urat kristallarining, monourat yoki siydik kislotasi shaklida, xar xil toʻqimalarda choʻkishi bilan tavsiflangan.
Ushbu hodisa siydik kislotasining toʻplanishiga va uning buyraklar tomonidan chiqarilishining pasayishiga asoslanadi, bu esa qonda ikkinchisining kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi (giperurikemiya). (Full article...)Tanlangan biografiya -
Tanlangan biografiyalar ro'yxati
|
---|
Umumiy tasvirlar –
Yaxshi maqola -
Yoʻtal siropi mojarosi Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand shahrida joylashgan bolalar shifoxonasida 18 nafar goʻdak oʻlimi bilan boshlangan jarayonlar toʻplamidir. Bolalar oʻlimiga Hindistonda faoliyat yurituvchi „Marion Biotech Pvt. Ltd“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Dok-1 Maks“ dori vositasi sabab boʻlgan. Laboratoriya oʻrganishlari natijasida preparat tarkibida zaharli etilenglikol moddasi aniqlangan. Hindiston hukumati „Marion Biotech“ kompaniyasiga qarshi ish ochgan boʻlsa, Oʻzbekiston rasmiylari bolalar vafot etgan kasalxona xodimlari va sogʻliqni saqlash tizimining bir qancha aʼzolariga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻagan.
Mamlakat hududida „Dok-1 Maks“ dori vositasini sotish va tarqatish 29-dekabr kuni rasman taʼqiqlandi. Sirop tarkibida zaharli modda borligini aniqlagan shifokor vazifasidan ozod etilgan. Kompaniya zavodlarida shu va shunga oʻxshash tarkibga ega dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni Hindiston hukumati taʼsiri ostida toʻxtatildi . Bu holat yuzasidan Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni oʻz vazifasidan ozod etdi. JSST va Oʻzbekiston rasmiylari oʻrtasida holat yuzasidan aloqalar oʻrnatilganligi, tergov ishlari hali-hanuz davom etayotgani iddao qilingan . Bojxona qoʻmitasi mojaro haqida xabarlar tarqala boshlagan kunda 60 ming qutiga yaqin dori vositalari tarqalishining oldini olgan. (Full article...)Yaxshi maqolalar roʼyxati
|
---|
Bilasizmi?
- Oʻzbekistondagi birinchi rasmiy dorixona 1874-yilda ochilgan.
- Tizimli qizil yugurik autoimmun kasallik boʻlib, ayollarda erkaklarga nisbatan 10 barobar koʻproq uchraydi.
- lagoftalm koʻz qovoqlarini yopa olmaslik holatidir.
- qora shokolad barcha mahsulotlar orasida eng koʻp antioksidantlar saqlaydi. Uning tarkibida fosfor, magniy, kaliy, temir ham mavjud. Bundan tashqari qora shokolad qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.
- 2005-yil martda Xitoy Xalq Respublikasi Beijing markaziy harbiy shifoxonasida internetga qaramlikni davolovchi klinika ochildi.
- 1906-yilda Frederick Gowland Hopkins vitaminlarni kashf qildi va 1929-yilda ushbu kashfiyoti uchun Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati boʻldi.
Loyihalar
Qardosh loyihalar
-
Vikiombor
Erkin media fayllar ombori -
Vikikitob
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikimaʼlumotlar
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikiyangiliklar
Ochiq matnli yangiliklar -
Vikiiqtibos
Iqtiboslar toʻplami -
Vikimanba
Ochiq kutubxona -
Vikiversitet
Ochiq oʻqitish asboblari -
Vikilugʻat
Lugʻat va tezaurus